Mundarija: Kirish Monitorla haqida umumiy ma’lumot Suyuq kristalli displeylar Texnologik qism Texnika xavfsizligi qoidalari Foydalanilfan adabiyotlar Reja



Download 4,95 Mb.
Sana18.02.2017
Hajmi4,95 Mb.
#2811
Mundarija:

Kirish………………………………………..……………………………………………..3

Monitorla haqida umumiy ma’lumot……………………………………………………...5

Suyuq kristalli displeylar………………………………………………………………...10

Texnologik qism…………………………………………………………………………14

Texnika xavfsizligi qoidalari…………………………………………………………….21

Foydalanilfan adabiyotlar………………………………………………………………..26

Reja:


  1. Kirish

  2. Asossiy qism

    1. Monitorla haqida umumiy ma’lumot;

    2. Suyuq kristalli displeylar;

  3. Texnologik qism

  4. Texnika xavfsizligi qoidalari

Xulosa

Foydalanilfan adabiyotlar



KIRISH

 Respublikamizda olib borilayotgan isloxotlarning taqdirida yuqori malakali mutaxassislarning roli benixoyat kattadir. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek: «Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan, zamonaviy bilimga ega bo’lgan yuksak malakali mutaxassislarni talab etadi». Shu sababli xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy kadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalar asosida yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va jadal sur'atlar bilan xayotga tatbiq etilmoqda.

Ta'lim tizimidagi chuqur va keng kulamli isloxotlarning mazmuni va amalga oshirish muddatlari O’zbekiston Respublikasining «Ta'lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o’z ifodasini topgan. Jumladan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta'kidlanganidek, «kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy tarag’qiyoti istiqbollaridan, jamiyat extiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan xolda qayta ko’rish» lozim.

Monitorlar haqida umumiy ma’lumot

Monitorlar axborotni aks ettirishning juda muhim qurilmalaridir. Katta sondagi videostandartlar bo‘lgani kabi hozirgi vaqtda mavjud monitorlar tiplari ham rang-barangligi bilan ajralib turadi.


lcd2

Ba’zi bir kompaniyalar yassi indekatsion panellarni ishlab chiqaruvchilardan texnologiyani o‘rganib, suyuq kristalli displeylar ishlab chiqishdi. Bu displeylar LCD displey (Liquid-Crystal Display) deb ataladi. Ularda dog‘siz yassi ekran va kam ishlatiladigan quvvat (bunday displeylarning ba’zi rusumlari 5 Bt ishlatishadi, elektron – nurli trubkali monitorlar esa, - 100 Bг ishlatishadi) mavjud. Rang uzatish sifati bo‘yicha faol matritsali suyuqkristalli panellar hozirgi kunda elektron nurli trubkali monitorlar rusumlaridan o‘zib ketyapti. Shuni aytib o‘tish kerakki, suyuq kristalli ekranlarning qobiliyati elektron nurli trubkalarga qaraganda sust va ular qimmatroq turadi. Suyuqkristalli displeylarni bir necha turlari mavjud, bular: passiv matritsali rangli, aktiv matritsali rangli (analogli) va aktiv matritsali rangli (raqamli) eng zamonaviy displey. Suyuq kristalli ekranda poryarizatsion yorug‘lik filtri ikkita alohida yorug‘lik to‘lqin tug‘diradi va faqat qutblanish tekisligi uni o‘ziga parallel bo‘lgan to‘lqinni o‘tkazadi. Suyuq kristalli monitorda, birinchi o‘qiga perpendikulyar qilib ikkinchi yorug‘lik filtrni joylashtirsak, yorug‘lik o‘tishini to‘liq bartaraf etishimiz mumkin (ekran to‘q qora bo‘ladi). Ikkinchi filtr qutblanish o‘qini aylantirsak, ya’ni yorug‘lik filtri o‘qlar orasidagi burchakni o‘zgartirsak, yorug‘lik energiyasini o‘tuvchanlik sonini, ya’ni ekran yorug‘ligini ham o‘zgartirishimiz mumkin bo‘ladi.

Rangli suyuq kristalli ekranida tasvirni har bir pikseliga uchta yacheykasi bo‘lgan yana bir qo‘shimcha yorug‘lik filtri bor – qizil, yashil va ko‘k nuqtalarni aks etish uchun bittadan yacheyka yorug‘lik to‘lqini suyuq kristalli yacheyka orqali o‘tadi, lekin har bir rang o‘z yacheykasiga ega.

Suyuqkristallar sterjen sifatli molekulalarni ifodalaydi, ularni xususiyati suyuqlikka o‘xshaydi. Bu suyuqlik o‘zidan yorug‘likni bemalol o‘tkazadi, uni qutblanish tekisligi optik o‘qiga parallel, ammo, molekulalar elektr zaryadi ta’siri ostida o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi. Bir vaqtda bundan o‘tuvchi yorug‘lik to‘lqinni qutblanish tekisligi yo‘nalishi o‘zgaradi. Biroq monoxrom suyuq kristalli monitorda rang filtri mavjud emas, unda bo‘linishning bir elementiga kul rang gradatsiyasini uzatish uchun bir nechta suyuq kristalli monitorlarda har bir yacheyka yorug‘ligi bilan tranzistor orqali o‘tuvchi elektr zaryadi (aniqrog‘I kuchlanish) boshqaradi. Tranzistorlarning nomerlari ekran matritsasidagi mazkur yacheykaning qator va ustunining raqamiga teng bo‘ladi. Tranzistorlar sonini (ustin va qatorlar bo‘yicha) ekran kattaligi aniqlaydi. Masalan, 800X600 kattalikdagi ekran gorizontal bo‘yicha 800 va vertikal bo‘yicha 600 ta tranzistorga ega. Yacheyka keladigan kuchlanish impul’siga shunday ta’sir qiladiki, o‘tuvchi yorug‘lik to‘lqinining qutblanish tekisligi buriladi, bunda kuchlanish qancha yuqori bo‘lsa, burilish burchagi ham katta bo‘ladi. Yacheykani barcha kristallarini to‘liq o‘zgarishi, masalan, yoqilgan holatiga muvofiq bo‘ladi va tasvirning maksimal kontrastini aniqlaydi. Shunday qilib, qo‘shni yacheykalarning qutblanish tekisligini yo‘nalishlarida o‘zgarishlar qancha katta bo‘lsa, tasvirning kontrasti shuncha yuqori bo‘ladi. Passiv matritsali suyuq kristalli monitor yacheykasiga pul’slovchi kuchlanish uzatiladi, shuning uchun ular tasvir yorug‘ligi bilan aktiv matritsali suyuq kristalli monitordan qolib ketadi. Aktiv matritsali suyuq kristalli monitorlarni har bir yacheykasiga doimiy kuchlanish beriladi. Tasvir yorug‘ligini ba’zi bir konstruksiyalarda yaxshilanishi uchun boshqaruv usuli ishlatiladi. Uni ikkilamchi skanerlash deyishadi va uning uskunasi – ikkilamchi skanerlashli suyuq kristalli monitorlardir (double-scan LCD). Ekran mustaqil ishlaydigan ikkita bo‘lakka (yuqori va quyi) bo‘linadi. Bu yacheykaga tushadigan impul’slar orasidagi intervallarni qisqarishiga olib keladi.

Ikkilamchi skanerlash tasvir yorug‘ligini oshiribgina qolmay, ekran reaktsiyasi vaqtini ham tushiradi, chunki yangi tasvir yaratilishiga vaqtni qisqartiradi. Shuning uchun ikkilamchi skanerlash suyuqkristalli monitorlar tez o‘zgaradigan tasvirni yaratish uchun, masalan, televizion tasvir uchun ko‘proq to‘g‘ri keladi. Aktiv matritsali suyuq kristalli monitorlarda har bir yacheykani alohida tranzistor xarita boshqaradi. Masalan, 1024Ч768 aktiv matritsali displey 786 432 tranzistorlarga ega. Bu passiv matritsali suyuq kristalli monitorlarga qaraganda, tasvirning yuqori yorug‘ligini ta’minlaydi, chunki har bir yacheyka impul’sli emas, balki doimiy elektr maydoni ta’siri ostida bo‘ladi. Bunda, albatta, aktiv matritsa ko‘proq energiya sarflaydi. Bundan tashqari, har bir yacheyka uchun alohida tranzistor kaliti mavjudligi bunday asboblarni ishlab chiqarilishini murakkablashtiradi va ularni qimmatbaho qiladi.

Aktiv matritsada bo‘lganidek, passiv matritsali suyuqkristalli monitorlarda ham ikkinchi qutblangan yoryg‘lik filtri yacheyka orqali o‘tuvchi yorug‘lik miqdorini boshqaradi. Yacheykalar yorug‘lik filtri orqali o‘tadigan qutblash tekisligiga iloji boricha yaqin o‘tadigan qilib yorug‘lik to‘lqinini qutblash tekisligini qaytaradi. Har bir yacheykada yorug‘lik qancha ko‘p bo‘lsa, piksel shuncha yorug‘ bo‘ladi. Monoxromli (oq-qora) suyuq kristalli monitorlarda kulrang gradatsiyasi (CI gacha) yoki yacheyka yorug‘ligi o‘zgarishi hisobiga, yoki bitta pikselga muvaffaq bo‘lgan yoqilgan va o‘chirilgan yacheykalar miqdori orasidagi mutanosibligi hisobiga yaratiladi. Rangli suyuq kristalli monitorlarda bir pikselga uchta yacheyka to‘g‘ri keladi va ularning yorug‘ligini boshqargan holda ekranda tasvirni turli rangliligiga erishish mumkin. Hozirgi kunda passiv matritsali va ikkilamchi skanerlashli suyuq kristalli monitorlarkeng tarqalgan, chunki tasvir sifati bo‘yicha aktiv matritsali suyuq kristalli monitorlarga yaqinlashtirib olindi, ammo oddiy passiv matritsali suyuq kristalli monitorlarga qaraganga uncha qimmat emas.

Aktiv matritsali monitorlarni ishlab chirarishda uchraydigan jiddiy muammo chiqish nazoratida braklash foizi yo‘qori: panellarda ishlamaydigan yacheykalar haddan tashqari ko‘p topiladi (asosan tranzistorlar buzilgani uchun). Bu ularni ancha qimmatlashtiradi, chunki braklangan mahsulot qiymati sifatli mahsulot qiymatiga kiradi.

Eng yaxshi rangli displey – aktiv matritsali displeylardir, yoki har bir pikselni uchta tranzistor (qizil, yashil va ko‘k rang uchun) boshqaradigan ingichka plyonkali tranzistorlardir (TFT). Aktiv matritsali monitorlar tasvir yorug‘ligi bo‘yicha passiv displeylardan oshadi, shuning uchun ulardagi tasvir burchak ostida yaxshi ko‘rinadi.

Hozirgi kunda suyuqkristalli monitorlar nafaqat portativ kompyuterlarda faol ishlayapti, balki stol usti tizimlarda ham qo‘llanila boshladi. Ularni elektron nurli trubkali monitorlardan bir qator faziolatlari ajratib turadi:

- Ma’lumot aks etishi uchun monitor ekranining butun yuzi ishlatiladi. Masalan, 17 dyuymli suyuqkristalli monitorlarda ko‘rish doirasi – 17 dyuym, elektron nurli trubkali monitorlarda esa faqat 15 dyuym.

- Ish joyini tejashga imkon beradigan kichik chuqurligi.

- Kam energiya ishlatadi, natijada issiqlik kam chiqaradi.

- Suyur kristalli monitorlarda lyuminoforni “kuiyshiga” ga moyil emas.

- Dizaynerlarni xursand qiladigani, monitorni 900 ga burish mumkinligi.

- Suyuq kristalli monitorlarni sotib olishdan oldin barcha kamchilik va yutuqlarini hisobga olish kerak. Bu monitorlarni keng tarqalmasligiga sabab – ularning yo‘qori narxi (ammo kompyuter apparatlarini ta’minlashga taaluqli narxi doim tushib turadi)

Foydalanuvchi va kompyuter orasidagi informatsion muloqotni monitor ta`minlaydi. Printer, diskovod va kengaytirish platalarisiz ishlash mumkin lekin monitorsiz ishlash ko`r-ko`rona ishlash bilan barobardir.

Dastlabki mikrokompyuterlar kichik blok ko`rinishida bo`lib, ularda indikatsiyalash vositalari bo`lmagan. Foydalanuvchi faqat svetodiod yoki printerdan foydalangan. Foydalanuvchi teletayp yoki yozuv mashinkasi bilan kompyuterga murojaat qila olgan. Monitorlarning paydo bo`lishi bilan kompyuterlar keng ommada ham ancha qiziqish tug`dirdi.

Kompyuterning akslantirish tizimi ikki qismdan iborat:

     Monitor (displey) e:\мой документы\hujjatlat\informatika_1\информатика\kompyuter\trans_img\blue_arrowb.gif

     Videoadapter (videoplata, grafik plata) e:\мой документы\hujjatlat\informatika_1\информатика\kompyuter\trans_img\blue_arrowb.gif

Elektron-nur trubkali monitorlar

Ma`lumotlar monitorda bir necha xil usul bilan akslantirilishi mumkin. Eng keng tarqalgani - elektr-nur trubkali (ENT) ekranda akslantirish. ENT bo`g`zida elektron pushka, tubida lyuminofor bilan qoplangan ekran bo`lgan shishali kolbada joylashgan elektron vakkumdir.

Elektron pushka qizib elektonlar nurlatadi, ular esa katta tezlikda ekran tomonga harakatlanadi. Elektronlar oqimi (elektron nur) lyuminofor bilan qoplangan ekranning ma`lum burchagiga yo`naltiruvchi fokuslovchi va og`diruvchi katushka orqali o`tadi. Elektronlar urilishi ta`sirida lyuminofor nurlana boshlaydi. Ana shu yorug`lik nurini monitor oldida o`tirgan foydalanuvchi ko`radi. Elektron nur katta tezlikda ekranda chapdan o`ngga, yuqoridan pastga rastr deb nomlanuvchi trayektoriya bo`yicha harakatlanadi.

Ekranda harakatlana turib nur ekranning elementar soxalariga ta`sir ko`rsatadi. Nurning intensivligi doimo o`zgaradi va lyuminoforni ham turli yorqinlik bilan yoritadi. Shunday qilib ekranda tasvir hosil bo`ladi. Yorqinlik tez so`ngani uchun elektron nur yana va yana ekran orqali o`tib undagi tasvirni tiklashi kerak. Bu jarayon tasvirni qayta tiklash ( regeneratsiya) deb aytiladi.

Ko`pgina monitorlarda regeneratsiya chastotasi yoki vertikal yoyish chastotasi taxminan 85 Gtsni tashkil qiladi, y`ani ekrandagi tasvir bir sekundda 85 marta yangilanadi. Regeneratsiya chastotasinig kamayishi ko`zni charchatuvchi tasvirni miltillashiga olib keladi. Demak, regeneratsiya jarayoni qancha katta bo`lsa foydalanuvchiga ham shunchalik qulay bo`ladi.

Monitorning regeneratsiya chastotasi videoadapter sozlangan chastotasiga mos bo`lishi juda muhimdir. Agar bunday moslik bo`lmasa ekranda tasvir umuman hosil bo`lmaydi, monitor esa ishdan chiqadi. Ba`zi monitorlarda yoyish chastotasi fiksirlangan bo`ladi. Boshqalarida esa ma`lum diapazonda turli chastotalarni qo`llab quvvatlovchi monitorlar ham bor (bunday monitorlar ko`p chastotali deb ataladi (multiple-frequency monitor)). Ko`pgia zamonaviy monitorlar aynan ko`pchastotalidir, yani videosignallarning turli standartlari bilan ishlay oladi.ishlab chiqaruvchi firmalar bunday monitorlarni belgilashda turli atamalardan foydalanishadi - sinxronlashtiriladigan (multisync), ko`pchastotali (multifrequency), ko`prejimli (multiscan), avto sinxronlashtiriladigan (autosynchronous) va avtosozlashli (autotracking).

Monitor ekranlari ikki xil bo`lishi mumkin - qabariq va yassi (tekis). Tipik displey ekrani qabariqdir. Bunday konstruktsiya ko`pgina ENT lar uchun xarakterlidir.

Odatda ekran vertikaliga ham, gorizontaliga ham egilgan bo`ladi. Ba`zi modellarda Tinitron konstruktsiyasi qo`llaniladi. Bu konstruktsiyali ekranlar faqat gorizontal tomonga ozgina egilgan bo`ladi. Bunday ekranda miltillashlar ancha kam bo`ladi va tasvir sifati ham oshadi. Ushbu konstruktsiyaning kamchiligi - qimmatligidadir.




Suyuq kristalli displeylar

Boshqa fizik xossalarga asoslangan alternativ akslantirish konstruktsiyalari ham mavjud. Yassi indikatsion panellar ishlab chiqaruvchilardan texnologiyalarini olib, ba`zi kompaniyalar LCD-displey (Liquid-Cystal Display) ham deb ataluvchi suyuq kristalli displeylarni ishlab chiqishdi. Ularga miltillashsiz va kam quvvat talab qiluvchi (bu modellarning ba`zilari 5Vtda ishlasa, elektro-nur trubkali monitorlar 100Vtgacha quvvatda ishlaydi) yassi ekranlar hosdir. Yorug`lik uzatish ko`rsastkichlari bo`yicha aktiv matritsali suyuq kristalli displeylar xozirda ko`pgina elektron-nur trubkali monitorlardan yaxshiroqdir.

Shuni aytib o`tish lozimki, odatda suyuq kristalli ekranlarning kengaytirish qobiliyati tipik elektron-nur trubkali monitorlarnikidan kichik bo`lib, ularning narxi ancha qimmatdir. Suyuq kristalli ekranlarning bir necha xil turlari mavjud: passiv matritsali monoxrom, passiv matritsali rangli, aktiv matritsali rangli (analogli) va zamonaviy aktiv matritsali rangli (raqamli).

Suyuq kristalli ekranlarlarda qutblantiruvchi yorug`lik filtri ikkita aloxida yorug`lik to`lqinini xosil qiladi va ulardan faqat qutblanish tekisligi o`zining o`qi bilan parallel bo`lganini o`tkazadi. Ekranda birinchi yorug`lik filtri o`qiga perependikulyar boshqa yorug`lik filtrini joylashtirish xisobiga ekranga umuman yorug`lik nurini o`tkazmaslik mumkin. Ikkinchi yorug`lik filtrini aylantira turib, y`ani yoruglik filtrlari orasidagi burchakni o`zgartirtirib ekranga o`tayotgan yorug`lik energiyasini o`zgartirish va demak, ekran yorqinligini o`zgartirish mumkin. Rangli suyuq kristalli ekranda yana bir qo`shimcha yorug`lik filtri bo`lib unda tasvirning har bir pikseli uchun uchtadan katakchasi bo`ladi - bittadan qizil, yashil va ko`k nuqtalarni akslantirish uchun.

Yoruglik to`lqini suyuq kristalli katakdan o`tadi, bunda har bir rangga aloxida katak mos keladi. Suyuq kristallar xossalari suyuqlikka o`xshash o`zaksimon molekulalardir. Bu modda optik o`qiga parallel yorug`likni bemalol o`tkazadi, lekin elektr zaryadi ta`sirida molekulalar oriyentatsiyasini o`zgartirish mumkin. Bir vaqtda qutblantirish tekisligi oriyentatsiyasi ham o`zgaradi. Monoxrom emkranlar rangli bo`lmasa ham ularda kul rangni har xil darajada ko`rsatuvchi bir nechta kataklar bo`ladi.

Passiv matritsali suyuq kristalli monitorlarda har birining nomerlari qator va ustun nomerlariga mos keluvchi katak yorqinligini kataklardan o`tuvchi zaryadlar (aniqrog`i kuchlanish) boshqaradi. Tranzistorlar soni monitor kengaytirish qobiliyatini aniqlaydi. Masalan, 800*600 kengaytmali monitor gorizontaliga 800 ta tranzistor, vertikaliga 600 ta tranzistor joylashadi. Kataklar kelayotgan impulsga shunday reaktsiya qiladiki o`tayotgan yorug`likning qutblantirish tekisligi buriladi, bunda kuchlanish qanchalik katta bo`lsa burilish burchagi ham shunchalik katta bo`ladi. Barcha kristallarning to`liq qayta orientirlanishi tasvirning maksimal kontrasiga (keskinligiga) mos keladi, y`ani o`z yonidagi katakcha bilan farqi maksimumiga mos keladi. Shunday qilib, qo`shni katakchalardagi qutblanish tekisliklari oriyentatsiyasi qanchalik katta bo`lsa kontrast ham shunchalik katta bo`ladi.

Passiv matritsali suyuq kristalli ekran kataklariga o`zgaruvchi kuchlanish beriladi, shuning uchun ular har bir katagiga o`zgarmas kuchlanish beriladigan aktiv matritsali suyuq kristalli ekranlarga yorqinligi bo`yicha yon bosadi. Yorqinlikni oshirish maqsadida ba`zi konstruktsiyalarda ikkilangan skanerlash deb nom olgan usul va unga muvofiq ikkilangan skanerlashli suyuq kristalli ekranlardan foydalaniladi (double-scan LCD). Ekran ikkita mustaqil ravishda ishlovchi qismlarga ajratiladi. Bu esa katakka kelayotgan impulslar orasidagi intervalni kamayishiga olib keladi. Ikkilangan skanerlash usuli nafaqat yorqinlikni oshiradi, balki ekran reaktsiyasi ham tezlashadi, chunki yangi tasvir hosil qilish vaqti qisqaradi. Shuning uchun ikkilangan skanerli suyuq kristalli ekranlar tez o`zgaradigan tasvirlar hosil qilish uchun, masalan, television tasvirlarni hosil qilish uchu qulaydir.

Aktiv matritsali suyuq kristalli ekranlarda har bir katakni alohida tranzistor kaliti boshqaradi. Masalan, 800*600 aktiv matritsali displey 480 ming tranzistorga ega. Bu narsa passiv matritsali displeylarga nisbatan aktiv matritsali displeylar ancha yorqin bo`lishini ta`minlaydi, chunki aktiv matritsaga doimiy kuchlanishli to`k uzatiladi. Bunda, tabiiyki, aktiv matritsa ko`proq energiya talab qiladi. Bundan tashqari, har bir katak uchun alohida tranzistor kalit bo`lgani uchun bu turdagi monitorlar ishlab chiqarilishini qiyinlashtiradi va shuning uchun ularning narxi ancha yuqoridir.

Aktiv matritsali yoki passiv matritsali suyuq kristalli monitorlarda ikkinchi yorug`lik filtri katakchadan o`tuvchi yorug`lik miqdorini nazorat qiladi.

Monoxrom suyuq kristalli monitorlarda kul rangning darajasi katakchaning yorqinligi yoki bir pikselga mos keluvchi yoqiq va ochiq katakchalarning soniga qarab aniqlanadi. Rangli suyuq kristalli ekranlarda bir pikselga uchta katakcha mos kelib, ularning yorqinligini boshqarib ekranda turli rangli tasvirlar hosil qilish mumkin. Xozirgi kunda passiv matritsali ikkilangan skanerlovchi suyuq kristalli monitorlarga talab katta, chunki tasvir sifati bo`yicha ular aktiv matritsali ekranlarga ancha yaqinlashdi, ularning narxi esa passiv matritsali suyuq kristalli monitorlarnikidan bir oz qimmatdir.

Aktiv matritsali suyuq kristalli ekranlarni ishlab chiqarishdagi jiddiy muammolardan biri tayyor mahsulotlarni tekshirishda panellarda juda ko`plab ishdan chiqqan tranzistorlar aniqlangani tufayli bu maxsulotlarni chiqitga chiqarish bo`lmoqda. Bu ularni narxini ko`tarilishiga olib keladi, chunki chiqitga chiqqan maxsulot narxi sifatli maxsulot narxiga kiradi.

Eng yaxshi rangli displeylar - aktiv matritsali displeylar yoki yupqa plyonkali tranzistorli displeylar bo`lib, ularda bitta pikselni uchta tranzistor boshqaradi. Aktiv matritsali monitorlar tasvir yorqinligi jihatidan passiv matritsali displeylardan ancha o`tadi va shuning uchun ulardagi tasvir burchak ostida ham yaxshi ko`rinadi.

Gap so`ngida suyuq kristalli monitorlarning ENT monitorlardan afzalliklarini sanab o`tamiz:

    Ma`lumotni akslantirish maqsadida monitorning butun yuzasi ishlatiladi. e:\мой документы\hujjatlat\informatika_1\информатика\kompyuter\trans_img\blue_arrowb.gif

     Kichik chuqurligi, bu esa ish soxasini tejaydi. e:\мой документы\hujjatlat\informatika_1\информатика\kompyuter\trans_img\blue_arrowb.gif

     Kam nergiya talab qilishi, natijada esa issiqlik kam ajraladi. e:\мой документы\hujjatlat\informatika_1\информатика\kompyuter\trans_img\blue_arrowb.gif

    Suyuq kristalli monitorlarda lyuminifor "kuyishi" kabi muammo bo`lmaydi. e:\мой документы\hujjatlat\informatika_1\информатика\kompyuter\trans_img\blue_arrowb.gif

     Suyuq kristalli monitorlar 90° burilish burchagiga ega. e:\мой документы\hujjatlat\informatika_1\информатика\kompyuter\trans_img\blue_arrowb.gif




Raqamli (TTL) monitorlar.

TTL inglizcha Transistor Transistor Manic atamasining qisqartmasi bo‘lib, o‘zbekchada tranzistor-tranzistor manikasini anglatadi. TTL atamasi elektron texnikasida qo‘llaniladigan raqamli mikrosxemalar standart talqinsini anglatadi. Har doimgidek, raqamli texnikada, signallar faqat ikkita:

Mantiqiy “1” va “0” holatga ega.

Monoxromli monitorlar ( MDA).

TTL-monitorlar haqida so‘z borganida, ko‘pincha monoxromli monitorlar ko‘zda tutilib, ularni boshqarish signallari MDA yoki Hercules kartalari tomonidan shakllantiriladi. Monoxromli deganidan tushunarliki, ekrandagi nuqta faqat yorqin yoki qora rangli bo‘lishi mumkin. Yaxshi holda nuqtalar yana o‘zlarining intensivliklari bilan farqlanib turishi lozim.

Raqamli RGB-monitorlari (CGA, EGA, VGA).
RGB-raqamli monitorlar (Red/Green/Blue – qizil/yashil/ko‘k) asosan EGA standartdagi kartaga ulanish uchun mo‘ljallangan. Bunday tuzilmalar 16 ta raqamlarni gradatsiyasini aks etishga imkon beradigan monoxrom rejimda ham ishlaydilar. Shaxsiy kompyuterlar paydo bo‘lganidan beri, bir necha standartlar o‘zgaradi: MDA (monoxrom), CGA (4 ta rang), EGA (16 ta rang), VGA (256 ta rang). Hozirgi kunda qator standart qiymatlardan ekran kengaytmasini to‘g‘ri tanlash imkoniyatiga ega bo‘lgan, 16,7 mln ranglarni tasvirlay oladigan SVGA monitorlari ishlatilmoqda.

Monitorlarning ishlash tamoyillari.

Rastr shakllanishi.



qizil

yashil

To‘q qizil

start

Ko’k

Sariq

Havorang

Oq





Havorang

Havo rang

sariq

Siyoh rang

oq
Elektron – nurli trubka asosidagi monitorni ishlash tamoyili oddiy televizor ishlash tamoyilidan ozgina farq qiladi. Katod (elektron to‘plari ) orqali chiqariladigan elektronlar to‘plami lyuminofor bilan qoplangan ekranga tushib nurlanish hosil qiladi. Elektronlar to‘plami yo‘lida odatda qo‘shimcha elektrodlar joylashgan bo‘ladi: elektronlar to‘plami tezligini va u bilan bog‘liq tasvir yorug‘ligini to‘g‘rilovchi modulyator va to‘plam yo‘nalishini o‘zgartirish imkoniga ega bo‘lgan, og‘diruvchi tizim. Kompyuter monitori (hamda televizor) ekranida har qanday matnli yoki grafik tasvir piksel deb ataluvchi tasvir (rastr) ining minimal elementini ifodalovchi lyuminofor ning ko‘plab diskret nuqtalaridan iboratligiga e’tibor beramiz. Bunday monitorlar rastrli deb ataladi. Bu holatda elektron nur butun ekranni doim skanerlab turadi va yoymaning yaqin joylashgan qatorlarini hosil qiladi. Modulyatorga uzatiladigan videosignal qatorlari bo‘yicha nurni harakat qilishi yorug‘lik ravshanligini o‘zgartiradi va ba’zi bir ko‘rinadigan tasvirni tashkil etadi. Monitor qobiliyati gorizontal va vertikal bo‘yicha aks eta oladigan tasvirlarning elementlari soni bilan aniqlanadi, masalan: 640х480 yoki 1024х768 piksellar. Rastorni shakllantirish uchun monitorda maxsus signallar ishlatiladi. Skanerlash davrida nur siniq chiziq tarzidagi traektoriya bo‘yicha chap yo‘qori burchakdan o‘ng quyi burchakkacha harakat qiladi. Gorizontal bo‘yicha nurning to‘g‘ri yurishi qatorli yoyma signali bilan, vertikal bo‘yicha esa kadrli yoyma signali bilan amalga oshiriladi. Nur qatorni chetdagi o‘ng nuqtasidan, keyingi qator chetdagi o‘ng nuqtasidan, keyingi qator chetdagi chap nuqtasiga (nurni gorizontal bo‘yicha qayta yurishi) o‘tishi va ekranni oxirgi qatorini chetdagi o‘ng holatida birinchi qator chetdagi chap holatiga (nurni vertikal bo‘yicha qayta yurishi) o‘tishi maxsus qayta yurish signallari bilan amalga oshiriladi. Shunday qilib, monitor uchun eng muhimi quyidagi parametrlar hisoblanadi: yoymaning (kadrli) chastotasi, yoymaning gorizontal(qatorli) chastotasi va videosignalni o‘tkazish chizig‘i. д5

Rangli tasvir shakllanishi



Ranglar uchligi

Qizil


Ko’k

Yashil





Rangli uchlik

Qizil

Sariq

yashil
Rangli monitorda rastrni shakllanish tamoyili monoxromnikiga o‘xshaydi. Biroq rangli tasvirni shakllanishusuli asosiga rangli ko‘rishni boshqa muhim xususiyatlari kiritilgan bo‘lib,masalan,bularda biri: rangli o‘zlashtirishni uch komponentliligidir. Bu barcha ranglar uchta yorug‘lik oqimlarini, masalan, qizil, ko‘k va yashilni qo‘shish (aralashtirish) yo‘li bilan olish mumkinligini bildiradi. Bu esa rangli televizorlarda va monitorlarda ranglarini additiv aralashtirish usulini qo‘llash imkonini berdi.


Rangli tasvirning hosil bolishi
д6



Kineskop niqobi

Ushbu usulni ekranga uchta asosiy ranglarni ekran yuzini qoplash sharti bilan bir vaqtda uzluksiz tasvirlash yo‘li bilan ko‘rsatish mumkin. Uchta asosiy ranglarni birgalikda ishlatib, rangni qabul qilishni uch komponentli nazariyasiga muvofiq rang tuslarini kerakli gammasini olish imkoni tug‘ildi. Asosiy ranglarni – qizil, ko‘k va yashil – ma’lum proporsiyalarda aralashtirilsa, rasmda ko‘rsatilgan ranglar hosil bo‘ladi.

Rangli fazoviy o‘rtalatish. Agar rangli tasvirda rangli detallar yaqin joylashgan bo‘lsa, unda uzoq masofadan biz alohida detallarni rangini farqlay olamiz. Butun guruh ranglarni aralashtirish qonuniga muvofiq bir rangga bo‘yalgan bo‘ladi. Tasvirning bu xususiyati monitorni elektron – nurli trubkasida lyuminofor donachalari yonida joylashgan uchta rang yordamida tasvir bitta elementining rangini shakllanish imkonini beradi. Odamni ko‘rish qobililayi xususiyatlariga muvofiq rangli monitorning elektron – nurli trubkasida alohida boshqarish sxemalariga ega bo‘lgan uchta elektron to‘plari lari mavjud. Ekranni ichki tomoniga esa uchta asosiy ranglar lyuminofori: qizil - R (Red), ko‘k – B (Blue) va yashil – G (Gren) o‘rnatilgan. Shu tarzda har to‘plari lyuminoforni faqat o‘zini rangiga “otishi” kerak. Buning uchun har bir rangli kineskopda soyaviy maska yoki apertuar panjara mavjud. Ular to‘plari larni nurlari faqat muvaffaq rangdagi lyuminofor nuqtasiga tushishi uchun hizmat qiladi. Soyaviy maska kineskopni ichki yuziga qo‘yilgan nuqtalarga muvofiq teshiklar tizimiga ega bo‘lgan invar nomli (bu material juda kichik kengayishli koeffiseyentga ega) maxsus materialdan bo‘lgan metall plastinalardan yasalgan.

Apertuar panjara soyaviy maskadagi teshiklar bajaradigan funksiyani bajaruvchi tirqichlar tizimidan tashkil topgan. Talab etiladigan yechimni hal qilish uchun zarur bo‘lgan lyuminofor nuqtalarini miqdori ekran hajmiga bog‘liq.

Nuqtalarni qancha ko‘p joylashtirish kerak bo‘lsa va ekran qancha kichik bo‘lsa, nuqtalarni shuncha zich joylashtirishga to‘g‘ri keladi.д7


Electron nurlar

Electron linzalar

Lyumonofor ekran

nuqtalari

Lyumonofor ekran

nuqtalari

Soya niqobi

Elejtron to‘plar
Ekranni ichki yuzida lyuminofor nuqtalarini kattaligi qancha kichik bo‘lsa, monitorda tasvirni tiniqligi shuncha yo‘qori bo‘ladi. Bu nuqtalar o‘lchovi, aniqrog‘I ular orasidagi o‘rtacha masofasi donachalar deb ataladi. Monitorlarni turli rusumlarida bu o‘lchov 0,25 dan 0,41 mm gacha bo‘lgan diapazonda joylashgan. Biroq yaxshi monitorlar uchun bu diapazon ancha qisqaradi - 0,28 mm gacha.

Soyaviy maska

д8



Lyumonofor ekran

nuqtalari


Apertuar panjara

Elejtron to‘plar
Monitorlar tavsifnomasi


Electron nurlar

Electron linzalar
Monitor ekranining diagonali deb ekranni chap quyi va o‘ng yo‘qori burchaklar orasidagi masofaga aytamiz. Monitor ekrani o‘lchovi 14 – dyuymli (36 sm), 15 – dyuymli (39 sm), 17 – dyuymli (44 sm), 19 – dyuymli (49 sm) va 21 –Apertuar maska
Regeneratsiya chastotasi.

Tasvirni regeneratsiyalash (yangilash) chastotasi, monitordagi tasvirni soniya davomida necha marta to‘liq o‘zgartira olishini ko‘rsatadi (shuning uchun kadrlar chastotasi deb ham atashadi). Bu o‘lchov nafaqat monitorga, balki videoadapter sozligi va xususiyatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ammo baribir oxirgi imkoniyatini monitor aniqlab beradi. Regeneratsiya chastotasi gersda (Gts) o‘lchanadi. U qancha yo‘qori bo‘lsa, tasvir shuncha aniq va mustahkam bo‘ladi. Ko‘z kamroq charchaydi, kompyutyerdan uzoqroq ishlash imkoni bo‘ladi. Regenerasiya chastotasi 60 Gts bo‘lganda, tasvirni pirillashi darrov ko‘rinadi. Bugungi kunda bunday narsaga yo‘l qo‘yilmaydi. Minimal 75 Gts, normativ – 85 Gts va – 100 Gts va undan ortig‘i qulay hisoblanadi.



Ekran kattaligi.

Ekran kattaligi parametrlarni eng muhimi hisoblanadi. U qancha yo‘qori bo‘lsa, ekranda shuncha ko‘p ma’lumotlar aks ettirsa bo‘ladi, ammo har bir alohida nuqtaning o‘lchami shuncha kam bo‘ladi. Kichik hajmdagi monitorda oshirilgan kattalikni qo‘llash, tasvir elementlari noaniq bo‘lishi sababli hujjat va dasturlar bilan ishlashda ko‘rish organlarining toliqishiga olib keladi. Kattaliklarni pasaytirish tasvirni kattalashib ketishiga olib keladi. Ammo ekranga ular sig‘maydi. Shunday qilib, har bir monitor o‘lchovi uchun, videoadapter ta’minlab beruvchi, ekranning o‘z kattaliklari mavjud:




Monitor o‘lchovi

Ekanni optimal kattaligi

14 dyuym

640х480

15 dyuym

800х600

17 dyuym

1024х768

19, 21 dyuym

1280х1024


Rang kattaligi (rang to‘qligi)

Rang kattaligi ekranni har bir nuqtasi qabul qila oladigan turli xil tuslarni sonini aniqlaydi. Maksimal kiritilgan rang kattaliklar videoadapter xususiyatiga va birinchi navbatda undagi o‘rnatilgan videoxotira soniga bog‘liq bo‘ladi. Undan tashqari, u ekranning belgilangan kattaligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ekranning yuqori kattaligida, tasvirning har bir nuqtasiga videoxotirada kamroq joy ajratishga to‘g‘ri keladi.


Berilgan ekran kattaligiga va rang to‘qligiga qarab, quyidagi formula orqali videoxotira hajmini aniqlash mumkin:

Р=

Р – videoadapter xotirasini zarur hajmi;

m – ekran (nuqtalar) gorizontal kattaligi;

n – ekran (nuqtalar) vertikal kattaligi;

b – rangni kodlash razryadi;

bugungi kunda ranglar to‘qligining asosiy talabi – 256 ta rang. Ko‘p dasturlar 65 ming rangni talab qiladi (High Color tartibida).
Ekran maskasi.

Tasvir sifati soyaviy maskani ishlatilishini turiga va tavsifnomasiga bog‘liq. Bu yerda maska oralig‘idagi masofani o‘lchaydigan o‘lchov birligi sifatida millimetr ishlatiladi. 14 dyuymli 0,28 mm maskali monitor uchun taxminan 600000 teshik bo‘ladi. Teshiklar orasida masofa qancha kichik bo‘lsa, teshiklar qancha ko‘p bo‘lsa, tasvir sifati shuncha yuqori bo‘ladi.



Muhofaza sinfi.

Monitorni muhofaza sinfi xavfsizlik texnikasi talablari nuqtai nazaridan monitor muvoffiqlik standarti bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda quyidagi halqaro standartlar qabul qilingan: MPR-II, TCO-92, TCO-95, TCO-99. MPR-II standarti inson uchun xavfsiz bo‘lgan elektromagnit nurlari darajasini cheklaydi. ТСО-92 standartida bu me’yorlar saqlanib qoldi, ТСО-95 va ТСО-99 standartlarida bu me’yoarlar qat’iylashgan. Ergonomik va ekomanik me’yorlar birinchi bo‘lib ТСО-95 da paydo bo‘lgan. ТСО-99 standarti esa tasvir sifatini (yorug‘lik aks etishi, jimillashi, qobiqni dog‘larga qarshi xususiyati) aniqlovchi parametrlarni qat’iy me’yorlarini kiritdi

.Dog‘ga qarshi qobiqlar.

Hamma monitorlar dog‘ga qarshi qobiqqa ega bo‘lishi kerak. Ekran yuzida bunday xususiyat bo‘lmasa, monitorda ma’lumotlarni o‘qish qiyin bo‘ladi. Ekran yuzi cheklansa, qum zarralari bo‘lgan pistolet yordamida nazoratlanadi. Bunday usul faqat arzon monitorlar uchun tavsiya etiladi. Uning kamchiligi shundaki, ekranda grafika va rasmlar aniq bo‘lmaydi, tasvir yoyilgan bo‘ladi. Kineskopni qoplashning eng yaxshi yo‘li - dog‘ga qarshi qatlam bilan qoplash. Bunday holatda elektron nurli trubkani ekran yuziga kimyoviy modda surtiladi, buning natijasida yorug‘lik uning yuzida aks etolmaydi.



ASOSIY QOIDALAR

Kompyutеrlаr bilаn ishlаsh jаrаyonidа insоn o‘z sоg‘lig‘ini sаqlаb qоlish vа hаr dоim tеtik yurishi uchun to‘qqiztа аsоsiy qоidаlаr ishlаb chiqilgаn:

1. Fоkus mаsоfаni yarаting (nigоhni uzоq mаsоfаlаrgа ko‘chirish imkоniyati).

2. Kompyutеr ekrаnigа shu’lа yoki nurlаrning tushmаsligini tа’minlаng.

3. Xоnаni to‘g‘ri yoritishgа hаrаkаt qiling.

4. Kompyutеrga nisbаtаn jоy (o‘rindiq)ni to‘g‘ri tаnlаng.

5. To‘g‘ri tana egilish burchagi va holatini tanlang.

6. Nаfаs оlish vа uning dаvоmiyligigа e’tibоr bеring.

7. Hаr uch-bеsh sоniyadа ko‘zingizni yopib оching.

8. Fаqаt ekrаngа qаrаmаng.

9. Tеz-tеz uzоq-uzоqlаrgа qаrаb turing.

Ish o‘rnini qаndаy yarаtish kеrаk Ideal (kаmchiliksiz) ish joyi quyidagi yetti asosiy talablarga javob berishi kerak:

– kompyutеr klаviаturаsi platformasi siljitish imkoniyatiga ega bo‘lishi;

– klаviаturа qulаy o‘rnatilgan bo‘lib, uni foydalanuvchi o‘zi uchun qulаy jоygа qo‘yib fоydаlаnishning mavjudligi;

– bаlаndligini vа оrqа suyanish tоmоnini o‘zgаrtirish imkоnini bеruvchi mахsus stul;

– ekran yorqinligi va tiniqligini boshqarish;

– ekrаnni kеrаkli burchаkkа buruvchi sharnirli tayanchga egaligi;

– оrqаgа, оldingа yoki kompyutеr оrqаli qaramaslik uchun nusxalarning vеrtikаl rаvishdа qo‘yilishi;

Аgаr bu tаlаblаr bаjаrilgаn bo‘lsа, kompyutеr bilаn ishlаshdа yuqоri qulаyliklаrgа egаsiz dеyish mumkin. Bu esа kun dаvоmidа ish qоbiliyatini sаqlаb qоlish imkоnini bеrаdi. Kеltirilgаn qоidаlаrni bаtаfsil ko‘rib chiqаmiz.

ASOSIY QOIDALAR TAVSIFI

1-q о i d а

Yuqоri dаrаjаdаgi fоkus mаsоfаni yarаting Kompyutеr shundаy o‘rnаtilgаn bo‘lishi kеrаkki, ko‘zni ekrаndаn оlgаn hоldа, sizgа хоnаdаgi eng uzоqdа turgаn nаrsаni ko‘rish imkоni bo‘lsin. O‘z nigоhingizni uzоq mаsоfаlаrgа qаrаtish imkоniyati kompyutеr bilаn ishlаsh vаqtidа ko‘zni dаm оldirishning eng fоydаli jihаtlаridаn biridir. Аgаrdа ko‘z dаm оlsа, har xil stress holatlarga tushish imkonini yo‘qotadi. Хоnаni burchаgidа, dеvоrgа yoki оynаgа qаrаgаn hоldа o‘tirish mumkin emаs. Оynаdаn tushаyotgаn yorug‘lik hаm sizni strеssgа tushirib qo‘yish sаbаblаridаn biridir. Siz хоnadа shundаy jоylаshingki, o‘tirgаn jоyingizdаn eng uzоq mаsоfаdаgi nаrsаlаrni ko‘rish mumkin bo‘lsin. Аgаr sizning kjmpyutеringiz хоnаning burchаgidа jоylаshgаn bo‘lsа yoki xonangiz kichik bo‘lsа, u hоldа monitorning yuqоri qismidа toshоynа o‘rnаting. Uning yordаmidа siz хоnаdаgi sizning оrqа tarafingizdagi barcha nаrsаlаrni ko‘rishingiz mumkin.

2-q о i d а

Nurni yo‘qоtishni tа’minlаng Noxush (zararli) nurlar ekranga yorug‘lik tushishi va ko‘zni qamashtirishi bilan noqulaylik yaratadi. Nurlаr chirоqdаn, pаrdа qo‘yilmаgаn dеrаzаdаn, tiniq nаrsаlаrdаn, mаsаlаn sizning оq ko‘ylаgingizdаn va boshqa narsalardan chiqishi mumkin. Kеrаkli mа’lumоtlаrni оlаyotgаningizdа nurlаr sizni bеiхtiyoriy rаvishdа burilishingizgа yoki bоshni ko‘tаrishingizgа mаjbur qilаdi. Bundа ko‘z qo‘shimchа rаvishdа og‘irlikni оlаdi. Ekrаnga qaragan hоldа tеz burilish ma’lum bir joylarga оg‘irlik tushirishi mumkin. Ekrаndа nurlаnish bоrligini аniqlаsh uchun оldin kompyutеrni yoqib, хоnаdаgi bаrchа chirоqlаrni va ekrаngа qаrаshingiz kеrаk. Аgаrdа undаn qаndаydir tasvir yoki qaytaruvchi effеktlаrni ko‘rsаngiz, tеzdа birоr chоrаsini ko‘rishingiz lоzim. Quyidаgilаrni qilishgа hаrаkаt qiling: Ekrаn o‘rnini аlmаshtiring, ekrаndа аks etаyotgаn nаrsаlаrni o‘chirishingiz jоyini o‘zgаrtiring, dеrаzаgа pаrdа o‘rnаting, chirоqni o‘chiring yoki ulаrni pаstrоq tushiring. Lyuministsensiyali lampalarni to‘siqlar bilan berkiting, ekran tekisligini lyuministsensiyali lampalarga perpendikular qilib o‘rnating. Ko‘pginа korxonalar kompyutеrdа ishlаshni hisоbgа оlmаgаn hоldа lоyihаlаshtirilgаn. Bu kutilаyotgаn nаtijаni bеrmаydi.

Ekranning yorqinligi ham noxush nurlarning manbasi bo‘lishi mumkin. Agar ekran yorqinligi maksimal darajada turgan bo‘lsa, siz to‘q belgilarni yorqin fonda ko‘rasiz. Nurlаnishni qаytаrаdigаn monitorlаr. Аgаrdа sizning оfisingizdа xona yorug‘ligi muammоsi hаr tоmоnlаmа o‘ylаngаn bo‘lsа, sizgа nurni qаytаrаdigаn ekrаnlаr kеrаk emаs. Аgаrdа undаy bo‘lmаsа, оrtiqchа nurlаrni filtrlаb bеruvchi ekrаnning qo‘yilishi, sоg‘liq uchun fоydаli bo‘lib, ishning unumdоrligini hаm оshirаdi. Yaхshi ekrаn tаsvirlаrning аniqligini оshirаdi. Sifаti yaхshi bo‘lmаgаn ekrаnlаr bеrilgаn imkоniyatlаrni tushirib yubоrаdi vа tаsvirning аniqligini yomоnlаshtirаdi, shuningdеk ko‘zning chаrchаshigа sabab bo‘lаdi. Qоrа ko‘zоynаklаr. Аgаr sizning ish jоyingizdа chirоqlаrning yoritilishi yaхshi yo‘lgа qo‘yilgаn bo‘lsа, sizgа ko‘zоynаk shаrt emаs. Ko‘pginа оfislаr оrtig‘i bilаn yoritilgаn. Аgаr siz qora ko‘zоynаk tаqmоqchi bo‘lsаngiz, оftolmolоg bilаn mаslаhаtlаshing.

3-q о i d а

Xоnаni to‘g‘ri yoritishgа hаrаkаt qiling Хоnаni to‘g‘ri yoritish. Аgаrdа siz bаrchа yorug‘lik chiqаruvchi mаnbаlаrni yo‘qotsangiz, vоz kеchsаngiz, ish jоyingiz qorong‘I bo‘lib qоlishi mumkin. Bu muammо bo‘lib, har kimga ham yarim qоrоng‘i jоydа ishlаsh yoqmaydi. Aks holda bu ko‘zga yomon ta’sir ko‘rsatib, insonni aqlan zaiflashishiga olib keladi. Shundаy bo‘lishi kеrаkki, yorug‘lik хоnаgа bir хildа tаrqаlsin. Siz kompyutеr bilаn ishlаyotgаningizdа chirоqlаrdаn hеch qаysi biri sizning ko‘zingizgа tushmаsin. Ish hujjаtlаrini yoritish. Ish hujjаtlаrini yoritish ustidа hаm o‘ylаsh kеrаk. Buning uchun qulay plafonli stоl lаmpаlаr ishlаtilаdi. Shungа e’tibоr bеringki, uning nuri kompyutеr ekrаnigа tushmаsin vа sizga noqulaylik tug‘dirmasin.

4-q о i d а

Kompyutеrgа nisbаtаn to‘g‘ri jоylаshing

• Ekrаngаcha bo‘lgаn mаsоfа. Shundаy o‘tiringki, ko‘zingiz ekrаndаn 45–60 sm mаsоfа uzoqroqdа jоylаshsin. 1

• Ekrаndаn yuqоri mаsоfа. Shundаy o‘tiringki, ko‘zingiz ekrаn mаrkаzidаn 15–20 sm tеpаdа joylashgan bo‘lsin.

• Qo‘llаr. Bаrmоqlаringiz erkin tursin. Bilаgingiz tirsаk qatоridа yoki undаn pаstrоqdа jоylаshsin. Qo‘llаrni esа yеlkаdаn erkin qo‘yib bеmаlоl o‘tiring.

• Tik hоldа o‘tiring.

• Sonning pastki qismi o‘rindiqqa tegib tursin.

• Tizzalar son balandligida yoki pastroq joylashishi kerak.

• Stulning оrqа suyanish tоmоni оrqа umurtqаgа mоs bo‘lsin.

• Oyoqning pastki qismi bir-birining ustida yoki biror tayanch ustida tursin.

5-q о i d а

To‘g‘ri tana egilish burchagi va holatini tanlang Shundаy stul оlingki, to‘g‘ri o‘tirish imkоnini bеruvchi vа egiluvchan bo‘lib, o‘tirish jоyi vа suyanish jоylаri yumshоq bo‘lishi kеrаk. O‘rindiqlar shunday bo‘lishi kerakki, ularni o‘tirish balandligi va orqaga egilish burchagini boshqarish mumkin bo‘lsin (bu umurtqaning egilish imkonini beradi).

6-q о i d а

Nаfаs оlish vа uning dаvоmiyligigа e’tibоr bеring

• Nafasingizni ushlаb turmаng.

• Muntazam rаvishdа dam olib turing.

7-q о i d а

Hаr uch-bеsh sоniyadа ko‘zingizni yopib оching Ko‘zni оchib-yopish bu ko‘z pаrdаsini tаbiiy rаvishdа "namlash" vа tоzаlаsh hisоblаnаdi. Shu ko‘zni оchib-yopish nаtijаsidа ko‘zni hаr xil ko‘ngilsiz hоdisаlаrdаn himоyalаydi vа ko‘rish tiniqligini sаqlаydi. Ko‘zni оchib-yopish, yuz vа pеshоnа mushaklаrining dam olishiga sаbаb bo‘lаdi. Ko‘pginа оdаmlаrda ko‘zni dоimiy rаvishdа оchib-yopish оdаti umumаn yo‘q. Аksinchа, ular uzluksiz ish dаvоmidа uzоq vаqt ko‘zlarini yopmаydilаr vа ko‘zlari qоrаchig‘ ining hаrаkаti dеyarli to‘хtаb qоlаdi. Ko‘zni оchib-yopishning chаstоtаsini tushirish ko‘zning qizаrishigа, ko‘rishning xirаlаshishigа vа аchishishigа оlib kеlаdi. Bu аsоsаn kontаkt linzаlаr tаqib yuruvchi оdаmlаrgа tеz tа’sir qilаdi. Qаndаy qilib ko‘zni оchib-yopish kеrаk: fаqаt ko‘z qоvоg‘i qimirlаshi kеrаk; iхtiyoriy rаvishdа оchib-yoping; yuqоri vа pastki qоvоqlаr sеkinginа bir-biriga tegishi shаrt; ko‘zni shundаy оchib-yopingki qoshlaringiz erkin hоlаtdа tursin.

8-q о i d а

Fаqаt ekrаngа qаrаmаng Sizning nazar (qarash)ingiz "оchiq" bo‘lishi kеrаk, ya’ni ekrаngа qаrаgаn hоlаtdа, siz аtrоfingizdаgi stоllar, dеvоrlаr, yoningizdаgi оdаmlаr vа bоshqа nаrsаlаrni ko‘rish imkоni bo‘lsin. Yon аtrоfgа nаzаr tаshlаsh ko‘rish qоbiliyatini strеss hоlаtgа tushirishni, fizik vа mеntоl chаrchоqni kеlib chiqishining oldini оlаdi.

9-q о i d а

Tеz-tеz uzоq-uzоqlаrgа qаrаb turing Аgаr ko‘zni dаm оldirib turmаsаngiz, uzоqni yaхshi ko‘rаоlmаsligingiz mumkin. Ko‘zingizdа оg‘riq pаydо bo‘lgungа qadar emаs, bаlki qоidаgа аmаl qilgan hоlаtdа ko‘zgа dаm bеring. Hаr 2-3 minut оrаlig‘idа uzоqlаrgа qisqаginа qаrаsh, hаttоki u оddiy bo‘lsа hаm sizni strеss vа noqulay hоlаtlаrdаn himоya qilаdi. Undаn tаshqаri, tаvsiya qilinаyotgаn qisqаginа dаm оlishlаr kаm vаqtni оlаdi, lekin u hаr bir sоаtdа 5 minutdаn dаm оlishgа nisbаtаn kаm vаqtni оlаdi. Ulаr ko‘z mushaklаrini effеktiv rаvishdа darmonsizlanish, chаrchаsh vа strеsslаrni оldini оlаdi, shuningdek yaхshi ko‘rishni vа tasvirning аniqligini sаqlаb qоlishni ham tа’minlаydi.



Xulosa

Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma`lumotlarni obrazlar ko’rinishida taqdim etish va fikrlash jarayonini tashkil etish o’quvchilarning aqliy rivojlanish darajasini yuqoriga ko’taribgina qolmasdan, an`anaviy o’qitish o’rtasidagi nisbatni o’zgartirishga ham olib keladi. An`anviy o’qitish metodikasida o’quv materiallari asosan matn va formulalar ko’rinishida berilib, o’quv materiallarini namoyish imkoniyati deyarli mavjud emas. O’quvchilarga berilayotgan materiallarni qayta kodlashtirish va o’zlarining modelini yaratish masalasi yuklanmaydi. Bu ma`noda AT asosida o’quv materiallarini obrazli ko’rinishda taqdim etishda ularga har xil ko’rinishdagi ranglar, harakat, ovoz kabi elementlarni kiritish o’quvchilarning o’quv materiallarini qabul qilish jarayoni samaradorligini oshirish bilan birga, berilayotgan materiallarni tahlil qilish, taqqoslash hamda abstraksiyalash kabi muhim sifatlarini rivojlantiradi.

Diyorimiz mustaqillikka erishgach, yoshlarimiz uchun bir qancha imkoniyatlar yaratildi. Ularning yetarli darajada bilim olishlari, izlanishlariga qulay sharoitlar yaratildi. Eng muhimi ularda erkin fikrlash imkoniyati mavjud.

XXI asr “Kompyuter texnologiyasi” asri deb nomlanar ekan, shu jamiyatda yashayotgan har bir shaxs uchun kompyuterni o’rganish istagi paydo bo’ladi. Kishilarni kompyuterga yaqinlashtirgan narsa, bu uning imkoniyatlarining kengligi, bizning qimmatli vaqtimizni tejashidadir.

Xulosa qilib, aytganda monitorlarning birqancha turlari mavjud bo’’lib ular orasidan har kim o’ziga keraklisini tanlab olishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Karimov I. A. O’zbekiston buyuk kelajak sari.—Toshkent.: «O’zbekiston»,

2. C.K.G’aniyev Elektron hisoblash mashinalari va sistemalari – T. “O’quvchi” 1996 y


  1. Hisoblash matematikasi asoslari – T. “O’quvchi” 1996 y

4. G’ulomov S. S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari: Oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik /Akademik S. S. G’ulomovning umumiy taxriri ostida.—T.: «Shark», 2000.—592 b.

5. IBM PC kompyuterlariga xizmat ko’rsatish O’quv qo’llanma/A.A.Obidov, T.M.



Magrupov – T 1993 y

  1. www.ixzbt.com Internet sahifasi

  2. www.award.com sahifasi

  3. http:/www.tula.net Internet sahifasi

  4. www.Ziyonet internet sahifasi

  5. www.ref.uz internet sahifasi

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish