Lizing to‘lovlarini qanday amalga oshirish kerak?
O‘zbekistonda lizing to‘lovlari bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
Dastlabki to‘lov – bu odatda tovarning sotib olish narxining
20-30%ni tashkil etadi;
Oylik to‘lovlar. Ular ikki xil shaklda bo‘ladi: annuitet (butun muddat davomida bir xil miqdorda oylik to‘lovlarni amalga oshirasiz) va regressiv – birinchi oyda Siz ko‘proq to‘lovni amalga oshirasiz, keyingi oylarda to‘lov miqdori asta-sekin kamayadi.
3.Lizing operatsiyalari va ularning hisobi.
Bozor munosabatlarining chuqurlashuvi va bugungi kunda iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvi, shuningdek bank va uning mijozlarini iqtisodiy manfaatdorligi banklarning xizmat turlari va operatsiyalari sonining doimiy ravishda ortib borishiga turtki bo’lmoqda. Banklarning noa’nanaviy operatsiyalari shunday operatsiyalardan hisoblanib, ularning tarkibiga:
Banklarda lizing operatsiyalari va hisobi Markaziy bankning tegshli me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiriladi. (“Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to’g’risi”da 620sonli Nizomi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006 yil 21 oktyabrdagi 25/6-sonli qarori bilan tasdiqlangan, O’zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida 2006 yil 27 dekabrda 1648-raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan).
Banklarda lizing operatsiyalari lizing beruvchi, lizingni oluvchi va vositalarni sotuvchilar o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Lizing oluvchi lizing shartnomasini tuzish uchun uning asosiy depozit hisobvarag’iga xizmat ko’rsatayotgan bankkaquyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
lizing buyurtmasi;
lizing ob’ektining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari va uning sotuvchisi to’g’risidagi ma’lumotnoma;
lizingning butun davrini ichiga olgan pul oqimi tahlili ko’rsatilgan biznesreja;
oxirgi hisobot sanasiga tuman (shahar) davlat soliq inspektsiya tomonidan qabul qilingan buxgalterlik balansi (1-shakl), moliyaviy natijalari haqida hisobot (2-shakl), muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzdorlik haqidagi ma’lumotnoma (2a-shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlikni solishtirish dalolatnomalari.
Lizing foiz stavkalari miqdori lizing oluvchi va lizing beruvchi bank o’rtasidagi o’zaro kelishuvga ko’ra lizing shartnomasida belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasining “Lizing to’g’risida”gi qonuniga muvofiq, lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga javob berishi kerak:
lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing ob’ekti lizing oluvchining mulki bo’lib o’tsa;
lizing shartnomasining muddati lizing ob’ekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo’lsa yoki lizing ob’ektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang’ich qiymatining 20 foizidan kam bo’lsa;
v) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing ob’ektini uning bozor qiymatidan past narxda sotib olish huquqiga ega bo’lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing ob’ekti qiymati asos bo’ladi;
g) lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing to’lovlarining umumiy
summasi lizing ob’ekti qiymatining 90 foizidan ortiq bo’lsa.
Lizing beruvchi bank lizing ob’ekti uchun to’lovlarni sotuvchiga oldindan to’lab berilganda quyidagi buxgalteriya yozuvini amalga oshiradi:
Debet 19909–“Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to’langan mablag’lar”
Kredit –“Bankning vakillik hisobvarag’i”
Lizing ob’ekti to’g’ridan-to’g’ri lizing oluvchiga yetkazib berilsa, lizing beruvchi bank foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga asosan memorial order to’ldirib, quyidagi buxgalteriya amalini bajaradi:
Debet 15600–“Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq)”
Kredit 19909–“Tovar moddiy qimmatliklar uchun to’langan mablag’lar”
Lizing obyekti avval lizing beruvchi bank balansiga kirim qilinib, so’ngra lizing oluvchiga lizinga berilganda quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi.
a). Lizing ob’ekti bank balansiga kirim qilinganda: Debet16500 –“Asosiy vositalar (tegishli mos hisobvarag’i)”
Kredit19909 –“Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to’langan mablag’lar”
b). Lizing ob’ekti lizing oluvchiga berilganda:
Debet 15600–“Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq)”
Kredit 16500-“Asosiy vositalar (mos hisobvaraq)”
Lizing beruvchi bank tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga muvofiq lizing oluvchi tomonidan qoplanadigan dastlabki bevosita xarajatlar lizing ob’ektining qiymatiga qo’shiladi.
Lizing beruvchi bank tomonidan lizing bo’yicha foizli daromadlar hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari beriladi:
Debet 16323 – “Lizing bo’yicha olish uchun hisoblangan foizlar”
Kredit 45100 – “Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha foizli daromadlar (tegishli mos hisobvaraq)”
Lizing ob’ektining asosiy summasini jadval asosida qaytarilganda va ularga hisoblangan foizlar undirilganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari beriladi: Debet – Kassadagi naqd pul va boshqa to’lov hujjatlari yoki mijozning depozit yoki bankning vakillik hisobvarag’i (umumiy summaga)
Kredit 15600–Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq) (asosiy qarz summasining qaytarilgan summasiga);
Kredit 16323 – Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha olish uchun hisoblangan foizlar (foizli daromad summasiga).
Lizing shartnomasi muddati tugaganidan so’ng lizing to’lovlarini to’lash shartlari to’liq bajarilgan taqdirda 15600 Lizing (moliyaviy ijara) va 16323 Lizing bo’yicha olish uchun hisoblangan foizlar hisobvaraqlari qoldig’i nolga teng bo’ladi.
Lizing ob’ekti lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasi shartlari buzilganligi sababli qaytarib olinganida, lizing beruvchi ushbu aktivning taqdirini hal etgunga qadar uni o’z balansiga quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari orqali qabul qiladi:
Debet 16705–“Bankning boshqa ko’chmas mulklari”
Kredit 15600–“Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq)”
Lizing oluvchi tomonidan lizing to’lovlari belgilangan muddatda amalga oshirilmagan taqdirda aktivga “Foizlarni o’stirmaslik to’g’risida”gi Nizomga (ro’yxat raqami 1304, 2004 yil 24 yanvar) asosan o’stirmaslik maqomi beriladi va aktivning kelgusi hisobi mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Lizing “Aktivlar sifatini tasniflash, tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan ehtimoliy yo’qotishlarga qarshi zaxiralar tashkil qilish va ularni ishlatish to’g’risida”gi Nizom (ro’yxat raqami 632, 1999 yil 11 fevral) talablaridan kelib chiqqan holda tasniflanadi.
Amaliyotda tijorat banklari ham ayrim asosiy vositalarni lizingga olishi mumkin. Lizing lizing oluvchi bankning moliyaviy hisobotlarida ham aktiv ham majburiyat sifatida tan olinadi. Lizingni dastlabki tan olishda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bajariladi:
Debet16515–“Ob’ektlarni lizingga olish va uni takomillashtirish huquqi”
Kredit 22100–“Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha majburiyatlarning tegishli mos hisobvarag’i”
Lizing oluvchi bank tomonidan lizing dastlabki tan olingandan so’ng keyingi hisob majburiyat bo’yicha asosiy qarz summasini va lizing bo’yicha foizlar to’lash hisobini yuritishdan iborat.
Lizing oluvchi bank tomonidan lizing to’lovlari jadvaliga muvofiq lizing bo’yicha foizli xarajatlar hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari beriladi:
Debet 54198–“Boshqa banklardan olingan lizing bo’yicha foizli xarajatlar” yoki 54199–“Boshqa lizing beruvchilardan olingan lizing bo’yicha foizli xarajatlar”
Kredit 22408 – “Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha hisoblangan foizlar”
Lizing oluvchi bank tomonidan lizing to’lovlari to’langanda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshiriladi:
Debet 22408 – “Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha hisoblangan foizlar”
Debet 22100–“Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha majburiyatlarning tegishli mos hisobvarag’i”
Kredit – “Bankning vakillik yoki lizing beruvchining depozit hisobvarag’i”
Lizing oluvchi bank tomonidan lizing ob’ekti bo’yicha amortizatsiya ajratmalari “O’zbekiston Respublikasi banklarida asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi to’g’risida Yo’riqnoma” (ro’yxat raqami 1434, 2004 yil 17 dekabr) talablari asosida amalga oshiriladi va quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 56626–“Ob’ektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo’yicha eskirish summasi”
Kredit 16519–“Ob’ektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo’yicha yig’ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)”
Lizing ob’ektini yillik qayta baholash lizing oluvchi bank tomonidan qonunchilikda o’rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Lizing ob’ektini lizing oluvchi bankka o’tkazish quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari orqali amalga oshiriladi:
Debet 16500 –“Asosiy vositalar (tegishli mos hisobvaraq)”
Debet 16519–“Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo’yicha yig’ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)”
Kredit 16515–“Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi”
Kredit 165xx–“Yig’ilgan eskirish summasi (tegishli mos hisobvaraq)”
Lizing shartnomasi muddati oxirida lizing oluvchi bankka lizing ob’ektining sotish sanasidagi haqqoniy qiymatidan past narxda sotib olish huquqi berilgan bo’lsa, sotib olish quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali amalga oshiriladi: Debet 22100–“Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha majburiyatlar”
Kredit –“Bankning vakillik yoki lizing beruvchining depozit hisobvarag’i”
Do'stlaringiz bilan baham: |