Korxonaning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv faoliyati
Barcha korxona va tashkilotlarning tartibli tizimda faoliyat olib borishi uchun, boshqaruv jarayonida korxonaga salbiy ta`sir ko`rsatadigan kamchiliklar yuzaga kelmasligi uchun hamda ish unumdorligi yanada ortishi uchun albatta ularning tashkiliy tuzilmasi mavjud bo`libgina qolmay, u to`gri shakllantirilgan bo`lishi ham lozimdir. Bunday qilish, korxonaning foydasiga ishlashi tayin. Boshqaruvning to`gri amalga oshirilishida shubhasiz korxonaning tashkiliy tuzilmasi muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday korxona va tashkilotning faoliyatini boshqarib turadigan, uni nazorat qiladigan boshlig`i bo`ladi. Boshliq shaxs haqiqiy boshliq bo`lishi uchun u o`z navbatida lider ham bo`lishi talab qilinadi. Lider esa boshliqdan farqli ravishda, qo`l ostidagi barcha ishchi xodimlarni o`zining liderlik qobiliyatlari bilan ortidan ergashtira oladi. Liderlik xususiyatiga ega boshliqlar ish faoliyatini tartibli olib borish uchun, uni bir nechta bo`limlarga ajratgan holda, ma`lum bir vazifalarni o`zining yordamchi boshliqlariga taqsimlab beradi. Bu o`z navbatida, ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatish jarayoning samaradorligini sezilarli darajada oshirishga hamda xo`jalik yurituvchi subyektning ish faoliyati tezlashib, yuqori tempda davom etishiga sabab bo`ladi. Shu tufayli, har bitta korxonaning tashkiliy tuzilmasi bo`lishi kerak nazarimda.
Men amaliyot o`tagan tashkilot, Temir yo`l transport boshqarmasining ham o`z tashkiliy tuzilmasi, sxemasi mavjud. Mazkur tashkilotning tashkiliy tuzulmasiga to`xtalib o`tamiz. Har qanday xo`jalik yurituvchi subyekt borki, xoh u ishlab chiqarish korxonasi bo`lsin, xoh xizmat ko`rsatuvchi tashkilot bo`lsin, o`zining boshlig`iga egadir. Boshliq o`z nomi bilan ko`rinib turibdiki, ish faoliyatiga bosh-qosh bo`ladigan, javobgarlik mas`uliyatini o`z bo`yniga olgan shaxs hisoblanadi. Tabiiyki, korxonalar aynan boshliqning buyruqlariga tayangan holda faoliyat yuritadi. Temir yo`l transport boshqarmasida ham boshqa tashkilotlarda bo`lgani kabi boshliq lavozimi mavjud. Mazkur lavozimning egasi, ya`ni TYTB ning boshlig`i qariyb 11yildan buyon X.Sh.Vohidov hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib, Temir yo`l transporti boshqarmasi boshlig`iga yaqindan yordam beradigan yordamchi xodimlar 2 tani tashkil qiladi. Bulardan birinchisi “Umumiy masalalar bo`yicha boshqarma boshlig`ining o`rinbosari” bo`lsa, ikkinchisi “Boshqarma bosh muhandisi (injeneri)” hisoblanadi.
Umumiy masalalar bo`yicha boshqarma boshlig`ining o`rinbosariga to`g`ridan to`g`ri “Moddiy-texnika ta`minoti byurosi” va “Ma`muriy xo`jalik qismi” bo`ysunadi. Mazkur bo`limlarning ish faoliyatini aynan boshqarma boshlig`i o`rinbosari boshqarib boradi va nazorat qiladi. Bu bo`limlarda qandaydir kamchiliklar yuzaga keladigan bo`lsa, ularni bartaraf etish va yangiliklar kiritish vazifasini o`z zimmasiga oladi. Yuqorida aytib o`tilgan bo`limlar faoliyati qay tarzda amalga oshirilayotgani hamda berilgan topshiriq va vazifalarni reja bo`yicha a`lo darajada bajaryotgani to`g`risida boshqarma boshlig`iga hisobot berib turadi.
Boshqarmaning bosh muhandisi boshqarma boshli`gi o`rinbosariga nisbatan bir muncha ko`proq bo`limlarga mas`ul rahbar sifatida faoliyat yuritadi. Bular qaysi bo`limlar ekanligini aytishdan oldin, Temir yo`l transporti boshqarmasida umumiy faoliyatni boshqarib borish vazifasini bajaradigan asosiy bo`limlar haqida qisqacha aytib o`tmoqchiman. Boshqa ko`pgina korxona va tashkilotlarda boshqaruvchi qismlar bo`lim deb yuritiladigan bo`lsa, Temir yo`l transporti boshqarmasida esa bunday bo`limlar “byuro” deb ataladi. Tashkilotda jami 6 ta asosiy faoliyatni boshqarishda boshliq va uning yordamchilariga ko`maklashadigan byurolar mavjud. Bular:
Mehnatni tashkillashtirish va rejalashtirish byurosi;
Kadrlarni komlektatsiyalash va tayyorlash byurosi;
Harakat xavfsizligi va sifat nazoorati byurosi;
Moddiy-texnika ta`minoti byurosi;
Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi byurosi;
Yoqilg`i-energetika resurslarini monitoring qilish byurosi.
Bundan tashqari byurolar bilan mavqe` jihatidan teng bo`lgan va deyarli bir xil vazifani bajaradigan 3ta asosiy bo`limlar ham mavjud. Bular:
Boshqarma boshlig`ining kotibasi;
Ma`muriy-xo`jalik qismi;
Axborot texnologiyalari guruhi.
Mehnatni tashkillashtirish va rejalashtirish byurosi boshlig`i Alisher Nazarov bo`lib, kamina aynan shu byuro tarkibiga kiradigan iqtisod bo`limida amaliyot o`tadim. Mazkur byuro tarkibidagi iqtisod bo`limida rejalashtirish bo`yicha iqtisodchi – Isakulov Anvar Isakulovich (mening amaliyot rahbarim), mehnatni tashkillashtirish bo`yicha iqtisodchi – Esanov Said Axadovich, mehnatni tashkillashtirish va normalashtirish bo`yicha iqtisodchi muhandis – Xayriyev Jamshid Farmonovich ishlashadi. Ularning asosiy vazifasi korxonaning kelgusidagi xarajat va daromadlarini rejalashtirish, har oy oxirida, chorak oxirida, yarim yillikda va yil so`ngida korxona amalga oshirgan xarajatlarni, olgan daromadlarini reja bilan taqqoslab, ularni umumlashtirgan holda hisobot tayyorlashdan, tannarxni tushirishning yo`llarini topib, amalga tadbiq qilish va korxona faoliyatiga yordam beradigan bir qancha jarayonlarga zarur bo`ladigan xom-ashyo va materiallarni kerakli miqdorda taqsimlashdan hamda ishchi xodimlarga ularning bajargan ishidan kelib chiqqan holda yoki belgilangan tartibda ish haqi miqdorini aniqlash va ish haqi to`g`risidagi tabel varaqasini tayyorlashdan iborat. Bir gap bilan aytganda, Mehnatni tashkillashtirish va rejalashtirish byurosi TYTB ning ajralmas bo`laklaridan biri bo`lib, u garchi jismoniy mehnatlardan yiroq bo`lsa-da, eng kerakli byuro hisoblanadi. Mazkur byuro bevosita boshqarma boshlig`iga bo`ysunadi va aynan boshliqqa faoliyat to`g`risida hisobot beradi.
Temir yo`l transporti boshqarmasida eng muhim va butun boshli faoliyatning o`z o`rnida amalga oshirilishida katta ahamiyat kasb etadigan bo`limlar ham mavjud. Bular Temir yo`l transporti bilan, uning harakati bilan bog`liq bo`lgan xizmat turlaridir. Umumiy hisobda tashkilotda 6 ta xizmat turlari faoliyat olib boradi. Barchasining o`z vazifasi bo`lib, bulardan birortasining mavjud bo`lmasligi butun boshli korxonaning faoliyati to`xtab qolishiga sabab bo`lishi hech gap emas. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, bu xizmat ko`rsatuvchi bo`limlarning korxonada o`rni beqiyosdir. Xizmat turlari quyidagilar:
Eksplutatsiya xizmati (mazkur xizmat turi to`g`ridan to`g`ri boshqarma boshlig`iga bo`ysunadi va aynan unga qilingan ishlar bo`yicha hisobot berib boradi. Eksplutatsiya xizmatining 3 ta stansiyasi bor: 1) Yangi Zarafshon stansiyasi; 2) Muruntov stansiyasi; 3) Kar’yer stansiyasi)
Yo`l xizmati (bu xizmat bo`limi boshqarma bosh muhandisi boshchiligida faoliyat yuritadi. Asosiy baja-radigan vazifasi temir yo`l-larning umumiy axvolini na-zorat qiladi. Agarda TYTBga qarashli temir yo`l liniyalaridagi biror hududda temir yo`li nosoz axvolga kelib qolgan bo`lsa, uni imkoni boricha tezroq va sifatliroq ta`mirlashi lozim bo`ladi. Javobgarlik ham ay-nan shu bo`lim xizmati zim-masiga yuklatiladi. Aytib o`tish joizki, xizmat turlaridan eng birinchi bo`lib Yo`l xizmati vujudga kelgan. Sababi, Temir yo`l transporti ishga tushishi uchun avvalo temir yo`lning o`zi mavjud bo`lishi kerak. Axir temir yo`lisiz Temir yo`l boshqarmasi ham bo`lmaydi.)
Lokomativ xizmati (boshqarma bosh muhandisiga bo`ysunib, unga xisobot beruvchi xizmat turi bo`lib, Temir yo`l transporti boshqarmasida muhim o`rin egallaydi desak, aslo yanglishmagan bo`lamiz.
Temir yo`l boshqarmasining asosiy transport turi shubhasiz, teplovoz sanaladi. Teplovoz – bu dizel motori va dizel yoqilg`isi yordamida harakatlanuvchi transport vositasidir.
Ma`danni tashishda aynan teplovozlarning yordamidan foydalaniladi. Shunday ekan, Lokomativ xizmati ishlab chiqarish faoliyatiga o`zining katta hissasini qo`shadigan xizmat turi deyilsa, noto`g`ri bo`lmaydi. Lokomativ xizmati 2ta hududda, Zarafshon va Bessapan maydonlarida mavjud bo`lib, Zarafshon maydonida joylashgan Lokomativ xizmati 3ta qismdan iborat. Bular 1) Teplovozlarni joriy ta`mirlash uchastkasi; 2)Teplovozlarni kapital ta`mirlash uchastkasi; 3) Ishlab chiqarishga tayyorlov uchastkasi.)
Vagon xizmati (boshqarma bosh muhandisi tasarrufidagi xizmat bo`limi hisoblanib, ma`dan(ruda)ni tashishda eng asosiy vosita, ya`ni vagonlar bilan va ularning texnik holatini nazorat qilishdan tortib, nosoz bo`lib qolganda ularni kapital yoki joriy ta`mirlash bilan shug`ullanadigan xizmat turi sanaladi. Ma`danni aynan vagonlarda tashish, har tomonlama qulayligini ta`kidlab o`tish joiz nazarimda. Birinchidan, bunday usuldan foydalanish ishlab chiqarish hajmini oshirishga sabab bo`ladi. Ikkinchidan, samaradorlik ham boshqa transport vositalaridagiga nisbatan bir necha barobar ortadi. Uchinchidan, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda vagonlardan va teplovozlardan, umumiy olib aytganda, Temir yo`ldan foydalanish anchagina qo`l keladi. Kam xarajat qilib, ko`proq hajmdagi ma`dan yuklarini tashishda, meni fikrimcha Temir yo`lga yetadigani yo`q. Magistral teplovozlari bir tashishda ma`dan bilan to`ldirilgan 11 ta vagonni tashishga qodir. Ma`danni bir marotaba tashish – sohada “Vertushka” deb ataladi. Vagonlarning asosan 3 xil turi mavjud: Dumpkar(ma`dan tashishda qo`llaniladigan vagon), yarim hajmli vagon(ma`dandan o`zga turli xil yuklarni tashish uchun kerak bo`ladigan vagon turi), Sesterna(suyuq holatdagi yuklarni, masalan, dizel yoqilg`isi, benzin, salyarka, eksplutatsiyada zarur bo`ladigan turli xil kislotalar, transport vositalari uchun suyuq holatdagi moy turlarini tashishda ishlatiladigan vagon)
Elektromexanika xizmati (boshqarmaning bosh muhandisi nazoratida faoliyat yuritadigan xizmat turi bo`lib, asosiy vazifasi asbob-uskunalardan foydalanish va ularni ta`mirlashdan iborat. Mazkur xizmat teplovoz va vagonlarni ta`mirlashda xizmat qiladigan texnikalar va uskunalar, elektr bilan ishlaydigan asboblarni tuzatish bilan shug`ullanadi. Bu xizmat bo`limining 2 ta: Zarafshon va Bessapan kabi uchastkalari mavjud.)
A loqa xizmati (boshqarmaning bosh muhandisi boshchiligida ish olib boradi va uning nazorati ostida bo`ladi. Aloqa xizmatining asosiy vazifalaridan biri bu boshqarmadagi boshliq xodimlardan tortib, dispetcher xodimlari o`rtasida aloqani ta`minlash, temir yo`l stansiyalari o`rtasida va ularning teplovoz mashinistlari bilan bo`lgan aloqasini ta`minlab berish sanaladi. Hozirgi zamona-viylashgan davrda avtomat-lashtirishning ahamiyati yu-qori bo`lib kelmoqda. Buni ishlab chiqarishga tatbiq qilish ham aynan shu xizmat bo`limi xodimlari va bosh-liqlari zim-masiga yuklatilgan. Turli xil noqonuniy ishlar yoki o`g`ir-lik holatlari vujudga keli-shining oldini olish maqsadida video kuzatuv jarayonlarini yo`lga qo`yish bilan ham shug`ullanadi.)
Temir yo`l transporti boshqarmasining tarkibiy tuzilmaviy sxemasi xuddi shu shakldadir. Bir qarashda korxonaning tarkibiy tuzilmasi oddiydek tuyulishi mumkin, lekin e`tibor berib ko`rilsa, ancha tartibli va mukammal tarzda tuzilganligiga va tashkil qilinganligiga guvoh bo`lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |