Mundarija kirish korxonaning tarixi va o`tmishi Korxonaning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv faoliyati Korxonaning iqtisodiy faoliyati va Rejalashtirish jarayonlari. Xulosa va takliflar foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati kirish



Download 5,95 Mb.
bet2/5
Sana23.04.2022
Hajmi5,95 Mb.
#575760
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hisobot (Автосохраненный)

Korxonaning tarixi
Qadimiy tariximizni o'rganish va bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz orasida keng targ'ib etish ularda ajdodlar tarixi va el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg'usining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q"dir. Ko'hna tarixning bir haqiqati bor. Qaysi davlatda tinchlik va barqarorlik bo'lsa, o'sha joyda ilm-fan taraqqiyotining rivojiga zamin yaratiladi.
O'zbekiston mustaqilligi Temir yo'l transporti boshqarmasi uchun keng imkoniyatlarni berdi va uni yangi taraqqiyot bosqichiga ko'tardi. Garchi korxona 55 yillik tarixga ega bo'lsa-da, istiqlol yillari Temir yo'l transporti boshqarmasi uchun yangi-lanish va rivojlanish davri bo'ldi. Temir yo'l transporti Kombinatning asosiy transport turi sifatida boy tarixga ega! Bu yerda o'ziga xos ilmiy-texnik an'analar shakllangan. Temir yo'l transportida faoliyat ko'rsatgan mehnat faxriylarining boy tajribasidan foydalanmasdan turib, sohada muvaffaqiyat qozonish qiyin. Mashhur yozuvchi, temir yo'lchi Vladimir Chivilixin aytganidek, "Tarix hayotning uzoq davom etadigan haqiqati va tarixdagi barcha qahramonliklar insoniyat kelajagi uchun zarurdir" Temir yo'l transporti boshqarmasini tashkil topishi, rivojlanishi va ulkan korxonaga aylanishi matonatli, mustahkam irodali, eng murakkab muhandislik, texnikaviy va ijtimoiy masalalarni hal etishga qodir bo'lgan fidoyi kishilar mehnatining samarasi desak, mubolag'a bo'lmaydi!
XX asrning 50-yillari oxirida Qizilqum cho'lining qoq markazida noyob "Muruntov" oltin koni ochildi. Navoiy kon metallurgiya kombinati jamoasi zimmasiga oltin qazib oluvchi kar`yer, gidrometallurgiya zavodi, Amudaryo-Zarafshon suv inshooti va Zarafshon sharidan iborat tarkibidagi kon boyitish kompleksini qurish vazifasi topshirildi. Bu ishlarni temir yo'lsiz amalga oshirishning imkoni yo'q edi. Qo'shimcha ravishda shuni ta'kidlash joizki, mamlakatimizning dur-u javohirlar xazinasi hisoblangan azim Zarafshon vohasida aholining yashashi uchun ko'p xonadonli uylar qurilishi, zavod va ishlab chiqarish korxonalarining barpo etilishi, oltin qazib olish faoliyatining barqarorligini ta'minlash uchun har tomonlama arzon va qulay transport vositasi zarur edi. Shu bois 1965-yilning yoz faslida odam yursa oyog'i, qush uchsa qanoti kuyadigan, ko'hna tarix guvohi asriy Qizilqum sahrosining bag'rida barpo etilgan Zarafshon shahrida V.I.Anishkin boshchiligida "Qizilquduq" stansiyasidan "Yangi-Zarafshon" stansiya-sigacha temir yo'l qurilishi boshlangan.
Keyinchalik, V.I.Anishkin Temir yo'l sexida Yo'l xizmati boshlig'i sifatida faoliyat yuritgan. Uning boshchiligida Qizilqum sahrosida olib borilgan temir yo'l qurilish ishlari 1966-yilda yakunlangach, Temir yo'l sexiga asos solingan. Dastavval Temir yo'l sexida ikki kishi, ya'ni sex rahbari - A.G.Pavlyuchenko, stansiya boshlig'i - G.I.Kovalenko faoliyat olib borishgan. 30 yil davomida Temir yo'l sexiga A.G.Pavlichenko, M.Ya.Danilenko, V.P.Lisitsin, V.N.Kushevoy, A.I.Cherepanov, S.N.Semyonovlar rahbarlik qilishdi.

Temir yo'l sexining texnik qayta jihozlanishi, yangi binolar va yo'llar qurilishi A.I.Cherepanov nomi bilan bog'liq. A.I.Cherepanov 1996-yildan 2001-yilgacha Temir yo'l transporti boshqarmasini boshqargan. Temir yo'l qurilishi va yangi temir yo'l liniyalarining ishga tushirilishi NKMKda metallurgiya, mashinasozlik va o'z navbatida iqtisodiyotning rivojlanishiga katta turtki bo'lib xizmat qildi. 1966-yilning yozida Temir yo'l sexida A.I.Maslennikov boshchiligida eksplutatsiya bo'limi tashkil qilindi.
1967-yilning yanvar oyida "Qizilquduq-Muruntov" temir yo'l liniyasi quriliv foydalanishga topshirildi. Shu davrda "Qizil-quduq" stansiyasiga har sutkada 60-70 vagonda quvurlar, 40-50 vagonda sement, 30-40 sisternada ishlab chiqarish uchun zarur neft mahsulotlari va qurilish materiallari olib kelingan. Yuklarni tushirish uchun hech qanday maydonlar yoki omborlar yo'q edi. Ular temir yo'l bo'ylab yuklarni tushirishar va buning uchun korxonalar xodimlarini jalb qilishardi. Bu ushlarni dam olishsiz amalga oshirgan xodimlardan qanchalik ko'p mehnat talab qilinganligini tasavvur qilish qiyin.
Birinchi poyezd tuzuvchilar sifatida L.N.Sergeyev, I.F.Pastuxov, G.Fazulbakov va V.Rudenkolar faoliyat yuritishgan. Sexga mutaxassislar, temir yo'l ishchilari, lokomativ mashinistlari, dispetcherlar, stansiya navbatchilari, poyezd tuzuvchilari va temir yo'l montyorlari zarur edi. Asta sekin Temir yo'l sexi mutaxassislar bilan to'ldirildi. Ular asosan Rossiya, O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston temir yo'llaridan kelgan tajribali ishchilar edi. Yarim asr davomida Goldovlar oilasi - vagon xizmati boshlig'i Viktor Ivanovich va kotiba Zinaida Grigoryevna ishlagan.
1967-yil "Yangi Zarafshon - Muruntov" temir yo'l liniyasi joriy etilishi bilan xalq xo'jalik mollari bevosita qurilayotgan zavod obyektlariga tashiy boshlandi. Xuddi shu yili Bessapan ishlab chiqarish hududiga ishchi xodimlarni tashish uchun 15ta vagondan iborat yo'lovchi poyezdi ishga tushirildi. 2-gidrometallurgiya zavodining qurilishi rejalashtirilgandan so'ng, 1969-yilda "Muruntov-Kar`yernaya" temir yo'l izi qurilishiga start berilib, shu yilding o'zidayoq 3,2 kmli bir tomonlama temir yo'l izi foydalanishga topshirildi va tashish ishlari tezda boshlandi.
1 969-yili tarkibida qimmatbaho metall mavjud bo'lgan ma'danlar teplovoz va vagonlar(dumpkar) yor-damida 2-GMZ ning katta maydalash konusiga(KKD) keltirildi. Mazkur ma'danlar mavjud bo'lgan vagon-lardan iborat teplovozni birinchi V.I.Kryajnikov ismli lokomativ mashinisti boshqargan.
2015-2016-yillar "MKB temir yo'l transportini texnik qayta jihozlash" investitsiya dasturiga muvofiq 2BC-105 rusumli 45 ta ag'darma vagonlar xarid qilindi. Bugungi kunda ushbu vagonlarning qulayligi amalda ko'rinmoqda va buning natijasida vagonlarni rejadan tashqari ta'mirlash ish-lari sezilarli darajada kamaydi. 2016-yilda "Yangi Zarafshon" va "Muruntov" stansiyalari oralig'idagi umumiy uzunligi 15 km bo'lgan temir yo'l izining rekonstruksiya qilinishi poyezdlar tezligini 25km/soat dan 50-60 km/soat gacha oshirish imkonini berdi. Bessopan maydoniga "Yangi Zarafshon" stansiyasidan ishchi xodimlarni va xo'jalik mollarini tashish uchun sarflanadigan vaqt sezilarli darajada qisqardi. Buning oqibatida mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligi anchagina oshdi. Kam muddatda ko`p ish bajariladigan bo`ldi.
2020-yilda Temir yo'l transporti boshqarmasining lokomativ parki zamonaviy 2TE25Km rusumidagi teplovozlar bilan yangilandi.

Temir yo`l transporti boshqarmasi vujudga kelganidan toki hozirgi kunga qadar tubdan o`zgarishga erishdi. Yangidan yangi sex va uchastkalar ochilgani-yu, temir yo`l liniyalarining uzunligi yanada kengayganini hamda innovatsion teplovoz va lokomativlarning olib kelinganini bunga yaqqol isbot sifatida keltirishimiz mumkin. Eng asosiysi, bunday ijobiy o`zgarishlarning oqibatida, Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy kon boshqarmasi talab qilgan hajmdagi ma`danni ortig`i bilan tashiyotganligi uning har tomonlama rivojlanganligidan dalolat beribgina qolmay, ishchi xodimlarning va boshliqlarning o`z ishiga mas`uliyatli hamda sadoqat bilan yondashayotganini anglatadi.
Shonli tarixga ega bo`lgan Temir yo`l transporti boshqarmasi joriy yilning 1-avgustida (avgustning 1-yakshanbasi) o`zining 55 yilligini nishonlaydi. Garchi pandemiya sharoitida bunday qutlug` yubiley bayramini tantanali nishonlashning imkonini bo`lmasa-da, lekin bayram shukuhini biroz bo`lsa ham his qilish maqsadida o`zining ish faoliyatini ijobiy olib borgan, Temir yo`l transporti boshqarmasi uchun fidokorona xizmat qilgan ba`zi namunali ishchi xodimlarni maxsus medal va nishonlar bilan taqdirlash rejalashtirilgan.

NKMK direktori Q.S.Sanaqulov, MKB bosh direktori E.Xalikulov va bir nechta boshliqlar tashkilotning 55 yillik bayrami bilan yozma ravishda qutlashdi!


Download 5,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish