Mundarija Kirish Inflyatsiya tushunchasi va uning mohiyati


Narxlar va ish haqini qotirib qo`yish siyosati



Download 410,37 Kb.
bet10/13
Sana16.03.2022
Hajmi410,37 Kb.
#496520
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
КУРС

Narxlar va ish haqini qotirib qo`yish siyosati:
Bu iqtisodiyotga aralashishning antiinflyatsion tadbirlari hisoblanib, inflyatsiyani yumshatishga qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda narxlar va ish haqini oshirish qonun bilan taqiqlandi yoki ma'lum doira bilan cheklanadi. Antiinflyatsion tadbirlar orqali inflyatsiya darajasini pasayishi investitsiyalarga rag`bat beradi.
Ish bilan bandlilik xizmati faoliyati (mehnat birjalari)ni tashkil qilish.
Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko`radi. Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta'minlanmaganlarga nafaqa beradi, muhtojlarga yordam ko`rsatadi.
Aholi real daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta'sir ko`rsatishi sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste'molchilik tovarlariga narxning o`sishini hisobga olish va daromadlarni indeksatsiyalash, ya'ni nominal daromadlarni narxlar o`sishiga bog`liqlikda oshirib borish hisoblanadi.
Inflatsion targetlashga o’tish boshlanadi12
Iflyatsion targetlash 1989 yilda Yangi Zelandiyada joriy etilgan. Bugungi kunda 30 dan ortiq mamlakat, ular qatorida Armaniston va Rossiya ham bor, mazkur rejimni faol qoʻllamoqda. Belarusiya va Qozogʻiston Markaziy banklari inflyatsiyaviy targetlashga oʻtish maqsadi va dasturlari haqida bayonot berishdi. Inflyatsion targetlash - pul-kredit siyosatining rejimi boʻlib, unga koʻra oхirgi maqsad sifatida narх barqarorligi koʻzlanadi. Markaziy bank foiz siyosati vositasida uni ta’minlash choralarini koʻradi va oʻz siyosatining natijasi uchun ommaviy javobgar boʻladi.nflyatsion targetlash inflyatsiyaning volatilligi va inertligini pasaytirishning samarali dastagi hisoblanib, u oʻz navbatida, oʻrta muddatli istiqbolda iqtisodiyotning mustahkam va barqaror oʻsishi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratadi.  Mazkur rejim Markaziy bankka inflyatsiya boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun katta imkoniyatlarni nazarda tutadi. Bunda Markaziy bank diqqat e’tiborini koʻproq iqtisodiyotning ichki muammolariga qarata oladi, sababi inflyatsiyani targetlash makroiqtisodiy vaziyatdagi oʻzgarishlarga yanada qayishqoqlik bilan yondashishga imkon beradi. Inflyatsion targetlash rejimiga oʻtishga tayyorgarlik koʻrish pul-kredit siyosati dastaklari ta’sirini cheklovchi asosiy omillarni aniqlash va bartaraf etishni talab qiladi. Bugungi bosqichda Oʻzbekistonda pul-kredit siyosatining amaldagi dastaklarini takomillashtirish va zamonaviy dastaklarni joriy etishga ustuvorlik beriladi. Mamlakatda hozirda pul-kredit siyosatini amalga oshirish uslublarini inflyatsion targetlashga oʻtkazish uchun huquqiy asoslar yaratilgan. Xususan, valyuta siyosatini liberallashtirish, ayirboshlash kursi shakllanishining bozor sharoitlarini yaratish boʻyicha choralar koʻrilgan, Markaziy bankning ustuvor maqsadlari aniq belgilab berilgan, pul-kredit siyosatini amalga oshirish faol bosqichga oʻtmoqda, inflyatsiyani hisob-kitob qilish va baholash uslubiyati takomillashtirilgan.Shunga qaramay, inflyatsion targetlash rejimini joriy etish boʻyicha mavjud ehtimoliy tavakkalchilik va cheklovlar oldinga qoʻyilgan vazifani bajarishni birmuncha qiyinlashtirmoqda. Markaziy bank prognoz-tahlil bazasi mustahkamlanishi, pul-kredit siyosati dastaklari takomillashtirilishi, kommunikatsiya siyosati va aholining ishonchini oshirishga yuqori darajada e’tibor qaratadi. Shuningdek Markaziy bank mazkur rejimga bosqichma-bosqich oʻtishni ta’minlash boʻyicha choralarni koʻrishda tarmoq vazirlik va idoralar bilan sa’y-harakatlarni birlashtiradi.Xalqaro tajriba bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit siyosatini yuritishning samarali usullaridan biri inflyatsion targetlash rejimi ekanligini koʻrsatmoqda, bunda pul-kredit bozoridagi markaziy bankning faol ishtiroki, shuningdek, iqtisodiy rivojlanishning muntazam tahlili va davlat siyosati rejalarining keng yoritib borilishi inflyatsiyaning miqdoriy maqsadlariga erishishni taʼminlaydi.Shu bilan birga, inflyatsion targetlash rejimini joriy etish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Vazirlar Mahkamasining quyidagi yoʻnalishlarga qaratilgan muvofiqlashtirilgan tayyorgarlik ishlarini talab etadi: - Inflyatsiyaning nomonetar omillari rolini bosqichma-bosqich pasaytirish, shu jumladan, tariflarni tartibga solishni isloh qilish, iqtisodiyotning real sektorida tarkibiy iqtisodiy islohotlar samaradorligini taʼminlash va ichki bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirish; - Markaziy bankning makroiqtisodiy tahlil va kommunikatsiya siyosati sifatini oshirish; - regulyatorning kredit bozoriga samarali taʼsir etishini taʼminlab beruvchi, pul bozorini tartibga solishning yangi instrumentlarini joriy etish.

Download 410,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish