Mundarija kirish I



Download 0,51 Mb.
bet3/8
Sana17.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#815927
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
A.H.D botanika kurs ishi

Vegitativ ko’payish. Bu ko’payish tuban va yuksak o’simliklar uchun xosdir. Vegetativ ko‘payish (lot. “vegetativus - o’sish) - o‘simlikning yo‘qolgan qismini yoki organini tiklashga, ya’ni regeneratsiya hodisasiga, shuningdek, ayrim tana qismlaridan bir butun o‘simlik paydo qila olish hususiyatiga asoslangan. O’sish, vegetativ ko’payish, ya’ni individlarning rivojlanishi uning vegetativ organlaridan (ildiz, poya, barg, piyozbosh, ildizpoya, tugunak, ildizbachki va boshqalar) va ularning bo‘laklaridan boshlanadi. Vegetativ ko‘payish ba’zi bir hujayrali suvo‘tlarni oddiy bo‘linish yo‘li bilan ikkita yosh hujayraga aylanishini misol qilish mumkin. Xlorella, xlorokokk va ko‘pchilik suvo‘tlar ana shunday ko‘payadilar. Ko‘p hujayrali suvo‘tlarda vegetativ ko‘payish tanasining bo‘laklarga ajralishi bilan boradi. Zamburug‘larda esa mitseliy ayrim bo‘laklarga ajralib ketishi yoki achitqi zamburug‘ida kurtaklanish yo‘li bilan boradi. Lishayniklar ixtisoslashgan sorediylar va shamol yoki yomg‘ir ta’sirida oson tarqaladigan o‘simtalar – izidiylar yordamida vegetativ ko‘payadi. Gulli o‘simliklarda vegetativ ko‘payish juda xilma-xil usullarda boradi. Ona o‘simlikdan vegetativ yo‘l bilan hosil bo‘lgan yangi individlar yig‘indisi klonlar deb ataladi. Ko‘p yillik o‘t o‘simliklar va yarim butalarda poyaning pastki ildizga yaqin kaudeks qismi ajratiladi. O‘q ildizli o‘simlikning kaudeks bilan birga ayrim individlarga bo‘linib ketishi partikulyatsiya deyiladi. Vegetativ ko‘payish usuli tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, ayniqsa noqulay sharoitda yashovchi o‘simliklar urug‘ yordamida ko‘payish o‘rniga ko‘pincha vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. O'simliklarning vegetativ ko'payishi, qisqacha qilib aytganda, ota-ona qismlaridan yangi individning hosil bo'lishidir. Ushbu ko'payishda genetik jihatdan bir xil organizmlar hosil bo'ladi. Vegetativ ko'payish o'simlik yer ustki qismlarining yangilanishiga ham olib keladi. Tabiiy sharoitda o‘simliklarda keng tarqalgan quyidagi vegetativ ko‘payish usullarini farq qilish mumkin: Tugunaklar orqali ko'payish. Tugunak ko'rinishi o'zgargan poya bo'lib yer osti uchki qismining yo'g'onlashuvidan iboratdir. Unda asosan barglarda sintezlangan kraxmal yig'iladi. Tugunakning bo'g'im oraliqlari qisqa bo'ladi. Uning kurtaklari chuqurchada joylashganligi uchun ko'zchalar ham deyiladi. Ushbu kurtaklarning meristemalari chuqur tinim holatida bo'ladi. Bu kurtaklarning chuqur tinchlik holatida bo'lishligi ularning to'qimalarida va ko'zcha hujayralarida ABK gormoni miqdorining yuqori bo'lishi, ko'zchalarda ingibitorlik xususiyatga ega bo'lgan fenol birikmalarining yani skopolitenning ko'p bo'lishi tinchlik holatiga sabab bo'ladi. Chunki ushbu fiziologik faol birikmalar RNK va oqsil sintezini to'xtatadi hamda membranalarning holatiga ta’sir qiladi. Ko'zchalarning tinchlik holatidan chiqishi davrida esa fenol tabiatli ingibitorlar va ABK gormonining miqdori 10-100 marta kamayib erkin gibberellinning miqdori ortib ketadi. Kartoshka tugunaklarini ekzogen gibberellin bilan ishlash orqali yangi kartoshka tugunaklarini ham ekish va undan bir yilda ikki marotaba hosil olish mumkin. . Bunday ko‘payishni madaniy ekinlardan kartoshka, topinambur, kartoshkagul kabi o‘simliklarda uchratamiz. Tabiiy sharoitda esa siklamen, burmaqora, salomalaykum va boshqalar shu yo’l bilan ko’payadilar. Salomalaykumning bir tupi 100 tagacha tugunak hosil qiladi.






Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish