Maqsad (o‘quv, ta’limiy) - ta’lim jarayoni oldiga qo‘yilgan umumiy vazifa.
Mazmun (o‘qitish, ma’lumot olish) – ta’lim jarayonida tahsil oluvchilar egallashi zarur bo‘lgan ilmiy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va malakalar, faoliyat va tafakkur usullarining tizimi.
Ta’limni tashkil qilish shakli (lotinchadan forma - tashqi ko‘rinish, qobiq), avvalombor, o‘quv jarayonini amalga oshirish bilan: ta’lim oluvchilarning soni, o‘qitish vaqti va joyi bilan: ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatini tashqi ifodasi bilan bog‘liq: frontal yoki individual ish, guruhlarda ishlash shakllari.
Do'stlaringiz bilan baham: |