rasm
Iqtisodiyotda soliq yuki, YaIMga nisbatan %da
Soliq tizimida mavjud soliqlar iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko’ra to’g’ri(bevosita) va egri(bilvosita) soliqlarga bo’linadi.
To’g’ri soliqlarni soliq to’lovchilarning o’zi to’g’ridan-to’g’ri to’laydi, soliqning huquqiy jihatdan ham, haqiqiy to’lovchisi ham bitta shaxs bo’ladi. Bu soliqlarga daromaddan va mulkdan to’lanadigan barcha soliqlar kiradi .
Egri soliqlar yuridik jihatdan to’lovchilari mahsulot, ish va xizmatlarni yuklab yuboruvchilar bo’lib, soliqning haqiqiy og’irligi oxirgi iste’molchining zimmasiga tushadi, soliq summasi tovar, ish va xizmatlar narxi ustiga ustama tarzda o’rnatiladi.
Shu o’rinda davlat byudjeti daromadlari takribini tahlil qilamiz(2-jadval).
Jadvalda keltirilgan raqamlardan ko’rinib turibdiki, 2012-2014 yillarda davlatimiz byudjetining daromadlari tarkibiy tuzilmasida egri soliqlar asosiy salmoqqa ega.
Ushbu soliqlarni yillar bo’yicha tahlil qiladigan bo’lsak, egri soliqlarning jami byudjet daromadlaridagi ulushi 2012 yilda 54,3% , 2013 yilda 51,0 % va 2014 yilda 51,7% qilib rejalashtirilgan bo’lsada, mos ravishda ijro bo’yicha 48,9%, 51,0% va 53,1 %larni takshil etgan.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilmasida to’g’ri soliqlar ham o’z o’rniga ega. Ular yordamida byudjet daromadlarining ¼ qismidan ko’prog’i shakllanadi. To’g’ri soliqlarning asosiy qismi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining hissasiga to’g’ri keladi. To’g’ri soliqlarning ulushi jami byudjet daromadlari tarkibida 2012 yilda 25,2% , 2013 yilda 26,2 % va 2014
yilda 25,8 %ga rejalashtirilgan bo’lsada, mos ravishda ijrosi: 25,35, 24,2% va 23,4
%ni tashkil etgan.
Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i yordamida davlat byudjeti daromadlarining 15,0%i tashkil topmoqda. Uning asosiy qismi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqqa to’g’ri keladi. Bu soliqlarning byudjetdai ulushi 2012 yilda 13,3%, 2013-2014 yillarda 15% ga rejalashtirilgan bo’lsa, 2012 yilda
15,5%, 2013 yilda 14,8% va 2014 yilda 13,5% ni tashkil qilgan.
borada amalga oshirilayotgan ishlarning qanchalik darajada samarli tashkil etilayotganligidan dalolat beradi.
Ma’ulumotlardan ko’rinib turidiki, jami daromadlar 2013 yilda 104,5 foizga va 2014 yilda 105,2 foizga bajarilgan.
To’g’ri soliqlarning jami 2013 yilda 96,5 foizga va 2014 yilda 95,4 foizga bajarilgan, shundan yuridik shaxslardan olinadigan foydasolig’i: 2013-yilda 83,8 va 2014-yilda 86,0 foizga, savdo vaumumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to’lovidan 101,9 va 96,4 foizga, mikrofirma va kichik korxonalardan yaagona soliq to’lovidan davlat budjetiga ajratmalar, 100 va 106,2 foizga, jismoniy shaxslar daromadiga soliq 98,1 va 98,4 foizga, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yich qat’iy belgilangan soliq 121,5 va 109,5 foizga, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i 90,1 va 75,0 foizga bajarilgan.
Egri soliqlarning jami 2013 yilda 102,8 foizga va 2014 yilda 107,9 foizga bajarilgan. Tarkibini ko’radigan bo’lsak, QQS 2013-yilda 97,6 foiz va 103,9 foizga, aksiz solig’i mos ravishda 111,9 va 109,7 foizni, bojxona boji 101,5 va 118,2 foizga, transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gazni istemol qilganlik uchun soliq 115,1 va 128,1 foizga bajarilgan.
Mol mulk solig’i va resurs to’lovlarining jami 2013 yilda 103,5 foizga va 2014 yilda 95,4 foizga bajarilgan bo’lsa, mulk solig’i 121,7 va mos ravishda 112,2 foizga, yer solig’i 90,3 va 97,3 foizga, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq 100,5 va 87,7 foizga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 108,4 va 91,5 foizga bajarilgan .
Byudjet ijrosi bo’yicha eng yuqori ko’rsatkich boshqa daromadlar hissasiga to’g’ri kelib, 2013 yild 180 foizga va 2014 yilda 254 foizga bajarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |