Mundarija kirish I. Boshqaruv tizimining tarixiy-madaniy asoslari



Download 291,5 Kb.
bet3/8
Sana11.03.2022
Hajmi291,5 Kb.
#490838
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbekistonda zamonaviy boshq

BMIning davriy chegarasi. Ushbu mavzu qadimgi davrdan mustaqillik yillarini qamrab olgan. O’zbekistonda zamonaviy boshqaruv siyosati va uning mohiyatini ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotiga doir ma’lumotlarni qamrab oladi.
BMIning ilmiy yangiligi: Ishda qadimgi davridan hozirgacha bo’lgan O’zbekistondagi zamonaviy boshqaruv siyosati va uning mohiyati, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotiga oid muammo va oqibatlari:
– Boshqaruv tizimining tarixiy-madaniy asoslarini o’rganish;
– O’zbekistonda boshqarishning shakllanishi va keyingi tarixiy davrlarda rivojlanishini asoslash;
– Mustaqillik yillarida zamonaviy boshqaruv tizimining yo’lga qo’yilishini yoritsh;
– Zamonaviy boshqaruvning ma’naviy-ma’rifiy jihatlari va uni tahlil qilish;
– Hozirgi zamon ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishni bayon qilish;
– Boshqaruvda rahbar ayol ma’naviyatini o’rganish;
– Rahbar ma’naviyati va boshqaruv usulini yoritish orqali asoslab berilgan.
BMIning ilmiy va amaliy ahamiyati: Mazkur BMIda berilgan ma‘lumotlar, ilmiy xulosalar, tavsiya va takliflar O’zbekiston tarixining qadimgi davrdan hozirgacha bo’lgan davr tarixini qiyosiy o’rganishda, O’zbekistonda zamonaviy boshqaruv siyosatining shakllanish jarayoni va uning mohiyatiga oid tarixini tadqiq etishda foydalanish mumkin.
Ishning aprobatsiyasi: BMI Qarshi davlat universiteti Tarix fakulteti O’zbekiston tarixi kafedrasi qoshidagi “Yosh o’lkashunos” to’garagida ma’ruza qilingan.
Ishning tuzilishi: BMI Kirish, 2 asosiy bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib 96 sahifani tashkil etadi.
I. BOB. BOSHQARUV TIZIMINING TARIXIY-MADANIY
ASOSLARI
I.1. O’zbekistonda boshqarishning shakllanishi va keyingi tarixiy davrlarda rivojlanishi
Insoniyat tarixida boshqaruvning ilk shakli – ijtimoiy boshqaruv, ibtidoiy jamiyatda vujudga kelgan. Urug’ va qabila a’zolari hayotida axloqiy me’yorlar, odamlarning xulq-atvori qoidalari muhim ahamiyatga ega bo’lib, jamiyat boshqaruvi ijtimoiy hokimiyatga asoslangan (oqsoqollar kengashi, jamoa yig’ilishi). Urug’ a’zolarini umumiy manfaatlar, umumiy mehnat va o’zaro yordam birlashtirgan. Turli harakterdagi muhim masalalar (ijtimoiy, xo’jalik, urf-odat, e’tiqod) urug’ kengashida qabul qilingan. Jamoa a’zolari yig’ilishida urg’ boshlig’i saylangan. Ijtimoiy hokimiyat meros sifatida otadan o’g’ilga o’tmagan va jamiyatda huquqiy munosabatlar shakllanmagan.
Siyosiy tashkilot maqomi darajasiga yetmagan jamiyatda rahbar –yo’lboshchining amaliy bilimlari va nufuzi boshqalarga nisbatan yuqori bo’lsa-da, u jamoa a’zolari bilan xo’jalik ishlarida, ovchilik, baliqchilik, termachilik jarayonlarida baravar ishtirok etib, tashkiliy-boshqaruv faoliyati bilan ajralib turgan. Yo’lboshchi axloqiy me’yorlar, jamoaning turmush tarsi qoidalariga rioya qilgan holda o’z mansabi va nufuzini saqlab turgan. Aksincha, harakatlar, ya’ni axloqiy qoidalarni buzish katta gunoh hisoblanib, bu urug’ va qabila boshliqlarini ijtimoiy boshqaruv faoliyatidan chetlashtirishga ham sabab bo’lgan. Bunday qaror jamoa vakillarining yig’ilishida qabul qilingan.1
Ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar – dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar o’zgarib, ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyotining umumiy rivojini tezlashtirishga imkon bergan. Mis va bronza metallurgiyasining kashf etilishi (6-4,5 ming yil avval), maxsus hunarmandchilik va binokorlikning rivojlanishi tufayli ijtimoiy boshqaruv yangi asosda taraqqiy etgan.
Ibtidoiy tarixda aholining joylashuvi qarindosh-qardoshlik aloqalari bilan belgilangan. U yoki bu hududda faqat bitta urug’ning a’zolarigina yashagan. Xo’jalik ishlab chiqaruvchilarning taraqqiyoti aholi joylashuvi hududlarning kengayishiga, tashqi aloqalarning uzluksiz rivojlanishiga olib kelgan. Ishlab chiqarish zarurati va boshqa iqtisodiy omillar shuni taqazo etgan. Shu tariqa aholining aralash joylashuvi jarayoni boshlangan. Shu tariqa, jamiyatning yangi hududiy tashkiloti vujudga kelgan. Qarindosh-urug’chilik jamoasi o’rniga hududiy qo’shnichilik jamoasi paydo bo’lgan.
Ijtimoiy mansablarni agallash, jamoa ishlab chiqarish ishlari va ijtimoiy mehnat taqsimoti bilan bog’liq bo’lgan. Boshqaruv faoliyati zarurati ishlab chiqarishni tashkillashtirish, ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish va jamoa mahsulotini taqsimlash kabi ishlar bilan maxsus shug’ullanuvchi ayrim shaxslarni yuzaga chiqargan.
Shu tarzda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti jamiyatda o’z obro’-e’tiboriga ega bo’lgan, faqat ishlab chiqarish bilan shug’ullanmasdan, ijtimoiy munosabatlarni va xo’jalik hayotini nazorat qiladigan hamda boshqaradigan shaxslarning saralanishiga olib kelgan. Bunday odamlar o’zlarining shaxsiy axloqiy xislatlari, amaliy bilimlari va nufuzlari bilan boshqalardan ajralib turgan. Shunday qilib, ishlab chiqarish faoliyatidan tashkiliy-boshqaruv faoliyati ajralib chiqqan.
Rahbar-yo’boshchining nufuzi yuqori bo’lsa-da, jamiyatdagi ishlab chiqarish jarayoni boshqaruv yutuqlariga asoslangan ijtimoiy hokimiyat dastlab siyosiy davlat maqomi darajasiga yetmagan ijtimoiy tashkilot turini o’zida ifoda etgan. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning murakkablashuvi, boshqaruv funksiyalarining kengayib borishi natijasida, bunday tashkilot boshqaruvchisi lavozimini bajaruvchi shaxslar o’z mehnati evaziga moddiy jihatdan rag’batlantirilgan. Moddiy boyliklarni taqsimlash va jamoa mahsulotidan olinadigan ulush bunday kishilarning jamiyatdagi o’rni va amaliga bog’liq bo’lgan. Shunday qilib, yo’lboshchi rahbarning dastlabki ijtimoiy foydali faoliyati kasbi (professional) boshqaruvchilikka aylanib, ijtimoiy mansablar va hokimiyat huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan.
Boshqaruvning asoslari aholining hayotiy muhim manfaatlarini amalga oshirish zaririyatidan kelib chiqqan. Shu tariqa, ishlab chiqarish xo’jaliklar, ixtisoslashgan hunarmandchilik, mol ayriboshlash, savdo-sotiq aloqalarining rivojlanishi natijasida, jamiyat ijtimoiy-amliy vazifalar jihatidan bo’lingan, ko’p funksiyali – ijtimoiy, iqtisodiy, harbiy, ma’muriy-hududiy boshqaruv paydo bo’lgan. Jamiyatda huquqiy munosabatlar shakllana boshlagan.
Binobarin, eng qadimgi davrlardan boshlab, quyidagi boshqaruv vazifalari ustuvor bo’lib kelgan deb ayta olamiz, bular –­­­ ­­­­­­rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solish, nazorat, jamoatning ichki va tashqi munosabatlarni boshqarib turish va hokazo vazifalar.
Ma’lumki, milodiy ikkinchi ming yillikning boshlarida Xorazm dunyoda qudratli, yengilmas davlat hisoblangan. Xorazm Osiyoning muhim qismlarini, Yevropaning sharqiy bo‘lagidagi iqtisodiy jihatdan baquvvat hududlarni qamrab olgan buyuk davlat bo‘lgan. Iroq, Xitoy, Shimoliy Rusiya, Hindistonning yarmi o‘sha davrlarda Katta Xorazm hududiga kirgan. Afsuski, shunday qudratli davlat keyinchalik turli sabablar bilan parokanda bo‘lib ketdi. Bu esa yovuz kuchlar xuruji ko‘payishiga qulayliklar tug‘dirdi. Shunday qilib, bir tomondan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy inqiroz, ikkinchi tomondan Chingizxon tajovuzi Xorazmni xarob qildi.
Xorazmshohlar davlati hukumat idorasining eng oliy organi buyuk devon hisoblangan. Vazir, sohibi devoni davlat, sohibi devoni insho, sohibi devoni istifo, sohibi devoni ishraf, sohibi devoni arz – bular buyuk devon a’zolari bo‘lgan. Buyuk devon – davlat ishlari muhokama etiladigan va qarorlar chiqariladigan kengashdir. Biroq uzil-kesil qarorni sultonning o‘zi chiqargan.
Xorazmshohlar davlatida markaziy davlat idorasining rahbari (al majlisal oliy al-faxriyatoji) – eng yuqori martabali mansabdor bo‘lib, u vazir deb atalgan. Vazir davlat rahbarining birinchi maslahatchisi bo‘lib, u faqat shohning o‘zigagina bo‘ysungan.1 Vazir rasmiy marosimlar, davlatlararo aloqalar, mustamlakalar bilan olib boriladigan muzokaralarda shoh nomidan qatnashar, davlat rahbari va fuqarolar o‘rtasida vositachilik qilar, barcha davlat amaldorlarini mansabga tayinlash va almashtirish, nafaqalar (arzak), moddiy yordamlar (mavajib) joriy etish ishlarini boshqargan hamda xazina va soliq tizimini nazorat etish, mahalliy vazirlar hisobotini olish kabi qator vazifalarni bajargan.
Vazirlarga sadr, dastur, xojai buzruk degan unvonlar berilgan, ushbu lavo- zimdagi kishiga maxsus siyohdon (dovot) berilgan u movutdan o‘ralgan sallasi (dastor) bilan ajralib turgan. Xorazm shohlarining vazirlari har doim arab-fors mansabdorlari (Xorazm shohlari ro‘yxatida turk ismlari topilmaydi) muhitiga mansub kishilar bo‘lgan. Vazir arab va fors tillarini puxta o‘zlashtirgan bo‘lishi ma’muriy ishlardagi layoqati, saroy tartib-qoidalarini bilishi shart hisoblangan, kimning urug’-avlodi ekanligi hisobga olinmagan.
“Xoja” unvonini olgan vazirlar umumiy yig’inlarda shohning o‘ng tomonida o‘tirgan. Xorazmshohlarning barcha vazirlari saljuqiylarda bo‘lgani singari “Ni- zom-ul-mulk” (“Davlat tartiblari”) laqabini olishgan.2 Nizom-ul-mulk unvoniga ega bo‘lgan vazir Sulton yonidagi alohida joyni egallagan. Mazkur vazirlar devonxonada qora rangli o‘rindiq(dast)da o‘tirgan va devonxonaga kirgan kishi bilan (hatto u shahzoda bo‘lsa ham) joyidan turmasdan salomlashgan.3 Bunda mansabga hurmat nuqtai nazaridan shunday qilingan. Chunki, vazirning qora rangli o‘rinda taxt o‘rnida qaralgan.
Devonlarga kelsak, ularning faoliyati saljuqiylar davridagi tizimdan deyarli farqlanmagan. Insho yoki tug‘ro devony rasmiy hujjatlar, yozishmalarni tuzish ishlarini bajargan. Moliya ishlari bilan istifo devoni, davlat nazorati tadbirlari bilan ishraf devoni, harbiy masalalar, chunonchi, qo‘shinni qurol-aslaha bilan ta’minlash, qo‘shin qismlarini shaxsiy tarkibini nazorat qilish, harbiylarga ajratilgan yer-suv nazorati, harbiy ko‘riklar o‘tkazish kabilar bilan devoni arz yo Devon al-jaysh shug’ullangan.1 Yana bir devon bo‘lib, u devoni xos deyilgan. Haqiqatan ham bu maxsus devon hisoblanib, hukmdor sulolaga tegishli yer-suv, mol-mulklarni tasarruf qilish, sulton mamluklariga maosh berish vazifalari bilan mashg’ul bo‘lgan.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, vazirda vazorat muhri va ma’muriyat alomati bo‘lgan oltin dovot saqlangan. Bundan tashqari, vazirning uch dona tug’i ham bog’liq edi.
Vazirning eng asosiy vazifalaridan biri buyuk devonga rahbarlik qilish bo‘lgan. Buyuk devonda devon a’zolari davlat ishlarini muhokama etgan. Vazir devon a’zolarini birgalikda yoki yakka qabul qilib, davlat ishlari to‘g’risida ma’lumot, xabarlar olgan, ko‘rsatmalar bergan. Bundan tashqari, vazir davlat ishlari yuzasidan o‘zi bilan birga ishlagan xodimlardan ham maslahatlar olib turgan.
An’anaga ko‘ra, vazirdan keyingi oliy mansab egasi sohibi devon bo‘lgan. Afsuski, bu maqom egasining vazifa va salohiyati to‘grisida aniq ma’lumot yo‘q. Aftidan, sohibi devon viloyatlar noiblari va vazirlarining murojaatlarini de­vonga kiritgan va devon a’zosi sifatida devonga taqdim etilgan masalalarning ahamiyatini oshirgan.
Xorazmshohlar davlatida quyidagi devonlar mavjud bo‘lgan: Devoni insho, devoni istifo, devoni ishraf, devoni arz va devoni nazar.
Devoni insho davlatning tashqi va ichki ishlari yuzasidan vasiqalar hozirlash, aloqani boshqarib turish bilan shug’ullangan. Bu devonning boshlig‘iga “munshiy” deyilgan. Shifrlangan maktublarni yozish va o‘qish munshiyning vazifasi hisoblangan. Bundan tashqari, munshiy sultonning maktublarini ham yozib borgan. Munshiy “sohibi devoni insho” deb ham nomlangan.
Devoni istifo davlatning butun moliyaviy ishlarini yuritgan va boshqarib tur­gan. Devon boshlig‘iga “sohibi devoni istifo” yoki “mustavofriy” (ya’ni daftardor) deyilgan. Mustavfi – mamlakatning chekka o‘lkalaridagi moliyaviy ishlar rahbari (devon ul-istifo) moliyaviy maslahatchi bo‘lgan.2
Devoni ishraf davlat idoralarini taftish qilgan, boshligi “sohibi devoni ishraf” yoki “mushrif” deb yuritilgan.
Devoni arz qo‘shin boshqaruvi, harbiylarning iqtolari, daromadlari, maoshlari va harbiy anjomlarning qaydi va nazorati bilan shug’ullangan. Bu devonning rahbari “sohibi devoni arz” yoki “ariz” deb nomlangan.
Devoni nazar moliyaviy masalalar bilan shug’ullangan. Bu mansab to‘g‘risida yetarli ma’lumot yo‘q. Devoni nazarning boshlig’iga “nozir” deyishgan.
Xorazm davlatchiligiga oid manbalarni tahlil etish o’zbek davlatchiligi tari-xini o‘rganish uchun ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi. Bunda Xorazm hukmdorlarining faoliyati, tarixdagi roli va o‘rni, davlatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli, davlat boshqaruvi va boshqa ko‘plab muammolarni hozirgi kun talablari asosida qayta ilmiy tahlil qilish alohida e’tiborga molikdir.
Olis o‘tmish va yaqin kechmishimizda yuz bergan voqea-hodisalarni chuqur o‘rganib, ulardan tegishli xulosa va saboq olish bugunimiz uchun asqotadi. Shunday ekan, rahbar kadrlar xalq ma’naviyati, o‘tmish madaniy merosi, ayniqsa, dazlat boshqaruvi, uning o‘ziga xos xususiyatlariga sharqona yondashishning boy tarixiy-madaniy an’analarini bilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu tariqa, parokanda ellar va elatlarni birlashtirib, qudratli saltanat tuzgan hamda o‘z zamonasi uchun dunyo miqyosidagi taraqqiyparvar markazlashgan davlat boshqaruv tizimini yaratgan Sohibqiron Amir Temur nomini alohida qayd etib o‘tish joiz. “Shu o’rinda buyuk bobolarimizning ma’naviy olami xususida fikr yuritganda, Sohibqiron Amir Temur haqida alohida to’xtalishimiz tabiiydir. Chunki tengsiz azm-u shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo’lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o’zidan ham amaliy ham nazariy me’ros qoldirdi, ilm-u fan, madaniyat, bunyodkorlik, din va ma’naviyat rivojiga keng yo’l ochdi”.1
Amir Temur tomonidan yaratilgan ulkan saltanatning boshqaruv mexanizmlari uning hayotlik paytida qanday ta’sirga ega bo‘lsa, bugunda ham o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Sohibqiron davlatining boshqaruv tizimi 1370-yildayoq qo‘yilgan edi, keyinchalik u yoki bu hududlarning qo‘shib olinishi bilan doimiy takomillashtirib borildi va o‘zgartirishlar kiritildi. Shuni unutmaslik kerakki, qonunga asoslanish va musulmon huquqi tamoyillari Sohibqiron davlat boshqaruviga qo‘yilgan poydevor edi. “... davlat agar dini oyin (qoida, rasm, odat) asosida qurilmas ekan, to‘ra tuzukka bog’lanmas ekan, unday davlatning shukuhi, qudrati va tartibi yo‘qoladi. Bunday saltanat yalang‘och odamga o‘xsharkim, uni ko‘rgan har kimsa, nazarini olib qochadi. Yoxud kasu-nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi – to‘sig‘i yo‘q uyga o‘xshaydi.
Shuning uchun ham men o‘z saltanatim binosini dini islom, to‘ra va tuzuk asosida mustahkamladim. Saltanatni boshqarishda uchragan har qanday voqea va ishni to‘ra va tuzuk asosida bajardim”.1
Ta’kidlash joizki, Amir Temurning shiori “Rosti-rusti”, ya’ni “Kuch – adolatda” degan hikmat bo‘lib, odamlarning mansabi, boyligi, irqi va e’tiqodidan qat’i nazar, barcha qonun oldida teng bo‘lib, Sohibqiron hammaga birdek adolatda bo‘lgan.
Amir Temur mohir davlat arbobi sifatida saltanat ishlarida to‘rt narsaga amal qilgan, xususan: “1) kengash; 2) mashvaratu-maslahat; 3) qat’iy qaror, tadbirkorlik; 4) ehtiyotkorlik, hushyorlik.2 Ma’lumotlarga ko’ra Amir Temur o‘zining markazlashgan davlatini boshqarish jarayonida 31 ta muhim kengashlar o‘tkazgan. “Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur”, deb bejiz ta’kidlamagan. Mazkur kengashlarda mamlakatning xo‘jalik sohasi hamda harbiy ahvol haqidagi eng muhim masalalar muhokama etilar, mamlakat uchun zarur hisoblangan ishlarni bajarishda birlashib harakat qilishga qaratilgan qarorlar qabul qilinar, tadbirlar belgilanar edi.
Mamlakat va raiyatning turmushi, farovonligi yoki yomon ahvolga tushib qolishi ko‘p jihatdan markaziy davlat tizimiga hamda davlat muassasasidagi imonli va insofli, diyonatli va tashabbuskor odamlarga bog‘liq ekanligini Amir Temur to‘g’ri tanlagan. Shuning uchun to‘rt sifatga, ya’ni, birinchisi – asllik, toza nasllilik; ikkinchisi – aql – farosatlilik; uchin-chisi – sipoh-u raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalada bo‘lishlik; to‘rtinchisi – sabr – chidamlilik va tinchliksevarlik kabi xislatlarga ega bo‘lgan kishilargina hazrat Amir Temur farmoni bilan vazirlik mansabiga tayin etilgan, mamlakat ishlari ular qo‘liga topshirilgan.
Sohibqiron vazirdan, birinchi navbatda, to‘g‘ri fikrlash, qalbi kenglik, ikkinchidan, o‘tkir aqlni, uchinchidan, askar va fuqaro kabi yashash tajribasi va odatini, chidamlilik va murosasozlikni talab qilgan. Amir Temur joriy qilgan ikki vazirlik davlat boshqaruvi tarixida uchramagan favqulodda hodisa edi. Bu shaxsan davlat boshligining farmonlari, ogzaki buyruqlari va ko‘rsatmalarini doimiy nazorat qiluvchi vazirlarning tayinlanishi ediki, ularning huquqlari chegaralanmagan. Ular Amir Temurning farmonlarini bekor qilish huquqiga ham ega edilar. Tarixda ana shu shaxslar, ya’ni Sohibqirondan ham vakolati yuqori ikki vazir nomlari muhrlangan. Ulardan biri Mahmud u raiyat, ya’ni fuqarolik ishlari bo‘yicha Amir Temurni nazorat qilgan. Bu mansabdorlar barcha fazilatlari bilan talabga javob bera oladigan insonlar ediki, ular lavozimga tayinlanishidan oldin obdon sinovdan o‘tkazilgan. Mard, halol, o‘limdan qo‘rqmaydigan, yurtparvar va eng muhimi, adolatpeshaligi bilan xalq va lashkar o‘rtasida obro‘li edilar.1
Osiyo va Yevropa tarixida ham, bugunidaham bunday mansabdorlar, ya’ni mamlakat hukmdori farmonini o‘zicha bekor qilish huquqiga ega amaldorlar uchramaydi. Bundan tashqari, boshqaruv sohasida zamonaviy tilda institut deb ataladigan tashkilotlar bo‘lganki, ular orasidg qurultoy alohida o‘rin egallaydi. Qurultoy Amir Temur davlatini sharq mustabid davlatlaridan farqlab turuvchi institut bo‘lib, unda yakka hukmronlikka asoslangan saltanat demokratiya bilan uyg’unlashgan edi.
Yevropadagi parlamentlar bilan Amir Temur qurultoylarini solishtirsak, unda qirolning huquqini cheklash yoki parlamentga o‘tkazgan bosimini uchratmaymiz. Qurultoyda hammaga teng huquq berilgan, unda har kim o‘z fikrini ayta olgan, davlat boshqaruvidagi dolzarb va yirik masalalarni adolatli hal qilish bosh maqsad bo‘lgan Amir Temur davri qurultoyida huquqni cheklash haqida gap ham yuritilmagan. Yakka hukmronlikka asoslangan saltanat tizimida sharqona demokratiyaning mavjudligi o‘rta asrlar davlat boshqaruvi uchun kam uchraydigan
hodisa edi. Amir Temurni parlamentning o‘ziga xos shaklini yaratgan bunyodkor deb atasak mubolag’a bo‘lmaydi.
Amir Temur davrida qurultoyning huquqi shunchalik katta ediki, ba’zan Sohibqiron usiz bir qarorga kelishni lozim topmagan. Shu sababli ham Amir Temur va temuriylar davridan keyin qurultoy mavqeining pasayishi XVII – XVIII asrlarda mamlakat parokandaligiga olib keldi. Keng vakillikka ega qurultoyda xalq vakillari mahalliy hukmdorni saylashi, oliy hukmdordan uni o‘zgartirishni talab qilishi mumkin edi. Amir Temur davri davlat boshqaruvida qadim turkiy davlatchilikning muhim ustunlaridan bo‘lgan qurultoy tizimi mamlakatda qonunlar ustuvorligini ta’minlagan. Qurultoyda ulkan saltanatning siyosiy, iqtisodiy, harbiy ahvoliga tegishli muhim masalalar muhokama qilingan, tegishli qarorlar qabul qilingan.
Amir Temur o‘z davlati fuqarolarini boshqarish uchun davlatning qudratini mustahkamlovchi qonunlar va farmonlarida ochiq yuz, olijanoblik va himmatlilik hukmdorni xalqning mehriga yetkazishini uqtirgan. Uning fikricha, qaysidir hukmdorning lashkarga yoki xalqqa nisbatan shafqatsizligi yoki zulmkorligi haqida xabar kelganda uni, ya’ni aybdorni qonunning qatiyligini o‘zi ustida sinab ko‘rishga majbur qilish lozimligini ta’kidlab o‘tgan. Uning “Qayerda qonun ustun bo‘lsa, o‘sha yerda ozodlik ham bo‘ladi” degan hikmatli so‘zlarini oltin harflar bilan yozdirib qo‘ygani bejiz emas.
Bugungi kunda Amir Temurning davlat boshqaruvi tamoyillarini o‘zida mujassamlashtirgan Konstitutsiyamiz amalda umuminsoniy g’oyalar va qadriyatlar – tinchlik va ozodlikni, xalqlar o‘rtasidagi qardoshlik va do‘stlikni mustahkamlashning ustunligini ta’minlayapti.
Davlatni boshqarishda Amir Temur qattiq intizomga alohida e’tibor berar, ko‘rsatmalar va buyruqlarning so‘zsiz bajarilishini talab qilar edi. U davlat boshqaruvi yo‘nalishlarini, barcha vazirlar va amaldorlarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilab qo‘ydi va ulardan shunga qatiy rioya qilishni talab qildi. Bu Respublikamiz Konstitutsiyasida o‘z aksini topdi: “O’zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati tizimi hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro qiluvchi, sud hokimiyatiga bo‘lish tamoyiliga asoslanadi”.
Amir Temur davrida viloyatlar hokimlari belgilangan doirada hokimiyatga ega edilar. Ushbu holat O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-105-moddalarida o‘z aksini top­gan.
Sohibqiron qay tarzda elga sadoqat qilgan bo‘lsa, xuddi shunday e’tirofga sazovor bo‘ldi. Ayni paytda, millatning eng sara farzandlarini adolat va ezgulik ishiga safarbar qildi, buyuk maqsad yo‘lida sog‘lom va ma’rifatli kuchlarni birlashtirdi. Har ishda bunyodkorlik, tartib-intizom uning kundalik faoliyatiga aylandi. E’tiborga loyiq yana bir voqeaga diqqatni qaratish lozim. Amir Temur Yevrosiyo qit’asini urush va talonchilik makonidan tinchlik va barqarorlik hukm surgan hududga aylantirdi.
Mustaqil milliy davlatchilikni yaratishda biz tayanishimiz kerak bo‘lgan tarixiy boyliklar ichida Amir Temurning davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi tajribasi katta o‘rin tutadi.
Sohibqiron Amir Temur davlat apparati va boshqaruvining kuchi shunda ediki, u davlat g’oyalari, rivojlanish dasturlari, mamlakat obodligi, xalq farovonligi yo‘lida tuziladigan rejalarni aniqlab olib, ma’lum lavozimdagi shaxslar zimmasiga yuklar va ularning adolat va haqiqat chegarasida bajarilishini temir intizom bilan talab qilardi. Amir Temur saltanatida buni nazariya, rejalar, qonunlar, farmonlar va amaliyotning birlashtirilishi, uyg’unligi deyish mumkin.
Amir Temur boshqaruvida dastlab davlat rejalari, dasturlari, g’oyalari, ularning keng doiradagi asosiy yo‘nalishi, bosh mezonlari, amal qilinishi shart bo‘lgan asosiy tamoyil va yo’nalishlari hamda amalga oshiruvchi rahbarlarga qo‘yiladigan talablar va ularning tartib-intizomi, qoidalari alohida farqlab olinadi, keyinchalik ularning barchasi o‘zaro chambarchas bog’lanib, ajratib bo‘lmas darajada muvofiqlashtiriladi. Shunga munosib ravishda Te­mur boshqaruvida bizningcha, to‘rtta qat’iyat hal qiluvchi rol o‘ynagan: rahbar ta’minoti va muhofazasi; tuzuk-nizomlar bo‘yicha rahbar talabi va rahbarlardan talab, qat’iy tartib-intizom; rahbarni rag’batlantirish va jazolash.
‘Tuzuklar”ning eng muhim jihati shundaki, u rahbar kadrlar tanlash, lavozimlarga tayinlash, faoliyatini tashkil etish va ish tartibini nazorat qilishning amaliyotda tez joriy etish mumkin bo‘lgan aniq nizomini yarata olgan. Shuningdek, ushbu nizom qoidalari faqat rahbarlarga emas, butun mamlakatga ma’lum qilingan, bu nizomlardan barcha fuqaro ogoh bo‘lgan. Shu tufayli rahbarlik lavozimlaridan ham bilimli, akl-idrokli, tadbirkor va tajribali odam-largina joy olgan. Quyida Temur tomonidan soliq, yer va obodonchilik ishlari xizmatini qamrab olgan boshqaruv tarmog‘ining xizmat tartibi to‘grisida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. "Temur tuzuklari"da bu sohaga aloqador alohida "tuzuk" qayd etilgan bo‘lib, bizga ma’lumki, har bir "tuzuk" ma’lum bir sohada qilinadigan ishlar bo‘yicha qonun, ijro tadbiri, nazorat tartibi, lavozim yo‘riqnomasi, xizmatchilik va fuqarolik burchi, boshqaruv nizomi maqomiga ega bo‘lgan.
Soliq, yer va obodonchilik ishlari xizmatini qamrab olgan boshqaruv tarmog‘ini tashkil etishda Temur adolat va insonparvarlikni bosh mezon sifatida qayd etadi. Avvalo shuni aytish kerakki, Temur davlatida barcha yerlar vaqf (podshoh va boy-badavlat kishilar tomoni­dan masjid, xonaqoh, mozorlar yoki yirik din arboblariga ularning maoshi uchun berilgan yer-suv, mol-mulk bo‘lib, sotishga ruxsat etilmagan), suyurg’ol (sayyidzodalar, shayxlar, ulamo va umaro, davlat arboblariga in’om tarzida beriladigan yer-suv, mol-mulk turi, suyurg’ol egasi shu yerlardan olinadigan daromad, aholining farovonligi, ularning soliq to‘lovlariga javobgar bo‘lgan), tanho (aslida maosh, ba’zida alohida xizmat ko‘rsatgan davlat arboblari yoki harbiylarga sovg‘a qilinadigan yer-suvlar), tiyul (xiroj va soliq yigib olish va davlatga topshirishni nazorat qilish sharti bilan maxsus tayinlangan davlat arboblari (amirlar, amirul umarolar, ular jogirdor deyilganlar)ga ajratilgan yer-suv mulklari bo‘lib, ular bir necha qishloqlardan bir butun mamlakat, viloyat, shaharlargacha borib yetgan), xolisa (dav­lat ixtiyorida bo‘lgan va barcha soliqlardan ozod etilgan yer-suvlar va mol-mulklar, ularni nazorat qiluvchi idora ham shu nom bidan atalgan), dorulmulk (yirik shaharlardagi podshoh qarorgohlariga qarashli mulklar, bular tarkibiga bog‘lar, yaylovlar, ov qilinadigan yer-suvlar ham kirgan. Tarixdan ma’lumki, birgina Samarqandda Amir Temurning 9 ta bog’i bo‘lgan), iqto’ (yuksak harbiy lavozimdagi kishilarga janglarda g‘alabani ta’minlashda ko‘rsatgan tashabbuskorligi uchun sovg’a qilinadigan yer-suv, mol-mulklar, egalari iqtodor deyilgan), aymoq (aslida bir necha urug‘lar yoki qabilalar ittifoqi nazarda tutilgan, lekin ularga tegishli yer-suv, mol-mulklar ham shu nom bilan atalib, ularni o‘sha urug‘-qabilalar amirlari nazorat qilgan), buluk yerlari (o‘z ma’muriy markazita ega bo‘lgan, bir necha qishloq, kichik shaharchalar yoki mavzelarni birlashtirgan vohaga qarashli yer-suv, mol-mulklar bo‘lib, ularni odatda oqsoqollar boshqargan), dehqon yerlari (yirik xususiy yer egalariga qarashli yer-suv mol-mulklar), jariba yerlar (kichik yer egalariga qarashli yer-suvlar, bir jarib 3600 kv. gazga ya’ni taxminan bir tanob - 958 kv.m.ga teng bo‘lgan), yobisa (quruq cho‘llardan iborat tashlandiq yerlar) kabi 12 ta turiga bo‘lingan. Soliklar esa xiroj (yer solig‘i yoki ekiladigan yerdan olinadigan hosildan to‘lanadigan daromad solig’i, umumiy daromadning uchdan bir yoki beshdan ( bir qismini tashkil qilgan, “mol”, “moli jihot”, “moli manol”, “mutavajjihot” deb ham atalgan bo‘lib, bir yilda bir marta yig’ib olingan, “moli jihot” yurish va urush uchun to‘lanadigan xiroj bo‘lib, asosan bo‘ysundirilgan davlat hukmdorlaridan bir yilda bir marta undirilgan naqd pul yoki mahsulot bilan olingan), barot (avoriz, xorija deb ham yuritilgan, katta masshtabdagi tadbirlar (masalan, urush, mudofaani mustahkamlash, qurilish) munosabati bilan muddatidan ilgari yig’ib olingan xiroj, shunga huquqli ma’lum amaldorga berilgan hujjat ham shu nom bilan atalgan, favqulodda holatlarda zudlik bilan yig’iladigan soliq turi bo‘lib, doimiy amal qilmagan), ulufa (aslida askarlar, mansabdorlarga beriladigan maosh, ba’zida ularning xohishiga qarab oziq-ovqat, yem-xashakdan iborat natura tarzida to‘langan, lekin shu maqsadda xalqdan yig’iladigan soliq turi ham ulufa deb atalgan, ulufa soliqlari yil davomida devon nazorati ostida to‘plangan va mansabdorlarga bir yilda bir marta, askarlarga olti oyda bir marta to‘langan, har bir askarning qo‘lida maosh olish yorlig‘i bo‘lib, unga berilgan mablag’ shu yorlig’ qog’ozining orqa tomoniga yozib qo‘yilgan), moli amon (boj deb ham atalgan yangi bo‘ysundirilgan yerlar xalqlaridan ularga omonlik berilganligi evaziga olingan tovon soligi bo‘lib, faqat bir marta yigib olingan, boj shuningdek, mamlakatga tovar olib kirayotgan savdogarlardan ham olingan), jizya (mamlakatda yashovchi musulmon bo‘lmagan aholidan jon boshiga olinadigan to‘lov), sarshumor (xonashumor deb ham atalgan, musulmon xalqlardan jon boshidan olinadigan soliq bo‘lib, jizyadan farq qilgan), ushr (ushriy ham deyilgan, shari’at bo‘yicha daromadning davlat xazinasiga to‘lanadigan o‘ndan bir qismi), shilon (mamlakat yoki poytaxt miqyosida uyushtirilgan bayram, to‘y, bazm kabi shohona ziyofatlar uchun xalqdan yig’ilgan soliq, pul va natura tarzida olingan bo‘lib, tadbir yaqin hududlardan, uzoqdan esa badavlat va mansabdor tabaqadan undirilgan) kabi turlarga bo‘lingan. Ta’kidlash kerakki, bularning ham ba’zilari doimiy bo‘lmay, zarur hollardagina undirilgan.
Soliq, yer va obodonchilik ishlari bilan shug‘ullanuvchi boshqaruv tarmog‘i xizmatchilari uchun Amir Temur maxsus tuzuk – nizom joriy etgan. Qizig‘i shundaki, bu nizomda soliq to‘lash emas, balki soliq yig‘ish tartibi kuchli nazorat ostiga olinadi. Soliqchilardan soliqni to‘lovchining ahvoliga qarab belgilash talab etilgan. Bunda yerning sug’oriladigan yoki lalmikorligi, dasht yoki obod joyda joylashganligi, soliq olinadigan yilda ob-havoning qanday kelganligi, to‘lovchining yerdan foydalana olgan-olmaganligi, soliqni pul yoki mahsulot bilan to‘lashi masalalariga e’tibor qaratilgan. Masalan, asosiy soliq bo‘lgan xiroj g‘alla va arpa bilan yoki ularning mazkur yildagi bozordagi narxiga qarab undirilgan, boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lsa ham g’alla va arpa narxiga solishtirib, hisob-kitob qilinib, soliq miqdori belgilangan. Suvli va obod joylardagi yerlardan olingan umumiy hosilning uchdan biri, lalmikor va dasht yerlardan olingan hosilning esa joyiga qarab to‘rt yoki beshdan biri xirojga olingan. Aholi mahsupot bilan to‘lashni xohlamasa soliq pulga chaqib aniqlangan. Bundan tashqari, Temur aholining o‘z ehtiyoji uchun va xayr-ehsonga mo‘ljallab yetishtirgan oziq-ovqat mahsulotlaridan soliq undirishni man etgan. Shuningdek, “Temur tuzuklari”da “kuzgi, bahorgi, qishki, yozgi dehqonchilikdan olingan hosil”dan soliq olish ham taqiqlangan bo‘lib, bu hosil aholining ikkinchi, uchinchi ekindan olingan daromadini ifodalagan.1
Hosil pishib yetilmasdan ilgari xiroj yig‘ishga kirishganlar jinoyatchi sifatida javobgarlikka tortilgan. To‘lovchining soliqni birdan to‘lagan taqdirda moddiy ahvoli og’irlashib qoladigan bo‘lsa, soliq uchga bo‘lib olingan. To‘lovchi belgilangan soliqni mahkamaga o‘zi keltirib topshirmasa, ahvolni bilish yoki undirish uchun qalaqchi (hosil yoki ahvolga qarab xiroj miqdorini belgilab beruvchi amaldor) yuborilgan, lekin unga to‘lovchiga har qanday vosita bilan zulm qilish man etilgan. Qarovsiz qolgan yerlar, cho‘l yoki dashtlarga suv chiqarib, bog’, ekin yerlari yaratib obod qilgan fuqarolarning o‘sha yerlaridan birinchi yili xiroj olmaslik, ikkinchi yili fuqaroning o‘z ixtiyori bilan bergan to‘lovni olish, uchinchi yildan qoida bo‘yicha soliq undirish tartibi joriy etilgan. Qarovsiz qolgan yerlarning egasi bo‘lib, o‘sha yerlarni obod qilish va hosil undirishga qurbi yetmasa, bunday fuqarolarning shu ishni amalga oshirishi uchun davlat hisobidan kerakli asbob-uskuna, mablag‘ bilan ta’minlash ham soliq xizmatchilari zimmasiga yuklatilgan. Shuningdek, soliq tizimi tarkibida dehqonchilik, chorvachilik va ular bilan shug’ullanuvchi aholini, o‘g‘irlik, bosqinchilik, buzg‘unchilik, talonchilig-u shunga o‘xshash boshqa turli ofatlardan himoyalash maqsadida harbiy bo‘linma faoliyat yuritgan. Mamlakat ichidagi alohida viloyatlar sifatida qayd etilgan hududlarda xalqdan yig’iladigan soliqlar hisoboti va mablaglarni saqlash, viloyatlardagi qo‘shin zaxiralariga beriladigan mablag’lar va mahsulotlar hisobotini qilib boradigan hamda egasiz qolgan yer-suv, mol-mulk, shariat va harbiy ishlar qozilari hukmiga ko‘ra to‘langan jarimalar, savdo ahli bojlari davlat tomonidan iqto’, tiyul va suyurg‘ol tarzida berilgan mulklarning egalari vafot etganda bu mulklarni qayta taqsimlashda davlat hisobiga o‘tgan qismlari hisobi va shu kabi turli sabablarga ko‘ra yig’ilgan va hisobga olingan mablag‘ va mulklar hisob-kitobini olib boradigan, bular haqida oliy devonga ma’lumot berish bilan shug‘ullanadigan uch kishidan iborat vazirlar guruhi faoliyat ko‘rsatgan.2
Har bir ishni amalga oshirishda undan keladigan natijaning mohiyatiga e’tibor qaratgan Sohibqiron davlat solig’ini undiruvchilardan bu mezonlarga qatiy rioya etishlarini talab qiladi. Uning fikricha. soliqlarni qiynalib turgan odamlarning og’ir ahvoliga qaramasdan, zo‘rlik bilan undirish xalqning qashshoqlashuviga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida, xalqning davlatga ishonchsizligini keltirib chiqaradi.
Ma’lumki, 1917-yilning sentabr oyida Toshkentda II o‘lka musulmonlari seyzdi bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiston taraqqiyparvar kuchlarning milliy-liberal, progressiv harakat vakillari – jadidlar hamda diniy ulamolarning “Sho‘roi Ulamo” tashkiloti vakillari yagona kuch sifatida ish ko‘rish vaqti kelganligi1 alohida ta’kidlandi. Shu tariqa qarashlari turlicha bo‘lishiga qaramay, ularni mustamlaka tuzumiga nisbatan chuqur nafrat tuyg’usi, milliy madaniyatning an’anaviy poydevori sanalgan umumma’naviy qadriyatlar birlashtirgan. Seyzdda qabul qilingan dasturiy hujjatlarda quyidagilar ta’kidlangan:
– milliy davlat «Turkiston federativ respublikasi» deb nomlanib, unda qonun chiqaruvchi hokimiyatga o‘lkada yashovchi barcha xalqlarning vakillari kirgan va umumiy teng, to‘g’ridan-to‘g’ri ovoz berish orqali saylanadigan parlamentda bo‘lgan;
– Turkiston parlamentining qonunchilik faoliyati Rossiya demokratik respublikasining asosiy qonunlari bilan muvofiqlashtirilishi va ayni vaqtda musulmon Huquqi talablariga ham muvofiq bo‘lishi ta’kidlangan;
– shayxul Islom boshchiligida Senat yoki Qonunchilik palatasiga o‘xshash “Mahkamai-shariya”ni tashkil etish hamda uning zimmasiga faqat musulmon aholi uchun shariat qonunlari va talablarini izohlash hamda ularni nashr etishi; shuningdek, unga barcha sud qarorlarining to‘g‘ri bajarilishi, hukumat tashkilotlari va mas’ullari ustidan nazoratni amalga oshirish kabi vazifalarning yuklanishi mo‘ljallangan. Bir vaqtning O‘zida bu tashkilot Turkiston federatsiyasining Oliy sudi ekanligi ta’kidlangan;2
– Ijroi hokimiyat vazifalari Turkiston parlamenti tomonidan saylanadigan va Respublika hukumati tarafidan tasdiqlanadigan hamda o‘zining barcha ishlari bo‘yicha o‘lka parlamentiga hisobot beradigan Sekretariyatga topshirilishi qayd etilgan;
– “Sho‘roi Islom” tashkiloti Turkiston federatsiyasi Senatiga, Muvaqqat hukumat Turkqo‘mitasining maslahat tashkilotlariga kirishi va hokimiyat koalitsiyalariga tayanishi, ya’ni umumxalq hokimiyati bo‘lishi ta’kidlangan;
– barcha musulmon tashkilotlarining birlashishi natijasida Turkiston musulmonlarining “Ittifaq ul-muslimin” siyosiy partiyasini tashkil etish ham taklif etil­gan;
– Turkiston federatsiyasi o‘z pulini muomalaga chiqarishi hamda ichki tartibni saqlash uchun o‘z militsiyasiga ega bo‘lishi va davlat chegaralarini qo‘riqlash uchun qo‘shin saqlashi lozimligi belgilab qo‘yilgan.
Shunday qilib, 1917-yilda milliy taraqqiyparvar kuchlar musulmon huquqi va qonunlari hamda demokratik Rossiya respublikasi qonunlariga amal qiluvchi, ikki palata asosida faoliyat yuritadigan parlament respublikasi tuzishni taklif qildi va uni amalga oshirish uchun kurashdi. Ta’kidlash kerakki, davlat tuzilishining mazkur muqobil dasturi asta-sekinlik bilan o‘zgarishlarga erishish yo‘li edi. Ammo, o‘sha paytda bu reja amalga oshmay qoldi. Hokimiyatni sho‘roviylar egallab oldi.
Hokimiyat tepasiga chiqib olgan Turkiston bolsheviklari ham chorizm singari o‘lka va mahalliy boshqaruvning yangi hokimiyatga xizmat qiladigan idoralarini vujudga keltira boshladi. Mustabid yillarga oid ko‘plab hujjatlar shundan dalolat beradiki, Turkiston Xalq Komissarlari Soveti hamda uning joylardagi tuzilmalari tayyor kadrlarning deyarli yo‘qligi sababli sobiq chor mustamlaka ma’muriyatining amaldorlaridan keng foydalangan. Bu amaldorlar esa avvalgi tuzumda bo‘lganidek, mahalliy aholining talab-ehtiyojlariga panja orasidan qaragan.
Turkistondagi sho‘ro davlat boshqaruvi xodimlarida mustamlakachilikka xos xususiyatlar bo‘lganligini markaziy rasmiy matbuot ham e’tirof etgan. Bu haqda “Jizn natsionalnostey” gazetasi 1920-yilning yozida “Turkiston muammolari” sarlavhali maqolasida shunday deb yozgan edi: “... Markaziy rayonlardan bu yerga ko‘chirib keltirilgan va mustamlakachilik og’usi bilan zaharlangan rus aholisi – ishchi va dehqonlar joylarda amalga oshirilayotgan ishlarning asosiy tashkil etuvchilaridir, mahalliy mehnatkashlar ommasi esa bundan deyarli chetlashtirilgan”.
Shuning uchun ham sinfiylik tamoyili asosida faqat “yevropalik” aholidan shakllantirilgan Turkistonning yangi boshqaruv idoralari mahalliy aholining keng qatlamlari orasida mavqega ham, katta ishonchga ham ega emas edi. Natijada “Sovet Turkistoni” rahbariyati davlat boshqaruvini vujudga keltirishda harbiy kuchlar, jazolovchi va huquq idoralari hamda shunga o‘xshash boshqa kuch ishlatadigan tashkilotlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratdi. Qurolli kuchlar dastlab ko‘ngilli qizil gvardiya otryadlari va qizil armiya qismlari ko‘rinishida tuzildi. Professor R.Nurulinning yozishicha, 1918-yilning kuzida mustabid tuzumning qurolli kuchlari salkam 20 ming piyoda va otliq askarga ega bo‘lib, bu kuchlar ham asosan mahalliy bo‘lmagan aholidan tashkil topgan edi.
Arxiv hujjatlar shundan dalolat beradiki, mustabid tuzumning qurolli kuchlari ularga qarshi bo‘lgan qurolli istiqlolchi harakatgagina emas, balki tinch aholiga ham qarshi jang qilgan: talagan, zug’umini o‘tkazgan va doimo dahshatda, qo‘rquvda, itoatkorlikda tutib turishga harakat qilgan. Masalan, Farg’ona vodiysining shahar va qishloqlarida ko‘plab tinch aholi o‘ldirilgan, ular orasida hatto go‘dak bolalar ham bo‘lgan; ayollarning nomusiga tegilgan; shahar va qishloqlar talangan va yoqib yuborilgan”.
Mustabid boshqaruv mahalliy aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va o‘zi uchun xavfli bo‘lgan “Sho‘roi Islom” va “Sho‘roi ulamo”ga qarshi zarba berishga harakat qilgan. Natijada 1917-yil oxiri – 1918-yilning birinchi yarmida “Sho‘roi Islom”ning Samarqanddagi, Xo‘janddagi va “Sho‘roi ulamo”ning Toshkentdagi hamda boshqa bir qancha joylardagi tashkilotlari tarqatib yuborildi. Shuningdek, ularning “Izoh”, “Izhor ul-haq” kabi matbuot organlari yopib qo‘yildi. “Ulug‘ Turkiston” gazetasi esa Tashqi ishlar xalq komissarligi ixtiyoriga o‘tkazildi. Tuzumga qarshi bo‘lgan barcha rus gazetalari, shu jumladan, “Turkestanskiy kurer” ham «ishchi-dehqon hukumatiga oshkora qarshilik ko‘rsatishga va uni ag’darib tashlash” ga chaqirgani uchun yopib qo‘yildi. Ularning o‘rniga esa sho‘ro boshqaruviga xizmat qiladigan matbuot shakllantirildi.
O‘lkadagi sho‘roviylarni qo‘llovchi proletar musulmon tashkilotlari – “mussovdeplar” ozchilik bo‘lib, ularning rahbarlari sobiq “frontorti ishchilari” (mardikorlar) edi. Mahalliy aholi o‘rtasida ularning obro‘ va ta’siri kam edi. Shu bilan birga, bir qator ijtimoiy-siyosiy arboblar ham ularga nisbatan ancha tanqidiy munosabatda bo‘lganlar. Masalan, Inomjon Xidiraliyev: “Bu tashkilot eng buzuq va yaramas unsurlardan tashkil top­tan, chunki mahalliy aholi front orti ishlariga borishni xohlamay, o‘rinlariga o‘zgalarni yollaganlar. Natijada, bu ishchilarining ma’lum qismi, qo‘pol qilib aytganda, pulga sotilgan yaramas-buzuq kishilar, o‘g’rilar, talonchilar bo‘lib, ulardan “mussovdeplar» tuzilgan. Shahar dumasiga bo‘lib o‘tgan saylovlarda eski shaharliklar “mussovdeplar” va “to‘rtinchilar”ga er-gashmaganlar. Ular “Sho‘roi islom” va “Sho‘roi ulamo” nomzodlarini yoqlab ovoz berganlar”,1 deb ta’riflaydi.
Bolsheviklarlarning buyuk davlatchilik – shovinistik qarashlari sho‘roviylarning III O‘lka syezdi tomonidan Turkiston Xalq Komissarlari Sovetini tuzishda to‘la amalga oshdi.2 Uning tarkibiga ko‘p millionli mahalliy aholining biror vakili ham kiritilmadi. 15 ta xalq komissarining barchasi “yevropalik” aholi vakillari edi. Ular partiyaviy mansubligiga ko‘ra bolshevik va so‘l eserlar, ijtimoiy kelib chiqishiga ko‘ra esa ishchi, soldat va xizmatchilar edi.
Shu tariqa Turkistonda hokimiyat aholining Yevropa qismiga mansub qurollangan ishchi va askarlar qo‘liga o‘tdi hamda milliy-hududiy emas, balki ma’muriy-hududiy chegaralash tufayli “Turkiston sovet avtonomiya”si vujudga keldi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, ya’ni 1920-yilda Turkiston xalqlarini suverenitet va erkinlikdan to‘liq mahrum qilinganligini tasdiqlovchi TASSR Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Ko‘ramizki, sovetlar tomonidan Turkistonga bo‘lgan munosabatning mohiyati o‘zgarmadi, faqat uning g’oyaviy va siyosiy niqobi o‘zgardi, xolos.
Sovet Rossiyasi sobiq imperiyadan meros qolgan mustamlakalaridan voz kechishni istamaganligi va Sharq xalqlari orasida sho‘rocha boshqaruv usullarini joriy qilishga intilishi natijasida Qizil armiya kuchlari tomonidan 1920-yilning bahorida Xivada xonlik tuzumi ag‘darildi.
1920-yil 27-aprelda Xivada Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining sobiq kotibi R.Shokirov raisligida bo‘lib o‘tgan qurultoy Xorazm Xalq Respublikasi tashkil topganligini e’lon qildi. Mazkur qurultoyda yangi e’lon qilingan Respublikaning Nozirlar Kengashi saylandi. Uning tarkibiga Yosh xivaliklar partiyasi a’zosi P.Yusupov (rais), muxtor vakolatxona vakili R.Shokirov (harbiy ishlar noziri) hamda turkmanlarning yavmut urug‘i yo‘lboshchilari G‘ulom Ali, Qo‘shmuhammad va Shomurod baxshilar saylandi.1
Xonlik tuzumini ag‘darishda Xivaga qarshi keng ko‘lamda harbiy harakatlar olib borgan Sho‘ro hokimiyati endilikda XXRga nisbatan o‘zining ustuvor mavqeini yanada mustahkamlashga intila boshladi. 1920-yilning sentabrida o‘zaro ittifoqchilik shartnomasini imzolash maqsadida Bobooxun Salimov boshchiligidagi XXR hukumat delegatsiyasi Moskva shahriga tashrif buyurdi.
Olib borilgan qisqa muzokaralardan keyin 1920-yil 13-sentabrda Xorazm Xalq Respub­likasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Ittifoq shartnomasi imzolandi.2 Unga ko‘ra Rossiya Xorazm Respublikasining mustaqilligini so‘zsiz va rasman tan oldi hamda bir tomondan RSFSR Rossiyaning ilgarigi hukumati va davlat muassasalari bilan, ikkinchi tarafdan esa Xiva xonligi hukumati bilan tuzilgan barcha kelishuv va shartnomalar bekor bo‘lganligini e’tirof etdi.
Shartlashayotgan taraflar o‘rtasidagi davlat chegarasini shartnoma imzolanayotgan paytda qayerdan o‘tgan bo‘lsa, o‘sha holatda saqlab qolishga kelishildi. Ittifoqni mustahkamlash maqsadida ikkala taraf ham o‘z hududlarida shartlashayotgan tarafga karshi hukumat tashkil topishiga yoki tashrif buyurishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda shunday kayfiyatdagi guruh va shaxslarni o‘z mamlakatlari hududiga kiritmaslik majburiyatini oldilar.
Shartnomaning 17-moddasida harbiy-siyosiy kelishuv tuzilganligi e’lon qilindi. Harbiy-siyosiy kelishuv shartlari, ya’ni tomonlarning uchinchi tarafga nisbatan bir-birlarini harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash majburiyatlariga qo‘shimcha ravishda quyidagilarga kelishib olindi:
1. Tuzilajak Xorazm Qizil armiyasi RSFSRning keng ko‘lamdagi qo‘llab-quvvatlashi asosida shakllantirilishi va ta’minlanishi lozim edi;
2. RSFSR o‘z zimmasiga Xorazm armiyasi uchun harbiy instruktorlar yetkazib berish va xorazmlik instruktorlarni o‘qitib berish hamda harbiy aslahalar bilan ta’minlab turish majburiyatini oladi;
3. Harbiy ta’minotni tashkil qilish yuzasidan barcha zarur choralarni amalga oshirish maqsadida qo‘shma harbiy kollegiya tuziladi;
4. Qo‘shma harbiy harakatlar amalga oshiriladigan taqdirda yagona qo‘mondonlik o‘rnatishga qaror qilindi.
Mazkur shartnoma XXR Xalq Nozirlari Kengashining 1920-yil 20-oktabrdagi 48-sonli qarori bilan ratifikatsiya qilinadi.
Shartnomaga muvofiq Rossiya Federatsiyasi va Xorazm Xalq Respublikasi o‘zaro muxtor vakillar ayirboshladilar. Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayev Turkistonning Xorazm Respublikasidagi birinchi muxtor vakili qilib tayinlanadi va unga Xorazm Nozirlar Kengashi yig’ilishlarida ishtirok etish vakolati beriladi.
Sho‘rolarning Xorazm hukumatidagi muxtor vakili tez-tez almashtirilib turilgan. Xususan, Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayev 1920-yilning o‘zidayoq Toshkentga chaqirib olinib. uning o‘rniga tatar kommunisti Riza Shokir tayinlanadi. Keyinchalik u Xorazm hukumati a’zolari bilan birgalikda millatchi sifatida qamoqqa olinadi.
Turkkomissiya Tashqi aloqalar bo‘limining 1920-yil kuzidagi hisobotlarida Xivada tartibsizliklar hukm surayotganligi qayd qilinadi. Unda ta’kidlanishicha, o‘zbeklar turkmanlar ta’qibidan dalalardagi hosilni tashlab, shaharlarga va Amudaryo bo‘limiga qocha boshlaganlar.
Shuningdek, hisobotlarda Respublika hukumatining ta’siri Xiva shahridan ta-shqarida o‘z ahamiyatini yo‘qotib, shahardan 45 km masofada turkmanlar bilan janglar borayotganligi aytiladi. Bundan tashqari, bu paytda Junaidxon armiyasi o‘z saflarini mustahkamlayotgan edi, Sho‘ro hokimiyati yuzaga kelgan vaziyatni harbiy yo‘l bilan bartaraf etishga qaror qiladi. Shu maqsadda 1920-yilning 2- dekabrida Farg‘onadagi Qizil armiya qo‘mondoni M.V.Safonov Xorazm Xalq Respublikasiga mux­tor vakil etib tayinlanadi.
Vaziyatning murakkabligi shunda ediki, turkmanlarning bir qismi Junaidxon hukmronligi ostida qolayotgan, tinchlikka moyil ikkinchi qismiga nisbatan esa Xorazm hukumati jangarilarning hamtovoqlari sifatida munosabatda bo‘layotgan edi. 1921-yilning martiga kelib tinchlikka moyil turkmanlarning aksariyatini qamoqxonalardan ozod qilish evaziga vaziyatni nisbatan yumshatishga erishildi. Boshqa tarafdan esa turkmanlar lagerida ko‘zga ko‘ringan yo‘lboshchilar Junaidxon va Gulom Ali o‘rtasida o‘zaro ishonchsizlik avj oladi. Bu esa muxtor vakolatxona xodimlariga Xorazm hududida Qizil armiya qismlarini ushlab turish zarurligini asoslashlarida qo‘l keladi. Bularning barchasi RSFSR hukumati Xorazm Respublikasi ustidan siyosiy va harbiy nazoratni yanada kuchaytirishga intilganligidan dalolat beradi.
RSFSR va XXR o‘rtasida Ittifoq shartnomasidan tashqari iqtisodiy kelishuv ham imzolangan edi. Unga ko‘ra Xorazm Respublikasi Rossiya Federatsiyasiga o‘z ehtiyojlaridan ortiqcha xom ashyo mahsulotlari: paxta, gilam, teri va jun yetkazib berish majburiyatini oladi. Bunga javoban RSFSR Tashqi savdo xalq komissarligi Xorazm Respublikasini zarur miqdordagi Rossiya puli va mahsulotlari bilan ta’minlab turish majburiyatini oladi. Ushbu kelishuvning 6-moddasiga ko‘ra Xorazmda ikkala respublikaning pul birliklari bir xilda amal qilishi belgilab qo‘yiladi. Mahsulotlarning narxlari har yili ikkkala davlat o‘rtasida o‘zaro muvofiqlashtirilib, Xorazmdan Rossiyaga olib boriladigan hamda Rossiyadan Xorazmga olib kelinadigan mollardan boj olinmaslikka qaror qilinadi.
Garchi, Xorazm Respublikasi rasman mustaqil deb e’lon qilingan bo‘lsa-da, RSFSR vakillari Xorazm hukumati ishiga mamlakatning ichki ishlariga bevosita aralashib turganlar. Xususan, Ittifoq shartnomasi va iqtisodiy kelishuv ratifikatsiya qilinishidan uch kun avval, 1921-yilning 6-martida Xorazm Respublikasi hukumati a’zolari qamoqqa olinadi. Sho‘ro hokimiyati ularni burjua millatchiligida ayblaydi. P. Yusupov yashirinishga ulguradi. Qo‘lga tushmasdan qolgan nozirlar esa Junaidxonga qo‘shilishga majbur bo‘ldilar.1
Ikki oylik muvaqqat boshqaruvdan so‘ng may oyida yangi hukumat tuzilib, M.Olloberganov Xorazm Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi lavozimiga, M. Ibniyaminov Xalq Nozirlar Kengashi raisi lavozimiga saylanadi. Ammo shu yilning noyabr oyida M.V.Safo­nov o‘rniga tayinlangan A. Bik navbatdagi hukumat a’zolarini ham qamoqqa oladi. M.Ollo­berganov o‘limga hukm qilinadi. Shundan keyin 1921-yil sentabr oyida O. Muhammadrahimov raisligida yangi hukumat tuzildi.2
Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan, shu yilning 27 noyabrida Xorazm Respublikasi hukumati a’zolarining yangi tarkibi ham qamoqqa olinib, “xalq dushmani” deb e’lon qilinadi. Yashirinish­ga ulgurgan O. Muhammadrahimov esa otishmalar chog’ida o‘ldiriladi. Ushbu holatlar Xorazm hukumati amalda mustaqil faoliyat olib borganligini shubha ostida qoldiradi.
Xorazm amalda xorazmliklar tomonidan emas, balki zudlik bilan sotsial inqilob yasash yo‘lidan borgan Xorazmga begona unsurlar tomonidan boshqarilganligini hatto Sovet hokimiyati Tashqi ishlar xalq komissarligi vakili Gopner ham e’tirof etadi. Shu tariqa Yosh xivaliklarning aynan shu kezlarda mamlakatning 4/5 qismini nazorat qilib turgan Junaid­xon bilan til topishishga uringanlari bekorga emasligi oydinlashadi.
Manbalarga murojaat qilar ekanmiz, Xorazm Xalq Respublikasining tashki siyosiy faoliyatiga ham Rossiya tarafidan aralashishlar bo‘lib turganligining guvohi bo‘lamiz. Bu Xo­razm Respublikasi tashki siyosiy funksiyalarining ba’zilari Rossiya Federatsiyasi ixtiyoriga topshirib qo‘yilganligida namoyon bo‘ladi. Xususan, 1921-yil 22-fevraldagi bayonnomaga muvofiq sakkiz ittifoqdosh respublikalar qatorida Xorazm ham Genuya konferensiyasida o‘zining nomidan ishtirok etish va XXRning iktisodiy huquqlarini himoya qilish vakolatini RSFSR ixtiyoriga topshirgan edi.
Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyoda ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimoti, tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, jamoadagi diniy urf-odatlarni bajarish kabi masalalar boshqaruvning yangi shakllarining paydo bo’lishiga asos soldi.
Keyengi davrlarda boshqaruv usullari va shakllari Xorazmshohlar va Amir Temur davlatida rivojlantirildi.
Turkiston muxtoriyati xalqimiz tarixidagi birinchi demokratik ruhdagi davlat bo’lib, unda boshqarishning demokratiya shaklidan foydalanildi.

Download 291,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish