Mundarija Kirish I bob: XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi xalqaro munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari


I. 2. Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi va uning sabablari



Download 285,5 Kb.
bet5/9
Sana31.05.2023
Hajmi285,5 Kb.
#946783
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
20 asr oxiri 21 asr boshlarida MDH davlatlari

I. 2. Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi va uning sabablari.

XX asrning 80 – yillar oxiri va 90 – yillar boshida ro’y bergan “real sotsializm”ning yemirilishi eng ulkan voqea sifatida tarixdan joy oldi1.


Respublikada keng munozaralarga sabab bo’lgan muammolardan biri o’zbek tiliga davlat tili maqomi berish masalasi bo’ldi.
Demokratik kuchlar qo’ygan masalani I. A. Karimov boshchiligidagi yangi rahbariyat anglab etdi va uni hal qilishga kirishdi.
Natijada “O’zbekistonning davlat tili to’g’risida”gi qonun 1989 yil oktyabrda qabul qilindi. O’zbek tili davlat tili deb e’lon qilindi. Ish yuritish asta – sekin o’zbek tiliga o’tkazila boshlandi, uni o’rganishni yaxshilash yuzasidan aniq chora tadbirlar belgilandi. Bu mamlakatimizning mustaqillik sari boshlagan birinchi qadami bo’ldi. O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvning joriy qilinishini, bir qancha omillar, eng avvalo Sobiq Ittifoqda 1990 – yil boshlariga kelib mustabid davlat siyosiy inqirozining kuchayganligini taqozo etdi. 1990 – yil mart oyida Litvaning mustaqil deb e’lon qilinishi, Latviya va Estoniyani Sobiq Ittifoq tarkibidan chiqishiga faollik bilan ochiqchasiga tayyorgarlik ko’rganligi unitar (qo’shma) sovet davlatining haqiqiy yemirilishi boshlanganidan dalolat berar edi. O’zbekiston jamiyati mustaqillik g’oyasini qabul qildi. O’zbekistonni Markaz bilan o’n yillar mobaynida bog’lab turgan zanjir uzib tashlandi. O’zbekistonning Mustaqil taraqqiyot yo’liga kirish jarayonini to’xtatib qolish mumkin emas edi. Chunki Sobiq Ittifoqi bu paytda inqirozga yuz tutgan edi. Mustaqillikka erishish azaldan o’zbek xalqining orzu umidlari, armon va istiroblarini o’zida mujassam etgan XX asr oxirida misli ko’rilmagan hodisalar sodir bo’ldi. Sotsializm deb atalgan totalitar tuzum, komunistik mafkura deb ataluvchi zo’ravonlik va taziyiqqa asoslangan mafkura inqirozga yuz tutdi. Jahonga, yer yuziga mutloq hokimlikni davo qilgan Sobiq Ittifoq jamiyat sifatida ham, davlat sifatida ham jarga quladi.
Mustaqillik imkoniyatlarini oldindan payqagan mamlakat ijtimoiy siyosiy jarayonlarining borishi to’g’ri anglagan holda to’g’ri baholay olgan O’zbekiston ittifoqdoshlari orasidan birinchilardan bo’lib o’z mustaqilligini tan oldi.
1991 – yil 31 – avgust kuni qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risidagi Bayonot O’zbekiston hukumatining siyosiy yo’lini to’la qonunlashtirib berdi.
Bu tarixiy hujjatda quyidagi xulosalar ilgari surilgan edi.

  • O’tmishdan saboq chiqarib va Sobiq Ittifoqning siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o’zgarishlarni e’tiborga olib;

  • Xalqaro huquqiy hujjatlarda qayt etilgan o’z taqdirini o’zi belgilash huquqiga asoslanib;

  • O’zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas’uliyatni anglab;

  • Shaxs huquq va erkinliklarning mustaqil davlatlar o’rtasidagi chegaralarning buzulmasligi to’g’risidagi Xelsinki shartnomalariga qat’iy sadoqatini bayon etib;

  • Millati, diniy e’tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat’iy nazar respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishi, sha’ni va qadr qimmatini ta’minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib;

  • Mustaqillik Deklaratsiyasining amalgam oshira borib, O’zbekiston Sobiq Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O’zbekistonning Davlat Mustaqilligini va ozod suveren davlat – O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi.

1990 – yili 24 – mart kuni Respublika Oliy Kengashining birinchi sessiyasida O’zbekistonda Prezidentlik lavozimi tavsiya etish to’g’risidagi qonun qabul qilindi. Bu sessiyada O’zbekiston Prezidenti saylovi o’tkazildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi 1990 – yil 20 – iyun kuni “Mustaqillik Deklaratsiyasi” ni qabul qildi. 1991 – yil 31 – avgustida O’zbekiston tarixining yangi davri boshlandi. 1 – sentabr – O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni – umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. Respublika xalqi va rahbariyatining donishmandligi va saboti va qat’iyatliligi, uzoqni ko’ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligiga erishuvi tinch, demokratik, parlament yo’li bilan ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalgam oshdi. Sobiq Ittifoqning parchalanishi bilan bog’liq siyosiy shart – sharoitlar hamma joyda bir xil bo’lishiga qaramasdan sobiq ittifoqdagi sobiq respublikalarning mustaqillikka erishuvi ularning hammasida ham bir xil kechgani yo’q, yangi tashkil topgan bir qator davlatlarda bu hol jamiyatning parchalanib ketishiga mujorolar va to’qnashuvlarga olib keldi. O’zbekison istiqlol yo’lining dastlabki, eng og’ir va xavfli qismini ezchil, osoyishta va o’ziga ishonch bilan bosib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasi 1991 – yil 29 – dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risidagi masala bo’yicha referendum o’tkazishga qaror qabul qilindi. Ovoz berish byuleteniga “O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?” degan savol kiritildi.
Ushbu referendumda ovoz berish ro’yxatiga kiritilgan fuqarolar umumiy sonining 94,1 % i qatnashdi. Respublikaning davlat mustaqiligini ma’qullab 98,2 % saylovchi ovoz berdi. Siyosiy lug’atlarda mustaqillik suveretet, erkinlik tushunchalari aynasn o’xshash, bir xildagi tushunchalar sifatida talqin etiladi. O’zbekistonda davlat mustaqilligi qo’lga kiritilgach boshqaruvning demokratik tizimi shakllantirila boshlandi. Prezidentlik Respublika boshqaruvi davlat boshqaruvining o’zagini tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentlik saylovi to’g’risida” qonun qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qilib yoshi 35 dan kam bo’lmagan va 65 dan ortiq bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, saylovgacha kamida 10 yil O’zbekiston hududida muqum yashagan O’zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. O’zbekiston Prezidenti 5 muddatga saylanadi, bir fuqaroning o’zi ketma ket ikki muddatdan ortiq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bo’lishi mumkin emas.

Download 285,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish