Mundarija kirish I. Bob. XVI-XVII asrlarda xiva-buxoro munosabatlarining keskinlashuvi


Buxoro xonligining tashkil topishi



Download 82,93 Kb.
bet4/7
Sana03.07.2023
Hajmi82,93 Kb.
#953556
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XVI-XVII asrlarda Xiva-Buxoro munosabatlarining keskinlashuvi

1.2.Buxoro xonligining tashkil topishi
Mamlakat iqtisodini yo‘lga qo‘yishda Shohmurod o‘tkazgan pul islohoti ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ashtarxoniylar davrida zarb qilingan taugalarda kumush miqdori kamaytirib yuborilgan edi. Xalq uni hurmat bilan „amiri ma’sum’’ (begunoh amir) deb atadi. Amir Shohmurod vafot etgach, taxtga o‘g‘li Amir Haydar o‘tirdi (1800-1826). Ayrim viloyatlar hukmdorlari uning tajribasizligidan foydalaaib, markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka urindilar. Ayni paytda, Amir Haydar qanchalik harakat qilmasin, amirlikda to‘la osoyishtalikni ta’minlay olmadi. Bunga bir tomondan markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni istamagan ayrim viloyat hokimlarining harakati, ikkinchi tomondan esa jamiyat hayotidagi adolatsizliklarga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari sabab bo‘ldi. Chunonchi, Amir Haydar Shahrisabz va Miyonqolni amirlik tarkibida saqlab qolish uchun kurash olib borishga majbur bo‘ldi. O‘ratepani qo‘lda saqlab qolish uchun esa Qo‘qon xonligiga qarshi harbiy harakatlar olib bordi. Ayni paytda, o‘zi 1806-yilda Xiva xonligi hujumiga uchradi. Garchand Xiva qo‘shini quvib chiqarilgan bo‘lsada, mamlakatda tinchlik qaror topgani yo‘q. Tez orada davlat va uning amaldorlarining adolatsiz siyosatiga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlandi. 1804-yilda amirga qarshi ukasi Dinnosirbek boshchiligidagi Marv aholisi, 1821-yili Miyonqolda qo‘zg‘olon boshlandi. Harbiy harakatlar va ichki nizolar oddiy mehnatkashlaming bnningsiz ham og‘ir ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Amir Haydar vafot etgach, qisqa vaqt oralig'ida lining ikki o‘g‘li taxtga o‘tirdi. Biroq ular fitna qurboni bo‘lishdi. Nihoyat, taxtni uning uchinchi o‘g‘li Nasrullo egalladi (1826-1860). Amir Nasrullo amirlik tarkibiga rasmangina kirgan bekliklami yagona davlatga birlashtirish yo‘lida qat’iyat bilan kurash olib bordi. Shahrisabz va Kitob bekliklarini to‘la bo‘ysundirish uchun kurash 30 yil davom etdi2. Nihoyat, 1856-yildagina u Shahrisabz va Kitobni bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi. Bundan tashqari, mang‘it amirlari o‘zlarining mutlaq hokimiyatini qaror toptirishni bosh vazifalaridan biri deb hisobladilar. Shu maqsadda ular amir shaxsiga sig‘inish siyosatini yuritdilar.
Natijada, fuqarolar jazoga tortilishdan qo‘rqqanlaridan uning nomini baland ovoz bilan ayta olmaydigan bo‘lib qoldilar. Hukmron tabaqalar amirga xushomadgo‘ylik qilardilar. Amaldorlar amirdan ko‘rsatma kutib o‘tirmasdan uning xohish-istagini topa bilishga intilardilar. Har bir amaldor amiming, kichik amaldor o‘zidan katta amaldoming qahriga uchrab qolishdan qo‘rqib yashardi. O‘zining bugungi mavqeyi, mulki, hayoti, oilasining omonligi uchun shunday bir qo'rquv muhiti vujudga keltirildiki, natijada hech kim ishonch bilan ertangi kunidan umidvor bo‘la olmaydigan bo‘lib qoldi.Osiyo departamentida elchilar juda yaxshi kutib olingan hamda ularga Qoʻqon xonligidan keladigan elchilar va savdogarlarni imperiya oʻz himoyasiga olinishi bildirilgan, shuningdek Rossiya-Quqon munosabatlarini mustahkamlash va rivojlantirish taklif qilingan.
Ikki davlat oʻrtasidagi kslishuvga asosan 1829-yil 12-avgustda Omskdan qoʻqonlik elchilar bilan hamrohlikda N.I. Potanin Qoʻqonga elchi qilib joʻnatiladi. U Qoʻqon shahrida besh oy boʻladi va 1830-yilda yurtiga qaytish uchun yoʻlga chiqadi. N.I.Potanin sayohati davrida oʻzi shohid boʻlgan voqeahodisalarni yozib qoldirgan. Uning asarida Qoʻqon xonligi viloyatlaridagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, mahalliy yoʻllar, harbiy qoʻshin tuzilishi, diniy urfodatlar, oʻsimliklar dunyosi toʻgʻrisidagi turli xil maʼlumotlar qamrab olingan. Demak, yuqorida keltiridgan maʼlumotlarga asoslanib Qoʻqon va Rossiya ikki davlat oʻrtasida doʻstona savdo-iqtisodiy imoqalar oʻrnatilishidan manfaatdor boʻlgan. Manfaatdorlik hissi ular oʻrtasida elchilik va savdo-sotiqning rivojlanishiga xizmat qilgan, deyish mumkin. Ammo, XIX asr boshlarida Rossiya bilan Qoʻqon xonligi oʻrtasida boshlangan doʻstlik muhitidagi aloqalar asr oʻrtalariga kelib dushmanlik kayfiyati bilan almashinadi. Rossiyaning Oʻrta Osiyo hududlarini egallab, soʻngra afsonaviy Hindistonga chiqish orzusi uni janub tomonga bosqinchilik yurishlarini boshlashga sabab boʻldi. Rossiyaning Oʻrta Osiyo xududlariga dastlabki yurishi aynan Qoʻqon xonligiga qaratilgan boʻlib, bu harakat xonlikning tugatilishi bilan yakun topgan Qoʻqon xonligiiing Sharqiy Turkiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalari
Qoʻqon xonligining Xitoy bilan aloqalarida Sharqiy Turkiston alohida mavqega ega boʻlgan. Chunki Qoʻqon xonligi Sharqiy Turkiston bilan bevosita chegaradosh, hamda uni Xitoy bilan bogʻlaydigan karvon yoʻllari Sharqiy Turkiston orqali amalga oshirilgan. Sharqiy Turkiston Xitoy Xalq Respublikasining Sinszyan (Shinjon) avtonom viloyati. 1760-yilda Shyarqiy Turiston Sin imperiyasi tomonidan bosib olingandan soʻng Xitoy davlati unga Sinszyan “Yangi chegara” yoki “Yangi xudud” nomini bergan. Sharqiy Turkiston hududiy atama sifatida XVIII asrdan boshlab fanga kirib kela boshlagan. XIX asr ikkinchi yarmidan eʼtiboran rus sharqshunoslarining asarlarida Sharqiy Turkiston atamasi ishlatila boshlangan. Bu viloyat XVIII-XIX asrlarda Sharqda, soʻngra Yevropa va Rossiyada “Turkiston” deb atalgan. “Turkiston” ikki xil “Buxoro Turkistoni” va “Xitoy Turkistoni” nomi bilan yuritilgan. “Buxoro Turkistoni” gʻarbiy oʻlka, “Xitoy Turkistoni” deganda sharqiy hududlar tushunilgan. Xuddi shuning kabi XVIII-XIX asr birinchi yarmida rus va yevropalik olimlar Oʻrta Osiyoni “Katta Buxoro”, undan sharqdagi yerlarni “Kichik Buxoro” deb atagan. “Kichik Buxoro” yerlari bu Sharqiy Turkistondir. XVIII-XIX asrlarda Rossiya va Yevropa davlatlari Sharqiy Turkistonga katta qiziqish bilan qaray boshlagan. Rossiya hukumati siyosiy maqsadlarni koʻzlagan holda Sharqiy Turkistonni oʻrganish uchun maxsus ekspeditsiyalar tashkil qilgan. XIX asrda joʻnatilgan ekspeditsiyalarda qatnashgan Ch.Ch.Valixanov, N.M.Prjevapskiy, M.V.Pevsov, V.I.Roborov va boshqalarning xizmatlarini alohida taʼkidlash oʻrinli hisoblanadi. Bundan tashqari bir qator rus olimlaridan V.V.Bartold, V.V.Radlov, S.F.Oldenburg, K.G.Zalemanlar Sharqiy Turkistonda olib borgan tadqiqotlari bilan tarix, tilshunoslik va arxeologiya sohasiga katta hissa qoʻshdilar. Tadqiqotlarda qo’lga kiritilgan ulkan arxeologik topilmalar, sanʼat asarlari, yozma manbalar tadqiqot doirasiga jalb qilingan. 1894-1895-yillarda V.I.Roborovskiy va P.K.Kozlovlar rahbarligidagi ekspeditsiya Turkiston vohasida olib borgan arxeologik tadqiqotlari natijasi bu hududning arxeologik yodgorliklarga boy oʻlka ekanligini namoyon qildi, u yerdan koʻplab sanskript, uygʻur va xitoy tilidagi yozma manbalar koʻlga kiritildi. 1902-yildan boshlab Yevropa olimlari Sharqiy Turkistonda arxeologik tadqiqotlar olib bordilar. 1902-yil sharqshu- noslarning XIII (gamburg) kongressida Oʻrta Osiyo va Sharqiy Osiyoni oʻrganish xalqaro assotsiatsiyasi tashkil qilinadi. Assotsiatsiya milliy qoʻmitalardan iborat bulib, rus komiteti (1903-1923 yy.) tarixiy, arxeologik, lingvistik va etnografik tadqiqotlarni olib borishni maqsad qilgan. Yevropa arxeologlaridan D.A. Klemens, A. Gryunvedel, A. Lekok, A. Steynlar Kuchi, Qorashar, Turfan va Komul vohalaridagi ekspeditsiyalarda ishtirok etishgan. Ekspeditsiyalarda turli xil yodgorliklar devor rasmlari, haykalchalar, yogʻoch va metall buyumlar, sopol va boshqa madaniy boyliklar qoʻlga kiritilgan. Arxeologlarning Sharqiy Turkistondagi tadqiqotlari natijasida koʻplab ilmiy asarlar dunyo yuzini koʻrdi. Qoʻqon xonligining Sharqiy Turkiston bilan savdo munosabatlari jadal rivojlangan boʻlib, ular urtasidagi savdo Koshgʻar orqali amalga oshirilgan. Quqon bilan Koshgʻar oʻrtasidagi savdo aloqalari Muhammad Alixon (1822-1842) davrida Qoʻqon xonligining Sharqiy Turkiston bilan chegarasida bir nechta qurgʻonlar (Daraut-Qoʻrgʻon, Qizil-Qoʻrgʻon, S'oʻfi-Qoʻrgʻon) qurilganidan soʻng juda keng rivojlangan. 1831-yili Qoʻqon bilan Xitoy oʻrtasida tinchlik sulhi imzolangan. 1828-yildagi Qoʻqonga qarshi iqtisodiy sanksiyasi va savdoni taʼqiqlash toʻgʻrisidagi hujjat bekor qilinadi va 1832-yil 13-yanvardagi imperatorning maxsus farmoni bilan Koshgʻardan nafaqat choy va ravoch olib ketishga ruxsat berildi, hattoki Koshgʻarda Qoʻqon savdogarlariga bojsiz savdo qilishga ijozat berishgan. Koshgʻarning oltita shaharlari Oqsu, Koshgʻar, Uchturan, Xoʻtan, Yorkand va Yangihisorda Qoʻqon savdogarlaridan boj yigʻish uchun Qoʻqon xoni maxsus oqsoqollarini tayinlagan. Shunday qilib, shu davrdan boshlab, qoʻqonliklar Koshgʻar bilan savdoda monopol mavqega ega boʻlganlar. 1838 yil maʼlumotlariga koʻra, Buxorodan Kobulga juda koʻp tovarlar joʻnatilgan. Ular orasida Koʻqonnning kumush tangalari va kumush yombilari, xitoy shoyi roʻmollari va chinnisi, Koʻqon kanop losi ham boʻlgan. Buxoro Koʻqondan xom ipak va kanop losi olgan, bu tovarlar soʻng Afgʻonistonga sotilgan, Koʻqon va Xoʻjanddan guruch ham keltirilgan.
Bu maʼlumotlar birinchidan, Koʻqonning Buxoro amirligi bilan savdo munosabatlari haqida, qolaversa Buxoro orqali xonlikning Afgʻoniston bilan savdosi aloqalariga kirishganligi toʻgʻrisida daliliy ashyolar hisoblanadi. Tadqiqotchilarning olib borgan izlanishlari Sharqiy Turkiston bilan Oʻrta Osiyo oʻrtasida serqatnov karvon yoʻllari o’tganligini ko’rsatadi. Fargʻona vodiysidan Koshgʻarga oʻtgan ikki yoʻnalishdagi karvon yoʻli boʻlgan. Biri Andijondan Oʻzgand, Chadirkoʻl va Toinboshi daryosi orqali Koshgʻarga boradi. Boshqasi esa Terekti-Dovon orqali Koshgʻarga eltadi. Ch.Ch. Valixonov Koshgʻarga sayohatida Oʻshdan Koshgʻarga boruvchi Terektin yoʻli bo’lganligini eʼtirof qilgan. Bu yoʻldan yil davomida har kuni yuk ortilgan otlar turnaqator boʻlib oʻtadi. Terektin yoʻli yoqilgʻi va yem-xashaklarga boy bo’lgan. Shu yoʻl orqali karvon Qoʻqondan Koshgʻarga 18 kunda yetib kelgan. Yorkenddan Xulmga, undan Buxoro va Kobulga boradigan Badaxshon yoʻli ham boʻlib, Buxorogacha 65 kunda bosib oʻtilgan. Sharqiy Turkiston bilan Qoʻqon xonligini bir-biriga bogʻlagan Pomir yoʻli boʻlib, yoʻllarning aksariyati Qoqon xonligiga yoki Qoretegin va Darvozga oʻtgan. XIX asr o’rtalarida Sharqiy Turkiston bilan Quqon xonligi o’rtasida savdo-sotiq aloqalari jadal rivojlangan.
Valixanov sayyohlarning bergan maʼlumotlariga tayangan holda Sharqiy Turkiston shaharlarini bir-biri bilan bogʻlaydigan ichki karvon yoʻllari, hamda Qo’qon xonligi bilan tutashgan qatnov yoʻllari tugʻrisidagi yozib qoldirgan. Valixanov oʻz asarida Koshgʻardan Oʻshgacha oraliq 315 verstni tashkil qilishi toʻgʻrisida xabar bergan. Shu bilan birga Koshgʻardan Andijonga olib boruvchi qadimgi yoʻl Oʻzgand orqali oʻtganligini eʼtirof qiladi. Qoʻqon xonligi va Sharqiy Turkiston oʻrtasidagi savdo aloqalarini oʻrganishda Choʻqon Valixonov asarlari juda qoʻl keladi. Ch. Valixonov XIX asr sharqshunos olimlaridan biri hisoblanadi. Uning Markaziy Osiyo tarixi, geografiyasi, iqtisodiy hayotiga oid asarlari hozirgi kunda ham oʻz ahamiyatini saqlab kelmokda. U 1858-1859-yillarda Sharqiy Turkiston ekspeditsiyasida ishtirok etib Markaziy Osiyo davlatlarining siyosiy tarixi, etnografiyasi, Quqon xonligining davlat tuzumi, Sharqiy Turkiston va Koʻqon xonligi o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarni oʻrgandi va o’zidan juda katta ilmiy meros qoldirdi. Uning “Koshgʻar safarini tashkil qilish haqida xotiralar”, “Koshgʻar kundaligi”, “Oltishaharning yoki Xitoyning Nan Lu (Kichik Buxoro) viloyatiga kiruvchi olti sharqiy shaharning umumiy ahvoli”, “Koshgʻarga qilingan sayohat”, “Qoʻqon xonligi toʻgʻrisida” va boshqa asarlarida Qoʻqon xonligi bilan Sharqiy Turkiston shaharlari oʻrtasidagi iqtisodiy-savdo munosabatlariga doir maʼlumotlari eʼtiborga loyiqdir. Ch. Valixonov Qoʻqon xonligi va Sharqiy Turkiston o’rtasidagi savdo aloqalariga toʻxtalar ekan, hattoki Sharqiy Turkistondagi hunarmand va savdogarlarning faoliyati bilan bogʻliq muhim maʼlumotlarni ham keltiradi. Uning maʼlu- motlariga koʻra, umumiy soni va ahamiyati jihatidan birinchi o’rinda qoʻqonliklar, keyin buxoroliklar, soʻngra badaxshonliklar, kashmirliklar va balxliklar turgan. Badaxshonliklar, kashmirliklar va balxliklar asosan Yorkand va Xoʻtanda istiqomat qilgan. Bundan tashqari mazkur shaharlarda koʻplab afgʻonlar, buxoro yahudiylari, hindlar, forslar, shirvonliklar va tatarlar istiqomat qilgan. Sharqiy Turkistonda oʻrtaosiyolik savdogarlarni «andijon- liklar» deb atashgan. Koshgʻarda maxsus «Andijon-koʻcha» degan koʻcha boʻlib, unda chetdan kelgan savdogarlar yashashgan. Sharqiy Turkistonga Qoʻqon, Samarkand, Buxoro savdogarlari qatorida toshkentlik savdogarlar ham borib savdo qilishgan. Koshgʻar tovarlari toshkentlik savdogarlar orqali Sibirga va Irbit Yarmarkasiga olib borilgan. Ularning hammapari Qoʻqon xonligi va Xitoy oʻrtasidagi 1831-yili tuzilgan shartnomaga asosan Koshgʻarda istiqomat qiluvchi, rezident va konsul huquqiga ega boʻlgan koʻqonlik oqsoqolga boʻysunganlar. Sharqiy Turkistonda turuvchi chet elliklar soni toʻgʻrisida Ch.Valixonov keltirgan maʼlumotlar ham diqqatga sazavordir. Uning maʼlumotlariga Ko’ra, muhojirlarning aksariyati Koshgʻarda istiqomat qiladilar, u yerdagi andijonliklarning oʻzi taxminan olti mingga boradi. Chet elliklar koʻp istiqomat qilib turgan shahar bu Koshgʻardan keyin Xoʻtan, soʻngra Yorkand hisoblanadi. Oqsu va Uchturfonda esa chet elliklar ancha kam. Koshgʻardagi chet elliklar mahalliy xalqning toʻrtdan bir qismini tashkil etib, 145 ming jonga boradi. Ch.Valixonovning Oʻrta Osiyo va Koshgʻar oʻrtasidagi savdo munosabatlarida savdoga qo’yilgan asosiy tovarlar haqidagi maʼlumotlari ham ahamiyatga ega. Bu maʼlumotlarga koʻra, Oʻrta Osiyodan Sharqiy Turkistonga olib borib sotiladigan tovar- larning asosiy qismini doroyi, parcha, indigo, ipak gazlamalar, mayda yoʻl-yoʻl yoki guldor shoyi, gulbara deb ataluvchi yupqa gazlama, podshoi va beqasam, tiniq rangli yarim ipak va ip gazlamalar, hamda alacha deb ataluvchi ip matolar, teri, qoʻy va qoramol, afyun, tamaki va Oʻrta Osiyoda ishlangan boshqa hunarmandchilik buyumlari tashkil etgan. Sharqiy Turkistondan Oʻrta Osiyoga esa choy, paxta, ipak, boʻz, gilam, billur idishlar va kumush keltirib sotishgan. Oʻrta osiyolik savdogarlar Sharqiy Turkiston bozorlarida Gʻarbiy Yevropodan kelgan tovarlar bilan ham savdo qilganlar. Shveysariyada, Fransiyada va Algliyada ishlab chiqarilgan yorqin qizil rangdagi chitlar, ingliz amerika karton qogʻozlari, qizil tusdagi ingliz kashmiri, oq muslin (harir va yupqa gazlama) va boshqalar shular jumlasidandir. Oʻrta Osiyolik, ayniqsa, qoʻqonlik va toshkentlik savdogarlar Rossiyadan Sharqiy Turkistonga rus tovarlarini keltirib sotishda vositachilik ham qilgan.
Norbo'tabiyning o'g'li Olimbek hukmronligi davrida Qo'qonning siyosiy mavqei yanada kuchaygan, harbiy islo-hot o'tkazilgan, Ohangaron vohasi, Toshkent, Chimkent va Sayram tobe etilgan, tashqi savdoga ham e'tibor kuchaytirilgan. 1805 yil davlat rasman Qo'qon xonligi deb e'lon qilinib, Olimbek ”xon" unvonini Olgan. Olimxonning markazlashgan kuchli davlat tuzish borasida qilayotgan harakatlari ayrim mansabparast zodagonlar guruhida norozilik kayfiyatlarini vujudga keltiradi. Natijada ular Olimxonning safardaligidan foydalanib 1810 yil Qo'qonda "Olimxon Toshkentda o'ldi", degan mish-mish tarqatishadi va uning ukasi Umarbekka toj kiygizadilar. Olimxon bundan xabar topib, Qo'qonga yo'l oladi, biroq u Oltiqush mavzeyida otib o'ldirilgan. Umarxon davrida xonlik hokimiyatini mustahkamlash va kengaytirish choralari ko'rilgan. 1815 yil Buxoro xonligiga qarashli Turkiston, 1817 yil esa O'ratepa bosib olingan. Sirdaryo bo'yida bir qancha harbiy istehkomlar barpo etilgan; sug'orish inshootlarini kengaytirish, kanallar qazish, masjid va madrasalar qurishga e'tibor berilgan. Xususan, Qo'qon, Toshkent, Turkiston, Chimkent, Sayram, avliyoota (hozirgi Jambul)da masjid va madrasalar qurilgan. Mozorlar tartibga solingan. Umarxon hukmronligi davrida Qo'qon xonligida fan, adabiyot, san 'at nisbatan yuksalgan. Bunda uning sevimli xotini mashhur o'zbek shoirasi Nodirabegimning xizmati katta bo'lgan. Umarxonning o'zi ham "Amiriy" taxallusi bilan o' zbek va tojik tillarida g' azallar yozgan. Umarxon vafotidan so'ng uning 12 yoshli o'g'li Muhammad Alixon taxtga o'tirgan .Xon yosh bo'lganligi uchun davlatni dastlabki davrda onasi Nodi-rabegim boshqargan. Nodirabegim madaniyat va san'atni rivojlantirishga intilgan.
1826-yil Sharqiy Turkistonda xitoylarga qarshi bosh ko'targan musulmon aholiga yordam berish uchun qo'shin tortib borilgan. Natijada Xitoy huku-mati Sharqiy Turkistonning 6 ta shahri (Oqsuv, Qashqar, Yorkend, Xo'tan va boshqalar) dan soliq olish huquqini Qo'qon xonligiga berishga majbur bo'lgan.
Muhammad Alixon xonlik hududini kengaytirishga intilib, Jan. Olay tog' etagidagi Qorategin, Dar-voz, Shug'non, Ro'shon, Vohon bekliklarini bo'ysundirgan. Bu davrda xonlikda sug'orish ishlari ancha yo'lga qo'yilgan. Toshkent yaqinida Xonariq kanali qazilgan. Tashqi iqtisodiysavdo aloqalari ham ancha yaxshilangan. Buxoro amiri Nasrullo (qarang Nasrullaxon) bilan yuz bergan urushda (1840 yil) Muhammad Alixon yengilib, Xo'jandni amir Nasrulloga topshirishga va o'zini uning noibi deb tan olishga majbur bo'lgan. Ammo Buxoro Qo'qon munosabatlari bundan keyin ham kes-kinlashgan. Natijada 1841-yil noyab. oyida Muhammad Alixon o'z ukasi Sulton Mahmud foydasiga taxtdan voz kechgan. Bu voqeadan xabar topgan amir Nasrullo Qo'qonga bostirib kelib, uni talon-toroj qiladi. U shu qirg'in-barot davomida Muhammad Alini, uning ukasi Sulton Mahmudxonni, onasi Nodirabegimni va boshqa yuqori man-sabdorlarni qatl ettiradi. Amir farmoni bilan Qo'qon xonligi Buxoro noibi tomo-nidan boshqarila boshlangan. Amir noibi Qo'qon xonligi aholisiga og'ir soliqlar yuklaydi. Natijada 1842-yil yozida qo'qonliklar qo' zg'olon ko'taradi, amir Nasmlloga sodiq kishilarning ko'pchiligini o'ldiradilar va Norbo'tabiyning ukasi Hojibekning o'gli Sheralini xon qilib ko'tarishadi. Buni eshitgan Buxoro amiri Qo'qonga qo'shin tortib o'z hukmronligini qayta o'rnatish uchun uni qamal qiladi. Biroq qamalning qirqinchi kuni Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro hududiga qilgan hujumi haqidagi xabarni eshitib, orqaga qaytishga majbur bo'lgan. Natijada qo'ldan ketgan ko'pgina hududlar (Xo'jand, Toshkent) yana Qo'qon xonligi ixtiyorida qoladi. 
Sheralixonning (1842-1845) taxtga o'tirishida ko'makchi va xayrixoh bo'lgan qipchoqlardan Musulmonqul mingboshi qilib tayinlangan. Musulmonqul, asosan, harbiy ishlar bilan shug'ullangan va xon qo'shinlarining tarkibini ko'proq qipchoq yigitlari bilan to'ldirgan. Musulmonqul o'z mavqeidan foydalanib, Sheralixonga o'z ta'sirini o'tkazishga intilgan. Ammo xon bunga yo'l qo'ymaslikka intiladi. Musulmonqul xondan norozi bo'lib, boshqalarning qo'li bilan suiqasd uyushtirishga harakat qilgan. 1845-yil O'shda xonning soliq siyosatiga qarshi qo'zg'olon boshlanadi .
Musulmonqul qo'zg'o-lonni bostirishga ketganida, uning sheriklari Olimxonning o'g'li murodbekni Qo'qonga taklif qilib taxtga o'tqazganlar. Sheralixon o'ldirilgan. Taxtni saqlab qolish uchun Murodxon o'zini Buxoro amirining noibi deb tan olishga majbur bo'lgan. Musulmonqulni mingboshi lavozimida qolganligi haqida farmon chiqaradi va uning Qo'qonga qaytishini talab qiladi. Musulmonqul esa O' shdan Namanganga kelib qizini Sheralixonning o'g'li Xudoyorga turmushga beradi va u bilan Qo'qonga kelib, Murodxonni o'ldirib, yo'sh Xudoyorni xon deb e'lon qiladi (qarang Xudoyorxon). Musulmonqul xonning yoshligidan foydalanib xonlikni deyarli mustaqil ravishda o'zi boshqaradi, katta lavozimlar qipchoqlarga ulashib beriladi.
Natijada Musulmon-qulga qarshi xonlik hududida norozilik harakati kuchaydi va u mingboshilikdan bo'shatiladi. Musulmonqul o'z mavqeini tiklamoqchi bo'lib, ruslar bilan aloqa o'rnatishga intiladi va ruslarning vakili V.V.Velyaminov-Zernov bilan 1853 yil bahorida maxfiy uchrashadi. Musulmonqulning rus qo'mondoni vakili bilan uchrashgani va hokimiyatni o'z qo'liga olmoqchi bo'lganligidan xabar topgan o'zbek va qirg'iz zodagonlari (Muhammad Niyoz Qushbegi, muhammad Rajab Qo'rboshi, Muhammad Yoqubbek qushbegi va boshqalar) qipchoqlardan qutulish yo'lini axtarib Xudoyorxonni o' Zlari tarafga og'dirib, 1853 yil qipcho3qlar qirg'inini boshlab yuborishgan.
Musulmonqul asirga olinib, qatl qilingan. Biroq Qo'qon xonligida o'zaro taxt uchun kurashlar tinchimagan, yuqoridagi harbiy amaldorlar Xudoyorxonga qarshi fitna tayyorlaganlar, biroq u muvaffaqiyatsiz chiqqan (qarang Yoqubbek). Qisqa vaqt ichida xonlar bir necha maria almashgan (1852-62) yillarda Sheralixonning o'g'li Mallaxon, 1862-63-yilda Shohmurodxon, 1863-yil may, iyunda yana Xudoyorxon, 1863-1865 yillarda Mallaxonning o'g'li Sulton Sayidxon xon bo'lgan) .


Download 82,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish