Mundarija: Kirish I. Bob. Xiva xonligida zargarlik san’ati tarixi


Foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yhati………………………………………….86



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana21.01.2022
Hajmi0,82 Mb.
#397084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
xiva xonligida zargarlik sanatining rivozhlanishi tarixidan

Foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yhati………………………………………….86

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Kirish 

Mavzuning dolzarbligi 

 XX  asr  o‘zbek  xalqi  tarixida  ro‘y  bergan  eng muhim  

voqelik,    shubhasiz,    davlat    mustaqilligiga    erishish    bo‘ldi.  O‘zbekistonning  

davlat  mustaqilligini  qo‘lga  kiritishi  tufayli xalqimizning  asriy  orzusi  ushaldi,  

o‘z    taqdiri    va    kelajagini    o‘zi  yaratadigan    bo‘ldi.    Tarixan    qisqa    davrda  

jamiyatimiz    ijtimoiy-siyosiy  hayotining    barcha    sohalarida    keskin    burilish  

yasaldi.  Mamlakatimizni modernizatsiya qilish,  faol  demokratik  yangilanishlarni  

amalga    oshirish  bilan    bog‘liq    qator    islohotlar    o‘tkazildi.    Zero,  Birinchi  

Prezidentimiz    Islom    Karimov  ta‘kidlaganidek:    ―O‘z    tarixini    bilmaydigan,  

kechagi    kunini    unutgan  millatning    kelajagi    yo‘q‖.  O‘zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar    Mahkamasining  1998  –  yil    27-iyuldagi  ―O‘z  FA  Tarix  Instituti 

faoliyatini  takomillashtirish  haqidagi‖  qaroridan  so‘ng  haqqoniy  tarixni  yaratish, 

bu jarayonda birlamchi manbalarga asosiy e‘tibor berish, qo‘yilgan muammolarni 

soha  mutaxassislari  tomonidan  hal  etilishi,  mavjud  muammolar  yechimini  ilmiy 

asoslash  borasida  anchagina  ishlar  amalga  oshirildi.  Bu  borada  Birinchi 

Prezidentimiz    I.  A.  Karimovning  1998  –  yilda  bir  guruh  tarixchi  –  olimlar  bilan 

qilgan  suhbatida  tarixchi-olimlarimiz  oldiga  bir  qator  ilmiy-nazariy  va  amaliy 

dolzarb  muammolarni  hal  etish  vazifasini  qo‘ygan  edi.  Bu  uchrashuvdan  keyin 

tarixchi – olimlarning mas‘uliyatlari yanada oshdi.    Uch  ming  yillik  davlatchilik  

an‗analariga  ega  bo‘lgan  o‘zbek  xalqi  tarixida  Xorazm  davlatchiligi,  uning  

boy    ma‘naviy    me‘rosi,    o‘ziga    xos    milliy    an‘analari    tizimi    alohida    o‘rin  

tutadi. Birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimov  Jaloliddin  Manguberdi  tavalludining  

800    yilligiga    bag‘ishlangan    tantanali    marosimda    so‘zlagan    nutqida    ―Tarixi  

qariyb  uch  ming  yilga  boradigan,  buyuk  fan  va  madaniyat  o‘lkasi  bo‘lgan,  

jahon  sivilazatsiyasiga  bebaho  hissa  qo‘shgan  ulug‘  zotlar  vatani, Avestodek  

o‘lmas  asar  yaratilgan  tabarruk  tuproq. Xorazm  zamini  butun dunyoga ma‗lum  

va mashhur. Bu yurt tengsiz allomalar, aziz avliyolar,  podshohu  sarkardalar,  botir  

va    pahlovonlarni    ko‘p    ko‘rgan‖  Xorazm    tarixiga    bo‘lgan    bugungi    kundagi  

munosabatni    yaqqol    ko‘rsatib    bergan.  Shu    munosabat    bilan    Xorazm  

davlatchiligining  muhim  bo‘lagi, uning  ma‘naviy  va  madaniy hayotini, qadimgi  




davrdan  to  hozirgi  kungacha  rivojlanib  kelayotgan  Xorazm  xalqining o‘lmas,  

o‘ziga  xos  bo‘lgan  xalq  hunarmandchiligi  turlari  va  uning  xalq  amaliy san‘ati 

me‘rosini    o‘rganish    va  tadqiq    etish    muhim    ahamiyat    kasb    etadi.O‘zbek 

xalqining ko‘p asrlik tarixida mustaqil davlatchilik asoslarini yaratish uchun ko‘p 

kuch  sarflangan  va  sa‘y-harakatlar  qilingan.  ―Ayniqsa,  Xorazmning  shonli  tarixi 

bizda  o‘tmish  merosimiz  bilan  xaqli  ravishda  faxrlanish  tuyg‘usini  uyg‘otadi,— 

degandi  Prezident  I.A.Karimov.  ―Chunki  Xorazm  tarixi  o‘zbek  davlatchiligi 

tarixining uzviy qismidir, uning qudrati va qadimiyligi timsolidir. Ana shu bebaho 

meros bugungi avlod zimmasiga buyuk ajdodlarimizga munosib  voris bo‘lishdek  

ulkan  mas‘uliyat  ham   yuklaydi‖.   ―Xiva    xonligida  zargarlik    san‘atining  

rivojlanishi  tarixidan‖ mavzusidagi  bitiruv  malakaviy  ishimni  boshlar  ekanman 

, bu mavzu bugun tarix fani va mustaqil O`zbekistonimizning ma`naviy salohiyati 

uchun  naqadar  dolzarb  ekanligini  angladim.  Zero,  ajdodlarimizdan  bizga  meros 

bo`lib kelgan xalq  amaliy  san‘ati  bo‘lmish hunarmandchilik turlarini  o‘rganib,  

qadimgi    davrdan    boshlab to    hozirgi    kunga    qadar    rivojlanib    kelayotgan  xalq  

hunarmandchiligi  buyumlarini    ,  asosan    Xorazm      Xiva    xonligida  rivoj  topgan 

xalq  amaliy    san‘ati    bo‘lmish    zargarlik  san‘ati  tarixini    chuqur    o‘rganib,   

madaniy   merosimiz  haqidagi  ma‘lumotlarni  tahlil  qilib  uni qanchalar muhim  

soha    ekanligini    ochib    berishga    harakat    qilaman.O‘zbek  davlatchiligi  tarixida 

Xiva xonligining ham mustahkam o‘rni bor. O‘zbekiston davlat xujjatlarini o‘zbek 

tilida olib borgan mazkur davlat tarixining siyosiy jihatlarini (aspektini)  o‘rganish 

o‘zbek  davlatchiligi  tarixini  yoritishdagi  muhim  vazifa  hisoblanadi.  Ushbu  asos 

Bitiruv  malakaviy  ishning  nazariy,  ilmiy,  siyosiy  ahamiyati  borligini  ko‘rsatishi 

bilan bir qatorda mavzuning o‘ta dolzarb ekanligini ham tasdiqlaydi  . 

 

 


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish