Mundarija Kirish I bob


Eksperimental tekshirish natijalari



Download 1,93 Mb.
bet9/9
Sana23.01.2022
Hajmi1,93 Mb.
#402335
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar va ularning bartaraf etish metodlari

3.2. Eksperimental tekshirish natijalari

Tovushlar talaffuzining buzilishi asosan artikulatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo’lgan: sonor (r,l), sirg’aluvchi (s,z) va shovqinli (sh,j,ch), til orqa (k,g) tovushlarida uchraydi.





Tovush

Tovushni to’g’ri talaffuz etgan bolalar soni

Tovushni buzib talaffuz etgan bolalar soni

Tovushni almashtirib talaffuz etgan bolalar soni

Tovushni tushurib qoldirib talaffuz etgan bolalar soni

1.

R

0

2

6

2

2.

L

2

2

5

1

3.

S

0

1

7

2


4.

Z

3

2

3

2

5.

Sh

2

2

5

1

6

J

6

0

3

1

7

Ch

5

2

3

0

8

K

7

2

1

0

9

G

8

0

1

1


Xulosa

Mexanik (organik) dislaliya periferik nutq apparatning (til, jag', tanglay, tish) organik buzilishi natijasidir.

Til tagidagi etning (yugancha) kaltaligi mexanik dislaliyaga sabab bo'ladi.Bu kamchilik til harakatini qiyinlashtiradi, til tagidagi etning haddan tashqari kalta bo'lishi tilning yuqori tomon ko'tarilishiga imkon bermaydi. Bundan tashqari, tilning haddan tashqari katta bo'lishi yoki haddan tashqari kichik va tor bo'lishi ham dislaliyaga olib keladi. Bunday hollarda to'g'ri artikulatsiya qiyinlashadi.

Jag' tuzilishidagi kamchiliklar prikus nonormalliklarga olib keladi.Nonormal prikuslar bir necha xil ko'rinishda bo'lishi mumkin.

Prognatiya— yuqori jag' oldinga tomon chiqqan bo'ladi. Buning natijasida pastki oldingi tishlar yuqoridagi tishlar bilan birlashmaydi (ilova1-rasm).

Progeniya — pastki jag' oldinga chiqqan bo'ladi.

Ochiq prikus —yuqori va pastki jag'lar birlashganda ular orasida oraliq masofa qoladi. Ayrim hollarda bu oraliq faqat oldingi tishlar orasida bo'ladi (oldingi ochiq prikus).

Yoni ochiq prikus o'ng tomonli, chap tomonli va ikki tomonli bo'lishi mumkin.Tishlarning (tish qatorining) noto'g'ri tuzilishi ham dislaliyaga sabab bo'lishi mumkin. Tishlar vajag'dagi kamchiliklarni bartaraf etish shifokor- stomatolog tomonidan olib boriladi.

TangSayning noto'g'ri tuzilishi ham tovushlarning to'g'ri talaffuziga xalaqit beradi. Tor, baland yoki past, yassi tanglay ko'pchilik tovushlarning to'g'ri artikulatsiyasiga imkon bermaydi.

Lablarining qaiinligi ingichka va kam harakatchanligi ham lab va lab-tish tovushlarini aniq talaffuziga xalaqit beradi.

Funksional dislaliya va uning sabablari

Funksional dislaliyada periferik nutq apparatining artikulatsion qismida hech qanday organik buzilishlar, kamchiliklar kuzatilmaydi.

Funksional dislaliyaning keng tarqalgan sabablaridan bin oiladan nutqini noto'g'ri shakllantirishdir. Ayrim oilalarda kattalar bola nutqiga taqlid qiladilar.Bolani suyib u bilan "bola tilida" so'zlashadilar. Buning natijasida bolada tovushlarning to'g'ri talaffuzi kech rivojlanadi. Dislaliya bolalarda taqlid asosida ham yuzaga kelishi mumkin. Tovushlar talaffuzi hali yetarli, to'g'ri shakllanmagan kichik yoshdagi bolalar bilan, tili chuchuk yoki noaniq, tez shoshib gapiradigan kishilar bilan doimo muloqotda bo'lishi bola nutqiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ko'pincha bola oilada tovushlarni noto'g'ri talaffuz etuvchi kishi nutqiga taqlid etadi. Bu esa funksional dislaliyaga sabab bo'ladi.

Oiladagi ikki tillilik, pedagogik qarovsizlik ham funksional dislaliyaga sabab bo'ladi. Bunda tovushlarga e'tibor bermaslik, boladagi kamchiliklarni to'g'irlamaslik, to'g'ri va aniq talaffuz namunalarini bermaslik hollari ko'zda tutiladi.

Fonematik eshitishning yaxshi rivojlanmaganligi bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni keltirib chiqaruvchi sabablardan biridir.Bu holda tovushlar dilTerensiyasi (tovushlarni farqlash) qiyinlashadi. Bolalar asosan bir-biriga o'xshash: jarangli-jarangsiz, sirg'aluvchi va shovqinli tovushlarni ajrata olmaydilar. Bu qiyinchiliklar natijasida tovushlarning to'g'ri talaffuzi uzoq vaqtga cho'zilib ketadi.

Shu bilan birga, tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar, ayniqsa, tovushlarni almashtirish hollari, o'z navbatida, fonematik eshituvning shakllanishini qiyinlashtiradi va kelgusida nutqning umumiy rivojlanmaganligiga va o'qish-yozishda buzilishlar bo'lishiga sabab bo'ladi.

Dislaliya artikulatsion apparat a'zolarining (til, lab, pastki jag') harakatchanligidagi kamchiliklar natijasida ham sodir bo'ladi.Bu hoi bolaning tilni kerakli holatda ushlab tura olmasligi yoki bir harakatdan ikkinchi harakatga tez o'ta olmasligida namoyon bo'ladi.

Dislaliya funksional eshituvning pasayishi natijasida ham paydo bo'lishi mumkin.

Bolaning aqliy rivojlanishidagi kamchiliklar ham og'ir va uzoq davom etadigan dislaliyaga sabab bo'ladi. Oligofren bolalarning 50% da tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar bo'lishi mumkin.

Dislaliya turlari

Tovushlarni noto'g'ri talaffuz etish ona tilida hamma tovushlarda uchratish mumkin.

Tovushlar talaffuzining buzilishi asosan artikulatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo'lgan: sonor (r; I), sirg'aluvchi (s, z,) va shovqinli (sh, j, ch), til orqa (к, g) tovushlarida uchraydi.

Bolalarga tovushlar talaffuzining buzilishi tovushlarni nutqda yo'qligi, ularni buzib talaffuz etish va bir-biri bilan almashtirish hollari bilan namoyon bo'ladi.

ILOVA


1-rasm.



2-rasm.3-rasm.

"Belkurakcha" artikulatsiya mashqi."Kosacha" artikulatsiya mashqi.

4- rasm. 5-rasm.

"Ninacha" artikulatsiya mashqi."Tepacha" artikulatsiya mashqi.

6-rasm.7-rasm.

“Naycha” artekulasion mashqi.“Soatcha” artekulasion mashqi.

8-rasm.9-rasm.

“Ot” artikulatsiya mashqi.“Arg'imchoq” artikulatsiya mashqi.

10-rasm.


“G’altak” artikulasion mashqi

11-rasm. S, Z, tovushlari artikulatsiyasi profili.




12-rasm.13-rasm.

SH. J. tovushlar Ch tovushi

artikulasiyasi profili. artikulasiyasi profili.

14-rasm.


R tovushi artikulyatsiya profile.

15-rasm.


L tovushi artikulyatsiya profile.

16-rasm.


K, g, x, h, tovushi artikulatsiyasi profili.
Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish