Mundarija kirish: I bob turkustonda 1916-yilgi xalq ozodlik xarakatlarining yoritilishi


§ Turkustonda xalq ozodlik xarakatlarining sabablari



Download 66,24 Kb.
bet2/7
Sana08.06.2022
Hajmi66,24 Kb.
#645196
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1916 yilgi qo`zg`olon kurs ishi

1.2§ Turkustonda xalq ozodlik xarakatlarining sabablari

1914 yilda boshlangan birinchi jahon urushi Rossiyadagi barcha millatu elatlarning boshiga ko‘pdan-ko‘p azob-uqubat va tashvish soldi. Xalq xo‘jaligining izdan chiqib ketishi mamlakatda ocharchilik va qashshoqlikni tobora kuchaytirib yubordi. Bu holat ayniqsa, Turkiston o‘lkasida yaqqol ko‘zga tashlandi. Chor hukumati va kapitalistlar urush ketayotganligini ro‘kach qilib, o‘lka aholisini yanada battar taladi, zulm ostiga oldi. Og‘ir iqtisodiy vaziyatga qaramay, chor hukumati Buxoro (Kogon-Qarshi-Termiz), Farg‘ona (Qo‘qon-Namangan-Andijon), Yettisuv (Aris-Burnas) temir yo‘llarini qurdi. Bundan maqsad — o‘lkada yetishtiriladigan dehqonchilik mahsulotlari va tabiiy boyliklarni Rossiyaga ko‘proq olib ketish edi. 1914—1916 yillarda 41 million pud paxta, 3 million puddan ortiq paxta yog‘i, 200 ming pud sovun, 300 ming pud go‘sht, 474 ming pud baliq, 70 ming ot, 12797 tuya, 270 arava, 1344 o‘tov, ko‘p miqdorda quruq mevalar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari Rossiyaga jo‘natilgan edi. Shuningdek, 1914 yilda Yettisuv viloyatidan 34 million so‘mlik yirik va mayda qoramol, 1915 yilda Sirdaryo hamda Yettisuv viloyatlaridan bir million bosh qo‘y olib ketilgan. O‘lkada g‘alla yetishtirish va chorvachilik orqaga ketdi. Rossiyadan g‘alla keltirish ancha kamaydi. Natijada rus g‘allasiga umid bog‘lab nuqul paxta ekkan o‘zbek dehqoni juda qiyin ahvolga tushib qoldi. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, gazlama, qurilish materiallarining narxi kun sayin oshib bordi. Masalan, gazlama narxi 300—400 foizga, kiyim-kechak narxi 200—300 foizga, qand narxi 250 foizga, poyabzallar narxi 300—400 foizga ko‘tarildi. Farg‘ona vodiysida ilgari 50 so‘m turadigan otning narxi 100—200 so‘mga, 5—9 so‘mlik qo‘ylar narxi 30—35 so‘mga oshdi. G‘alla va non narxi ham ko‘tarildi. Bular kamdek, chor hukumati har turli solig‘u majburiyatlarni ko‘paytirdi. Yer solig‘i 1914 yildagi 6859021 so‘mdan 1916 yilda 14311771 so‘mga yetdi. Bir pud paxta tolasiga 2 so‘m 50 tiyindan qo‘shimcha soliq olish joriy etildi.

1915 yilning 1 yanvaridan boshlab, tub aholidan harbiy xizmatni o‘tamaganliklari evaziga daromadlaridan qo‘shimcha 21 foiz harbiy soliq olish buyurildi. Urush tufayli paxtaning bozor narxi ko‘tarildi. Bundan paxtakorlar birmuncha foyda ko‘rishlari mumkin edi, lekin chor hukumati to‘qimachilik sanoati egalarining talabiga ko‘ra paxta savdosini nazorat ostiga olib, uning bozor bahosini 30—31 so‘mdan 24,05 so‘mga tushirdi. Bu hol dehqonlarga ziyon keltirgan bo‘lsa, kapitalistlarning cho‘ntagini to‘ldirdi. Masalan, birgina Tver to‘qimachilik sanoati 1913—1914 yillarda paxtaning eski narxidan 1893000 so‘m foyda ko‘rgan bo‘lsa, ularning keyingi 1915—1916 yillardagi daromadi 9931000 so‘mni tashkil etdi. Dehqon ommasi banklar, firmalar va mahalliy sudxo‘rlardan olgan qarzlari orqasidan ham mushkul ahvolga tushib qolgan edilar. Paxtakorlarning ehtiyoj va talablarini amalga oshiruvchi, himoya qiluvchi birorta tashkilot yoki jamiyat yo‘q edi. Odatda, erta bahordayoq paxtakorlar ro‘zg‘orida oziq-ovqat, kiyim-kechak va mablag‘ga muhtojlik nihoyatda kuchayib, ularning yer haydash, urug‘lik sotib olish va ekish ishlariga hech vaqosi qolmas edi. Paytdan foydalanuvchi firmachilar banklardan pul olib, paxta tumanlarini kezib, paxtakorlar bilan qarzga pul berish xususida shartnomalar tuzardilar. Bu ishni amalga oshirishda mahalliy sharoitu urf-odatlarni yaxshi bilgan mahalliy ma’muriyat vakillari, dallollar, chistachi1 va aravakashlar vositachilik qilardilar. Har bir firma vakili avvalo viloyat hokimlari va oqsoqollarini o‘zlariga og‘dirish uchun quyuq ziyofatu sovg‘a uyushtirganlar. Firma bo‘lim hokimi va oqsoqoli bilan yaxshi munosabat o‘rnatishi hamono uning faoliyati uchun keng yo‘l ochilgan. Turkistonda bo‘lim oqsoqoliyu hokimi pixini yorgan odamlar bo‘lgan. Odatda, oqsoqol va hokimlikka boy kishilar saylangan, saylangunlaricha o‘n minglab so‘m sarflashdan-da toymagan, vaholanki, uning bir yillik maoshi 600 so‘mga to‘g‘ri kelgan. Lekin hokimlikni qo‘lga olishi bilan sarflangan pullarini aholidan ancha oshig‘i bilan qaytarib olgan. Bu xarajatlarni undirishning asosiy og‘irligi paxtakorlar zimmasiga tushgan. Shu ravishda mahalliy boylar ham mehnatkash omma ustidan qattiq zulm o‘rnatgan edi.

Xullas, og‘ir soliqlar, qarzdorlik va qahatchilik dehqonlarni bir parcha yeridan hamda mol-mulklaridan mahrum bo‘lishiga olib keldi. Natijada mardikorlar va chorikorlar soni ko‘payib ketdi. Urush bahonasi bilan tub aholi qattiq ta’qib va siquv ostiga olindi. O‘lkada vaziyat g‘oyat og‘irlashib, keskin tus oldi. Bundan cho‘chiy boshlagan chor hukumati zo‘r berib, tub aholini rus davlatiga nisbatan «sodiq» bo‘lishlikka chaqirar, «vatanparvarlik» tuyg‘ularini namoyish etishni talab etardi. Davlatga qarshi qilingan har qanday xatti-harakat darhol qo‘porib tashlanishi haqida mahalliy ma’muriyat ko‘rsatma olgan edi. Hatto machit-madrasalarda rus imperatoriga sog‘liq va uzoq umr tilagan holda «xutba» o‘qish buyurildi. Chor hukumati vakillariyu kapitalistlar mahalliy ma’muriyatga tayangan holda mehnatkash ommani mustamlakachilik va milliy zulm iskanjasida benihoya siqardiki, unga boshqa chidashning iloji bo‘lmay qoldi.





Download 66,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish