2.Toponimik tadqiqotlar tarixi
O‘lkamizning qadimgi davr toponimikasini o‘rganishda YUnon, Rim, Xitoy, Arab va mahalliy tadqiqotchilarning ma’lumotlari muhim sanaladi. Gerodot (eramizdan avvalgi IV asr), Aristotel, Arrian, Kursiy Ruf (miloddan avvalgi II asrlar), Klavdiy Ptolemey (II asr) kabi olimlar Amudaryoni — Oks, Sirdaryoni — YAksart, Zarafshon daryosinn Politimet, Pomir tog‘ini Komed, Samarqand shahrini Marakanda tarzida ataganlar.Arrian Nautaka «So‘g‘diylar eri», deb etirof etadi. Aslida Nautaka shahriso‘g‘diy tilida «yangi joy» mazmunini beradi. Bu viloyat Kitob, SHahrisabz, YAkkabog‘, Fuzor vohalarini o‘z ichiga olgan. Miloddan avvalgi 138-126 yillari xitoylik sayyox CHjsi Syan va Syuan-Szan (16 yil davomida) eramizning 629 yillari butun O‘rta Osiyoni kezib chiqib ko‘plab toponimik atamalarni Yozma tarzda qayd etadi. Bu mualliflar tomonidan ayrim maxalliy atamalarning xitoy tili transkripsiyasida aks etganligini ko‘ramiz. Masalan: Tyan- SHan tyan «osmon», shan «tog‘». Aslida uning nomi turkiy tilda Xontangri, Tangritog‘ bo‘lib, xitoyliklar uni Tyan-SHan deb atay boshlaydilar. Xitoy manbalarida Farg‘onaDavan deb atalsada uning etimologik mazmuni ochiq oydin Yozilmagan. Ammo ilk o‘rta asrlarga xos Xitoy adabiyotlarida Poxan, Feyxan tarzida ifoda etilgani ma’lum.
SHu tariqa o‘rta asrlarda arab Yozuvchilari geograf va tarixchilari Mas’udiy, Istaxriy, Ibn Batuta, YOqut Xamaviy, Ibn Xurdodbex, Ibn Xavqal, Kazviniy kabi sayyoh olimlarning O‘rta Osiyo xaqida Yozgan kitoblarida qator toponimlarning arabcha transkripsiyada uchrashini, yoki aynan arabcha o‘zakdan iborat bo‘lgan toponimlarning shakllanishini ko‘ramiz. Masalan, Hisor (qo‘rg‘on), Vobkent,BobkentBob-darvoza Kent- shahar mazmunida, yoki Pop Bob darvoza tarzida uchratamnz. O‘rta asrlarda mahalliy aholining ilmga bo‘lgan rag‘bati yanada oshish tufayli Al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino kabi ko‘plab yirik qomusiy bilim sohiblari etishib chiqdi.
Ulardan ayrimlarining asarlari aynan toponimika fanining rivojlanishi uchun muhim manbadir. Jumladan Ibn Ja’far al-Narshaxiy (X asr)ning «Buxoro tarixi» kitobi shular jumlasidandir. Olim o‘sha davrlarda Buxoro atroflarida mavjud bo‘lgan shaharlarni eslash bilan bir qatorda ularning atama tarziga kirish sabablarini ham yoritib beradi. Jumladan, Xumuket-Xamuk katta er egasi Buxorolik dehqonning nomi edi. Aslida buxoroliklar «Xamuk» deb gavxarni kent deb esa shaxarni ataydilar. Demak, XamuketGavxar shahar yoki shaharlarning gavhari demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |