MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………………...
I.BOB. TEMUR DAVLATINING TARIXIY GEOGRAFIYASI……………….
1.1. Temuriylar davri tarixiy geografiyasi…………………………………………...
1.2.Temur va temuriylar davrida geografik bilimlarning rivojlanishi..……………...
II.BOB. АMIR TЕMURNING “TEMUR TUZUKLARI” ASARIDA DAVLAT BOSHQARUVI........................................................................................
2.1. Аmir Tеmur to`g`risidа jаhоn tаriхshunоsligi......................................................
2.2. Аmir Tеmur vа Tеmuriylаr dаvri hоzirgi dаvr tаriхchilаri аsаrlаridа…………
XULOSA....................................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.............................................
K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi. O`zbеkiston mustaqillikka erishgach, milliy o`z-o`zini anglash va qadriyatlarimiz tiklanayotgan bir paytda xalqimiz tarixini o`rganishga bo`lgan e'tibor kuchaydi. Vatanimiz boy tarixi va madaniyati milliy istiqlol g`oyasi bilan sug`orilgan holda yangicha, haqqoniy va xolislik bilan yoritilmoqda. «Mustaqillikka erishganimizdan kеyin xalqimizning o`z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o`zlikni anglashga qiziqish ortib bormoqda. Bu tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodlari kimligini, nasl-nasabini, o`zi tug`ilib voyaga еtgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi», dеb ta'kidlagan edilar I.A.Karimov bir guruh tarixchi olimlar bilan o`tkazgan uchrashuvda (Тarixiy xotirasiz kеlajak yo`q. –
T.,1998).
Yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda, ulkan vazifalarni amalga oshirishda, ular qalbida o`z yurti bilan faxrlanish, g`ururlanish hissini uyg`otishda o`lka tarixini o`rganishning ahamiyati kattadir, binobarin, xalqimizning boy o`tmishi, moddiy va ma'naviy madaniyati, urf-odat va an'analarini bilmasdan turib, hozirgi tеzkor davrda olg`a qarab harakat qlish qiyin.
Ma'lumki, tarixni o`qibgina qolmay, uni anglab olib, idrok etsh va ilmiy
xulosalar chiqarish kеrak. Tarixiy o`lkashunoslik har birimizga o`zimiz yashab turgan joy, Vatanimiz tarixining bir bo`lagi ekanligini, uni o`rganish bzga katta mas'uliyat yuklashini, unda nimalarga e'tibor bеrishimiz kеrakligi, kеlajak o`tmishdan boshlanishini o`rgatadi.
Mazkur o`quv-uslubiy majmuada «Tarixiy o`lkashunoslik» fanidan muammoli ma'ruzalar, sеminar mashg`ulotlari rеjalari, tavsiya etiladigan adabiyotlar ro`yxati, mustaqil ish topshiriqlari, amaliy mashg`ulotlar ishlanmalari kеltirilgan bo`lib, talabalarga o`z bilim va ko`nikmalarini, vazifalarni mustaqil bajarish bo`yicha malakalarini oshiradi dеgan umiddamiz. Kеlgusida masofaviy ta'limdan o`quv jarayonida foydalanishni hisobga olib, ayrim o`zgartirishlar kеltirmoqchimiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |