-it
bo'yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi va ularning samaradorlik natijasi aniqlandi. Tadqiqot natijalaridan pedagogik oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida xalq mutaxassisini o'zlashtirish, ommaviy musiqiy tadbirlar o'tkazishda foydalanishi mumkin.
Tadqiqotda talabalarga estetik tarbiya berishda o'zbek xalq qo'shiqlaridan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari ishlab chiqildi. Ular asosida ilgari surilgan ilmiy xulosalar musiqiy estetik ta'lim maxmuni va metodikasini takomillashtirish talabalarni ma'naviy estetik qadroyatlarga jalb etishni ta'minlaydi. Musiqiy ta'lim bo'yicha mavjud dasturlar, ma'ruzalar ,
matnlar o'quv va metodik qo'llanmalarni takomillashtirish, ularning milliy negizlarini boyitishga metodik zamin yaratdi.
Inson farzandi tug'ilgan kundan boshlab atrof muhit bilan alohida bo'lib bor haqiqatni kuzata boradi. Uning kelajakda jamiyat talabiga mos odam bo'lib yetishishi unga berilayotgan tarbiyaga bog'liq.
Bolaning didli, halol, ajoyib tabiat egasi, onsonparvar va odanlarga, atrof-muhitga mehribon, ma'naviy boylikni, ahloqiy poklikni mujassamlashtirgan inson bo'lib o'sishi uning nafosatiga estetik didi qandayligiga ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi. Qolaversa jamiyatimizning rivojlangan darajasi shu sohadagi yutuqlarimizga ham bog'liq.
Talabalar uchun san'at, adabiyot bilan yaxshi muomalada bo'lish kundalik odatga aylanib ketishi kerak. Biz talabalar nafosatini did, nafosatga ehtiyoj tarbiyalsh bilan unga to'g'ri dunyoqarashni shakllnatirishimizni unutmasligimiz kerak. Ana shunda biz ijod qilishga ehtiyoj bo'lgan yoshlarni chiqara olamiz.
Talaba didli bo'lsa, unda mehribonlik, sahiylik, insonparvarlik, g'amxo'rlik hislatlari rivojlanadi.
Holbuki hozirgi paytda yoshlar o'rtasida tarqalayotgan sohta san'at vositalari yoshlarimizni qattiq ko'p vaqti kelsa shavqatsiz qilib qo'ymoqda. Nafosat tarbiyasiga alohida e'tibor berilgan maktablarda har tomonlama rivojlangan o'zida g'oyaviy badiiy didni shakllantirishgan, ahloqiy sof, jismonan sog'lom, ilmli yoshlarni yetishtirmoqdalar.
Biz joylardagi o'qituvchilar yoshlarga san'at, adabiyot sirlarini o'rgatibgina qolmay, badiiy ob'yektlarni to'g'ri baho berish sirlarini o'rgatmoqdalar.
Demak, bizning oldimida shunday mohirlik namunasi bo'lsinki, biz birinchidan dars vaqtidan unumli foydalana boshlashimiz, ikkinchidan predmetlararo bog'lanishni yaxshi yo'lga qo'ya bilishimiz, uchinchidan
sinfdan va maktabdan tashqari ish formalaridan unumli foydalanishimiz kerak. O'quvchi tarbiyasini eng eskirib qolgan usullarini olib berishga barham berishimiz kerak.
Biz o'quvchiga san'atni to'g'ri rushunishni o'rgatamiz, endi unga to'g'ri baho berishni ham o'rgatishimiz kerak. San'at asarini mustaqil analiz qilib yolg'iz qolgnada ham to'g'ri mulohaza yuritigan, o'zi bilan o'zi bahslashadigan insonni tarbiyalash bizning yuksak vazifamiz bo'lishi kerak.
Talaba o'zi sevgan kitob, musiqa va san'at asarlarini aytar ekan, biz shunga qarab o'quvchi didiga baho beramiz, uning kamchiligini aniqlaymiz va shu asosda u bilan ish olib boramiz. Biz talabalarga quruq musiqani o'rgatish bilan kifoyalanishning zararini ko'rdik. Endi misqaviy nafisatni tarbiyalash lozimligini tushundik. Buning ma'nosi shuki birinchidan darsda faqat musiqa va qo'shiqni o'rgatmay uni tahlil qilish, to'g'ri baho berishni o'rgatishimiz lozim, ikkinchidan estetik zavq olishga o'rgatishimiz kerak.
Talabalarning estetik bilim olishda o'zlarini aktiv qatnashishlari kerak. Buning uchun biz ularni aktiv va mustaqil fikr yuritishga o'rgatishimiz lozim.
Musiqa tanqidchisi V.Asafev aytganiday "Musiqa bilan kishi shaxsini tarbiyalayotganimizni unutmaymiz. Biz musiqa tinglash bilan bir vaqtda shu materialni ongimizda to'playmiz, baho beramiz, demak, fikr yuritamiz. Talab
nafosat uning aqliy va ahloqiy rivojlanishiga ham bog'liq. Hozirgi kunda musiqa o'qituvchisi sifatida nimalarga e'tirof bermoq kerak. Hozirgi musiqa savosi ko'pgina elementlardan ibotar bo'lib, u musiqa darslari, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar, havaskorlik to'garaklari, musiqa maktablarida va hokazo shu kabilarni o'z ichiga oladi.
Bunda ommaviy informatsiya vositalarining o'rni katta. Mana shularning hammasi bir bo'lib musiqaviy muhitno tashkil qiladi va o'quvchilarning qiziqish va ehtiyojlari ana shulardan kelib chiqadi.
Ana shu vositalar ichida musiqa darsi o'z ahamiyatining yetakchi roli bilan ajralib turadi. Chunki o'quvchiga musiqa madaniyatining poydevori darsda qo'yiladi, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shu darslardan kelib chiqishi shunga suyangan bo'lishi kerak.
Musiqa darslarida o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlari shakllanadi. Ular ajoyib barsalar bilan muloqotda bo'lganlilarini his qiladilar, shu musiqa avtori maqsadini tishinib undan rohatlanadilar.
Demak, darsda ijodiy ishlarning cheki yo'q. bular bizning mahoratimizga, o'quvchilarni qiziqtira olishimizga bog'liq. Musiqa darslarida biz faqat nafosat tarbiyasi bilan shug'ullanmay ijrochilik mahoratini o'stirib boramiz.
Ayniqsa, hor bo'lib kuylash ijrochilarni yaxshi rivojlantiradi. Bu ish talaba xarakteriga musiqa qabul qilish qobiliyatiga, musiqa asbobida to'g'ri chalish qobiliyatiga ham ta'sir qiladi.
Hozirgi musiqa darsi turli ish formalari bilangina emas, balki tarbiyaviy jihatlari bilan ham ajralib turishi lozim. Demak, hozir sinfda ovoz yozuvchi va eshittiruvchi asboblar, nota to'plamlari, musiqa haqidagi kitoblar, ko'rgazmalar, DVD, VCD, televizor kabilar bo'lishi kerak.
Darsimizning samarali bo'lishi uchun u oldindan rejalashtirilgan, ma'lum maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Biz tarbiya, o'qitish, ta'lim va rivojlanish muammolarini qo'shib olib borishimiz kerak.
Biz musiqachilar tayyoqlashni birinchi maqsad qilib olmaymiz, lekin musiqani tushunish talabani umumiy darajasi bilan bir, uning tayyorgarlik darajasiga ham bog'liq.
Musiqa darslarida o'quvchilar musiqa asarini tinglab, tahlil qiladilar. Musiqa ritmida harakat qiladilar. Ampravizatsiya amalga oshiradilar. Mana shu ishlarni bir-biridan ajratib bo'lmaydi. Demak, musiqa tinlshning o'zidayoq o'quvchilarning musiqa savodi oshib boradi, tinglash qoboliyati takomilashadi, tahlil qilishni o'rgana boradilar.
Musiqa chala oladigan, qo'shiq ayta oladigan, raqs tusha oladigna, badiiy so'z ustasi bo'lgan o'quvchilar doim bilmdon, aktiv, jamoatchi, birovga mehribon va ziyrak bo'ladilar. Demak, biz musiqaga ijodiy yondashishini o'rgatish bilan jamiyatning qayta quruvchilarini tarbiyalaymiz. Ular atrofidagi muhitni, hayotni kengroq tushunadilar.
D.B.kabolovskiy aytganlaridek, musiqa darslarida o'quvchilarning ma'naviy madaniyatini taraqqiy ettiramiz. Hozirgi kunda ana shu masalalarga to'g'ri yondashgan o'qituvchilargina zamon talablari darajasiga yoshlarni tarbiyalay oladi.
Nafosat tarbiyasi - uzoq davom etadigan irostess.
Bu ijodiy yondashishni talab qiladigan ish. Bu ish har qanday kasbga ijodiy yondashishni talab etadi. Bu o'quvchidan chidam va matonatni, mohirona mehnatni talab qiladi. Buning uchun o'zimiz doim o'qishimiz, o'rganishimiz, yangiliklardan doim xabardor bo'lib turishimiz, o'quvchilarni ham shunga o'rgatishimiz kerak. Biz passivlik qilgan joyda talaba ongini g'oyaviy dushmanlar egallab olishi mumkin. Oliyjanob ishimiz oila va jamoatchilik bilan hamkorlik olib borilgandagina kutilgan natijalarni berish mumkin.
Ana shuning uchun ham shaxsning har tomonlama taraqqiy etib borishi bizning o'z intilishimizga qanday munosabatda ekanligiga bo'gliqligini biror daqiqa unutmagan holda mehnat qilishimiz kerak.
Men 30-umumiy o'rta ta'lim maktabida amalyot o'tkazgan vaqtimda boshlang'ich sinflarga dars berdim. Dars berish jarayonida men o'quvchilarga estetik tarbiya, musiqa asarlarini tanlay olishda nafosat tarbiyasining muhim tarkibiy qismi ekanligini ta'kidlab o'tdim. O'quvchilarga sahnaga chiqish, sahnada o'zini tutish, qo'shiq aytganda qanday turish, og'izni ochib turish, nafas olish harakatlari, so'zlarni tog'ri talaffuz etish, bo'g'inlarni to'g'ri ko'chirish, musiqiy asarni ijro etish davomida o'zini tutish, cholg'u asbobi bilan ishlash davomida qo'l harakatlarida, o'tirish holatlarida nafosat go'zalligini o'rgatdim. O'quvchilarga nafosatni yetkazish uchun har bitta harakatni go'zalligini alohida-alohida tushuntirib undagi go'zallikni yetkazib berishga harakat qildim. Ko'zlagan maqsadga erishdim.
Har bitta ijrochining cholg'u sozini oldiga borib o'tirishdan, asarni tugatib turishigacha nafosatni kuzatishimiz mumkin. Ijrochi cholg'u sozini chalishdan oldin borib o'tirishi, qomatini tik tutishi, o'tirish holatidan so'ng asarga o'zini moslashtirishi, to asarni boshlashigacha kuzatishimiz mumkin. Ijrochini asar ijro etadigan vaqtda asar xarakteriga o'zi kirib ketishi ham nafosatdir. Kompozitor tomonidan yozilgan asarlar talqini ham nafosatdir. Asarda qo'yilgan barcha bezaklar, dinamika, o'lchov, temp, ligato, liga, stanato to'g'ti talqini go'zallikka yetaklaydi. Hattoki sarni ijrochi tominidan maromiga yetib yakunlanishi ham nafosatdir.
Mustaqillik tufayli tarixiy madaniyatimiz, ajdodlarimiz va san'atimizni, tilimiz, dinimiz hamda milliy qadriyatlarimizni asli holida qayta tiklab, o'zligimizni anglash imkoniyati paydo bo'ldi. Mamlakatimiz mustaqilligini ta'minlash ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etishda albatta san'atning roli beqiyosdir. Tabiiyki, musiqa madaniyati ham barchamizga malumki, musiqa inonga madaniy ozuqa berish bilan birga yuksak tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Musiqa madaniyatining torn na'nodagi rivojlanishi uchun imkoniyatlar vas hart-sharoitlar mustaqil diyorimizda davlat ahamiyatida ekanligi biz ta'lim fidoiylarini quvontiradi. Yurtimizda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi ma'naviyat va ma'rifat sohasida ekanligini teran anglagan holda yoshlar o'rtasida boqimandalik illatini bartaraf etuvchi musiqa madaniyatini rivojlantirish, madaniyatli, sof qalb egasi go'zalligini his eta oladigan o'z kasbiga, ona Vatanga mehr qo'ygan bo'lishi kerak.
Shu bois o'quvchilarda inson ma'naviyatining tarkibiy qismi bo'lgan musiqa madaniyatini tarbyalashning bosh maqsadi bo'lib turadi.
Shu o'rinda mutaxassislarning fikricha musiqa va qo'shiq kuylash orqali insonning oliy nerv sistemasiga ta'sir ko'rsatib, ma'lum bir hastaliklarni davolash mumkin ekan. Demak, insoniyatning hayotini kuy qo'shiqsiz tasawur etib bo'lmaydi. Zamonamizning zabardast yozuvchisi Chingiz Aytmatov o'zining dunyoga mashhur "kundo" romanida musiqa haqida shunday fikrlarni aytadi.
"Hayot, o'lim, muhabbat, shavqat va ilhom" - bularning hammasini musiqa aytadi. Zotan biz musiqa orqaligina oliy hurmatga erishamiz".
Shuni unutmaslik kerakki, musiqa insonni tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi. Ma'noli qo'shiq va musiqa taronalari tabiiy ohangda yangraganda insonning ma'naviy olami ko'rk ochadi.
Insonning sezgorligi oshib, dunyoni tafakkur qilish qobiliyati о'sib boradi. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va ma'naviy dunyoqarashni shakllantiradi.
Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lib talabalarni nafosat olamiga olib borish va ahloqiy-g'oyaviy tarbiyalashning muhim vositasidir. Musiqa insonga tez ta'sir etuvchi emotsional hissiyotni aktiv rivojlantiruvchi vositadir.
Inson musiqa bilan ozuqa olish uchun inson yuksak yoshlar o'rtasida yaratish iqtidorini namoyish etish yo'lida istiqbolli rejalar bo'yicha ish olib boorish bizning bizning oliy burchimizdir. San'atga bo'lgan qiziqish nafaqat mutaxassisda, balki turlicha insonlarda ham yaxshilikka intilish, o'zlikni anglash hislarini uyg'otadi.
Musiqa madaniy hayotimizda keng o'rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san'at turidir. Musiqa tarbiyasi nafosat tarniyasining asosi va murakkab qirralaridab biri bo'lib, atrofdagi go'zal narsalarni to'g'ri idrok etish va qadrlashga o'rgatadi.
Musiqa o'zining tabiiyligi bilan xalq hayotiga kirib borsa, yosh avlodni mardlikka, halollikka chaqirish bilan birga ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ezgulikka unday olsa bunday musiqa va qo'shiqlar e'zozlanadi, avloddan-avlodga o'tib yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |