1-chizma. Talab egri chizig‘i
Talab hajmi va talab narxi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik talab qonuni deyiladi. Bu qonunning mohiyati shundaki, arag biror bir tovarga bo‘lgan narx pasaysa, unga bo‘lgan talab ortib boradi, teskarisi, agar narx oshib borsa, talab xajmi pasayadi.
Talab qonuni ikki o‘zaro bog‘langan samaralar bilan tushuntiriladi: Daromad samarasi va o‘rnini bosish samarasi.
Narxlarni qisqarishi, bir tomondan, real sotib olish qobiliyatini oshiradi. Inson mavjud tovarlarni kamroq, arzonroq, sotib olishi mumkin, shu orqali unda boshqa narsalar sotib olish uchun qo‘shimcha daromad paydo bo‘ladi- daromad samarasi.
Boshqa tomondan, insonlar qimmat tovarning arzoni bilan almashtirishga harakat qiladilar, natijada yana tovarga bo‘lgan talab oshib boradi – o‘rnini bosish samarasi.
Talab xajmining o‘zgarishi – tahlil qilinayotgan tovarning boshqa parametrlari o‘zgarmagan xolatida, hajmining o‘zgarishidir.
Talabning o‘zgarishi -bir yoki bir necha narxga bog‘liq bo‘lmagan omillar o‘zgarishi natijasida talabning o‘zgarishi.
Talabning o‘zgarishi
Talabning narxga bog‘liq bo‘lmagan muhimomillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Iste’molchilarning xohish va istaklari;
Iste’molchilarning daromadlari;
Iste’molchilarning soni;
Boshqa tovarlarga bo‘lgan narxlar;
Yaqin kelajakdagi iqtisodiy o‘zgarishlar.
Bularga mos ravishda tovarni ham shartli ravishda quyidagilarga ajratish mumkin:
Neytral tovarlar – asosiy tovarga nisbatan kam darajada ta’sir ko‘rsatuvchi tovarlar. Masalan choy.
O‘rnini bosuvchi tovarlar – asosiy tovarga raqobatbardosh bo‘lgantovarlar. Masalan: kofe o‘rniga choy.
To‘ldiruvchi xarakterdagi tovarlar – asosiy tovarni to‘ldiruvchi tovarlar. Masalan: choy va kofeni to‘ldiruvchi shakar.
Insonlarning xaridiga ta’sir etuvchi omillarga qarab, bozor talabini quyidagilarga ajratish mumkin:
funksional talab, tovarning iste’molchilik sifatlarini taqozo etuvchi talab
nofunksional talab, iste’molchilik xarakteristikalaridan tashqari, boshqa omillarni ham taqozo etuvchi talab.
Ommaviy iste’mol samarasi deganda, tovarga bo‘lgan individual talabning oshib borishi natijasida unga bo‘lgan bozor talabi kengayib borishi tushuniladi. Ommaviy iste’mol insonlarni zamondan ortda qolmaslikka ijtimoiy doiraga mos kelishgaintilishini ko‘rsatadi.
Snob samarasi ommaviy iste’mol qilinayotgan tovarga individual talabning qisqarishi tushuniladi. Bu samara iste’molchilarni ommadan ajralib turishga xarakat qilishida, individuallikka intilishida ko‘zga tashlanadi. Kamyob san’at asarlari, qimmatbaho sport mashinalari va zamonaviy kiyim-kechaklar snob tovarlari deyiladi. Ularnixarid qilish, yagona birlikdagi tovarlarga egalik qilish, individuallikka intilish hisoblanadi.
Ko‘rgazmali iste’mol samarasi bu shunday paradoksal holatki, bunda tovarlarga bo‘lgan talab ularni boshqa (o‘ziga o‘xshash) tovarlarga nisbatanyuqori narxda bo‘lganligiga sabab oshib boradi. Bunga sabab bu tovarni yuqori obro‘-e’tiborga ega, elita ko‘rinishida bo‘lganligidir. Bu holatni ilk bor amerikalik iqtisodchi Torsten Veblen aniqlagan va o‘z asarida aks ettirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |