Mundarija kirish i-bob. Soliqlarning makroiqtisodiy mohiyati va ro’LI


Soliq sohasidagi islohotlar va undan foydalanishni tashkil qilish masalalari



Download 0,8 Mb.
bet7/10
Sana06.07.2022
Hajmi0,8 Mb.
#743810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
soliq

Soliq sohasidagi islohotlar va undan foydalanishni tashkil qilish masalalari


Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Xususan, Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga asosan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkalari 12 foiz miqdorida belgilandi. Shuningdek, qonunga asosan soliq kodeksida, boshqa qonunlarda va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida, alohida hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan, boshqa soliq toʻlovchilarga nisbatan ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarga beriladigan afzalliklar, shu jumladan soliq va (yoki) boshqa majburiy toʻlov toʻlamaslik yoxud ularni kamroq miqdorda toʻlash imkoniyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar deb eʼtirof etilishi belgilandi. Bundan tashqari, Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga muvofiq, davlat soliq xizmati organlarida mavjud boʻlgan soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi axborotni aniqlashtirish maqsadida davlat soliq xizmati organlari zaruratga qarab, lekin yiliga koʻpi bilan bir marta keyinchalik soliq solinadigan bazaga tuzatishlar kiritish uchun soliq toʻlovchida koʻzdan kechirish hamda soʻrov oʻtkazishni amalga oshirishga haqli.
Qonunga muvofiq, mavzuli ekspress-oʻrganish tizimi yoʻlga qoʻyilib, bunda kameral nazorat natijalari boʻyicha joyiga chiqqan holda soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini hamda soliq toʻlovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllashning qonuniyligini tasdiqlash uchun amalga oshiriladi.Soliq toʻlovchi tomonidan davlat soliq xizmati organining kameral nazorat natijalariga doir talabnomasiga javoban taqdim etilgan axborotning ishonchliligini tasdiqlash maqsadida ushbu axborotni oʻrganish zarurligi mavzuli ekspress-oʻrganishni tayinlash uchun asos boʻladi. (Soliq kodeksi 712-modda )
Qonunga muvofiq tadbirkorlik subyektlari faoliyatining soliq tekshiruvini oʻtkazish muddati oʻttiz kalendar kundan oshmasligi kerak. (Soliq kodeksi, 89-modda 1-qism)
Shuningdek, qonunga muvofiq, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasiga 20 foizli stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinishi belgilab qoʻyildi. (Soliq kodeksi 211-modda)
Kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan, soliq davri davomida yalpi tushumi uch milliard soʻmdan oshmaydigan yuridik shaxslar, shu jumladan yagona soliq toʻlovi toʻlovchilari hisoblangan yuridik shaxslar qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqiga ega. Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtish uchun soliq toʻlovchilar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtish toʻgʻrisida yozma xabarnomani belgilangan muddatlarda taqdim etishlari zarur. (Soliq kodeksi 221-modda) Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtgan soliq toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻining farqlangan stavkalari mehmonxonalar uchun 10 foiz miqdorida belgilandi.

Soliq islohoti – xalqaro ekspertlar nigohida. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonda soliq islohoti – xalqaro ekspertlar nigohida” mavzuida davra suhbati oʻtkazildi.Unda Jahon bankining soliqqa tortish boʻyicha katta mutaxassisi, Oʻzbekiston Respublikasida soliq islohotlarini isloh qilishga koʻmaklashish boʻyicha Jahon banki soliq missiyasi rahbari Rajul Avasti, Rossiya Federatsiyasining Soliq kodeksini ishlab chiqishda faol ishtirok etgan xalqaro ekspert va maslahatchi Sergey Shatalov, deputatlar, vazirlik va idoralar vakillari, xalqaro ekspertlar, mutaxassislar ishtirok etdi.



Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari Sarvar Otamurodov va boshqalar mamlakatimizda soliq tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar soliq tizimini yanada takomillashtirish, soha rivojiga toʻsiq boʻlayotgan muammolarga barham berish zarurligi, bunda davlatimiz rahbarining joriy yil

29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni muhim dasturilamal boʻlib xizmat qilishini taʼkidladi. Tadbirda ekspertlar “Aqlli soliq siyosati, aqlli soliqni boshqarish”, “Oʻzbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish” mavzularida maʼruza qildi. Samarali va raqobatdosh soliq tizimini yaratish, turli darajadagi byudjetga soliq tushumlari kelishining barqarorligini taʼminlash soliq islohotlarini olib borishda muhim tamoyillardan hisoblanadi, – deydi Rajul Avasti. – Shu bois Jahon bankining Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan hamkorligidan ham soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatishning innovatsion usullarini joriy etish asosida soliq boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilish nazarda tutilgan. Sergey Shatalov xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish va taqqoslash asosida Oʻzbekiston soliq sohasidagi tizimli muammolarni batafsil tahlil qilib berdi. Oʻzbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish Konsepsiyasi soliq yukini kamaytirish, soliq tizimini soddalashtirish va soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirishga qaratilgan mavjud tizimli muammolarni kompleks hal etishga qaratilgan, – deydi Sergey Shatalov. – Mazkur konsepsiya xalqaro valyuta jamgʻarmasi, jahon banki, xalqaro va milliy ekspertlar, jamoat tashkilotlari va soliq toʻlovchilarning takliflarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgani juda muhimdir.












Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish