Mundarija kirish I. Bob she’riy san’atlar


Tarix va Muammo san’atlari- So‘zga yashiringan sirlar



Download 356,95 Kb.
bet9/13
Sana12.06.2022
Hajmi356,95 Kb.
#658343
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Diplom ishi

1.3 Tarix va Muammo san’atlari- So‘zga yashiringan sirlar
Arab harflari asosidagi yozuvdan ko‘p asrlar davomida foydalanib kelingani tufayli bu yozuv O‘rta Osiyo xalqlari orasida keng qo‘llangan. Bu yozuv bu xalqlar orasida 1200 yildan ortiq vaqt davomida muomalada bo‘ldi. Bu vaqt oralig`ida ushbu xalqlarning madaniyati bilan ham uzviy bog`lanib ketdi. Shuningdek, ushbu davrda yetishib chiqqan olmlar, shoirlar va san’atkorlar arab tilida, fors-tojik hamda turk-o‘zbek tillarida behisob ilmiy-tarixiy, badiiy-ta’limiy asarlar yozib qoldirish bilan birga, yozuvga bog`liq san’at turlarini ham rivojlatirganlar, bu shundan iboratki, ular bu arab harflariga asoslangan yozuvni nafaqat o‘zlashtirdilar, balki uni yanada yuksaltirib, rivojlantirib bordilar. Arab alifbosini isloh qilish davomida eski o‘zbek yozuvi paydo bo‘ldiki, ushbu yozuv bilan bog`liq holda yozuvni yanada o‘rganish paytida til va yozuvga bevosita aloqador bo‘lgan ana shu masalalar bilan ham tanishib o‘tish lozim.
Yozuv bilan bog`liq masalalarni o‘rganish til tarixi uchun emas, umuman, tarixni bilish uchun, davr adabiyoti sirlari bilan yaqindan tanishish uchun, xalqlarning ijodiy qudratini tasavvur qilish uchun ham kerakdir. Bu boradagi adabiyot namoyondalarining mehnati, qudrati ayricha ahamiyat kasb etadi. Ular yozuvdan shunday mohirona foydalanganlarki, yozuv orqali ma’lum bir so‘zlarni yashirib, kalit so‘zlar orqali jumboqni topish kerak bo‘lgan so‘z o‘yinlariga oid san’atlarni ham hosil qilganlar. Ular sirasiga quyidagilarni misol tariqasida keltirib o‘tamiz: abjad hisobi deb nom olgan hisob bilan bog`liq bo‘lgan tarix san’ati, muammo, muashshah kabi har xil o‘xshatishlar, so‘z o‘yinlari ana shunday san’atlardandir. Endilikda ular haqida yana ham batafsilroq bilishimiz uchu ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.
Tarix san’ati – abjad hisobiga asoslangan, yozuvdagi harflar bilan bog`liq bo‘lgan muhim san’atlardan biri . Tarix san’ati hayotda yuz bergan, xotirada saqlab qolish zarur bo‘lgan ayrim hodisalar sanasini abjad hisobi yo‘li bilan ixcham va unutilmas qolipda bayon qilib bersish san’atidir. Biror muhim hodisa: farzandning tug`ilishi, o‘lim yoki shunga o‘xshash biror tarixiy hodisa yuz bergan vaqt, podsholarning taxtga o‘tirishi, urushdagi g`alaba, tabiiy ofat kabi voqea-hodisalar kelgusi avlodga san’at yo‘li bilan – nafis ifodalar, so‘z o‘yinlari orqali yetkaziladi. Biz buning uchun, avvalambor bajad hisobi haqida bilimlarga ega bo‘lishimiz kerak. Abjad hisobi - yozuvdagi harflarni raqam ifodasi uchun foydalanishga asoslangan hisob tartibidir. Abjad hisob tartibida arab alifbosidagi 28 harfning har biri ma’lum bir raqamni ifodalashga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu hisobni yanada osonroq anglay olish uchun arab harflari ma’lum bir tartibda 8 ta sun’iy so‘zlarga biriktirib qo‘yilgan. Bu so‘zlarni ko‘rsatib o‘tilgan tartibi bo‘yicha yodlab olgan kishi harflardagi raqam mazmunini anglab olishga xizmat qiladi. Abjad hisobining umumiy ko‘rinishi quyidagicha:


Birinchi to’qqiz harf – birliklar, ikkinchi to’qqiz harf – o’nliklar, uchinchi to’qqizlik – yuzliklar va oxirgi harf – ming!


Bu jadavlda yozuvga qiyinchilik qo’shilgan harflar aks etmaydi. Hisobdan foydalanishda u harflar ishtirok etkudek bo’lsa, ular shakldosh harflar raqami bilan, masalan, -- harfi – harfi raqami bilan, -- harfi – harfi raqami bilan, -- harfi esa – ning, -- -- ning raqami bilan sanoqqa olinadi.
Ulug‘ o‘zbek olimi Mirzo Ulug‘bekning fojiali o‘limi tarixdan hammaga ma’lum, ammo ko‘pchilik fojianing aniq sanasini esda saqlay olmaydi. Shunday holatda “voqeaning tarixi nima edi?” degan savol qo‘yiladi va unga javoban “voqeaning tarixi "Abbos kusht (Abbos o‘ldirdi)" bo‘lgan, degan ma’lumot beriladi.
Abjad hisobidan xabardor kishilar “Abbos kusht”ni darhol
Eski yozuvga ag`daradilar ..
Va har harfiga uning o`z raqami ma’nosi berib hisoblab chiqarib beradilar: birinchi harf – (ﻉ ) – 70 raqmiga teng . Ikkinchi harflar (ﺏ ) – 2 ga teng. Uchinchi harf (ﺍ ) – 1 ga teng. To`rtinchi harf - (ﺲ ) – 60 ga teng. Beshinchi harf (.ﮎ ) – 20 ga, oltinchi harf – (ﺵ ) – 300 ga teng, yettinchi harf ( ﺖ) – 400 ga teng. Quyidagi harflarni jamlasak, 853 raqami kelib chiqadi. Demak Mirzo Ulug`bek 853- hjriy sanada (1449-1450 m.yil) Abbos nomli qotil tomonidan o’ldirilgan ekan. Ulug’bekning padarkush (otasini o’ldirgan) o’g’li Abduatif ham oradan ozgina fursat o’tib Bobo Husayn degan kimsa tomonidan o’ldirilgan edi. Uning o’limi tarixi ham “ Boburnoma” da qayt etilishicha, o’z qotili nomi bilan “Bobo Husayn kusht” (Bobo Husayn o’ldirdi) bo’lib qolgan:

Abjad hisobidan foydalanib tarix bayon qilish usullari xilma-xildir. Ifodada nimagaki ishora qilingan bo‘lsa, o‘sha qism (harf yoki so‘zlar) tarix moddasi deb ataladi. Tarix moddasi: a) alohida-alohida sanab keltirilgan harflardan iborat bo‘lishi mumkin. Ko‘zda tutilgan raqam bunday hollarda harflar summasidan kelib chiqadi. Abjad hisobi asosida tarix ifodalashning bu sodda usuliga Durbekning “Yusuf va Zulayho” asari muqaddimasida keltirilgan ishorani misol qilib ko‘rsatish mumkin. Asarda asar yozilgan tarixiy sana voqeaning tafsilotiga qo‘shib quyidagicha bayon qilinadi:



“Zad” edi tarix, taqi “he”yu “dal”,
Muddati hijatdin o’tib mahu sal…….
Misradagi tarix moddalari “zal”, “he”, “dal” so’zlari (harflari)dir. “Zad” (---) “zazag’ ” boshida keladi- 800, “he”(-) – 8, “dal” (--) -4
Hammasi 812 ga teng. Milod hisobi bo‘yicha u 1449 yilga to‘g‘ri keladi. b) So‘zlar yoki so‘z birikmalaridan, bir butun jumladan iborat bo‘lishi mumkin. Bunda tarix uchun asos qilib olingan so‘zlar (tarix moddasi) o‘zining ma’nosini ham saqlaydi, shu bilan birga, raqam ifodalashga ham xizmat qiladi. Masalan, “Mahbu-bul-qulub” asariga Alisher Navoiyning o‘zi tomonidan yozilgan tarix mana shu usulda edi:

Bu namaki, lisanim o‘ldi qayil,
Kilkim tili har nav el ishiga mayil,
Tarixi “xush” lafzidin o‘ldi hasil,
Har kim o‘qusa ilahi bo‘lg‘ay xushdil.
Bu yerda tarix moddasi “xush” (- ) so’zi bo’lib, 906h. yil (1500) ni ifodalaydi.
So’z, birikma, misra yoki baytdan iborat bo’ladi-da, mo’ljaldan kamib qolgan raqam, adibning ishorasiga ko’ra, qo’shiladi yoki ortiq bo’lsa isqot qilinadi. Masalan, shoir Zavqiyning Dukchi eshon haqidagi hajviyasida eshonning o’limi tarixi:

Har kishi bu sho’rishi Farg’anadin so’rsa hishan,
Zavqiy aytur: “Jan chiqib tarixiydur “ ig’va eshan” deb ko’rsatadi.
Bunda tarix moddasi “ig‘va eshan bo’lib: 1370 raqamini bildiradi. Tarixiy asarlarga murojaat qilsak, Dukchi eshon voqeasining 1898 yilda yuz bergani ma’lum bo‘ladi. Demak, bu raqam ortiq. Matiga qayta nazar solib: “Jan chiqib" ishorasiga e’tibor qaratamiz va 1370 raqamidan “Jan" (54) ni chiqarib tashlaymiz: 1316 x. (1898 m.) raqami qoladi. Ijodkorlar taomilida tarixro‘ylar (tarix aytuvchilar? oldiga ma’lum talablar qo‘yilar edi. Eng muhimi, tarix aniq va to‘g‘ri ifodalangan bo‘lishi lozim. Agar tarix shaxslarga aloqador bo‘lsa, ularning nomi, laqabi, kasb-kori aks ettirilishi kerak. Bino to‘g‘risida bo‘lsa, uning to‘rt devor (misra) bilan o‘ralgan bo‘lishi, o‘limga bag‘ishlangan bo‘lsa, isqoti bilan berilishi (chiqarib tashlanishi), tug‘ilishga atalgan bo‘lsa, qӯshuv alomatlari bilan ifodalanishi shart deb hisob qilingan. Tarixning muammo shaklida, yuksak badiiy mahorat bilan yozilgan namunalari katta adabiy asar o‘rnida qadrlangan. Mumtoz adabiyotimizda uchraydigan tarixlar hijriy sanaga asoslangan. Hozirgi zamon kitobxoniga hijriy era sanalarini milodiy era sanasiga ko‘chirib tushuntirish zaruriyati tug‘iladi. Shunga ko‘ra, biz tarix yechish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlarimizni keyingi o‘ringa surib, orada sana chiqarish usullari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishamiz.
Arab yozuvi o‘zining go‘zalligi, xushxatligi bilan jahon xalqlarining e’tiborini doimo jalb qilib kelgan. O‘tmishda bu yozuv tarixiy yodgorliklar, ulkan inshoatlar, osori atiqalar uchun naqsh, bezak vazifasini ham bajargan. Bulardan tashqari uning yana bir muhim vazifasi bor, u ham bo‘lsa arab alifbosining raqam, son ma’nosini ifoda etish bilan bog‘liqligidir. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, arablar (meloddan 2000 yil ilgari) o‘z alifbolarini tuzishda qadimgi yozuvlar bo‘lmish finikiya va oromiy yozuvlaridan harflar nomlarini va ular bilan birga har bir harfning raqamiy tengligini ham olganlar. Demak, abjad hisobining tartibi finikiya va oromiy yozuvlaridan kelib chiqqan. Lekin ular alfavitida harflar soni yigirma ikkita bo‘lib, to‘rt yuzdan keyingi sonlarning ifoda qilinishida oxirgi harf «tav» (arablarda «taun»)ga oldingi harflardan birini qo‘shib besh yuzdan minggacha bo‘lgan son ifodalarini hosil qilganlar (Masalan: tavqof, tavresh, tavshin kabi). Arablar bu usulni biroz takomillashtirdilar. Ular oltita harf ixtiro qilib «saxaz» va «zazag‘» so‘zlarini yasadilar. Bu atamalar besh yuzdan minggacha bo‘lgan son ifodalarini hosil qilishga yordam berdi. Shu tariqa arablarda yigirma sakkiz harfni o‘zida jamlovchi sakkiz atama hosil bo‘lgan. Bular quyidagilar: Mazkur atamalar muayyan bir ma’noni anglatmaydi, ular harflar mujassami xolos. «Abjad hisobi» ana shu atamalarning birinchisi nomiga qo‘yilgan. Harflar vositasida son tushunchasini ifoda etish usuli esa «abjad hisobi» deb atalgan. Bu usul harflar sirasini yod olishda qulay bo‘lgani sabab maktablarda maxsus o‘qitilgan va abjad o‘qiyotgan bolalar «abjadxon» deb atalgan. Abjad hisobi alifbo sirasini o‘zlashtirishdagina emas, balki riyoziyot ilmida hisob-kitobni amalga oshirishda ham keng qo‘llangan. Ko‘paytirish jadvalini ifodalash uchun harf nomlarini olib birlashtirib atama yasaganlar va bu atamalar chapdan o‘ngga qarab o‘qilgan.
Masalan:
«bab» - ة x ا = ة 2x1=2
«babdu» - ة x ة = ك 2x2=4
«bajvin» - ة x ط ّ = 2x3=6
«badhu» - ة x ك = ػ 2x4=8
Ko‘rinadiki, ikkinchi ustunda joylashgan harflarning yig‘indisidan ham «abjad» so‘zi yasalmoqda. Abjad hisobining mazkur usuli qadimda «hisobi jimal» deb ham yuritilgan. Eski o‘zbek yozuvidagi forslar va turklar tomonidan keyinchalik kiritilgan to‘rt harf - ژ چ؛ گ؛ پ؛ borasida abjad hisobi amalga oshirilayotgan matnda ushbu harflar ishtirok etayotgan bo‘lsa hisobda ularning shakldoshlari ( ى ط ک ة(dan istifoda etilgan. Abjad atamalarining ma’nosi haqida adabiyotlarda turlicha fikrlar mavjud. Chunonchi, «Abjad (boz kard) ya’ni boshlandi: havvaz (darpayvast) – muttasil bo‘ldi; huttiy (suxangu shud) – so‘zlovchi bo‘ldi; sa’fas (az u omuxt) undan o‘rgandi; qarashat (tartib kard) – tartibga soldi; saxaz (nigoh dosht) – saqlandi; zazag‘ (tamom kard) – tamomlandi degan ma’nolarni anglatgan. Abjadning kelib chiqishi haqida ham qat’iy bir fikr mavjud emas. «Abjadni hukamolar tartib berganlar, hijo harflarining hammasi unda to‘plangandir va ma’nisi yashiringandir» yoki «Abjad mashhur kishilar nomidan olingan» qabilidagi farazlar yuradi. Manbalarda keltirilishicha, arablar qadimda abjad atamalaridan hafta kunlarini nomlashda ham foydalanganlar. Abjad hisobining ixcham, lo‘nda va qulayligi uning she’riyatda ham keng qo‘llanishiga sabab bo‘ldi. Biron muhim xodisa, voqealarning sodir bo‘lgan vaqtini, qo‘lyozmalarning yozib tugallangan yilini, mansabdor shaxslarga bag‘ishlab yozilgan qasida va tarixlar sanasini berishda sonlar harflar bilan ifodalangan. Bu usul muayyan sanani she’riyatda ixcham holda ifodalashni ta’minlashi barobar, ularni esda tutishniham osonlashtirgan.
O‘zbek va sharq she’riyatining asosiy an’analaridan hisoblangan qator she’riy san’atlar asosini ham ana shu abjad hisobi tashkil qilgan. Xatto bu usuldan foydalanib maxsus asarlar yaratilganki, ularning ayrim namunalari bizgacha etib kelgan. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, abjad hisobi musiqa san’atida ham muvaffaqiyat bilan qo‘llanilgan. XV asrda yashab ijod etgan mashhur musiqashunos Zaynobiddin bin Mahmud al-Husayniy Navoiyning topshirig‘i va unga atab yozilgan «Qonuni ilmiy va amali musiqiy» («Musiqaning ilmiy va amaliy asoslari») asarida cholg‘u asboblaridan baland va past tovush hosil bo‘lish sabablari, intervallar va ularning nisbiy munosabatlari kabi masalalarni yoritishda abjad usulidan foydalangan. Abjad hisobidan boxabar bo‘lishlikning hozirgi davrda ham ahamiyati katta. Ajdodlarimizdan bizgacha etib kelgan qo‘lyozma manbalar bilan shug‘ullanadigan har bir shaxsning yozma yodgorliklar yaratilgan yoki nusxa ko‘chirilgan yillarini aniq belgilashida hamda abjad hisobi bilan bog‘liq muayyan she’rlar va harfiy san’atlarning ta’rixini aniqlashda abjad hisobidan yaxshi xabardor bo‘lishi talab qilinadi.

Download 356,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish