Mundarija Kirish. I. Bob. Shayboniylar davlatining tashkil topishi


I.Bob. Shayboniylar davlatining tashkil topishi



Download 51,14 Kb.
bet2/6
Sana17.01.2023
Hajmi51,14 Kb.
#899967
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shayboniylar ubaydullaxon

I.Bob. Shayboniylar davlatining tashkil topishi.
1.1. Shayboniylar davlatining tashkil topishi
Muhammad Shayboniyxon boshchiligidagi ko'chmanchi o'zbeklar xuI asr boshlarida Movarounnahr va xurosonni egallab, temuriy shaxzodalar hukmronligiga chek qo'ydilar va bu ulkan hududda o'zlarining markazlashgan davlatiga asos soldilar. Bu davlat poytaxti avval Samarqandda bo'lgan bo'lsa, xuI asr o'rtalaridan boshlab Buxoroga ko'chirildi. Shundan keyin bu davlat Buxoro xonligi deb ham atala boshladi. Butan xuI asr mobaynida hokimiyatni o'z qo'llarida saqlab kelgan shayboniylar sulolasi hukmronligi o'zbek davlatchiligi tarixida katta ahamiyatga ega bo'lib, xuddi shu davrda o'zbek xalqining etnik shakllanishidagi uchinchi davr boshlandi. Dashti qipchoqlik o'zbeklar Movarounnahr va xurosondagi milliy turkiy xalq-o'zining azaliy qon-qarindoshlari bilan qo'shilib ketdi va ularga ham o'zining nomini berdi.
Manbalar. Shayboniylar davlati tarixini yoritishda turli tarixiy manbalardan foydalanish, ya'ni, manbalardagi ma'lumotlar bilan birga arxeologik, epigrafik, numizmatik va boshqa tarixiy tadqiqotlar natijalaridan foydalanish mavzuni to'laroq yoritishga yordam beradi.
Dashti Qipchoqda hamda Movarounnahr va Xurosonda xu-xuI asrda bo'lib o'tgan tarixiy voqealar xaqida qimmatli ma'lumotlar beruvchi mahalliy (eski o'zbek, fors tojik tillarida bitilgan) yozma manbalar anchagina. Ular ichida temuriyshaxzoda Zaxriddin Muhammad Boburning ( 1483-1530) o'zbek tilida bitilgan "«Boburnoma"»asari hamda Shayboniyxon xizmatiga kirgan shoir va tarixchi olimlardan Kamoliddin Binoiy (1453-1512) va Muhammad Solix (1453-1535) larning Shayboniyxonga bag'ishlab yozilgan asarlari muhim o'rin tutadi. Muhammad Solixning «Shayboniynoma «asari o'zbek tilida nazmiy uslubda yozilgan bo'lsa, Binoiyning «Shayboniynoma» si (bu asar «Fotuxoti xoniy» deb ham ataladi) fors tilida bitilgan va xozirgacha o'zbek tiliga to'liq tarjima qilinmagan. Bu asarda Shaybonixonning Dashti Qipchoqda hokimiyat tepasiga kelishi, Movarounnahr va xurosonni egallashi tafsilotlari bayon etiladi. Ularda muhim etnografik va jug'rofiy ma'lumotlar mavjud.
Shayboniyxon Dashti Qipchoqda hokimiyatni qo'lga olishi, Movarounnaxr va xurosonni zabt etishi, bu hududda xuI asrda ro'y bergan muhim ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy va madaniy jarayonlar xaqida Xondamirning «Xabib us-siyar», Fazlullox ibn Ruzbexon (1457-1530)ning «Mexmonnomai Buxoro», noma'lum muallifning «Tavorixi g'uzida, Nusratnoma» (Bu asarni Shaybonixonning o'zi yozgan degan fikrlar ham bor), Mirzo Muhammad Xaydarning «Tarix Rashidiy» Muhammadyor ibn Arab qatag'onning «Musaxxir al-Bilod», Abdullox ibn Nasrulloxiyning «Zubdat ul-Osor», Xo'ja Qulibek Balxiyning «Tarixi Qipchoqxoniy», Xofiz Tanish Buxoriy (1547-1604)ning «Sharafnomai-shohiy» («Shoxlarni sharaflovchi asar») asarlarida va boshqa yozma manbalarda ham muhim ma'lumotlar bor.
Shayboniylar davlatining tashkil topishi. Siyosiy tarixi. Balxash ko'li va Sirdaryoning quyi oqimlaridan to Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo'lgan ulkan hudud XI asrdan boshlab Dashti Qipchoq deb atala boshlandi. Qipchoqlar va boshqa turkiy qabilalar hukmronligi ostida bo'lgan bu hududni 1236 yilda Botuxon o'zining turk-mo'g'ul qo'shinlari bilan egalladi va tarixga Oltin O'rda nomi bilan kirgan davlatga asos soldi. XIV asr boshlarida ikki qismga bo'linib ketgan Oltin O'rda davlatining sharqiy qismida tashkil topgan davlat-Oq O'rda tarixiy manbalarda «O'zbeklar mamlakati» deb ham yuritilgan. XVasrning o'rtadlarida bu hududda Jujixonning beshinchi o'g'li Shaybon urug'idan bo'lgan Abdulxayrxon (1412-1468) ko'chmanchi o'zbeklar davlatiga asos soldi. Bu davrda Oltin O'rda (Ko'k O'rda)da, Mo'g'ulistonda va temuriylar hukmronlik qilayotgan Movarounnahrda o'zaro feodal urushlar nihoyatda kuchayib ketdi. Bundan foydalangan Abdulxayrxon Sirdaryoning o'rta oqimidagi bir qancha shaharlarni, Xorazmning bir qismini bosib olib, temuriylar davlatining yon qo'shnisi bo'lib qoldi. Abdulxayrxonning vafotidan so'ng inqirozga uchragan bu davlatXVasrning 80-yillarida Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) tomonidan qayta tiklandi. Shayboniyxonning hokimiyat tepasiga kelishida Movarounnahr amirlaridan olingan yordam ham katta ahamiyatga ega bo'lgan. Xozirgi Qozog'istonning katta qismini, janubiy-g'arbiy Sibirni va Xorazmning janubiy qismini o'z ichiga olgan bu davlat bilan temuriylar davlati o'rtasida o'zaro iqtisodiy va siyosiy aloqalar mavjud edi. Temuriy shaxzodalarning ko'pchiligi toju taxt uchun kurashda ko'chmanchi o'zbeklardan moddiy va harbiy yordam olib turganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Aslida bitta millatga, bitta xalqqa mansub bo'lgan har ikki davlatning hukmron tabaqalari bir-birlari bilan quda bo'lishga intilganlar. Hususan, ko'pgna temuriy shaxzodalar Dashti Qipchoqdan kelin olgan bo'lsalar, ba'zi temuriy malikalar u yerga kelin bo'lib tushganlar.
Shayboniylar davlatining asoschisi Muhammad Shoxbaxt Shayboniyxon (1451-1510) bo'lib, u iste'dodli shoir va zamonasining o'qimishli, bilimdon kishilaridan biri edi. U hokimiyatni qo'lga olmasdan oldin, Buxoroda bir necha muddat yashab, bu yerdagi madrasada ta'lim oladi, diniy va dunyoviy ilmlarni o'rganadi. Mashhur ilohiyat olimi Muhammad Xitoiy uning ustozi bo'lganligi, mashhur shayx va olim xoji Muhammad Porsoning izdoshlaridan Xofiz xusayn Busiriy va uning xalifasi xoja Mahmud hamda Buxoroi sharifning boshqa ko'pgina ulamoyu-shurolari ham Shayboniyxon bilan yaqin munosabatda bo'lganligi ma'lum.
Ko'chmanchi o'zbeklar xoni sifatida hokimiyatni qo'lga olgan Shayboniyxon tez orada tajribali davlat raxbari va harbiy sarkarda ekanligini namoyish qildi. XVasrning 90-yillaridayoq Movarounnahrning markaziy viloyatlariga o'zaro kurashlar va ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan temuriylar davlati hududlariga xujumlar uyushtira boshladi. Bu davrda Movarounnahrdagi temuriylar saltanati amalda mustaqil boshqariladigan kichik-kichik viloyatlarga bo'linib ketgan edi. Ayniqsa, 1494 yilda Samarqand hukmdori Sulton Ahmad Mirzo vafotidan so'ng temuriy shaxzodalarning o'zaro nizolari yanada kuchayib, mamlakatda boshboshdoqlik, ko'p hokimiyatchilik yuzaga keldi. Bundan foydalanishga intilgan Shayboniyxon 1497 yilda Movarounnahrga o'zining dastlabki xujumini uyushtirdi. U katta ko'ch bilan Samarqandaga yurish qildi, lekin shaharni ololmasdi, Qarshi va Shaxrisabzga xujum qilib katta o'lja bilan qaytib ketdi.
Temuriy shaxzodalar Boysunqur Mirzo va sulton Alilar o'rtasidagi Samarqand taxti uchun bo'lgan urushlardan foydalangan Andijon hokimi Zaxriddin Muhammad Bobur 1497 yilda temuriylar poytaxti Samarqand shahrini egallaydi. Lekin qisqa vaqt (100) kun hukmronlikdan so'ng yana Andijonga qaytib ketishga majbur bo'ladi. Samarqand taxtiga temuriy shaxzoda, Qarshi hokimi Sulton Ali o'tiradi. Temuriylarni bu nizolarini diqqat bilan kuzatib turgan Shayboniyxon 1499 yilda katta kuch bilan yana Samarqandni qamal qiladi. Buxoro hokimi Boqi Tarxonning 10 ming kishilik qo'shin bilan samarqandliklarga yordamga kelayotganligidan xabar topgan Shayboniyxon qamalni to'xtatib unga qarshi chiqadi. Samarqand va Buxoro oralig'ida joylashgan Dobusiya qal'asini mudofaa qilib turgan Boqi Tarxon qo'shinlari bilan bo'lgan qisqa jangdan so'ng, uning qo'shinlari himoyasiz qolgan Buxoroga yurish qilib, shaharni jangsiz egallaydilar. Boqi Tarxon Samarqand va Buxoroliklarning birlashgan qo'shiniga bosh bo'lib Buxoroga qaytdi. Lekin Shayboniyxonning inisi Sulton Mahmud boshchiligidagi saralangan o'zbek qo'shinlari bilan Buxoro ostonasida bo'lgan jangda mag'lubiyatga uchrab, Qarshi shahriga chekinadi.
Bu voqelarni kuzatib turgan va temuriy hukmdorlar uchun jiddiy xavf paydo bo'lganligini anglagan Bobur Mirzo 1500 yilda o'z qo'shini bilan yana temuriylarning poytaxt shahriga Samarqandga yurish qiladi. Lekin Shayboniyxon undan oldinroq harakat qilib Samarqandni qamal qildi. Shahar hokimi Sulton Ali o'zining ba'zi amaldorlari taxtni Bobur Mirzoga topshirish uchun yashirin harakatlar olib borayotganligidan xabar topib, Shayboniyxon bilan muzokaralar olib borishga majbur bo'ldi. Ular orasidagi kelishuvga ko'ra Shayboniyxon Sulton Alining onasiga uylanadi va Samarqand shahrini ham jangsiz qo'lga kiritadi. Tez orada Qarshi va xuzor (Guzor) shaharlari ham shayboniylar tomonidan bosib olindi.
Movarounnahrning ikki yirik shaharlari Buxoro va Samarqandning jangsiz Shayboniyxonning qo'liga o'tishi, uning nafaqat tajribali sarkarda, balki yetuk davlat arbobi va aqlli siyosatchi ham ekanligini ko'rsatib turibdi. 1501 yilda Shayboniyxon asosiy qo'shini bilan Toshkent hokimi Mahmudxon va Farg'ona hokimi Ahmadxonlarga qarshi yurish qilib Toshkent viloyatidagi Shoxruxiya va boshqa ko'pgina qal'alarni bosib olishga muvaffaq bo'ldi.
xuddi shu paytda Bobur Mirzo Samarqanddagi o'ziga hayrihoh kishilar yordamida shaharni ikkinchi marta qo'lga kiritishga erishdi. Qarshi va G'uzorda ham shayboniylarga qarshi g'alayon ko'tarildi. Movarounnahrda Shayboniylar uchun taxlikali vaziyat yuzaga keldi. O'zining Movarounnahrdagi asosiy raqibi Bobur Mirzo ekanligini anglagan Shayboniyxon katta kuch bilan Samarqandga qaytdi va shahar yaqinidagi Saripul degan joyda bo'lib o'tgan hal qiluvchi jangda Bobur Mirzo qo'shinlariga qattiq zarba berdi. Shaharga qaytib mudofaaga o'tishga majbur bo'lgan Bobur Mirzo boshqa temuriy hukmdorlardan yordam ololmaganidan so'ng uzoq qamalga bardosh berolmay, Shayboniyxon bilan kelishuvga ko'ra Samarqandni tashlab chiqib ketishga majbur bo'ldi. Zarafshon va Qashqadaryo vohalari Shaybonixon qo'liga o'tdi.1
Shundan so'ng Shayboniyxon Movarounnahr va xurosonning turli viloyatlarini qo'lga kiritish uchun bir necha yo'nalishda janglar olib bordi. Bu vazifani bajarishda tajribali sarkardalar Sulton Mahmud Bohodir, Ubaydullo Sulton, Kuchkunchixon, Suyunchxujaxonlar katta rol o'ynadilar. 1501-1502 yillarda Sulton Mahmud boshchiligidagi qo'shinlar Dizzak (Jizzax), Urtepa, Shosh, Shoxruxiya, Sayram kabi shahar va qal'alarni egallaydi.
1503 yilning oxirida Shayboniyxon Sulton Mahmud boshchiligidagi qo'shinlarni Xorazmni egallash uchun yubordi. Bu birinchi harbiy yurish davomida Xorazmning bir qismi, hususan, Kat qal'asi egallandi. Lekin Shayboniyxon Xisor viloyatiga yurish qilish uchun barcha kuchlarini yig'ayotganligi sababli, Sulton Mahmud qo'lga kiritilgan katta o'lja bilan Buxoroga qaytdi. Xorazmni butunlay egallash uchun Shayboniyxonning o'zi 1504 yilda ikkinchi marta harbiy yurish qildi. 1505 yilning yozida Urganch shahri egallangandan so'ng Xorazm to'laligicha bosib olindi.
Shayboniyxon asosiy qo'shinlari bilan 1504 yilda Xisor viloyatiga yurish qilib uni bosib olishga muvaffaq bo'ldi. Xisor hokimi xusravshox ancha katta harbiy kuchga ega bo'lsa-da, Shayboniyxonga jiddiy qarshilik ko'rsata olmadi. Natijada Xisor viloyati barcha tog'lik tumanlari bilan birga Shaybonylar ixtiyoriga o'tdi hamda Termiz va Amudaryoning so'l qirg'ogiga joylashgan Qunduz, Tolkon, Badaxshon va Balx ishg'ol etildi. Bu harbiy yurishlarda qatnashgan tajribali lashkarboshi Sulton Mahmud 1505 yil Qunduzda kasallikdan vafot etdi. Uning jasadi Qarshi orqali Samarqandga olib kelinib, dafn etildi.
Shayboniyxonning Movarounnahr va xurosonni birlashtirib markazlashgan davlat tuzishga xalaqit berayotgan yana bir jiddiy raqib Dashti Qipchoqda hukmron bo'lib qolgan qozoq sultonlari edi. 1504 yilda Balx shahrini qamal qilib turgan Shayboniyxon qozoq sultonlarining Movarounnahrga hujum qilganligini eshitib, orqaga qaytishga majbur bo'ldi va Dashti Qipchoqqa yurish qildi. Qozoq sultonlari ochiq jangdan qochib chekingan bo'lsalar-da, 1506 yilda Shayboniyxonning xurosonda ekanligidan foydalanib yana Movarounnahrga bostirib kirib, uni talon taroj qildilar. Shayboniyxon orqaga qaytib, ularni yana Dashti Qipchoqning ichkarisigacha quvib kiradi. 1508 yilda qozoq sultonlari xujumi yana takrorlandi. O'sha yili Shayboniyxon xozirgi Afg'onistonning Qandahor va Zamindovur viloyatlarini ishg'ol qilib, Qobulda turgan Zaxriddin Muhammad Bobur bilan kurashish uchun kuch to'playotgan edi. Uning yo'qligidan foydalangan qozoq sultonlari-Ahmad sulton bilan Jonish sultonlar Movarounnahrga xujum qilib, Buxoro va Samarqandgacha yetib keldilar va ko'p odamlarni asir olib, katta o'lja bilan qaytib ketdilar. 1508 yilda Shayboniyxon Buxoroga qaytib keladi va qozoq sultonlariga qarshi hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko'ra boshlaydi. 1509 yilning boshlarida o'zbeklarning katta qo'shini Dashti Qipchoq ustiga yurish boshladi va mart oyida Jonish sultonning yurti Qora Abdalni egallaydi. Shundan so'ng qozoq sultonlari va xonlari ichida eng nufuzlisi va kuchlisi bo'lgan Burundukxon ulusiga xujum qilindi. Burundukxon bilan Qosim sulton Shayboniyxonning katta kuch bilan kelayotganligini eshitib, Dashti Qipchoqning ichkarisiga chekindilar. Shayboniyxon ularni ancha yergacha ta'qib qilib borgan bo'lsa-da, butunlay tor-mor qilishga muvaffaq bo'la olmadi. Bu yurishlar natijasida Sig'noq, Yassi, Savron shaharlari qayta qo'lga kiritildi. Turkistondagi Xo'ja Ahmad Yassaviy maqbarasini ta'mirlatib, bu yerda ba'zi imoratlar qurdirgan Shayboniyxon Turkiston viloyatiga ilgari Qarshi viloyatining noibi bo'lib turgan Sa'id Oshiqni hokim qilib tayinladi va Movarounnahrga qaytadi.
Movarounnahrning markazida mustahkam o'rnashib olgandan so'ng Shayboniyxon xurosonni zabt etishga jiddiy kirishdi. Sulton xusayn Bayqaroning 1506 yilda vafot etishi, so'ngra xuroson taxti uchun o'g'illarining o'zaro kurash boshlashi unga juda qo'l keldi. Xirot taxtiga birdaniga ikki shaxzoda Muzaffar va Badiuzzamon o'tkazildi. Temuriy shaxzodalarning kelishib harakat qila olmaganligi va harbiy jihatdan uquvsizligidan foydalangan Shayboniyxon Balx shahrini egalladi. 1507 yilda Xirot shahri ham qo'lga olingandan keyin butun xuroson Shayboniylar davlatiga qo'shib olindi.
Temuriylar davlatining asosiy viloyatlarini o'z ichiga olgan Movarounnahr va xuroson egallangandan so'ng Eronni bosib olish uchun zimdan tayyorgarlik ko'rila boshlandi. 1509 yilning aprel oyida Shayboniyxon Qarshida o'z qo'shinlarini to'playdi va ularga bosh bo'lib Amudaryo kechuvi-Burdaliq tomonga (xozirgi Chorjuy yaqinida) qarab yo'lga tushadi. Lekin Fayzullox ibn Ruzbexonning bergan ma'lumotiga qaraganda, yo'lda o'zbek sultonlarini o'z uluslariga qaytarib yubordi. Muhammad Temur sulton Samarqandga, Xamza sulton Xisori Shodmonga, Ubaydullo sulton Buxoroga o'z qo'shinlari bilan qaytib ketadilar. Bu bilan Shayboniyxon Movarounnahrdagi siyosiy barqarorlikni saqlab turish va ehtimol qozoq sultonlarining yangi bosqinining oldini olishni ko'zlagan bo'lsa kerak. Marv shahrini egallagan Shaybonixon Eronni ichki viloyatlariga yurish qiladi. Mashxad va Tus shaharlarini ziyorat etib, ba'zi memoriy inshootlarni ta'mirlashga buyruq beradi. 1510 yilda Erondan orqaga qaytgan Shayboniyxon orqadan katta kuch bilan yetib kelgan Eron shohi Ismoil Safoviy qo'shinlari bilan Marv yaqinida, Movarounnahrdan yordam kelishini kutmasdan jangga kirishga majbur bo'ldi va son jihatdan ustunlikka ega bo'lgan «Qizil boshlilar» qo'shinlaridan mag'lubiyatga uchraydi. Shaybonixonning o'zi ham bu jangda halok bo'ldi va uning Eronni zabt etish rejasi amalga oshmadi.
Zamondoshlari tomonidan «Xalifa ul-Raxmon» va «Imom az-Zamon» deb ulug'langan Shaybonixon tiriklik vaqtidayoq Movarounnahr va xurosonni o'zbek sultonlariga suyurg'al sifatida taqsimlab bergan edi. Shaybonixonning o'limidan so'ng taxtga Shayboniyxonning amakisi Kuchkinchixon (1510-1529) ko'tarildi. Bu xon ona tomonidan temuriylardan bo'lib, mashhur olim, davlat arbobi Mirzo Ulug'bekning qizi Robiya begimning va ko'chmanchi o'zbeklar davlatining asoschisi Abdulxayrxon o'g'li edi.2
Lekin bu davrda o'zbek sultonlari orasida boshlangan kelishmovchiliklar davlatni zaiflashishga olib keldi va shayboniylar keyingi janglarda mag'lubiyatga uchray boshladilar. Natijada xuroson va Xorazm qo'ldan boy berildi. Qobulni egallab turgan Bobur 15II yilda Eron shohi qo'shinlari yordamida Xisor, Ko'lob, Qunduz, Badaxshon va Samarqandni bosib oldi. Movarounnahrni butunlay egallash niyatida bo'lgan Boburga tarjibali sarkarda Najmiddin Soniy boshchiligida 12000 kishilik eron qo'shini kelib qo'shildi. 1512 yilda Qarshi shahrini qattiq janglardan so'ng qo'lga kiritgan eronliklar shaharni talon-taroj qilib, ko'pgina begunoh odamlarni qirg'in qildilar. Bu urushda shahar himoyachilari safida bo'lgan tarixchi olim, shoir Binoiy ham halok bo'ldi. Bu qirg'in Movarounnahrda eronliklarga qarshi kuchli norozilik va g'alayonlar ko'tarilishiga olib keldi.
Keyingi hal qiluvchi jang G'ijduvon yaqinida bo'lib o'tdi. 1512 yilning noyabr oyida Buxoroga yurish qilgan Bobur va eronliklarning birlashgan qo'shini Shayboniyxonning jiyani, Sulton Mahmudning o'g'li Ubaydulla Sulton tomonidan butunlay tor-mor etildi. Bu mag'lubiyatdan so'ng Bobur Mirzo Movarounnahr taxtidan umidini uzib, yana Qobulga qaytib ketishga majbur bo'ldi. Keyinchalik u o'z qo'shini bilan Hindistonga yurish qildi va birin-ketin Laxor, Dehli, Agra shaharlarini ishg'ol etib, xozirgi Pokiston, Hindiston, Bangladej va Afg'onistonning katta qismini o'z ichiga olgan Boburiylar imperiyasiga asos soldi.
Kuchkinchixonning o'limidan so'ng Movarounnahr taxtiga uning ug'li Abu Saidxon o'tqazildi (1529-1533). Lekin tez orada Shayboniy sultonlari ichida katta mavqega ega bo'lgan Ubaydullaxon oliy hokimiyatni o'z qo'liga olishga erishdi. Buxoro viloyatining hukmdori bo'lgan bu tajribali siyosatchi va g'ayratli sarkarda hukmronligi davrida (1533-1539) Movarounnahr, ayniqsa, Buxoro viloyati har tomonlama rivojlandi. Xonlikning poytaxti Samarqanddan Buxoro shahriga ko'chirildi. Shundan so'ng Shayboniylar davlati rasman Buxoro xonligi deb atala boshladi. Lekin Ubaydullaxonning o'limidan keyin o'zbek sultonlari orasidagi kelishmovchiliklar yanada kuchayib, mamlakat amalda bir necha qismlarga bo'linib ketdi. Buxoroda Abdulazizxon (1540-1550), Samarqandda Abdulatifxon (1540-1551, Toshkent va Turkistonda Navruz Ahmadxon (1540-1556) hukmronlik qila boshladi. Bu hukmdorlarning bir-birlari bilan o'zaro kurashlari mamlakatni ancha zaiflashishga olib keldi. Shayboniy sultonlarining o'zaro kurashlariga barham berib, ularni yagona hokimiyat ostiga birlashtira oladigan qattiqqo'l va tajribali davlat arbobiga hayotiy ehtiyoj paydo bo'ldi. Bu ehtiyoj tarix sahnasiga Abdulla ibn Iskandarxonni olib chiqdi. 3

Download 51,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish