Mundarija kirish i-bob. Qurilish ishlarini ikkinchi va undan keyingi yillariga smeta qiymatini aniqlashning nazariy asoslari



Download 301,7 Kb.
bet21/30
Sana22.07.2022
Hajmi301,7 Kb.
#838163
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Bog'liq
2 5303492253518404885

O2 = (C - O1 - Pp - H1) x K1
bunda:
O2 - ikkinchi yil uchun pudrat ishlari qiymati;
C - tanlov savdolari (tender) natijasida aniqlangan obyektning joriy narxlardagi qiymati;
O1 - ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq qurilishning birinchi yilidagi pudrat ishlari hajmining joriy narxlardagi qiymati;
Pp - ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq keyingi yillar uchun ishlar qiymati;
N1 - buyurtmachining oldindan berilgan avansi;
K1 - pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan vaqtda belgilangan obyekt qiymatiga nisbatan hisoblab chiqiladigan obyekt qurilishining ikkinchi yili uchun shartnomaviy narx o‘zgarishini hisobga oluvchi koeffitsient.
Mazkur tenglama bo‘yicha qurilish ishlari hisobini aniqlash jarayonida eng muhim ko‘rsatkich sifatida K1 olinib u pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan vaqtda belgilangan obyektning qiymatiga nisbatan hisoblab chiqiladigan obyekt qurilishining ikkinchi yili uchun shartnomaviy narx o‘zgarishini hisobga oluvchi koeffitsient hisoblanadi.
K1 koeffitsientni qurilishning ikkinchi yili (va keyingi yillari) uchun shartnomaviy narx o‘zgarishini aniqlash buyurtmachi va pudratchi bilan birgalikda quyidagi asosiy narx shakllantiruvchi komponentlar asosida hisoblanadi:
a) mehnat xarajatlari (eng kam oylik ish haqining o‘zgarishi);
b) elektr energiyasi ("O‘zbekenergo" kompaniyasi);
v) yonilg‘i-moylash materiallari ("O‘zbekneftgaz" kompaniyasi);
g) metall ("O‘zmetkombinat" birlashmasi);
d) sement (sement zavodlari);
ye) qum (zavod-karerlar);
j) yig‘ma temir-beton buyumlari (tayyorlovchi zavodlar);
z) yog‘och-taxta materiallar (birja narxlari);
i) g‘isht (tayyorlovchi zavodlar) va boshqa komponentlar.
Bunda komponentlar va asosiy qurilish materiallarining turlari har bir muayyan obyekt bo‘yicha, pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan raytdagi obyektni qurish qiymatining kamida 70 foizini tashkil etadigan asosiy narx shakllantiruvchi komponentlarni hisobga olgan holda tanlanishi belgilangan.
O‘rganilayotgan obyektning resurslar ro‘yxatiga ko‘ra ishlar asosiy naxni belgilovchi komponentlar sifatida quyidagi 4 nomdagi xarajatlar tarkibini o‘rganish talab etiladi:

  1. Qurivchi ishchilarning ish haqi xarajatlari 241293 kishi/soat;

  2. Qurilish materiallari, buyumlari va detallari jami 357 nomdagi 2 533 700 657 ming so‘mlik.

  3. Zavodda tayyorlanadigan qurilish konstruksiyalari jami 58 nomdagi 345 548 644 ming so‘mlik;

  4. Jihozlar va o‘rnatiladigan uskunalar 37 nomdagi jami 172 774, 322 ming so‘mlik.

Yuqorida berilgan resurslar tarkibiga kiritilmagan ko‘rsatkichlar to‘g‘risida tushuntirish beradigan bo‘lsak, bularga “Ish haqi fondi”, “Mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlari” va “Loyihada ko‘zda tutilgan resurslar” tarkibini keltirish mumkin. Bular uchun xarajatlar tarkibini hisoblash quyidagicha:

  1. “Ish haqi fondi” yoki mehnat xarajatlari Respublikamizda eng kam oylik ish haqining o‘zgarishi hisobiga qo‘llaniladigan koeffitsent asosida hisoblanadi.

  2. “Mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlari” - elektr energiyasi qiymati va yonilg‘i-moylash materiallari qiymatining oshishi koeffitsenti asosida hisoblanadi.

  3. “Loyihada ko‘zda tutilgan resurslar” – miqdori 1% dan kam bo‘lganligi sababli ularni qiymatlashishini inobatga olmasa bo‘ladi.

Qurilish materiallari, buyumlari va detallari qiymati umumiy qurilish ishlari qiymatining asosiy qismini tashkil etib, ular narxining o‘zgarishi qurilishning smeta qiymatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli “Obyektlar qurilishining ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narxlarda qurilish shartnomaviy qiymatini aniqlashtirish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik nizom”ga muvofiq qurilish materiallari umumiy qiymatining 70%dan kam bo‘lmagan qismini tashkil etuvchi asosiy qurilish materiallarini tanlab olish va ular narxlarini o‘zgarish ko‘rsatkichlarini tahlil qilgan holda tuzatish koeffitsentlarin hisoblab topish belgilangan.
Qurilish obyektining ikkinchi yilida asosiy qurilish materiallari narxlari to‘g‘risidagi ma’lumot ishlab chiqaruvchi va mol yetkazib beruvchi korxonalarning Prays-listlariga asoslanib bosh pudratchi tashkilot tomonidan taklif etiladi. Hozirgi kunda aynan shu masala, ya’ni pudratchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning amaldagi narxlarga mis kelishi masalasini nazorat qilish jarayoni murakkab masala hisoblanadi. Mazkur ko‘rsatkichlarni buyurtmachi yoki injiniring kompaniyasi tomonidan o‘rganish va nazorat qilish ishlarini tashkil etish maqsadi dissertatsiya ishi oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
O‘rganilayotgan obyekt smetasi resurslari ro‘yxatida jami 357 nomdagi 2 533 700 657 so‘mlik qurilish materiallari keltirilgan bo‘lib, ular tarkibida asosiy salmoqni tashkil etuvchi 2021 nomdagi qurilish materiallarining (umumiy qiymati 2 496 479 177 so‘m) 97,3 % tashkil etadi.

Download 301,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish