Mundarija kirish I bob. Qadimgi dunyo xalqlarining jismoniy tarbiyasi



Download 268,69 Kb.
bet2/7
Sana25.06.2022
Hajmi268,69 Kb.
#702984
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QADIMGI DUNYO XALQLARINING JISMONIY TARBIYASI Toshqulov Jahongir (5)

Maqsadi va vazifasi Qadimgi dunyo xalqlarining ijtmoiy ehtiyojlarni va jismoniy qobilyatlarni oshirish dolzarb masalalardan biri xisoblangan. Mamlakatimizda jamiyatning ijtmoiy ehtiyojlariga va hozirgi davrda rivojlanishining istiqbolli vazifalariga muvofiq.”Jismoniy tarbiya “fanni o’qitishning yuqori sifatini ta’minlash uchun sharoit yaratish ,shuningdek ushbu fanni o’qitish metodikasini takomillshtirish mazkur mavzuyimizning asosiy maqsadidir.
I BOB. QADIMGI DUNYO XALQLARINING JISMONIY TARBIYASI
1.1 Ibtidoiy jamoa tuzumida jismoniy tarbiyaning shakllanishi
Jismoniy madaniyatning kelib chiqishi haqidagi masala jismoniy madaniyat tarixining eng muhim muammolaridan biri bo‘lib, prinsipial metodologik ahamiyatiga egadir. Bu masalani ko‘pgina burjuda olimlari xal etishga urinib ko‘rdilar. Ularning tadqiqotlari bu muammoni o‘rganish borasida ma’lum rol o‘ynaydi. Biroq ular bu muammoni o‘z sinf manfaatlari nuqtai nazaridan hal etib, tarixni buzib ko‘satdilar, soxtalashtiradilar. Leturno, Espinas, Gross, Byuxer, Shiller, Spenser va boshqa chet el olimlari jismoniy mashqlar hayvonlarining o‘yinida kelib chiqqan, degan nazariyani olg‘a suradilar. Freyd va uning izdoshlari, o‘yin shaxsning to‘la qimmatiga ega bo‘lmaganligidan dalolat beradi, deb isbotlashga o‘rinib ko‘radilar, chunki o‘yinda go‘ya insonning turmush qiyinchiliqlaridan hayolat olamiga ketishiga o‘rinishi ifodalanar emish. Jismoniy madaniyat va diniy marosimlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi burjua nazariyalari ham xuddi shu ta’limotga asoslanadi. Qator chet ellik tadqiqotchilar-Byuxer, Nering, Maksimov, Shternberg va boshqalar, hayvonlarning ko‘lga o‘rgatilishi va umuman, mehnat ibtidoiy o‘yin va raqslardan kelib chiqqan deb ta’kidlaganlar. Ularning fikrlariga ko‘ra “o‘yin mehnatdan kattadir” yoki “ mehnat bu o‘yinni bolasidir” deganlar. Rus olimi G.V. Plexanov ibtidoiy o‘yinlar jismoniy mashqlar biologik faktorlardan emas, balki odamlarning mehnat foliyatidan kelib chiqqanligini ilmiy jihatdan isbotlab berdi. Ayrim kishi hayotida o‘yin mehnatdan oldin bo‘lsa ham, umuman, jamiyatda esa u faqat mehnatni aks ettiradi. U “mehnat o‘yinda kattadir”, “o‘yin bu mehnat bolasidir” – degan edi. Odamlarning toshni maydalashga va yorishga hamda yog‘ochdan oddiy qurollar yasashga o‘rganishlari uchun necha yuz ming yillar kerak bo‘ladi.1 Ishlab chiqarish foliyatida bu aslida tabiat ehson qilgan narsalarni yig‘ish davri edi. Yovvoiy hayvon ovi Xalq tasodifi harakterga ega edi. Bu davrda jismoniy madaniyatning biron nisbatni mustaqil elementlarining borligi haqida ishi ham bo‘lishi mumkin emas edi. Kishilar uchun kerakli jismoniy sifatlar, malaka va qobilyatlar ularning bevosita mehnat foliyati jarayonida xosil qilinar edi. Faqat yoshlar o‘sha vaqtlarda mavjud bo‘lgan oddiy mehnat qurollarini qanday yasash va ishlashni hamda yovvoyi hayvonlardan qanday saqlash kerakligini katta yoshdagi kishilardan ma’lum darajada o‘rganar edilar.

I shlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi keyinchalqk
irg‘itiladigan turli qurollarning takomillashuviga olib keldi. Turli
mustahkam va o‘tkir uchli еngil nayzalarning, so‘ngra esa o‘q va
yoyning paydo bo‘lishi ovchiliq kishini ng asosiy kasbiga aylantirdi.
Buning natijasida ovqat topish uchun sarflanadigan vaqt ancha
qisqardi. O‘sha davrdagi kishilarning qazilmalar davrida topilgan
manzilgoxlari odamning ancha yaxshiroq hayot kechira boshlaganidan
va o‘z extiyojlarini qondirish uchun ancha katta imqonyatlarga ega
bo‘lganidan dalolat beradi. Chunonchi, o‘sha davrdagi odamda yosh
avlodning madaniyatlash imqoniyati tug‘ildi; Bunda jismoniy
madaniyat asosiy rol o‘ynadi. Odamlarining bir yerga yig‘ilish va
tasodifiy ov yo‘li bilan ovqat topish hamda birlashgan dastlabki
jamoasi ham mustahkam ijtimoiy tuzum emas edi. Shuning uchun
ham kishilar jamoasining boshlang‘ich, ijtimoiy shaklini “ijtimoiy
poda” deb atalardi.

Xo‘jalikning idrok qilishining yangi shakllari paydo bo‘lishi bilan
qiskiliq jamiyatini uyushtirish ishlari ancha mustahkamlana bordi.
Onalik urug‘chiliq jamoasi paydo bo‘ldi, uning a’zolari birgalikda
qilinadigan doimiy jamoa mehnat va qon-qarindoshlik bilan
boshlangan edi. Jamoalarining paydo bo‘lishi va taraqqiyot etishi
bilan asta-sekin madaniyat sohasida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Endi odam o‘ziga doimiy turar joy quradi, kiyim-kechak paydo
bo‘ladi, tasviriy san’at bunyod etiladi. Qo‘shiq, o‘yin va raqslar ijro
etiladigan turli bayramlar keng tarqaldi. Jismoniy madaniyat
elementlarining paydo bo‘lishi ham xuddi shu davrga to‘g‘ri keladi.
Bevosita mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina musobaqa o‘yinlari
mustaqil tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi va ulardan urug‘ jamoaning
turli yoshdagi guruhlari foydalana boshlaydi. Mehnatning jins va
yoshga qarab tibbiy ravishda bo‘linishi endigina tug‘ilib kelayotgan
ibtidoiy jismoniy madaniyatda ham o‘z ifodasini topdi. Jismoniy
madaniyatning yanada rivojlanishida ibtidoiy san’at ham katta rol o‘ynaydi. San’at kishilarning fikr va to‘yg‘ularini boyitdi, ularning
ma’naviy dunyosini taqomilashtirdi. O‘yin va raqslarda
taqdirlanadigan mehnat va mudofa harakteridagi ko‘pgina harakatlar
endi bevosita mehnat predmetiga yo‘naltirilgan edi. Bu harakatlar
jismoniy mashqlar sifatida nisbatan mustaqillik kasb etdi.
Jismoniy mashqlarning musobaqa o‘yinlari shaklida vujidga
kelishi ibtidoiy jamiyat kishini tarbiyalashda tubdan o‘zgarish yasadi.
Odamlar hayotiga, ayniqsa mehnat foliyatiga tayyorlashining yangi
vositasiga ega bo‘ladilar.
Jahonga mashhur rus etnografi va sayohatchisi N. MikluxaMaqlay, masalan, papuaslarning ota-onalari o‘z bolalarini mehnatga
juda barvaqt o‘rgatganliklarini shu maqsadda o‘yinlaridan ham
foydalanganlarini hikoya qiladi. “O‘g‘il bolalarning o‘yini” deb
yozgan edi. Mikluxa-Maqlay – tayoqlarni nayzaga o‘xshatib
irg‘itishdan, kamalak otishdan iborat edi; ular bu o‘yinlarda salgina
yutuqqa erishishlari bilan ularni amaliyotga etadilar. Men soatlab
dengiz bo‘yida, o‘tirib, yoy o‘qini biror baliqqa tegizishga harakat
qilgan juda kichkina o‘g‘il bolalarni ko‘rganman. Qiz bolalar bilan
ham huddi shunday hol yuz beradi, chunki ular ho‘jalik ishlari bilan
juda erta shug‘ullana boshlaydilar va o‘z onalarning noibalariga
aylanadilar. Quyidagi misol, fakt ham ibtidoiy musobaqa o‘yinlarining
mehnatni ifodalab, qisklarni mehnatga tayyorlaydigan eng muhim
vositalaridan biri bo‘lganini ko‘rsatadi. Etnogarflarning
ta’kidlashicha, XIX asrning va 60-yillardayoq Avstraliyaning bir
qancha qabilalarida ovga chiqish oldidan yirtqich hayvonning shaklini
qumga chizib, o‘nga nayza otish rasm bo‘lgan; Bunda har bir ovchi
o‘z nayzasini mumkin qadar aniqroq va kuchliroq otishiga harakat
qilgan. Bu yerda mashq va musobaqaning ayrim elementlari
qo‘shilgan. Shunday qilib, odamlar nayza otishni mashq qilish bilan
o‘zlarining mehnat malakalari va mahoratlarini takomilashtirib
borganlar. O‘sha vaqtda mehnat va o‘yin bir-biriga chambarchas
bog‘liq bo‘lgan va diniy aqidalar bilan bog‘langan. Kishilik o‘yinlari
odamlarning dahshatli tabiat kuchlariga qarshi kurashda birgalikda
harakat qilishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan.
Urug‘lik tuzumi onalik urug‘chiliq tuzumi (matriarxat) va otalik
urug‘chiliq tuzumi (patriaraxat)ga bo‘lingan.
Bu urug‘chiliq tuzumining har bir o‘ziga xos taraqqiyot va jismoniy madaniyat
hususiyatlariga ega bo‘lgan.
Onalik urug‘chiliq tuzumining gullab-yashnagan davrida o‘yin
uchun mahsus tayyorlangan narsalar (jundan qilingan koptok, shar,
nayzabozlik tayoqlari, uchi tuntoq nayzalar, o‘yinchoq, paloxmon,
o‘yinchoq yoy, bosh egri, hassa va boshqa narsalar) paydo bo‘lgan.
Yoshlarni, masalan, nayza, tayoq, suyil irg‘itishga yoydan otishga
o‘rgatish ibtidoiy jismoniy madaniyat tarkibiga kirib, uning eng
muhum tarkibiy qismini tashkil etgan. Yoy otishga va bumerang
irg‘itishga o‘rgatish ayniqsa murakkab bo‘lgan.
Onalik urug‘chiliq davrida bir qancha o‘yin asboblari ham ixtiro
etilgan edi. Masalan: indeeslarda otalik urug‘chiligi davriga (ularni
еvropaliklar kashf etgan davrda) o‘tish bosqichidayoq ichi kovak va
yaxlit kauchoqli koptoklar, mahsus chana (“taboggan”) lar bor edi;
ular bu koptok va chanalardan faqat xojaliklardagina emas, balki
musobaqalarda ham foydalanganlar. Kolumb davridayoq еvropaliklar
indeeslarning koptoklari – Kostilyaliklari (Ispaniya) ning
koptoklaridan yaxshi ekanligini tan olishga majbur bo‘lgan edilar.
Indeeslar tomonidan rezina koptokni kashf etilishi ko‘pgina boshqa
Yevropa xalqlarida ham koptok o‘yinning yanada ravnoq topishida
muhum rol o‘ynadi. Ibtidoiy odamlarga suyakdan qilingan changilar,
qongilar koptok bilan o‘ynashga mo‘ljalangan raketkalar ma’lum
bo‘lgan. Onalik urug‘chiligi sharaoitida asl mehnat va mudofaa
faoliyatida ayollar erkaklar bilan bab-baravar qatnashar edi. Mavjud
etnografik materallardan ma’lum bo‘lishicha o‘sha vaqtlarda
mushtlashish, kurashish, yugurish, tayoqbozlik, nayza irg‘itish, yoy
otish yuzasida va boshqa shu kabi sohalarda ayollarning maxsus
musobaqasi, ayollar bilan erkaklar musobaqasi o‘tqazilar edi. Ba’zi bir
ma’lumolarga qaraganda, ayollarning Bunday mashqlari masalan;
skiflarda, o‘zbek xalqining qadimiy ajdodlarida, shuningdek patriarxat
tuzumi sharoitidagi ayrim boshqa uruglar orasida saqlanib qolgan.
Ibtidoiy jamoa jismoniy tabiya sohasida o‘z a’zolari zimmasiga
ma’lum majburiyatlar yukladi. Yosh qiz va yigitlar xayotda kerak
bo‘ladigan epchiliq, chidamliliq, chaqqonlik, jasurlik va qatiyatlik
kabi qobilyatlarga ega bo‘lishi lozim edi. Ba’zi qabilalarda masalan,
baroro va qonella (sharqiy Brazilya)larda yigitlar ma’lum sinovlardan
o‘tmagunlaricha hatto uylanishlari ham mumkin emas edilar. Kurash
va yugurish eng asosiy sinovlardan edi. Brazilya tadqiqotchilaridan
bari Bo‘shan, bu badan mashqlarining qiyinligi shundaki,
yugurayotgan kishi yelkasida og‘ir bir yog‘och bo‘lagini ko‘tarib
borishi va yugurib borib, nishonga tegizishi lozim, deb yozgan edi.
Meksikalik indeeslarda yugurish musobaqasi 20 kmlik masofani
aylanib o‘tishdan iborat edi. Etnograf Sobel indeeslarning qaragumar
qabilasidagi ayollardan ba’zilarining ancha katta masofani erkaqlar
bilan aniq bir vaqtda yugurib o‘tganligini ko‘zatgan. Sharqiy
Afrikadagi ko‘pgina ibtidoiy qabilalarda langar cho‘p bilan sakrash va
yugurib kelib balandlikka sakrash musobaqalari ham bo‘lganligi
ma’lum. Chunonchi vatusi qabilasida yugurib kelib balandlikka
sakrash va langarcho‘p bilan sakrash turli bayramlar vaqtidagi oddiy
xodisa bo‘lgan.



Download 268,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish