Mundarija: Kirish i-bob. O’simliklarning haroratga moslanishi



Download 337,3 Kb.
bet13/14
Sana13.02.2023
Hajmi337,3 Kb.
#910540
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O’simliklarning haroratga va suvga moslanishi

Sklerofitlar sukkulentlarning to‘liq ma’nodagi qarama-qarshi gruppasidir. Tashqi qiyofasi bo‘yicha sklerofitlar quruqroq, ingichka va qattiq bo‘ladi. Hatto suv bilan to‘liq ta’minlanganda ham ular suvsiz (gidraturasi juda ham past) bo‘ladi. Sklerofitlar so‘lishga juda chidamliligi bilan farq qiladi, tarkibidagi suvning 25% gacha qismini hech qanday zararsiz yo‘qotishi mumkin. Boshqa turdagi o‘simliklar uchun halokatli bo‘lgan kuchli suvsizlikda ularning sitoplazmasi tirik saqlanib qoladi. Skle­rofitlar hujayra shirasining osmotik bosimi yuqori bo‘lishi muhim xususiyatlaridan yana biridir. Bu esa ildizlarining so‘rish kuchini oshiradi, binobarin, ular ancha qypyq tuproqli yerlarda ham suv o‘zlashtira oladi. Sklerofitlarning uchinchi muhim xususiyati trans­piratsiya intensivligining yuqori bo‘lishidir. Ilgari sklerofitlarning, ya’ni umuman kserofitlarning trans­piratsiya intensivligi past bo‘ladi va ular suvni juda tejab-tergab sarflaydi, kseromorfozning barcha belgilari esa transpiratsiyani kamaytirishga va bekorga suv sarfining oldini olishga qaratilgan himoyalanishdan iborat deb qaraganlar.
Xulosa
Hayvonlar singari o’simliklarda ham tashqi muhit omillariga nisbatan bir qancha moslanishlar mavjud. Chunonchi ham tanqisligiga o’simliklar turlicha moslashgan bo’ladi. Bir xil o’simliklarning bargi ustki tomondan mum qavat (fikus), ikkinchi xillarda qalin tuklar (sigir quyruq) bilan qoplangan bo’ladi. Saksovulda barglar kichik “tangacha” ga aylangan. Yantoqning barglari mayda va qattiq, ko’pgina shoxchalari tikan shaklida, Kaktus, aloe, agavalar sero’t o’simliklar hisoblanadi. Ba’zi o’simliklarning vegetatsiya davri juda qisqa, masalan ayiqtovon, yaltirbosh erta bahorda o’sib, rivojlanib urug’ berishga ulguradi. Yantoq, suvoq kabi o’simliklar qurg’oqchilik paytida barglarini to’kish orqali o’z hayotini saqlaydi.
Barcha o’simliklar harorat darajalariga bo’lgan munosabatlari bo’yicha ham bir-biridan farq qiladi. Ba‘zi suv o’tlari 60-800C issiqlikka ega bo’lgan buloqlarda tarqalgan. Ko’pchilik yuksak o’simliklar uchun maksimal harorat 40-500C ga teng. Qishloq xo’jalik ekinlari uchun esa maksimal harorat 39-400 C ga teng bo’lib, haroratning bundan orta borishi ularni shikastlaydi. O’simlikdagi barcha fiziologik, biokimyoviy jarayonlar, suvni o’zlashtirish, oziq moddalarning ildizdan bargga, murtak va mevaga, plastik moddalarning bargdan ildizga harakati tuproq hamda havo haroratiga bog’liq.
Haroratning o’simliklar uchun zarur bo’lgan, minimal darajadan past bo’lishi, ularning zararlanishiga olib keladi. O’simliklarning haroratga talabchanligi o’stirish sharoitiga qarab o’zgarishi ham mumkin. Masalan, salgina muzlatilgan pomidor urug’lari odatdagi pomidor urug’lariga nisbatan ancha past haroratda una boshlaydi.
Ma‘lumki, urug’i bevosita dalaga ekib o’stirilgan pomidor ko’chat qilib o’stirilgan pomidor ekiniga nisbatan sovuqqa chidamliroq bo’ladi. Sovuqqa chiniqtirilgan ko’chat chiniqtirilmagan ko’chatga qaraganda sovuqqa ko’proq chidamli ekan.
Xujayradagi barcha bioximik jarayonlarning normal o’tishi va organizmlarning normal faoliyat ko’rsatishi uchun organizmlar yetarli darajada suv bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Namlikning yetishmasligi quruqlik havo muhitining muhim xususiyatlaridan biridir. Muhitning namlik darajasi turlicha bo’lib, tropik rayonlarda havo suv bug’lariga to’liq tuyingan bo’lsa, Cho’llarda havoda suv bug’lari umuman bo’lmasligi mumkin. Namlik sutka va yil davomida ham sezilarli o’zgarib turadi. Organizmlarning suv bilan ta’minlanganligi yong’ingarchilik miqdori, suv xavzalarining bo’lishi, tuproq namligi, sizot suvlarining yaqinligiga ham bog’liq. Namlik darajasining bunday o’zgaruvchan bo’lishi organizmlarda turli xil moslanishlarini vujudga keltirgan.
Barcha quruqlikda yashovchi o’simliklarning tanasida to’xtovsiz suv almashinish jarayoni sodir bo’lib turadi. Bunday jarayonga o’simliklarning suv rejimi deyiladi va u uch bosqichdan iborat: 1) suvning ildiz tomonidan shimilishi, 2) o’simlik tanasi boylab harakati va taqsimlanishi, 3) barglar orqali bug’lanishi – transpirasiY. Bu bosqichlarning har biri bir qancha jarayonlarni o’z ichiga oladi.
O’simliklar suvga bo’lgan talabning juda oz qismini yer o’sti a’zolari (asosan barglari) orqali ta’minlaydilar. Bu asosan yog’ingarchilik va havo namligi yuqori bo’lgan davrlardagina yuz berishi mumkin. Normal o’sish va rivojlanishni ta’minlaydigan asosiy suv miqdori tuproqdan ildiz sistemasi orqali olinadi. Tuproqdagi suv formalari. Tuproqdan suv olish uchun o’simlik ildiz hujayralarining so’rish kuchi tuproq eritmasining so’rish kuchidan birmuncha yuqori bo’lishi shart. Chunki tuproqda bunday so’rishga qarshilik qiluvchi kuchlar mavjudki, ular suvni ushlab turuvchi kuchlar deyiladi. Odatda, tuproq tarkibida suv toza emas, balki ma’lum konsentrasiyali eritma holida bo’ladi. Eritmaning konsentrasiyasi tuproqdagi suvda eruvchi tuzlar va boshqa moddalarning miqdoriga bog’liq.



Download 337,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish