2.2 Chizma bajarish texnikasi va ularni taxt qilish qoidalari bilan tanishtirish metodikasi
Chizma qog‘ozida detalni tasvirlari va g‘adir-budurliklarini ko‘rsatuvchi yetarli belgilardan tashqari, asosiy yozuv, texnikaviy talablar (asosiy yozuv ustida), g‘adir-budurlik belgisi (yuqorida o‘ng burchakda), chizmani burilgan belgisi (yuqorida chap burchakda); detalni tasvirini ifodalovchi omillar jadvali (tishli g‘ildiraklar va shlisali buyumlarda) ham keltiriladi. Detalning tasvirlar soni va mazmuni detalning shakli va o‘lchamlari haqida to‘liq ma’lumot berishi kerak.
Detalning tasvirini joylashtirishda rasmda keltirilgan L1, L2, L3 va H1, H2, H3 o‘lchamlar bir-biriga teng bo‘lishi tavsiya etiladi.
Chizmalardagi yozuvlarni, texnik talablar va jadvallarni joylashtirish qoidalari 2.316-68 DS da bayon qilingan. Agar chizmada detalni grafikaviy va shartli belgilari to‘liq ifoda etilmagan taqdirda ko‘pincha yozuvlar, jadvallar va matn qismlari kiritiladi. Yozuv matni aniq va qisqa qilib chizmaning asosiy yozuvi ustiga yoziladi. «Texnik talablar» degan yozuv yozilmaydi. Texnik talablardagi bandlar ketma-ket raqamlanib 2.316-68 DS tavsiyalariga asosan yoziladi. Tasvirlarga oid yozuvlar ikki qatordan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ularni yozilishi va joylashtirilishi ko‘rsatilgan. Asosiy yozuv 2.104-68 DS va 2.107-68 DS dagi «Ish chizmalariga qo‘yiladigan asosiy talablar» ga asosan to‘ldiriladi.
Ish chizmasida tayyorlanayotgan detalni materiali va material xususiyatlarini ifodalovchi kerakli ma’lumotlar yozilishi shart.
Chizmaning asosiy yozuvida detal materialining nomi, markasi va standartiga oid bo‘lgan boshqa normativ hujjatlar ko‘rsatiladi.
Oddiy uglerodli po‘latni quyidagicha belgilanadi: Po‘lat 0, Po‘lat 1, Po‘lat 2, Po‘lat 3, Po‘lat 4, Po‘lat 5, Po‘lat 6 asosiy yozuvning 3 grafasida, masalan, Po‘lat 3 380-71 DS deb yoziladi.
Sifatli uglerodpi konstruksion po‘latni 2 raqamli son bilan belgilanadi: Po‘lat 2.5 1050- 74 DS. Uglerodli instrumental po‘latni U xarfi bilan, ya’ni Po‘lat U8 1435-74 DS deb belgilanadi. Legirlangan mashinasozlik po‘latini legirlovchi element belgilari bilan: G - marganes, S - kremniy, X - xrom, N - nikel, M - molibden va x.k. Misol: 20 markali xromnikelli po‘lat Po‘lat 20 XN 4545-71 DS, qo‘ng‘ir cho‘yan esa QCh deb belgilanadi. Misol QCh 18-36 1412-70 DS. 11.1.4. O‘lchamlar qo‘yish Chizmalarda o‘lcham qo‘yishning umumiy hollari 11.3.-shaklda ko‘rsatilgan. Quyida detallarni ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlash talablarini e’tiborga olgan holda o‘lcham qo‘yishlar ko‘rib chiqiladi.
1-rasm
Detallarning barcha o‘lchamlarini 2 guruhga - tutashuvchi va erkin guruhlarga bo‘linadi. Tutashuvchi o‘lchamlar detal sirtining shaklini aniqlab, buyumda boshqa detal bilan kirishuvi va buyumdagi sirtlarning xolatlarini ifodalaydi. Buyumda detallarning sirtlari o‘zaro tegib turmasa, ularni erkin o‘lchamlari aniqlaydi. Detallarga o‘lcham qo‘yishda 3 xil usuldan: zanjir, koordinatalar va kombinasiyalashgan usullaridan foydalaniladi. Zanjir usulida o‘lcham qo‘yishda o‘lchamlar zanjiri ochiq bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Detalning har bir elementiga ishlov beriladi (11.3,a-shakl). Avval d1 diametrli yuzaga l1 uzunlikda, keyin d2 diametrli yuzaga l2 uzunlikda va boshqa yuzalarga ishlov beriladi. Zanjir usuli detalning ba’zibir elementlarini aniq o‘lchamda bo‘lishi talab etilganda foydalaniladi. Detallarga zanjir usulida o‘lcham qo‘yish o‘qlar orasiga o‘lcham qo‘yishda hamda detallarga ishlov berishda kesuvchi asboblarning komplektidan foydalanilganda qo‘llaniladi. Koordinalar usulida o‘lcham qo‘yish 11.3,b-shaklda keltirilgan bo‘lib, mazkur usuldan detallarning boshqa o‘lchamlardan qat’iy nazar yuqori aniqlikdagi o‘lchamli yuzalariga ishlov berilganda foydalaniladi. Kombinasiyalashgan usulda o‘lcham qo‘yish amaliyotda keng tarqalgan bo‘lib, o‘zida zanjir va koordinatalar usulidagi o‘lcham qo‘yishlar uyg‘unlashib ketadi . Ushbu usuldagi o‘lcham qo‘yishda yuqori aniqlik talab qiladigan detal elementlariga aloxida o‘lcham qo‘yish mumkin. Ishlov beriladigan yuzalar ishlov berilmaydigan yuzalardan ajratilib, ularning o‘lchamlar zanjirida alohida ko‘rsatiladi. Ish chizmalariga o‘lcham qo‘yishda quyidagi holatlarni e’tiborga olish talab etiladi:
1. Detal chizmasi uni tayyorlashni e’tiborga olib uch guruh o‘lchamlarni – gabarit, o‘qlar va markazlararo o‘lchamlar hamda detalning alohida elementlariga o‘lcham qo‘yishni o‘z ichiga oladi. Ba’zi bir hollarda o‘rnatuvchi, bir-biriga bog‘lovchi va ma’lumot uchun o‘lchamlari ham qo‘yiladi.
2. Detalning bir-biridan farq qiluvchi elementlarining shakli va holatini aniqlovchi o‘lchamlar bo‘lishi kerak. 8 diametrli teshikni o‘lchami ustidan ko‘rinishda, boshqa o‘lchamlar esa bosh ko‘rinishda berilgan.
3. Detal elementlarining tashqi va ichki sirtlarini o‘lchamlarini aralashtirib yuborish maqsadga muvofiq emas. Bu holatlarida o‘lcham chiziqlarini detal konturidan tashqariga chiqarish tavsiya etiladi.. Chiqarish va o‘lcham chiziqlarini kesishuviga iloji boricha yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ko‘rinmaydigan chiziqlariga o‘lcham qo‘yish tavsiya etilmaydi.
4. Detal elementlaridagi bir nechta bir xil o‘lchamlarga ularning soni ko‘rsatilib bir marta o‘lcham qo‘yiladi .
5. Aylanada bir xil joylashgan detal elementlari o‘lchamlarini qo‘yishda burchak o‘lchamlari o‘rniga ularning sonini ko‘rsatish bilan kifoyalanadi 6. Detaldagi bir xil o‘lchamli simmetrik elementlarning sonini ko‘rsatilmasdan bir marta o‘lcham qo‘yiladi.
8. Detalda yumaloqlash radiuslari yoki bukilishlarni chizmada ko‘rsatmasdan texnik talablarga quyidagicha yozib qo‘yish mumkin: yumaloqlash radiuslari 5 mm, ko‘rsatilmagan radiuslar 3 mm, ichki bukilish radiuslari 12 mm.
9. Rezbali detallarda rezba ochilgan joyini uzunligi faska va o‘yilgan qismlarni ham o‘z ichiga oladi. Faska va o‘yilgan qismi o‘lchamlari rezba o‘lchamidan oldin qo‘yiladi.
10. O‘lchamlar qo‘yishda 2.307-68 DS va 2.109-73 DS lari talablarini e’tiborga olish kerak bo‘ladi.
7. Qirqim va ko‘rinishlardagi qirqim berilmagan hollarda teshiklarga o‘lcham qo‘yishlar
2- va 3-rasmlar
4-rasm
5-rasm
6-rasm
7-r
10-rasm
.
XULOSA
C hizmalar chizishda turli buyum , asbob va moslamalardan foydalaniladi. Chizma qog’ozi. Qalamda, tushda va akvarel bo‘yog‘ida chizishga
moljallangan yuqori sifatli В va o‘rtacha sifatli 0 markalarda (ko‘rinishlarda)
qalin va yupqaroq oq qog‘oz standartga muvofiq list (varaq)larda chiqariladi.
Chizma qog‘ozining bir tomoni silhqroq, ikkinchi tomoni biroz dag‘alroq
bolib, silliq tomoniga chizma qalam va tu sh d a, dag‘alroq tomoniga
akvarelda rasm chiziladi. M illim etrlangan qog‘oz. Rangli chiziqlar bilan kvadrat to‘rchalar chizib toldirilgan yupqaroq qog‘oz rulon (o‘ram) yoki varaq shaklida
chiqariladi. U lardan tu rli sxema, diagramma, detallarning eskizlarini chizishda foydalaniladi. Kalka. Yupqa shaffof qog‘oz bolib, stan d art bo‘yicha rulon yoki varaq shaklida chiqariladi. Kalkadan chizmaning ashdan nusxalar ко chirishda
foydalaniladi. Qalamlar. Qalamlar qattiqhgi jihatidan uchta turga bolinadi: qattiq,
o'rtacha qattiq va yumshoq. Qattiq qalam lar T, 2T, 3T,...,yoki H, 2H,
3H,..., o‘rtacha qattiq qalam lar TM yoki HB, yumshoq qalam lar M, 2M.
3M,...,yoki B, 2B, 3B,... tarzida belgilanadi. T(B) yoki M(B) oldidagi raqam
qalamning qattiqlik yoki yumshoqlik darajasini bildiradi.Qalamlar tamg‘asi tasvirlangan tomonining qarama-qarshi tomonidan 1 -chizmada ko‘rsatilgandek uchlanadi. Qattiq va o‘rtacha qattiqlikdagi qalamlar konus shaldida uchlanadi. Chizmalarning ustidan yurgizib chiqishuchun yumshoq qalam lardan foydalaniladi va u lar kurakcha shaklida uchlanadi. Qalamlami tez-tez uchlab turishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun bir bolak mayda jilvir qogozdan foydalaniladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Rahmonov I., Qirgʻizboeva N., Ashirboev A., Valiev A., Nigmanov B.
CHizmachilik. –T.:“Voris nashriyot”, 2016.
2. J.YOdgorov, «Geometrik va proeksion chizmachilik», T.:, «Fan». 2008.
3. SH.K.Murodov va boshqalar, Topografik chizmachilik, T.:, CHo„lpon,
2009.
4. J.YOdgorov, Mashinasozlik chizmachiligi, T., O„zbekiston, 2009.
5. I.Rahmonov, A.Valiev. Chizmachilik, “Voris-nashriyot” T.:, 2011.
6. Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017
yil istiqbollariga bag„ishlangan majlisidagi O„zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so„zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, №11.
7.Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O„zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. – T.: O„zbekiston, 2016. - 56 b.
8.Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta‟minlash
– yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – T.: O„zbekiston, 2017.
- 48 b.
9.Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz
bilan birga quramiz. – T.: O„zbekiston, 2017. – 488 b.
10.O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-
4947-sonli “O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo„yicha
harakatlar strategiyasi to„g„risida”gi Farmoni. www.lex.uz.
11. J.YOdgorov, A.Narzullyaev. Topografik chizmachilik – Namangan,
«SHalola», 2012.
12. I.Raxmonov, A.Abduraxmonov, CHizmachilikdan ma‟lumotnoma T.:,
«Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona». 2005.
13. A.A.CHekmarev, Nachertatelnaya geometriya i cherchenie, M.:,
Vыsshee obrazovanie, 2006.
14. M.Xalimov, Z.Mirzaliev, F.Ochilov. CHizmachilik (geometrik va
proeksion chizmachilik) T.:, “Adabiyotuchqunlari”, 2019.
15. A.Valiev. CHizmachilik (Geometrik chizmachilik), T.:, TDPU
rizografi, 2013.
16.M.B.SHah, B.C.Rana. Engineering Drawing, India by Sai Print-O-
PacPvt.Ltd, India, 2007, 2009.
17. Raxmonov I. Chizmalarni chizish va o„qish. T. «O„qituvchi». 1992.
Gеrvеr V.N. Tvorchеskiy rabota po chеrchеniyu. 1995.
18 Qirg„izboyev Yu. va boshqalar. Mashinasozlik chizmachiligi kursi. - T., “O„qituvchi”.1981.
19 Merzon E.D. va boshqalar. Zadachnik po mashinostroitelnomu chercheniyu. - M.,
“Visshaya shkola”, 1990.
20Yodgorov J.Yo., Qobiljonov K.M. va boshqalar. Chizmachilik. Toshkent, «O„qituvchi», 1992.
P.Adilov va boshqalar. Chizmachilik., - T., TDPU. 2000.
21 M.Xalimov. Geometrik va proyeksion chizmachilikdan mustaqil ishlash uchun topshiriqlar to‟plami., - T., TDPU. 2009.
22 I.Rahmonov. «Chizma gеomеtriya kursi va tеxnikaviy grafikadan tеstlar». T.
23 «O‟qituvchi» nashriyoti 1996. elektron ta’lim resurslari
24 www.tdpu.uz
25www.pedagog.uz
26www.Ziyonet.uz
27.www.edu.uz
28tdpu-INTERNET.Ped
29 karsu.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |