Mavzu : Sinfdan tashqari o’qish. ( Kitob haqida maqollar o’rganish)
Darsning maqsadi :
1) ta’limiy maqsad : to’g’ri ravon va ifodali o’qish malakasini takomillashtirish, kiobning yaratilishi, uning inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish ;
2) tarbiyaviy maqsad : o’quvchilarni kitob o’qishga qiziqtirish, uni asrash yo’llarini o’rgatish ;
3) rivojlantiruvchi maqsad : ravon, to’g’ri va ifodali o’qish malakasini rivojlantirish .
Darsning turi : yangi bilim beruvchi .
Darsning metodi : suhbat metodi .
Darsning jihozi : darslik, kitoblar ko’rgazmasi, testlar .
Darsning borishi .
O’tgan darsni takrorlash va mustahkamlash maqsadida suhbat uyushtirildi :
Qadimda kitob qanday asralgan ?
Hozir Italiyada noyob tarixiy kitoblar qanday asralyapti ? ( Bu ma’lumot oldingi darsda gapirib berilgan bo’ladi : suvning bug’lanishi, suv bosishi natijasida kitoblar nam tortib, mog’orlab ketayotgani uchun uni salafan qog’ozlarga solib, uning ichidagi havo chiqarilib, o’z holida saqlashga erishilyapti . )
a) “ Kim kitob ko’p o’qigan ? ” ( darsliklardan tashqari)
1 – variant . Kim ko’p ertak nomini aytadi ?
2 – variant . Kim ko’p ertak qahramonlari nomini aytadi ?
3 – variant . Kim ko’p hikoyalar nomini aytadi ?
Natijani hisoblash uchun o’qituvchi o’quvchilardan birini yordamga chaqirishi mumkin . Natija hisoblabib, g’oliblar taqdirlanadi .
b) “ Tez va soz ” o’yini . Bunda asosiy e’tibor kitob ta’mirlashga qaratiladi . 3 ta bo’sh partalardan har birining ustiga 1 tadan eskiroq kitob va ularni ta’mirlash uchun yelim, skotch, qaychi qo’yilib, uch o’quvchi taklif etiladi . Ularga vaqt belgilanadi . O’quvchilar esa olqishlab turishadi . G’olib o’quvchilar rag’batlantiriladi . ( Bu o’yinni qatorlararo ham o’tkazish mumkin)
3. Yangi mavzuning bayoni . Kitob haqida quyidagicha suhbat o’tkaziladi :
1. Kitoblar qayerda turadi ? ( Kitob javonida .)
2. Kitob orqali biz nimalarni egallaymiz ?
( Bilimlarni egallaymiz .)
3. Kitobni nima uchun asrashadi ? ( Bolalar o’qishi uchun . Biz ham darsliklarimizni asrashimiz kerak . Kitoblar qimmat . Undan bizning ukalarimiz, singillarimiz ham foydalanishadi . Kitobga ko’p kishilarning mehnati singan .)
Bugun sinfdan tashqari o’qish darsida kitob haqidagi maqollar o’rganamiz.
Kitob bilim bulog’i,
O’quvchining o’rtog’i.
4. Maqolni o’qib, mazmuni tushuntiriladi . O’quvchilardan bilgan maqollari so’raladi . Yaxshi bilgan o’quvchilar rag’batlantiriladi .
5. Boshqotirmani yechish :
Javob :Kitob bilim manbayi .
6. Uyga vazifa : kitob haqida maqollar o’rganib kelish .
7. O’quvchilarning reytingini e’lon qilish .
Xulosa
Kurs ishim kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan ibоrat. Kurs ishimni kirish qismida mavzuning dоlzarbligi, predmeti, maqsadi, оb’yekti, bajarilishi lоzim bo’lgan vazifalari ko’rsatib o’tilgan.
Ta’lim sifatini yaxshilash uchun birinchi navbatda davlat ta’lim oluvchilarga barcha sharoitlarni yaratib berishi kerak. Prezidentimiz tomonidan hozirda barcha maktabgacha ta’lim muassasalari eng oxirgi zamon talablari asosida jihozlaniyapti. Hozir axborot-texnologiyalari asri bo’lgani uchun ta’lim muassasalari kompyuter, proyektrlar, kitoblar, o’quv zallari, yangi binolar bilan to’liq ta’minlaniyapti. Nimaga kerak? O’quvchilar kompyuter savodxonligini o’rganishi va har bir dars davomida o’qituvchilar o’quvchilarga mavzuni to’liq yoritib berishi uchun vaqtdan tejash va unumli foydalanish uchun qilinayotgan ishlar hisoblanadi. Hamda umum ta’lim maktablarida yangi innovatsion texnalogiyalardan foydalanish asosida ta’lim sifatini yaxshilash har bir pedagogni vazifasi hamda burchidir.
Men bu kurs ishimdan xulosamni aytishimdan oldin birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning shunday satrlari bilan boshlamoqchiman “Shuni unitmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi,boshqacha aytganda, xalqimizni ertangi kuni qanday bolishi farzandlarimizni bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq”. Hozirgi kunda farzandlarimizga ta’lim tarbiya olishlari uchun juda kata e’tibor qaratilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan innovatsion pedagogik faoliyatning asosiy vazifalariga (maktabgacha ta’limning mohiyati, maqsadi, mazmuni, o’quvchilarning o’quv faoliyatini tashkil etish shakl, metod va vositalari, boshqaruv tizimi) sifatini ijobiy o'zgarishi kiradi.
O’qish darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish mavzusiga kurs ishi yozdim. Men bu mavzuda o’qish darslarida mustaqil ishlarni qanday tartibda qo’yilishi, o’qish darslarida ishlatilayotgan keng qamrovli metod, ped texnologiya va qiziqarli o’yinlarni keng qo’llash kerak ekanligini o’rgandim va men ham kelajakda darslarda mustaqil ishlardan foydalanib o’quvchilarni bilim olish sifatini oshirmoqchiman.
Men bu kurs ishimni yozish jarayonida bir necha pedagоgik metоdik adabiyotlarni tahlil qildim va o’zimning nazariy bilimlarimni оshirdim. Kelgusi pedagоgik faоliyatimda o’rgatishda ushbu nazariy bilimlardan samarali fоydalanishni o’z оldimga maqsad qilib qo’ydim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
Do'stlaringiz bilan baham: |