Mundarija Kirish I bob. Nazariy qism


Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishda demokratik yondashuv



Download 86,21 Kb.
bet5/9
Sana25.01.2022
Hajmi86,21 Kb.
#410672
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mundarija

2.2 Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishda demokratik yondashuv.

Muloqot jarayonida o'qituvchi o'quvchini ijtimoiy qadriyat deb tan olishi, har bir bola, o'smir va o'spirinning betakror va o'ziga xos xususiyatlarini hurmat qilishi, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini e'zozlashi lozim. Zero, taiimni isloh qilishdan asosiy maqsad, tarbiyada demokratiyaning ustunligi, tarbiyani ma'muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo'yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchining bir-birlariga o'zaro ishonchi, hamkorlik asosida pedagogik munosabat mohiyatini ijobiy tomonga yo'naltirish demakdir. Muloqotni demokratik uslubda tashkil etishdan maqsad, taiim-tarbiyani insonparvarlashtirish, pedagogik faoliyat markazida inson shaxsi turganini unutmaslik, insonga nisbatan bebaho boylik sifatida munosabat tuyg'ularini o'quvchilarda ham shakllantirish vazifasi bajariladi.

Demokratik uslub asosida faoliyat olib boradigan o'qituvchining bosh shiori o'quvchilarda mustaqii va erkin fikr yuritish ko'nikmalarini va ongli intizomni hosil qilishdan iborat. O'qituvchining muloqoti barcha demokratik talablar asosida quriladi. Zero, «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi»\ Ushbu uslubni mukammal egallagan o'qituvchi o'z pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlarni mujassamlashtiradi:

-pedagogik faoliyatda sinf jamoasining fikr mulohazalariga tayanib taiim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi;

-sinf jamoasining tashabbusini ma'qullaydi, rivojlantiradi, o'quvchilaming erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratadi;

-muloqot jarayonida o'quvchilar fikr-mulohazalarini inobatga olib, pedagogik faoliyatida qo'llaydi;

-muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos, maslahat berish, samimiy muomala.

Demokratik uslubda muloqotni tashkil etuvchi o'qituvchi hozirgi zamon talablariga, ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlardan kutilayotgan maqsadlarga javob bera oladi. O'qituvchining vazifasi barkamol inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb bilgan holda, yuksak ongli, mustaqii fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan tengdoshlariga namuna boiadigan bilimli, ma'rifatli, aql-zakovatli, yuksak ma'naviyatli o'quvchilarni tarbiyalash uchun qizg'in pedagogik faoliyat olib borishi lozim. Muloqot jarayonida o'quvchilarning jamoa bo'lib birlashishlari, ularda o'zaro yordam tuyg'usini o'stirishga xizmat qilishi kerak. Samarali demokratik tarbiyaviy jarayon, sinf jamoasi a'zolarining qobiliyat va iste'dodlarini yuzaga chiqaradi, o'quvchining jamoada har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar paydo qiladi. O'quvchilar bilan muloqotning erkin demokratik asosda tashkil eiilishi sinfning ahil jamoa bo'lib birlashib, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlarga erishishiga zamin yaratadi. Yaxshi uyushgan jamoada har bir o'quvchining fikri ulkan tarbiyaviy kuchga ega.




Download 86,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish