O’qituvchining demokratik uslubdagi muloqoti
O'quvchilar bilan bo'lajak muloqotni modellashtirishning muhim sharti o'qituvchi va
o'quvchilaming o'zaro emotsional bhiigi bo'lib, u o'qituvchiga darsning quyidagi ehtimoliy atmosferasini oldindan ko'ra bilish imkoniyatini beradi:
bo'lajak darsda o'quvchilar jamoasi bilan ro'y berishi mumkin bo'lgan turli vaziyatlarni oldindan ko'ra olish;
o'quvchilar bilan o'zaro demokratik va erkin munosabatning har xil darajalarini taslikillashtirish, uni rivojiantirish istiqbollarini beigilash;
darsda o'quvchilaming bilishga boigan qiziqishini va ijodiy kayfiyatini vujudga keltirish.
Ilg'or o'qituvchilar ish tajribasining tahlili shuni ko'rsatadiki, dars jarayonida o'quvchilar bilan bo'lajak muloqotni modellashtirish juda muhim. Zero, bu jarayon darsning didaktik tamoyillarini har tomonlama belgilab beradi, o'qituvchini ijodiy faoliyatga yo'naltiradi, unda o'quvchilar bilan o'zaro hamkorlikning mukammal shakllariga nisbatan turli muloqot modellarini takomillashtirish imkoniyati paydo boiadi. Muloqotni modellashtirish bevosita yangi dars oldidan tezda bajarilishi mumkin, ba'zan esa doimiy xarakter kasb etadi. U o'qituvchiga o'zining dars jarayonidagi kommunikativ munosabatini va emotsional xulqini, his- tuyg'ularini oldindan ko'ra bilish imkoniyatini yaratadi.
Muloqotning ikkinchi boshlang 'ich yo 'nalishida - o'quvchilar bilan bevosita munosabatni tashkil qilish uchun o'qituvchi tashabbuskorlikni va kommunikativ ustunlikni o'z qo'liga olishi kerak, bu unga keyingi yo'nalishlarda doimiy muloqotni o'zi boshqarish imkoniyatini beradi. Muloqotda tashabbuskorlikni qo'lga olish, o'qituvchining ta'lim-tarbiya- viy jarayonni hamisha oqilona, ziddiyatsiz boshqarishini ta'minlaydi. Ta'kidlash joizki, barcha o'qituvchilar hamisha sinf jamoasi bilan kommunikativ muloqotda ustunlikka erishish imkoniyatini qo'lga kirita olmaydilar.
Ikkinchi boshlang'ich yo'nalishda bo'lajak muloqotning shart-sharo-itlari va tizimi aniqlashtiriladi, oldindan rejalashtirilgan muloqot modeli tatbiq etiladi. Kommunikativ muloqotning dastlabki daqiqalaridayoq o'qituvchi tanlangan ta'lim metodlaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlashtirishi, o'quvchilarning umumiy kayfiyatini, ulardagi ijodkorlikni va ishchanlik kayfiyatini his qilishi lozim.
Tarbiyaning maqsadlari, vositalari va natijalari o’rtasida, shuningdek, tarbiyalanuvchi va tarbiyachi tafakkuri, motivlari o’rtasida g’oyat murakkab bog’liqlik bor. Kattalarning maqsadi, odatda, yoshlarning maqsadlari (hatto strategik maqsadlari) bor. O’quvchining rivojlanish mantiqi, uning tafakkuri, harakatlari bitta nuqtai nazarda, tarbiyachining mantiqi boshqa nuqtai nazarda turishi mumkin. Bunday variantda hech qanday tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish bo’lmaydi.
Pedagogik faoliyatda vositalar, maqsadlar va natijalarning nisbatini doimo tahlil qilib borish zarur. Ular uzviy birlikni tashkil etadi, bir – biriga bog’liq bo’ladi va alohida tarzdi amalga oshirilmaydi. Maqsadni amlga oshirish usuli – bo’lajak natijadir. Natija yangi vositalarni tanlash, yangi maqsadlarni qo’yish uchun amaliy asos hisoblanadi. Tajribada ma’lum darajada qo’llanilgan har qanday vosita natija beradi, hatto biror sababga ko’ra maqsad aniq ifodalanmagan bo’lsa ham natija bervermaydi.
Tajribada mavjud bo’lgan pedagogik vositalarning ikkitasini ko’rib chiqamiz.
Birinchisi: har qanday pedagogik vosita hamisha bir qator boshqa vositalar, usullar, shartlar Bilan bog’liq bo’ladi, ular pedagogik jarayoning muayyan bosqichida ta’sir ko’rsatish natijasini belgilab beradi. Masalan rag’batlantirish bir xil jarayonlarni tezlashtirish va boshqarishga to’siqnlik qilish, turli salbiy va ijobiy hissiyotlarning turli – tuman ko’irinishlarini vujudga keltirishi mumkin.
Ikkinchi: ayrim vositalarni qo’llanish pedagogning ular ta’sirini, mumkin bo’lgan o’zgarishini anglash qobiliyatlariga butunlay bog’liq bo’ladi. jamoa muomala sharoitida vositalarni qo’llash minut sayin o’zgarib turadigan vaziyatni hisobga olish zarurligini taqazo qiladi.
Hozircha biz ko’proq mavhum kategoriyalardan foydalanamiz. Amaliy faoliyatda esa vositalar, maqsadlar va natijalar dialektikasi ovozlar shovqini, g’oyat turli – tuman ehtiyojlar va daxvolarning avj olishi bilan to’la bo’ladiki, bu barcha jonli manzara doimo bir kishining – pedagog tarbiyachining diqqat markazida bo’lishi lozim.
Agar pedagogik san’at haqida gapirganda, chamasi, uning asosiy ko’rinishlari – o’quvchilarga umidbaxsh faraz bilan yondoshish, talab va ishonchning birligi, uning shaxsga avayla munosabatda bo’lish, uni hurmat qilishdan iborat bo’lishi mumkin.
Pedagogik umidbaxshlik hatto eng qarovsiz o’quvchi ham o’zida ko’pgina ijobiy narsalarga egadir, degan ishonchga asoslangan.
Pedagogik mahorat o’ziga o’quvchilar haqidagi, ularning psixologiyasi to’g’risidagi, ta’lim muassasasi haqidagi, ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik madaniyani tashkil etadi, pedagog, tarbiyachi bu madaniyatni egallamasa, hech vaqt o’z ishining chinakam ustasi bo’la olmaydi, eski usuldan, bir qolipdagi tayyor andazalarni ishlatishdan nariga o’tmaydi.
Biroq zamonaviy sinf rahbariga birgina umumiy madaniyatning o’zi kifoya qilmaydi – maxsus bilimlar va malakalar: o’quvchilarni kuzatish, ularning o’sishidagi muhim narsalarni aniqlay olish, bu muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy ijtimoiy g’oyalar bilan taqqoslash, ularni rivojlantirish yo’llari va usullarini aniqlash, turli vositalar, tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish usullarining o’zaro bir – biriga o’tish dialektikasini chuqur tahlil qilish, pedagogik. izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir sistemaga solish malakalari zarur bo’ladi
Xulosa.
Pedagoglarda biz albatta oliyjanoblik hissini tarbiyalashimiz shart.
Oliyjanoblik qalbning o’ziga xos holatidir. Bu holat insonda sokinlik, hurmat, mehr, g’urur hislarining qo’shilishidan hosil bo’ladi.
Pedagogning o’quvchilarga bo’lgan nisbatan bo’lgan munosabati mehr, hayrihohlik va yordamida iborat bo’lishi kerak. Ma’lumki rivojlanish uchun yordam berish murakkab jarayon bo’lib, o’quvchilar oldgiga qo’yi o’zi chetda qarab turishi va faqat shu talablar qanday bajarilayotganligini kuzatib borishi yetarli degan xulosaga kelgan pedagoglar katta hatoga yo’l qo’yadilar. Rasmiy hujjatlarga sinf rahbarining vazifalari qisman bayon qilingan bo’lsa ham biz quyida sinf rahbarining vazifalarini aniq tarzda ko’rsatishni zarur deb bildik. Sinf rahbarining vazifalari:
1. Anatomik, fiziologik va psixologik xususviyatlarini o’rganish.
2. O’quvchilarning kundalik davomati odob, xulqi va jamoat ishlariga qatnashishini tekshirib borish.
3. O’quvchilarning rejimga rioya qilishlari va uyga berilgan vazifalarni tayyorlab borishlarini kuzatish.
4. Sinfda ishlaydigan fan o’qituvchilari bilan majlis o’tkazish
5. Darsda o’quvchilarning davomatini ta’minlash, sinfda va maktabda navbatchilikni tashkil etish , xonani jihozlash, xonadagi o’quv asboblarini saqlashga o’rtgatish, o’quvchilarning qiyinchiliklarini nazorat qilib ular bilan suhbat o’tkazish
Do'stlaringiz bilan baham: |