Mundarija: Kirish i-bob. Muammoni o‘rganishning ilmiy- nazariy asoslari


Rinolaliyaning kelib chiqishi sabablari



Download 164 Kb.
bet3/8
Sana19.02.2022
Hajmi164 Kb.
#458041
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Rinolaliyani bartaraf etishda operatsiyadan keyingi logopedik ish tizimi

1.2. Rinolaliyaning kelib chiqishi sabablari.
Rinolaliya nutq apparatining anatomik va fiziologik kamchiliklari sababli ovoz tembri va tovushlar talaffuzuzidagi buzilishlardir.
Rinolaliya xosil bo‘lishiga ko‘ra dislaliyadan farq qiladi, ya’ni rinolaliyada tovushlarni burun-dimoq bilan talaffuzuz qilish xollari kuzatiladi. rinolaliyada tovushlar artikulyasiyasi, fonatsiya, tovush xosil bo‘lish mexanizmlari jiddiy ravishda normadan chetga chiqadi. Normal fonatsiya bo‘lganda kishida burun tovushlaridan tashqari nutqdagi hamma tovushlarni talaffuz qilish vaqtida burun- halqum va burun bo‘shlig‘ining bo‘g‘iz va og‘iz bo‘shlig‘idan ajralishi ruy beradi.
Nutq jarayonida yumshoq tanglay o‘zluksiz ravishda turli balandlikka ko‘tariladi va tushadi, bu xolat tovushlar talaffuzga bog‘liq. Tanglay halqumning birlashish kuchi tovushlar talaffuzga bog‘liqdir. Unli tovushlar talaffuzida tanglay halqum undash tovushlar talaffuzga nisbatan kamroq birlashadi. Tanglay halqumning eng kuchsiz birlashishi v undosh tovush talaffuzda; eng kuchli birlashish s tovush talaffuz o‘zida k o‘zatiladi. Tanglay halqum birlashish funksiyasining buzilish harakteriga ko‘ra rinolaliya turli shakllarga ajratiladi.
Yopiq rinolaliya.
Yopiq rinolaliya nutq tovushlarini talaffuz qilish vaqtida fiziologik burun rezonansining pasayishi natijasida yuzaga keladi. M,N burun tovushlari talaffuzida eng kuchli rezonans bo‘ladi. Bu tovushlarning normal talaffuzida burun halqum yo‘li ochiq bo‘ladi va xavo oqimi to‘g‘ri burun bo‘shlig‘iga o‘tadi. Agarda burun tovushlar talaffuz - ida burun rezonansi bo‘lmasa, unda burun tovushlari v,d tovushlariga o‘xshab talaffuz qilinadi. rinolaliyaning yopiq shaklining kelib chiqish burun bo‘shlig‘idagi organik o‘zgarishlar yoki tanglay halqum birlashishining funksional buzilishidir. M.Zeeman yopiq rinolaliyaning 2 turini ajratadi: oldingi yopiq rinolaliya-bunda burun bo‘shlig‘ida utkazuvchanlik funksiyasi bulmaydi va orka yopiq rinolaliya- bunda halqum bo‘shlig‘ida utkazuvchanlik kamayadi. Oldingi yopiq rinolaliyaning sababi – burun shillik pardasida surunkali gipertoniyaning burun bo‘shlig‘ida poliplarning bo‘lishi, burun devorining qiyshiqligi va burun bo‘shlig‘ida o‘smalarning bo‘lishidir.
Orqa yopiq rinolaliyada bolalarda odenoidlarinng ko‘payib ketishi burun halqum poliplarning, fibroma va o‘smalarning paydo bo‘lishi kuzatiladi. Funksional yopiq rinolaliya bolalarda ko‘p uchrab turadi, lekin uni doimo to‘g‘ri aniqlash qiyin. CHunki u burun bo‘shlig‘ining yaxshi o‘tkazuvchanligida va burundan nafas olish buzilmagan xollarda kuzatiladi. Bunda burun tembri va unli tovushlar talaffuzi qo‘pol buzilgan bo‘ladi. Organik yopiq rinolaliyaning sababi burun bo‘shlig‘ida o‘tkazuvchanlikning buzilishidir. Bunda burundan nafas olish yo‘lga qo‘yilsa, ya’ni burun bo‘shlig‘idagi o‘tkazuvchanlik yaxshilansa, hamma kamchilik yo‘qoladi.
Yopiq rinolaliyada olib boriladigan logopedik ishning samaradorligi burun halqum xolatiga uning funksiyasiga va bolaning yoshiga bog‘liq. Logopedik mashg‘ulotning boshlangich davrida nafas mashqlarini olib borish tavsiya etiladi. Bundan maqsad og‘iz va burundan nafas olish va nafas chiqarishni differensiatsiya qilishdir. Bu mashqlar avval puflashdan boshlanib, keyin burundan qisqa va chuqur nafas chiqarish bilan almashtiriladi. SHu bilan birgalikda yumshoq tanglay va halqumning orqa devor muskullari harakatini aktivlashtiradi. Keyingi davrda og‘iz va burundan nafas chiqarishni muvofiqlashtirish ustida ish olib boriladi. Bu mashqlar m, n, burun tovushlarining talaffuzini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va mustaxkamlashga imkon yaratadi.
Ochiq rinolaliya
Ochiq rinolaliyada og‘iz bo‘shlig‘ida xosil bo‘luvchi tovushlar dimoqda talaffuz etiladi. ochiq rinolaliyada bu unli tovushlarning jarangdorligda sezilarli darajada farq bo‘ladi.
Ochiq rinolaliyani aniqlash uchun turli funksional tekshirish usullari mavjud. Bunda logoped bolaga galma-gal a va i unli tovushlarini qaytarishni buyuradi va bolaning burun yo‘lini bir berkitib, bir ochib turadi. YAna aniqlash usullaridan biri, bu fonedoskop bilan tekshirishdir. Bunda tekshiruvchi fonedoskopning bir uchini o‘zining qulog‘iga, ikkinchi uchini bolaning burniga tutib turadi. Bola unli tovushlarni, ayniqsa u va a unlilarini talaffuz qilganida kuchli tovush eshitiladi. Ochiq rinolaliya organik va funksional bo‘lishi mumkin. Organik ochiq rinolaliya tug‘ma va xayot davomida orttirilgan bo‘ladi. ochiq rinolaliyaning tug‘ma shaklining sababi yumshoq va qattiq tanglaydagi yoriqliklardir.
Xayotda orttirilgan ochiq rinolaliyaga og‘iz va burun bo‘shlig‘ida jaroxatlanishlar bo‘lishi va yumshoq tanglayni xayot davomida falajlanishi kabilar sabab bo‘lishi mumkin. Funksional ochiq rinolaliyaning paydo bo‘lish sabablari turli xil bo‘ladi. Masalan, bolaning ovozining xosil bo‘lishida yumshoq tanglay harakatining sust bo‘lishi. Funksional ochiq rinolaliya asab kasalliklarida ham namoyon bo‘lish xollari kuzatiladi. U adenoidlarni olib tashlagandan so‘ng ko‘proq kuzatilsa, difteriyadan keyingi falajlanishda kamroq kuzatiladi. Funksional ochiq rinolaliya organik rinolaliyaga nisbatan engil kechadi.
Ovoz mashqlaridan so‘ng burunlashish tembri yo‘qoladi, tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni odatdagidek, ya’ni dislaliyani bartaraf etishda qo‘llaniladigan usullar orqali bartaraf etish mumkin. Tug‘ma tanglay yoriqlari bo‘lgan bolalarda fonetik jixatidan to‘g‘ri nutqni shakllantirish bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bir necha vazifalarni xal etishga qaratilgandir.

  1. Og‘izdan nafas chiqarishni normallashtirish, ya’ni burun tovushlaridan tashqari hamma nutq tovushlari talaffuzida og‘izda xavo oqimini to‘g‘ri yo‘naltirish.

  2. Hamma nutq tovushlarinig to‘g‘ri artikulyasiyasini xosil qilish.

  3. Burunlashish ovozini bartaraf etish.

  4. Tovushlarni bir-biridan ajratish malakasini tarbiyalash, bundan maqsad tovushlar taxlilidagi kamchiliklarning oldini olish.

  5. Nutqning sur’at, ritm, prosodik tomonini normallashtirish.

  6. Xosil qilingan nutqiy malakalarni erkin so‘zlashuvda g‘ayri-ixtiyoriy ravishda qo‘llash.

Bu maxsus vazifalarning xal etilishi talaffuzining to‘g‘ri malakalarini o‘zlashtirishda muxim ahamiyatga egadir. Nutqning tovush tomonini to‘g‘rilashda to‘g‘ri tovush talaffuz malakalarini o‘zlashtirish bir necha davrni o‘z ichiga oladi.
Birnchi davr- nutqgacha bo‘lgan mashqlar davri quyidagi ish turlaridan iborat: Nafas mashqlari. Artikulyasion gimnastika. Aloxida tovushlar artikulyasiyasi. Bo‘g‘in mashqlari.
Ikkinchi davr-tovushlarni farq qilish davri.
Uchinchi davr-integratsiya davri, ya’ni bog‘langan nutqda tovushlarni pozitsion o‘zlashtirishlarni o‘rgatish.
Turtinchi davr- avtomatizatsiya davri.
Olib boriladigan logopedik tuzatish ishlari ikki davrga bo‘lib olib boriladi:
1 davr- operatsiyagacha bo‘lgan davrda olib boriladigan logopedik ishlar.
2 davr-operatsiyadan so‘ng olib boriladigan logopedik ishlar.
Operatsiyagacha bo‘lgan davrda quydagi vazifalar xat etiladi:
1 - yuz muskullarini ortiqcha harakatdan ozod etish.
2 - unli tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga tayyorlash.
3 -bola talaffuz qilishi mumkin bo‘lgan undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuzga tayyorlash.
Operatsiyadan so‘ng olib boriladigan logopedik ishlar bir muncha murakkablashadi:
1-yumshoq tanglayning harakatchanligini rivojlantirish.
2-tovushlar talafuzida artikuliatsiya a’zolarining noto‘g‘ri xolatini bartaraf etish.
3- nutqdagi hamma tovushlarni talaffuzga tayyorlash.
Operatsiyadan so‘ng olib boriladigan maxsus ish turlari quyidagilardan iborat:
a) YUmshoq tanglayni massaj qilish.
b) Bo‘g‘izning orqa tomoni va yumshoq tanglay gimnastikasi.
v) Artikulyasion gimnastika.
g) Bu mashqlarning asosiy mashqlari quydagilardan iborat:
-og‘iz orqali chiqariladigan xavo oqimining davomiyligini va kuchini oshirish.
-artikulyasion muskullar faoliyatini yaxshilash.
YUmshoq tanglay massajining asosiy maqsadi operatsiyadan so‘ng xosil bo‘lgan to‘qimadagi chandiqni yumshatishdir. Massajni gegena talablariga rioya qilgan xolda ovqatlanishdan oldin o‘tkazish lozim.
Yumshoq tanglay gimnastikasi bir qator mashqlarni o‘z ichiga oladi:

  1. 1.Suvni yutish yoki yutish harakatiga taqlid qilish.

  2. 2.Og‘izni ochgan xolda esnash.

3.Kam miqdordagi issiq suv bilan tomoqni chayish.
4.Yo‘talishga taqlid qilish. Bu mashq juda foydali bo‘lib yo‘talish xalqumning orqa devor muskullarini aktiv qisqarishga olib keladi.
5.Unli tovushlarni baland ovoz bilan aniq aktiv talaffuz etish. Bunda og‘iz bo‘shlig‘i rezonansi kuchayadi va burunlashishi kamayadi, yuqorida bayon etilgan mashqlar operatsiyagacha va operatsiyadan keyingi davrlarda ijobiy natijalar beradi. Bu mashqlarni o‘zliksiz olib borish natijasida bola xavo oqimini yo‘nalishini seza boshlaydi va uni to‘g‘ri yo‘naltirishni o‘rganadi.
1.3. Korreksion ishlarning mazmuni va vazifasi.
Rinolaliya, ya’ni dimoqdan, dimoq bilan gapirish, tovushlar talaffuzi va ovoz tembrining nutq apparatidagi anatomik-fiziologik kamchiliklari, uzgarishlari natijasida buzilib aytilishidir. Rinolaliya og‘iz va burun bo‘shliqlari O‘rtasida to‘siq yo‘qligidan yoki shu bo‘shliqlar bitib qolganidan kelib chiqadi.
Artikulyasion apparatning tuzilishidagi kamchiliklarga oid ma’lumotlar dastlab XIX asr shifokorlarining ilmiy asarlarida paydo bo‘la boshladi.
V.I.Oltushevskiy nutq kamchiliklarini O‘rganib, adabiyotda O‘rgatilgan ma’lumotlarni umumlashtirib nutq kamchiliklarini tasniflagan va talaffuz kamchiliklarini tegishli guruhlarga ajratgan. U artikulyasion apparat tuzilishining buzilishi natijasida kelib chiqqan tug‘ma yoki hayot davomida orttirilgan kamchiliklarni mexanik dislaliya deb atagan. Rinolaliyaga esa dislaliyaning bir turi deb qaralgan.
Rinolaliya E.F.Rau (1933), Z.G.Nelyubova (1939), M.Morli, V.V.Kukol (1941), A.G.Ippolitova (1955, 1963), I.I.Ermakova (1984), G.V.CHirkina (1989) va boshqalar tomonidan ayniqsa keng o‘rganilgan. Ularning fikricha, rinolaliyaning oldini olish choralarini kurish, korreksion-tarbiyaviy logopediya ish sistemasini to‘g‘ri tashkil etish, ota-onalarning uz boalalarini vaqtida mutaxassis-shifokor, logopedga kursatib davolatishi muhim ahamiyatga egadir.
Boladagi kamchilikning turini aniqlash va unga tegishli yordam kursatish hozirgi logopediya fanining muhim mu ammolaridan bo‘lib hisoblanadi va bola hayotida muhim rol o‘ynaydi.
Ma’lumki nutq jarayonida yumshoq tanglay muhim vazifani bajaradi. Burunli tovushlardan tashqari xamma tovushlarning talaffuzida burun va burun-halqum bo‘shliqlari orasida tirqish hosil bo‘ladi. Bu bo‘shliqlarni bir-biridan ajratib turuvchi tirqish tanglay halqum tirqishi deb ataladi va u ikkita mushak guruhining bir vaqtda harakatlanishidan yuzaga keladi. Pardaning oldingi qismini yumshoq tanglay va halqumni orqa devorlarning mushaklari tashkil etadi. YUmshoq tanglayning kutarilishi yumshoq tanglay va halqum yon devorlari mushagining to‘g‘ri ishlashiga bog‘liqdir.
YUmshoq tanglay ovoz hosil bo‘lishida kutarilib, bo‘rtib chiqadi. Bu bo‘rta, ya’ni dO‘nglik halqumning orqa devorlari bilan birlashadi. Ayni vaqtda, ovoz hosil bo‘lishida yumshoq tanglay xarakati bilan halqum orqali devorlari o‘z holatini o‘zgartiradi.

Mushaklarning qisqarishi natijasida halqum shilliq qavatning yuqori qismi ko‘tariladi va burun halqumiga ochilish yo‘lida kundalang to‘siq yoki do‘mboqcha hosil bo‘ladi.


Buning anatomik asosini halqumning yuqori mushaklari tashkil etadi. YUqoridagi mushaklarning harakati natijasida tanglay-halqum tirqishi hosil bo‘ladi.
Talaffuzdagi tovushlarning xususiyatiga qarab, yumshoq tanglay turlicha kutariladi va tirqish hajmi ham shunga yarasha uzgaradi.
Tirqishning hajmiga qarab ovoz kuchi har xil buladi. I.I.Ermakova tekshirishlari shuni kursatadiki, unlilarni talaffuz qilish vaqtida tirqish hajmi katta bo‘lar ekan.
Undosh tovushlar talaffuzida bu tirqish tor bo‘ladi. Faqat M va N tovushlari talaffuzida esa bu tirqish umuman hosil bo‘lmaydi va havo bemalol burunga O‘tadi. Agarda shu organlarda kamchilik bo‘lsa, u yoriq hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi yoki umuman burun-halqum yo‘li to‘silib qolishi mumkin. Natijada tovushlar talaffuzi uzgarib, bu narsa nutq kamchiliklarini hosil qiladi. Rinolaliya deb ana shunday nutq kamchiliklariga aytiladi. Bunda burun bo‘shlig‘ining rezonatorlik faoliyati yo‘qolib qolishi natijasida ovoz, tovushlar talaffuzi noaniq,jonsiz xarakterda bo‘ladi, odam manqalanib gapiradi.
M.D. Dubov (1960) va keyinchalik N.L. Kozina ma’lumoti bo‘yicha (1971) har yili Rossiyada besh mingdan ortiq tanglay kemtigi bilan tug‘iladi. Tug‘ma tanglay kemitigi hodisasini keltirib chiqaruvchi sabablar haligacha to‘la aniqlanmagan.
Olimlardan E.M. Nemchinova (1970), V.M. Messina (1971), G.V. Kruchinskiy (1974) fikrlariga kura, homiladorlikning 7-8 haftaligida onaning og‘ir kassaliklar (toksoplazmoz, parotit va boshqalar) bilan, og‘ir ruhiy kechinmalarini boshidan kechirishi bolaning tanglay – lab kamchiliklari, kemtiklari bilan tug‘ilishi mumkin.
CHet el adabiyotidagi ma’lumotlarga qaraganda, tanglay-lab tuzilishidagi nuqsonlar irsiy sabablarga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Bolada umuman rinolaliya borligini aniqlash qiyin emas. Avvalo, talaffuzning noaniq bo‘lib, bolaning manqalanib gapirishi unda rinolaliya borligini kursatadi. Biroq, rinolaliya ochiq yoki yopiq, yo bo‘lmasa, ikkalasi birga qo‘shilgan aralash holda bo‘lishi mumkin. Uning xilini aniqlash uchun og‘zini ochib, artikulyasion nutq apparati kuzdan kechiriladi. Ochiq rinolaliya tanglayda yoriq borligi darhol kuzga tashlanadi. Agar bolada yopiq rinolaliya alomatlari birga kushilgan bo‘lsa, aralash rinolaliyadir.



Download 164 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish