I BOB MAKTABGACHA TA’LIMDA BADIIY- ESTETIK DIDNI SHAKLLANTIRISHNING MAZMUNI VA AHAMIYATI
Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy faoliyatga o‘rgatish masalalarining o‘rganilganligi.
Komil inson tarbiyasi kompleks ta’sir etuvchi vositalar negizida amalga oshiriladi. Bu kompleksda badiiy-estetik mazmundagi, bilimlar tasavvurlarning ham muhim o‘rni bor. SHuning uchun ham barcha davrlarda yosh avlodning estetik tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qaralgan. Jumladan, yosh avlodning dunyoning anglashi, atrof muhitdagi voqea va xodisalarga nisbatan o‘z munosabatlarini namoyon etishda estetik tasavvurlar, bilimlar, muayyan ko‘nikmalar va malaka shakllangan bo‘lishi lozim. Aynan mana shu sifatlar vositasida bolalar o‘zining «men»ining dastlabki chizgichlarini ifodalab, tasvirlay boshlaydi. Uning sifati va shakllanish jarayonining sur’ati, tezligi mavjud pedagogik shart-sharoitlar, pedagogik ta’sir etuvchi omillarga bog‘liq. Zero, estetik mazmundagi faoliyat umumiy dunyoqarashning tarkibiy qismidir.
A.A.Leonev ta’kidlaydiki, ta’limning yo‘nalishi, mazmuni bolani shaxs sifatida shakllanishida etakchi o‘rin tutadi. Xususan, bu yo‘nalish istiqbolida bolalarni o‘zlarini hayotlarida faoliyat ko‘rsatishlari uchun muayyan ijtimoiy tajribalar to‘playdi, dunyo, tevarak atrof haqida yaxlit tasavvurni shakllantirish, bolalarni o‘z-o‘zini namoyon etishi borasidagi harakat, intilishlarini rag‘batlantirishga qaratiladi. Bu borada estetik mazmundagi mashg‘ulotlar asosiy o‘rinni egallaydi, ya’ni bu yoshdagi bolalarda olam haqidagi ilmiy dunyoqarash elementlarini tasavvurlarini shakllantirishda badiiy-estetik mazmundagi mashg‘ulotlar ustivor ahamiyat kasb etadi. CHunki ular hammaga, barcha yoshdagilar uchun ham umumiy hisoblanadi. Zero, musiqiy, tasviriy ijodiyot, drama, raqs, adabiyot insonning ma’naviy madaniyatining ajralmas qismidir. Ayni paytda bular insoniyat tomonidan atrof-muhitni, zamon va makonni, uning qonuniyatlarini, bir suz bilan aytganda, badiiy ijodiyot namunalarini o‘rganishning, o‘zlashtirishning umumiy universal yo‘lidir.
Bolaning estetik mazmundagi mashg‘ulot, ya’ni badiiy ijodiyotning u yoki bu turi bilan shug‘ullanishi, bu jarayonning ishtirokchisi sifatida dunyoning bir bo`lagi sifatida olamni anglashlari demakki, uning muayyan dunyo qarashini tasavvurlarini shakllantirishning pedagogik jihatidan kafolatlangan shaklidir.
Bolalarda dunyoqarashni shakllantirishda musiqiy tarbiyaning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, bugungi kunda aynan musiqa insoniyat hayotiga eng chuqur kirib borgan, ijtimoiy-madaniy xodisa sifatida badiiy-estetik jixatidan yuqori ta’sir kuchiga ega. Tarixdan ma’lumki, bizning buyuk qomusiy olimimiz Abu Nasr Forobiy dunyodagi asosiy fanlarni to‘rt guruhga bo‘lib, shulardan biri musiqa ekanligini ilmiy jihatdan asoslab bergan.
YOsh avlodning dunyoqarashini shakllantirishda badiiy adabiyotning ham ahamiyati katta. Buyuk shaxslar, taniqli ijodkorlarning xayotlari bilan tanishar ekanmiz, ularda dunyoqarashlarining shakllanishida, ijodkorlik kurtaklarini yoyilishida badiiy adabiyotning o‘rni beqiyos bo‘lganligining guvohi bo‘lamiz. O‘zbeklardan Hamid Olimjon, ruslardan A.S.Pushkinlarni eslashning o‘zi kifoya, ular buvilari, enagalarining ertaklari orqali dunyoni taniganlar. SHu ma’noda yosh avlodga ertak aytib berish, bu jarayonni maqsadli ta’limiy va tarbiyaviy tadbir sifatida taqdim etilishiga urg‘u berish lozim, ya’ni bola ertakning passiv eshituvchisi emas, balki ertak syujeti asosida olamni, faol anglovchi sub’ekt sifatida qabul qilinishi lozim. Bu jarayonni pedagogik jahitidan to‘g‘ri tashkil etishida bolaning ertak syujetini o‘z tafakkurida «qayta ishlash» ga o‘rgatish, syujet bo‘yicha savollar tuzish va ularga javob topish, javoblardan xulosalar yasash, umumlashtirish orqali shaxsiy mulohazalar bildira olishga o‘rgatish muhim ta’limiy va tarbiyaviy tadbirdir.
YOsh avlodning dunyoqarashini tarkib toptirishida badiiy-estetik manba - ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati bu jarayonning qimmati shundaki, katta yoshdagilardan farqli o‘laroq ertakdagi voqea-hodisalar bolalar tomonidan u qanday aytilgan bo‘lsa o‘shanday qabul qilinadi. Bunda yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik kabilarga bolalar o‘z munosabatlarini bildira boshlaydilar. O‘zlaricha ertak bo‘yicha u yoki bu syujetlarni to‘qiy boshlaydilar, ya’ni nimalarnidir ixtiro qila boshlaydilar. SHu tariqa bolalar dunyoqarashida aniq chizmalar shakllana boradi. Bular ko‘p hollarda ijodiy xarakter kasb etadi. SHu tariqa ularning xayoliy tasavvurlari o‘sadi.
Ertaklar mazmuni asosida tasviriy faoliyat ko‘rsatish tasavvurdagi hodisalar, undagi obrazlarni qayta talqin qilish, unga o‘z «tahriri» ni singdirish, shaxsiy faoliyatining yangi qirralarini, usullarini o‘zlashtirishga keng yo‘l ochib beradi. SHuningdek bu jarayon bolada fikrlashga, o‘z tasavvurlarini tushuntirishga, pirovard natijada mustaqil xolda fikrlashga o‘rgatadi.
Mustaqil fikrlash dunyoni anglash, muayyan dunyoqarashga ega bo‘lishning dastlabki bosqichidir. Zero, yosh avlodning tajribasida tasviriy faoliyatning ulushi katta. SHu bois bolalarda estetik tasavvurlarning nafaqat umumiy dunyoqarash- larini shakllantirish vositasi, balki ularni umumiy rivojlanishi, muhim ijtimoiy hodisa- vositasi sifatida qarash joiz. Zero, ta’lim yo‘nalishlari, tamoyillari, uning mazmuni, uslublari qanchalik takomillashtirilmasin, bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishmas ekan, ularning bilimi ongli, mustahkam bo‘lmaydi, demak, uning amaliy tadbiqi ham oqsaydi.
Mustaqil fikrlash haqida mulohaza yuritar ekan, har bir fan sohasi vakillari aynan o‘sha damni bu borada ustun qo‘yishiga intiladi. Bu holat bolalar «bisoti» dagi faoliyati turlariga ham bog‘liq. Bunda shubhasiz, tabiiy- ijobiy ma’no bor. Biroq, mustaqil fikrlash genezisini fiziologik tahlili, kuzatuvi tasviriy faoliyatni mustaqil fikrlashda odamning, keyinchalik insonning ichki ruhiyatiga tabiiy- fiziologik jihatidan eng yaqin faoliyat ekanligini anglash qiyin emas.Faktlarga murojaat etamiz.
Ulg‘ayayotgan bolalarimizning onggidagi dastlabki fikrlar aynan tasvir vositasida «bayon etiladi». Bu oddiy qalam, ruchka, flomasterda bajarilgan turli chiziqlar, bo‘yoqlardagi turli surtmalar tarzidagi kichik xikoyalar, fikrlar tasviridir. Faqatgina oddiy ko‘z, maxsus yo‘naltirilmagan nigoh bu fikrlarni «o‘qiy olmaydi». CHunki bu fikr «boshqa tilda bitilgan». Bolalarni eshitgan ertaklari, ko‘rgan multfilmlariga o‘z imkoniyatlari darajasida illyustratsiyalar ishlashi fikr bildirishining, demakki dunyoni anglashning bir shaklidir.
Hamma ham rassom bo‘lmaydi. Bunga xojat ham, ehtiyoj ham yo‘q. Rassom degan iboraga e’tibor qilaylik. Odatda uni san’at tushunchasiga qiyoslashadi. San’at tushunchasi uz navbatida inson faoliyatining barcha sohalariga tadbiq etiladi. Qaysiki, u o‘z faoliyat mahsulini yuksak maxoratli darajada bajara olsa bu mahsulotni san’at asariga qiyoslashadi. YAxshi mahsulotning zamirida nafaqat mahoratli malaka, balki fikr ham yotadi, aynan aniq mazmun va yo‘nalishga ega bo‘lgan fikr odamni insoniylikka, oddiy individni mahoratlilikka yo‘naltiruvchi «etakchi motor» vazifasini o‘taydi. Rassomning asari fikr, tafakkur, fikr bulganda ham aloxida hollarda yakka tartibda mustaqil fikrning mevasidir. CHunki rassom o‘z asarini mustaqil bajaradi. Asariga nisbatan o‘z fikrini to‘la- to‘kis bayon etib bo‘lmasdan uni boshqa birovga kursatmaydi. Uni xattoki o‘zidagi
«begona fikr»dan ham (boshqa asarning mazmuni va kompozitsiyasiga oid fikr) dan ham qizg‘anadi, asraydi. SHu bois asar yakunlangunga qadar uni ustidan ishlamagan paytlarida ularning ustidan parda tortib qo‘yiladi. Demak, u rassom mustaqil fikrlovchi sub’ekt sifatida mustaqil fikr ob’ekti – asarni yaratilishi sa’natining yorqin vakili sifatida e’tirof etiladi. Uz holicha «asar» yaratilayotgan bolaga ham shu jihatlarning ayrim xususiyatlarini qo‘llash mumkin. Faqat buni barcha barobar qabul qila olmaydi. Buning uchun ayrimlarda, yana shu mustaqil, sog‘lom fikrni ojizligi sabab bo‘ladi. Bu ojizlikning negizi qaerda? Uning boshlang‘ich bosqichini topish va bartaraf etish choralari bormi? Albatta bor. Uni ta’limda, ta’limning barcha bo‘g‘inlaridan, shu jumladan maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash sifatida ham qidirishi kerak. Bu bo‘g‘inlarning istalgan bir bo‘lagidagi, maktabgacha ta’limda, shu jumladan, mustaqil fikrlashni, badiiy- estetik faoliyat orqali dunyoni anglashni oqsashiga, pirovard natijada ta’limning keyingi bo‘g‘inlarida keng ma’noda badiiy tafakkurning etishmovchiligiga olib keladi.
Farzandlarimizda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishda ularni olamni, borliqlarni, hodisa jarayon va buyumlarni anglab idrok etish malakalarini tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning qiziqish ko‘lamlari barqarorlasha borib, faoliyatlar borasidagi dastlabki tabaqalashuvlar sodir bo‘la
boshlaydi. «Bolalar badiiy obrazlarni qanday bo‘lsa, o‘shanday tarzda estetik jihatidan anglab uni baholay boshlaydilar» SHu tariqa nafaqat u yoki bu tur, janrdagi san’at asarini, hamda dunyoni, olamni anglab o‘zlashtira boradilar.
YOsh avlodning dunyoqarash elementlarini shakllantirishda estetik ong ham muhim ahamiyat kasb etadi. Estetik ong-bevosita ijtimoiy borliq, tabiat va san’at bilan muloqot qilish jarayonida shakllanadigan bu qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar, badiiy mulohazalar mezonlari estetik idrok etish majmuasidir. Estetik ongning asosini esa estetik idrok etish tashkil etadi. Estetik idrok etish – bu atrof-muhitdagi hodisalar, jarayonlar, buyumlarning estetik mohiyatlarini o‘zlarida aks ettirishi xossasi bo‘lib, u bir vaqtni o‘zida xissiy, hamda xususiy ahamiyat kasb etadi, bu ikki jihatning uzviy aloqasida sodir bo‘ladi. To‘laqonli estetik idrok etish faqatgina estetik tushuncha va mulohazalarning bir butunligida mumkin bo‘ladi.
Estetik idrok etishda yosh avlodning indivudialligi, dunyoni, olamni anglashga bo‘lgan shaxsiy moyiliklari, qiziqishlari, shular negizida dunyoqarashi mazmunining tamoyillari namoyon bo‘lib, ular shakllanib boradi. Birok, I.A.Pavlov ta’limotiga ko‘ra fiziologik me’yorlar nuqtai nazaridan insonlarning asab tizimi faoliyatiga binoan tevarak atrofni idrok etish badiiy va tafakkuriy turlarga bo‘linadi. Birinchi guruhga mansublar tashqi dunyoni juda ziyrak qabul qiladi va birinchi signal bevosita asosiy omil vazifasini o‘taydi. Bu toifadagilar obrazlar, bevosita badiiy asarlar ta’siriga tez beriladi.
Ikkinchi toifadagilar o‘zining tahliliy faoliyati bilan avvalgilaridan ajralib turadi va ikkinchi signal tizimi – so‘z, xodisalarning tahlili va umulashtirilishiga asoslanadi. Olamni, borliqni, hodisalarni va jarayonlarni idrok etishdagi bunday tafovutlarning dastlabki ko‘rinishlari ilk bor maktabgacha yoshidagi bolalarda namoyon bo‘la boshlaydi. SHuning uchun ham aynan bolalarni idrok etish tipi badiiy yoxud tafakkuriga qarab ularda dunyoqarash elementlarini shakllantirish muhim pedagogik ahamiyatga molik masaladir.
Kuzatishlarning tahlilicha, voyaga etayotgan bolalarning ko‘pchiligi birinchi signallarga asoslangan idrok mexanizmlariga ega. Jumladan, ularning dunyoqarashini shakllantirishning muhim omili - estetik tasavvur komponentlari
rang, shakl, ohang, mazmun va h.k. ko‘p hollarda obrazlar orqali shakllanadi. Bular asta-sekin estetik tasavvurdan estetik extiyojga aylanib boradi. Bu ehtiyojni shakllanish jarayonini mazmun jihatidan to‘g‘ri yo‘naltirish maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda dunyoqarashni tarkib topishida muhim o‘rin tutadi. Farzandlarimizdagi dunyoqarashni shakllanishi aqliy tarbiya bilan bog‘liq ta’limiy va tarbiyaviy jarayon bo‘lganligi uchun tevarak olam haqidagi bilimlar tizimining eng oddiy asoslari haqidagi tasavvurlar.
YOsh avlodning estetik tasavvur, dunyoqarashni shakllanishida muntazamlik, bardamlik etakchi tamoyil bo‘lishi lozim.
YOsh avlodning rivojlanishi jarayonida o‘sib ulg‘ayar ekanlar kattalarning ko‘magida buyumlarni ishlatishni o‘rgana boradi. Masalan, masofadan boshqarish pulti orqali televizorni ulash, bir kanaldan ikkinchi kanalga o‘tish. Xuddi shuningdek, bir rangdan ikkinchi rangni ajratishi, san’at turlari haqidagi elementar tasavvurlarga ega bo‘lish (bu teatr, bu kino, bu tasviriy san’at asari, bu ashula va h.k.) ham estetik mazmun vositasida dunyoqarashni shakllantirish vositasidir. Zero, ularning har birida ijtimoiy hayotning muayyan qirralari aks etgan bo‘ladi.
Bu jarayonda umumiydan xususiyga o‘tish, buyum, hodisa va jarayonlarning tarkibiy komponentilarini anglashga o‘tish, estetik tasavvurlar vositasida dunyoqarashni shakllantirishda N.YA.Galperin, N.F.Talizinalarining ta’limiy g‘oyalaridan bosqichma-bosqich shakllantirish foydalanish imkonini beradi.
YOsh avlodning estetik tasavvurlari, bilimlari asosida dunyoqarashni shakllantirishning turli shakllari bor. Ulardan tasviriy san’atni san’at turi ekanligini, unda muayyan mazmun va mohiyat mavjudligini tasavvur etish, anglash birinchi jihati bo‘lib, tasviriy san’atning turlaridan rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik mavjudligini, ularning bir-birlaridan farqining ajrata olish ikkinchi jihat, uning har bir turining o‘z yo‘nalishi manzara, portret, natyurmort, batal, maishiy, animalistik, mavjudligini bilish va muayyan asarni qaysi yo‘nalishga taalluqli ekanligini ajrata bilish uchinchi jihat va x.k.. Bularning barchasi ma’lum sistemadagi bilimlar majmuasini tavsiflaydi.
Yana bir misol, rang tasvirning natyumort janrida ko‘p hollarda buyumlar tasvirlanadi. Ularning o‘ziga xos shakllari mavjud: choynak, olma, tarvuz, anor va
h.k. sharsimon; kitob - to‘rtburchak; lagan - yassi, aylanasimon; piyola, kosa - gumbazsimon, yarimshar; qovun - ovalsimon; ko‘za - sharsimon va silindrsimon va h. k. SHu tariqa nisbatan tuzilishi jihatidan murakkab bo‘lgan buyumlarning tuzilishini idrok etish, anglash, ularni qismlarga ajratish bo‘yicha malakalar shakllantirib boriladi.
Taniqli psixolog olim A.V.Zaporojets bu jarayonni psixologik jihatlarini ochib berar ekan, buyumlar hodisalar, jarayonlarning tashqi jihatlari shakli, rangi, tuzilishi ma’lum darajada uning mohiyatini ham anglatishini, shu bois bolalarni buyumlarning tashqi xususiyatlari bilan ichki mazmunining mushtarakligini anglatishga o‘rganish aqliy rivojlanishning muhim jihatlaridan biri sifatida tavsiflaydi.
YUqorida keltirilgan xulosani umumiy jihatdan davom ettirgan holda aynan bizning tadqiqotimiz nuqtai nazaridan qaraganda tasviriy san’atning rangtasvir turining manzara janrida yil fasllarini tasviri vositasida yuzaki qaraganda aynan uning rangi orqali manzarani qaysi faslga tegishli ekanligini anglash mumkin, bu tashqi xususiyat. Yil fasllarini almashish tartibi uning ichki mazmunini, ya’ni ranglar qariga yashiringan mazmunni anglashga o‘rgatadi. Bola tabiat va olamning almashinishi haqidagi ob’ektiv qonuniyatni anglab boradi. Bu estetik tasavvurlarning shartli ravishdagi tashqi xususiyat bo‘lib umuman bola shaxsini tarkib toptirish, uning dunyoqarashining shakllanishida shartli ravishda ichki xususiyatdagi ahamiyatini yana bir karra ta’kidlaydi.
Maktabgacha ta’limning vazifasi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy- tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustakil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlashdan iborat.
Asosiy maqsadlardan yana biri zamonaviy tasviriy san’at orqali bolalardagi qobiliyat hamda imkoniyatlarni aniqlab, ularni to‘g‘ri shakllantirish va yuzaga chiqarishdir. Tasviriy san’atning o‘ziga xos murakkabliklarini tushunib, uning nozik qirralarini maktabgacha yoshdagi bolalarga ulashish mahoratiga ega bo‘la oladigan tarbiyachilarni etishtirib chiqarish vazifasi turibdi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat vositasida bolalarning estetik qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyachining o‘rn ibeqiyos. U chuqur bilim va yuqori malakaga ega bo‘lishi, buning uchun muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi, o‘zining ilmiy nazariy saviyasini tinimsiz ko‘tarishi, ilg‘or tajribalarga tayanishi kerak.
Davlat umumilliy dasturi ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni ham shaklan, ham mazmunan zamon talablariga moslashtirish, ta’lim sifat- samaradorligini uzluksiz takomillashtirib borishga yo‘naltirildi. Tasviriy faoliyati bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasasi dasturi va maktabda tasviriy san’at dasturi bolalarda tevarak atrofga nisbatan, san’at bolalarda estetik munosabatni tarbiyalash ijodiy qobiliyat va tasvirlashlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mashg‘ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishlari uchun zarur bo‘lgan vazifalar xal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritishning analiz, sintez, takrorlash, konkretlashtirish kabilar shakllanadi. SHuningdek bu jarayonlarda bolalar jamoada ishlashga, o‘z harakatini o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysundirishga o‘rganadilar.
Bolalar maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyati mashg‘ulotlari bolalarda, o‘quv faoliyatida zarur bo‘lgan malaka ko‘nikmalarni shakllantiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining tasviriy faoliyat birlamchi yo‘nalishi maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy-estetik tarbiyalash hisoblanadi. Bu yo‘nalishning samarasi estetik yo‘nalishning barcha vositalarini (teatr, musiqa, badiiy adabiyot, rasm chizish, applikatsiya va boshq.) kompleks tarzda qo‘llanilgandagina aniq bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tiladigan “Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari bolalarga beriladigan estetik tarbiya masalalarini echishda katta ahamiyatga ega. CHunki tasviriy faoliyat o‘z xususiyatiga ko‘ra badiiy faoliyat
hisoblanadi. Badiiy faoliyat mashg‘ulotlarining barcha turlari bolalarda go‘zallikni bilish uchun, borliqqa emotsional-estetik munosabatni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi.
“Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari jarayonida:
Badiiy didni tarbiyalash;
Amaliy badiiy faoliyat va malakalarni rivojlantirish;
Fantaziya, ijodiy fikrlash va tasavvur qilish, idrok qilishni rivojlantirish;
Qo‘lning aniq harakatlari va barmoqlarning mayda motorikasini rivojlantirish;
Kasbiy badiiy-ijodiy faoliyat kurtaklarini namoyon bo‘lishi uchun imkon yaratish kabi ta’limiy va tarbiyaviy masalalar hal etib boriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ishlab chiqilgan takomillashtirilgan
“Bolajon” tayanch dasturining tuzilishi va mazmunining tahlilidan ayonki, kichik guruhlardan boshlab eng ko‘p vaqt tasviriy faoliyatga ajratilgan.
Agar tasviriy faoliyatning turlari
rasm (2soat),
applikatsiya (0,5 soat),
qurish-yasash (0,5 soat)
loy ishini (1 soat) qo‘shib hisoblasak, jami 4 soatni tashkil etadi.
Haftalik yuklama 12 soatni tashkil etilishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, tasviriy faoliyat barcha faoliyatlarning uchdan bir qismini tashkil etadi. Demak, tasviriy faoliyat integrativ mazmun kasb etuvchi eng katta bo‘lim hisoblanadi va faoliyatning boshqa turlari bilan mantiqiy va didaktik bog‘liqlikda amalga oshiriladi. Bu omil tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari mazmuni va metodikasini faoliyatning boshqa turlariga hamohang tarzda takomillashtirib borish lozimligini anglatadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarda
bolalar asosan amaliy ish bajaradilar, san’at asarlarini bilan rasmga qarab hikoya qilish; maktabda esa tasviriy san’atning turlari rang tasvir, grafik, haykaltaroshlik
va dekorativ san’at asarlari bilan yanada chuqurroq tanishadilar. Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari xilma-xildir: rasm chizish, loy, applikatsiya, qurish-yasash mashg‘ulotlari hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida keltirilgan mashg‘ulotlarning hammasiga katta ahamiyat beriladi. Boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya masalalarining muvaffaqiyatli hal etilishi, maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan tasvirlash faoliyati mashg‘ulotlari bilan uzviy ravishda olib boriladi.
Bolalar guruhdagi olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida, qalam hamda mo‘yqalamdan erkin foydalanishga o‘z xarakterini va qo‘l kuchini idora etishga o‘rganadilar. Bu esa, malakani egallash, bolalarda qo‘lini engil,erkin bir tekisdagi harakat qilish xususiyatlarini rivojlantiradi. Bolalar turli shakl, kattalik, proporsiyadagi predmetlarni chizish jarayonida predmetning ish xususiyatiga qarab yo‘nalishni saqlash zarurligiga, predmetning kattaligiga mos ravishda harakatlanishga o‘rganadilar. Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida materialdan tartibli foydalanishga , ularni toza saqlashga, faqat zarur materiallardan hamda ularni ishlatish yo‘llarini rejalashtirishga o‘rganadilar. Bu mashg‘ulotlar bolalarda diqqatni va ko‘rish xotirasini rivojlantiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhida naturaga qarab rasm chizish yoki tasvirlashga nisbatan talablar oshadi va bu talablar maktab talabiga yaqinlashadi. Naturaga qarab tasvirlashda ishning ketma- ketligini ko‘rsatib, bolalar tayyorlov va katta guruhida o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidagina amalga oshiriladi. Bolalar naturani analiz qilishga butun umumiy shaklni xomaki qog‘ozga tushirib olishga, rasmni naturaga solishtirishga, xato va kamchiliklarini to‘g‘rilashga, naturaga o‘xshatishga urinadilar.
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida geometrik shakllarni topa olishga yoki ko‘ra olishga, ularni terminlar bilan atashga, kengligi kattaligi, uzunligi, balandligini, qismlarning bir-biriga nisbatan fazoviy joylashishini bilan tanishishni bolalarni maktabni 1-sinfda elementar matematik tushunchalarini puxta egallashlariga yordam beradi. Qurish-yasash mashg‘ulotlarida materiallardan qurish yasash bolalarda ko‘z bilan chamalashni shakllantiradi va bolalarni
maktabdagi texnik darslarni egallashga yoki o‘zlashtirishga yordam beradi. SHunday qilib, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalardagi badiiy did va ijodiy qobiliyatlar o‘sadi va bu orqali maktabda o‘qishga tayyorlanib boriladi.
CHunki bolalar predmetlar bilan uzviy bog‘lanadilar, ularning o‘ziga xos sifatlari, shakli, rangi, katta-kichikligi bilan tanishadilar, ularni farqini, o‘xshashligini aniqlaydilar, bu esa, bolalarni sensor tarbiyalashga, ko‘rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi. Tasviriy faoliyat bolalarni axloqiy tarbiyalaydi. Bolalar ishlarida o‘z hayotida, jamiyatda bo‘layotgan voqea- hodisalarni aks ettiradilar, ulardan mamnun bo‘ladilar, hayajonlanadilar. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari-boshlagan ishini oxiriga etkazish, oldiga maqsad qo‘yib, o‘shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni engish, o‘rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarga bir-biriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlari ; ishni baholash jarayonida, ularda o‘rtoqlarining ishga nisbatan real munosabatda bo‘lish, to‘g‘ri baholash, o‘z ishidan va o‘rtoqlarining ishidan xursand bo‘lish kabi axloqiy sifatlar shakllanadi.
Tasviriy faoliyat-bu bolalarni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat qilishga undovchi faoliyatdir. Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir predmetning katta- kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish bu estetik sezgining bo‘laklari hisoblanadi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi - rangi, ritmi, proporsiyani chuqurroq sezish bilan bog‘liqdir. Bola rangni, shaklni, uning xilma- xilligini sezsa, shunchalik ranglar aralashmasining xilma-xilligidan zavq oladi, bahramand bo‘ladi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi, ularda predmetga va uning ba’zi sifatlariga nisbatan estetik baho berishni rivojlantiradi. Ularda tasviriy san’at asarlarini tushunishga, ularga nisbatan his-tuyg‘uni, munosabatni tarbiyalaydi. Tasviriy faoliyat bolalarning badiiy ijodiy o‘sishida muhim o‘rin egallaydi. Bolaning badiiy ijodiy o‘sishi-bu obrazli fikr yuritish, estetik idrok etishni va obraz yaratishda zarur bo‘lgan malaka, ko‘nikmalarni egallash
hisoblanadi. Masalan: tabiatga yoki istirohat bog‘iga sayr, kuz faslida ekskursiya uyushtirish.
Tarbiyachi bolalarni predmet yoki tevarak atrofni kuzatishda kelib chiquvchi estetik his- tuyg‘u orqali, tevarak-atrofga, kishilar mehnatiga to‘g‘ri baho berish, Vatanga nisbatan muhabbat kabi sifatlarni tarbiyalash mumkin. Bolalarni o‘z ishini yana ham chiroyli va yaxshi bajarish, boshqalarga yoqadigan, ular ko‘rganda quvonadigan qilib yaratish - bu badiiy, axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Maktabga bolalarni tayyorlashda tasviriy faoliyat katta ahamiyat kasb etadi. Rasm, loy, qurish materiallari bo‘yicha bilim, malakalarini egallash maktabda tasviriy faoliyat darslari va mehnat darslarini muvaffaqiyatli egallashlariga asos bo‘ladi. Ularni o‘quv faoliyatiga tayyorlaydi: pedagogni tinglashga, uning ko‘rsatmalarini bajarishga o‘rgatadi. Oldiga qo‘yilgan vazifani hal etishda, uning asosiy va muhim hal etish yullarini izlab topish bu o‘quv faoliyatning asosiy sababchilaridan biridir. Tasviriy faoliyat jarayonida o‘z ishini nazorat qilib borish, maktabda vazifalarni bajarishda ham rol o‘ynaydi. SHuningdek, bola tasviriy faoliyat jarayonida psixologik jihatdan ham tayyorlanib boradi.
Tasviriy faoliyat bolani maktabga psixologik-aqliy tayyorgarligini oshiradi. Buni bolaning o‘zini tutishi va barcha xarakatlarni anglagan xolda bajarishida ko‘rishimiz mumkin.
Rasm chizish, loy bilan ishlash, applikatsiya mashg‘ulotlari, bolani o‘z vaqtini rejali taщkillashtirishga, boshlagan ishini oxiriga etkazishga o‘z ishini yanada yaxshi va to‘g‘ri bajarishga, yangilik yaratishga, ma’lum ko‘nikma va malakalarni egallashga, diqqat bilan tinglashga va kattalar aytgan vazifalarni bajarishga o‘rgatadi.
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotini o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan materiallar quyidagilar: qog‘oz, qalam, mo‘yqalam,bo‘yoq, elim, qaychi, plastilin va xokazo.
Bolalar asosan yorqin ranglarni yoqtirishadi, ularni bo‘yoq va qalamlar to‘plami o‘ziga jalb etadi. Bo‘yoqlarni xar xil rangdaligi bolalarning dunyoni yorqin tasvirlashga imkon yaratadi va mazmunli rasm solishga turtki bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |