XULOSA
Yosh avlodni jismoniy jihatdan tarbiyalash va ta`lim berish O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da belgilab berilgan.
Maktabgacha ta`lim yoshida bola organizmi jadal rivojlanadi. Uning asab tizimi, suyak muskul sisitemalari jadal shakllanadi. Nafas olish organlari takomillashadi. Ana shu davrda sog`-salomatlik va to`laqonli jismoniy va ma`naviy kamolot uchun zamin yaratiladi. "Ta`lim to`g`risida"gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ko`rsatilgan asosiy maqsad ham shu bo`lib hisoblanadi. Maqsadga qaratilgan jismoniy tarbiya kichkintoylarning aqliy
rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Ularning tabiiy atrofdagi narsa va xodisalar haqidagi bilimlari oshadi, joyni va vaqtni bilishi takomillashadi, xarakter xususiyatining ijobiy hislatlari tarkib topadi.
Chaqaloq dunyoga kelgach doimiy parvarishga ehtiyoj sezadi. Bolaning hayoti butunlay kattalarga bog`liq bo`ladi, ular bolaning sog`ligini saqlash va mustahkamlash mukammal jismoniy rivojlanish to`g`risida g`amxo`rlik qiladilar. Oqilona tashkil etilgan kun tartibi zaruriy gigiena qoidalarini bajarish, harakat jadalligi bolaning kayfiyatiga yaxshi ta`sir ko`rsatadi. Bola sog`lom bo`lsa yaxshi uxlaydi, uning ishtahasi xam yaxshi bo`ladi.
Jismoniy tarbiyaning muhim vazifasi bola organizmini chiniqtirishdir. Chiniqtirish yo`li bilan bolalarning sog`ligini mustahkamlash ularning shamollashga va yuqumli kasalliklarga qarshilik ko`rsatish qobiliyatini oshiradi. Temperaturaning o`zgarishi va ob-havoning turli haroratlariga moslashish qobiliyatini oshirаdi.
Yuqoridagi mavzuni olishga kuzatishlar va olib borilgan suhbatlardan shu narsa ma`lum bo`ldiki bolalar bog`chasida harakatli o`yinlar kam o`ynatiladi. Shu sababli muammoni o`rganib chiqishga, yutuqlarni aniqlashga va kamchiliklarni bartaraf qilish uchun nimalar kilish kerakligini o`rganib chiqish, muammoni yechimini topishga harakat qildim.
Anketa-savolnoma tuzib bu borada tarbiyachilarning fikr va mulohazalarini aniqlashga harakat qildim.
So`rovnamani Buxoro shahridagi 27, 28, 67, 85 sonli maktabgacha ta`lim muassasalari tarbiyachilari o`rtasida o`tkazdik. Bu ishda bizga Buxoro shahar hokimligi, xalq ta`limi bo`limi maktabgacha ta`lim mutaxassislari yaqindan yordam berdi. Jami bo`lib anketa-so`rovnamada 60 tarbiyachi qatnashdi.Tarbiyachilarning fikr va mulaxazalarini umumlashtirib quyidagi takliflarni kiritishni lozim o`ylaymiz:
Maktabgacha ta`lim muassasalari mutaxassislariga sport turlari bilan shug`ullanish uchun sharoiт yaratib, ularga amaliy-uslubiy yordam berish. Bu ishda etakchi mutaxassislarni jalb qilish, ya`ni sport bilan doimiy shug`ullanib
kelayotgan tarbiyachilar, bolalar va o`smirlar sport maktablari mutaxassislari, umumta`lim maktablarida faoliyat ko`rsatayotgan sportchi-o`qituvchilar, BuxDu jismoniy tarbiya fakulteti professor-o`qituvchilari.
Maktabgacha ta`lim muassasalarida tarbiyachilar vaa ota-onalar o`rtasida sport bo`yicha targ`ibot va tashviqot ishlarini olib borish, ya`ni faxriy sportchilar, xalqaro musobaqa g`oliblari, respublika chempionlari, yetakchi sportchilar bilan suxbatlar va uchrashuvlar tashkil qilib o`tkazish.
Maktabgacha ta`lim muassasalari rahbariyati va yuqori tashkilotlardan tarbiyachilarga amaliy-uslubiy yordam berish maqsadida suhbatlar, disputlar, ochiq mashg`ulotlar, ko`rgazmali chiqishlarni tashkil qilib o`tkazish. Bu ishda viloyatda faoliyat ko`rsatayotgan boy tajriba ega bo`lgan yetakchi-mutaxassislarni va uslubshunoslarni jalb qilish.
Tarbiyachilar o`rtasida hozirgi kun talabiga javob beradigan dasturlar, o`quv-uslubiy qo`llanmalar, yangi adabiyotlarni tushuntirish borasida seminarlar tashkil qilib o`tkazish
Tarbiyachilarning fikrini inobatga olgan holda dasturga suvda, qumda, musiqa ohangida va predmet bilan o`ynaladigan harakatli o`yinlarni kiritish uchun viloyat va respublikada faoliyat ko`rsatayotgan yetakchi mutaxassislarni shu masalani o`rganib chiqish va shu asosda dasturga o`zgartirish kiritish yoki dastur tuzishga jalb qilish.
7.Maktabgacha ta`lim muassasalarida ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlab beruvchi oliy o`quv yurtlari, akademik-litseylar, kasb-xunar kollejlarida o`quv rejasidagi harakatli o`yinlarga ajratilgan soatlar sonini ko`paytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |