barcha bozorlarda pullar noelastik. Xususiy sektorning xarajatlari (uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari va firmalarning investitsiya xarajatlari) potensial ishlab chiqarish hajmiga to‘g‘ri keladigan, ya’ni resurslarning to‘liq bandlik sharoitidagi ishlab chiqarilgan hajmiga teng bo‘lgandagi yalpi talab hajmini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun iqtisodiyotda yoki tovar va xizmatlarga o‘zining talabini bildiruvchi, yohud xususiy sektor talabini rag‘batlantirib, yalpi talabni oshiradigan qo‘shimcha makroiqtisodiy agent paydo bo‘lishi lozim. Bunday agent davlatdir. Shu tariqa Keyns davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (davlat faolligi) kerakligini asoslab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |