I.BOB. LOGORITMIK MASHG‘ULOTLARIDA OVOZ VA NAFASNI RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI.
1.1Bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklarining turli- tumanligining o‘ziga xos xususiyatlari.
Bolalar nutqi о‘ziga xos xususiyatga ega bо‘lib, bu asosan bolalar talaffuzida yaqqol namoyon bо‘ladi. Jumladan, ovoz va nutqiy nafasda. Nutq buzilishining asosiy belgilari bular nutqiy artikuliyatsiya motorikasi va nutqiy nafas bilan bog‘liq bulgan tovushlar talafuzi va ovoz nuqsonlaridir. Nutq buzilishlarining turlariga kо‘ra barcha nuqsonlar quyidagilarga bо‘linadi:
a) antropofonik (tovushni buzilib talaffuz kilish)
b)fonologik (tovushni yо‘qligi, tovushni almashtirish, differensiallanmagan talaffuz).
Fonologik nuqsonlarda tovushlarni akustik va artikulyatsion xarakteristikasini noanikligi kuzatiladi. Shuning uchun kо‘p hollarda yozma nutqda ham kamchiliklar kuzatiladi.
Ovoz va tovush buzilishlarining barcha shakllarida
artikuliyatsiya motorikasi buzilishlar kuzatilib, ular bir qator belgilarga ega. Bu xolning artikuliyatsiya muskulaturasida quyidagi shakllari farqlanadi: artikuliyatsiya muskullarining spastikligi - til, lab,
yuz va bо‘yin muskullari tonusining doimiy ravishda ortib borishi. Yaqqol namoyon bо‘lgan muskullar tonusining ortishi natijasida til tarang xolda, orqa tomon tortilgan, til uchini tepaga kо‘tarishga, noaniq holda bо‘ladi.
Lab aylana mushaklarining tonusining ortishi natijasida lablarning spastik birikuvi, taranglashuvi kelib chikadi. Bunda faol harakatlar cheklangan bо‘ladi. Tilning oldinga harakatlar hajmi cheklanadi yeki umuman yо‘qoladi.
Yuz va bо‘yin mushaklari tonusining ortishi artikuliyatsiya apparatining ixtiyeriy harakatlarini yana qiyinlashtiradi. Mushaklar tonusi buzilishining yana bir kurinishi gipotoniY. Gipotoniya til ingichka, lablar bо‘shashgan, ularning birlashish imkoniyati bо‘lmaydi. Bunda, odatda og‘iz ochiq buladi.
Artikuliyatsiya motorikasining buzilishlari artikuliyatsiya mushaklarining harakatchanligining cheklanganligi natijasida kelib chiqadi va bu hol mushaklar tonusining ortishi, ixtiyorsiz harakatlar va disko-ordinatsion buzilishlar hisobiga yanada og‘irlashadi. Artikuliyatsiya mushaklarining harakatchanligini yetarli emasligi natijasida tovushlar talaffuzida kamchiliklar kelib chiqadi. Lab mushaklarining jarohatlanishi natijasida ham unli xam undosh tovushlar talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Ayniqsa lab undoshlari p, m, b to-vushlarida buzilishlar kuzatiladi. Bola lablarini chо‘chchaytirishga, doira holiga keltirishga, tepa labini tepaga kо‘tarishga, pastki labini pastka tushirishga va boshqa bir qator harakatlarni bajarishga qiynaladi. Lablar harakatini cheklanganligi butun artikuliyatsiyani buzilishiga olib keladi.
Logopedik ritmika faol terapiyaning o‘ziga xos shakllaridan bo‘lib, o‘quv fani va uslubining majmuiga ta’sir vositasi hisoblanadi. Logopedik ritmikaning dastlabki tushunchasi so‘z, musiqa va harakatning uyg‘unlashuviga asoslangan. Ko‘rsatilgan komponentlarning o‘zaro munosabati ulardan birining yoki ular orasidagi aloqaning ustunligi bilan turli-tuman bo‘lishi mumkin. Logopedik ritmikaning ikkinchi tushunchasi uning istalgan reabilitatsion uslubiga tarbiya, ta’lim va turlicha anomaliyali rivojlanish hamda nutq buzilishi bo‘lgan odamlarni davolashni kiritishni shart qilib qo‘yadi.
Logopedik ritmikaning obekti nutqiy nuqson, nutqida patologiyasi bo‘lgan shaxslarda nutqiy buzilishlar va nutqqa taalluqli bo‘lmagan psixik funksiyalar tuzilmalari hisoblanadi.
Predmeti – psixomotorli, sensor funksiyalar va harakat tizimining turli-tuman buzilishlarini musiqa hamda so‘z bilan uyg‘unlashtirish.
Maqsadi – nutqiy buzilishlarni nutqiy va nutqiy bo‘lmagan psixik funksiyalar va yakuniy natijada insonning tashqi va ichki muhitga moslashuvini korreksiya qilish hamda rivojlantirish yo‘li bilan bartaraf etish. Logopedik ritmikaning vazifalari sog‘lomlashtiruvchi, ta’limiy (anglash), tarbiyalovchi, korreksiyalovchi sifatida belgilanadi. Nutqida buzilishi bo‘lgan odamlarda sog‘lomlashtiruvchi vazifani hal qilish natijasida suyak-muskul apparatlari mustahkamlanadi, nafas olish, motor, sensor funksiyalar rivojlanadi, muvozanat tuyg‘usi, to‘g‘ri qad-qomat, qadam tashlash, chiroyli harakat tarbiyalanadi. Mashg‘ulotlarning korreksion yo‘nalishi nutqiy buzilishlar mexanizmi va tuzilmalarini, logopedik ishning bosqichliligi va majmuaviyligini hisobga olishni shart qilib qo‘yadi. Logoped patsiyentning yoshi va shaxsiy xususiyatlarini, uning harakat tizimi holatini, nutqiy va nutqiy bo‘lmagan jarayonlarning buzilish xarakteri va darajasini: praksis, gnozis jarayoni, eshitish va ko‘rish idroki, diqqati, xotirasi va q.k. larni inobatga oladi. Bu barcha topshiriqlar maxsus muassasa turiga boqliq: nutqiy bolalar bog‘chasi; ommaviy bolalar boqchalaridagi nutqiy guruh, bolalar uyida – maktabgacha muasasa, maktab; ommaviy umumta’lim maktablaridagi logopedik punkt; bolalar, kattalar poliklinikalarida, psixonevrologik dispanserlardagi logopedik kabinetlar; statsionar, yarimstatsionar, sanatoriy.
Logopedik ritmikaning mohiyatini tushunish uchun harakat, harakatlanish ko‘nikmasi, harakatlanish malakasi, ohang, ritmika, musiqiy ohang, musiqiy-ohangli hissiyot, musiqiy-harakatlanuvchan tarbiya, harakatli o‘yinlar, kineziterapiya, davolash ritmikasi, logopedik ritmika nima ekanligini tushuntirish zarur. Turli ko‘rinishlarni aks ettirgan ushbu tushunchalar o‘zaro zich aloqada. Ular jamiyatning turli rivojlanish davrida yuzaga kelgan. Ularning mazmuni chuqurlashadi, inson to‘qrisida turli-tuman fanlar rivojlanishi doirasida aniqlanib boradi.
Harakat tirik materiyaning asosiy biologik sifati hisoblanib, u jonli tabiatning evolyusiyasi bilan birgalikda mukamallashadi. harakat eng oliy mukammallikka “organizm-muhit” tizimidagi tizimosti o‘z-o‘zini boshqarish hisoblanuvchi organizm, insonning filogenetik rivojlanishida erishadi. harakat – bu tizimda muvozanatlashtiruvchi asosiy mexanizmlardan biri. Inson organizmi nafaqat muhit bilan muvozanatga kirishadi, balki faol moslashadi, ko‘nikadi va bu moslashuv jarayonida bir tomondan, tuzilmaviy va funksional tarzda takomillashadi, boshqa tomondan esa – muhitni faol o‘zgartiradi va moslashtiradi. Ushbu jarayonda harakat insonda o‘ziga xos, sifat jihatidan inson faoliyatining ongli, ijtimoiy-biologik xarakteriga sabab bo‘ladigan yangi xarakterga ega bo‘ladi.
Musiqiy asboblarda o‘ynash Bolalar musiqiy asboblari bilan o‘ynashdan logoritmik mashg‘ulotlarda keng foydalaniladi. Unga alohida rol beriladi, chunki bunday o‘yinlar bolani musiqa olamiga chorlaydi, uning ijodiy qobiyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Ayrim musiqiy o‘yinchoqlardan ko‘rgazmali-didaktik qo‘llanma sifatida foydalaniladi. Ular tarbiyachiga maktab yoshidagi va maktab o‘quvchilarining nafaqat musiqiy – sensor qobiliyatlarini rivojlantirishda, balki ularni ayrim musiqiy savodxonlik elementlari bilan tanishtirish ham yordam beradi. Musiqiy o‘yinchoqlar voqelik va didaktik o‘yinlarda ishlatiladi. Kichik yoshdagi bolalar ularni mamnuniyat bilan o‘ynashadi, kichik orkestr tashkil etishadi. Bolalar musiqiy asboblari va o‘yinchoqlari tovushli va tovushsizlariga ajratiladi. Tovushsiz o‘yinchoqlar musiqiy asboblarni, masalan soqov klaviaturali pianino, torlari chalinmaydigan balalayka, momiqli bayanchiklar va boshqalarni aks ettiradi. Bu o‘yinchoqlardan o‘yin holatini yaratishda, o‘yinni ularga ko‘chirish va o‘tishda barmoqlar jadalligini rivojlantirishda foydalaniladi. Bolalar o‘zlarini «musiqiy raxbar» deb tassavur qiladilar va tarbiyachining taklifi yoki tashabbus bilan «musiqiy mashg‘ulotlar» olib boradilar. Bunday mashg‘ulotlar bolalarda ijodiy va musiqiy-eshitish tasavvurlarini rivojlantiradi. Tovushli o‘yinchoqlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Balandligi aniqlanmagan tovushlarga ega bo‘lgan o‘yinchoq asboblar (shaqildoq, chirmandalar, qoshiq o‘yin va uchburchaklar). 2. Faqat bir balandlikda tovush chiqaruvchi o‘yinchoq asboblar (nay, hamishsurnay, qo‘bizcha). 3. Biriktirilgan kuyli o‘yinchoqlar (organlar, musiqiy qutichalar, musiqiy yashiklar). 4. Diatonik yoki xromatik tovush qatorga ega bo‘lgan o‘yinchoq asboblar (metallofonlar, pianino, royallar, klarnetlar, fleytalar, saksofonlar, bayanlar, naqmalar, lab naqmaalari, qo‘nqiroqlar, sitra va do‘mbiralar, balalaykalar va boshqalar). Bu asboblarda turli xil kuylar chalinadi. Mazkur asboblarga, ayrim shartlarga haramasdan, oldindan mavjud bo‘lgan quyidagi tasnifni qo‘llash mumkin: torli sitralar, do‘mbiralar, balalaykalar va boshqalar xalq asboblari titrdan, nafas bilan chalinuvchi-fleyta saksofon, klarnetlar, triolar; klavish-tilchali «Kuylar»-bayanlar, akkardeonlar, naqmalar; klavish-zarbali-o‘yinchoq pianinalar, real, zarbali chirmandalar, qoshiq o‘yinlar, uchburchaklar, likopchalar, barabanlar, ksilofonlar: Mazkur asboblar tovushlarning balandligi, davomiyligi tembri va dinamikasi bo‘yicha ajratish – musiqiy didaktik o‘yinlarida keng qo‘llaniladi. Logoritmik mashg‘ulotlar mashg‘ulotlarda tovush balandligini eshitishni rivojlantirish uchun har xil balandlikda tovush chiqaruvchi qo‘nqiroqlardan foydalanish mumkin. Bolalar qaysi qo‘nqiroq «baland», qaysinisi esa «past» kuylayotganligini farqlaydi. qiyalatib qo‘yilgan metallofon «musiqiy zinapoya» bo‘lishi mumkin: bolalar tovush zaryadining yo‘nalishini hamda ular orasidagi masofani aniqlashadi. Ritmik tuyg‘uni rivojlantirishda ko‘p hollarda ma`lum bir balandlikda tovush chiqaruvchi zarbali asboblardan yoki ixtiyoriy musiqiy asboblardan foydalaniladi. Masalan bolalar «musiqiy aks-sado» o‘ynini o‘ynashadi, bolalardan biri o‘zining ritmik rasmini chizadi, ikkinchisi esa uni aniq takrorlaydi. Tembr tinglashni rivojlantirish uchun, turli xil asboblarning tovushlarini solishtirish bilan chegaralanmasdan (zarbali, nafasli yoki torli) , balki tembr bo‘yicha kiruvchi ohangning xarakterini farqlay bilish ham foydalidir, masalan, bubenchik va childirmaning, metallofon va uchburchakning va boshqalar. Dinamik eshitishni rivojlantirishda, bolalar tovushlarni o‘yinlar holatiga bog‘liq holda mumkin bo‘lgan ixtyoriy ravishda kuchaytirishi va susaytirishi imkonini beruvchi barcha asboblardan foydalaniladi. Yuqorida qayd etilgan asboblardan bolalar tarbiyachi bilan o‘rgangan qo‘shiqlarni ijro etadilar. Mustaqil ijrodan avval san`at ustalari ijrosidagi vokal, cholg‘u musiqalarni eshitib olgan (tasmali yozuvdan foydalanib) foydadan xoli emas. Musiqiy tarbiyalangan o‘smir va kattalar, har qanday asarlarni tarbiyachi bilan muxokama qilgandan so‘ng, akkordionda, gitarada, balalayka fleyta, pianino va boshqalarda ijro etishlari mumkin. Ijro etilgan asar haqida suhbat uyushtirish, kompozitor unda yoritgan fikrlarga qo‘shilishi mumkin.
Maktab yoshigacha va maktab yoshdagi bolalarga «Kontsert» «Musiqiy mashg‘ulot», «Orkestr» o‘yinlarini o‘ynash taklif qilinadi va bu o‘yinlar esa bolalarning tajribasiga asoslangan bo‘ladi. O‘yin davomida bolalar boshlovchi rahbarligida bir necha nomerlarni bajaradilar, kontsertga qo‘shiqni, raqsni va musiqiy asboblar ijrosini ham qo‘shadilar. «Musiqiy mashg‘ulot» o‘yinini o‘ynashda bolalar tarbiyachi musiqiy raxbar, mashg‘ulot ishtirokchilari rollarini bo‘lishib oladilar. So‘ngra o‘yindagi bir necha xil faoliyatni birlashtiradilar. Masalan, sitrdagi, metallofondagi ijro, raqs va kuyning ohangi bo‘yicha qo‘shiqni aniqlash, jo‘r bo‘lish va boshqalar. «Orkestr» o‘yinida esa dirijyor, musiqachilar tanlab olinadi, qo‘shiqni kuylash yoki bal raqsi uchun musiqiy asboblar belgilab olinadi. Orkestrni quydagi tarkib asosida hisoblash maqsadga muvofiqdir: sitr -6-8, metallofonda –5-7, akkordionda –12, triol-2-3, qoshiqli o‘yin –2-3, uchburchak –2-3, barabanlar, chirmandalar, likopcha – bittadan asbob bilan. Tarbiyachi bolalarni shunday joylashtiradiki, bunda o‘ng tarafda past tovushli asboblar, chap tomonda esa yuqori tovushlilar, zarbali asboblarni esa orqa tarafda erkin holatda joylashtiradi. Bu xolat asboblari eng ko‘p bo‘lgan orkestr ko‘rinishini ifodalaydi, ammo har doim ham asboblarning barcha guruhlaridan foydalanilmaydi. Mashg‘ulot vaqtida faqat bir turdagi asboblardan tashkil topgan orkestr tashkil etish mumkin. Musiqiy asboblar va o‘yinchoqlarda o‘ynash – qo‘l harakatini rivojlantirishda yaxshi yordam beradi, masalan, metallofon, sitra, mediatrga bolqacha bilan zarba berish triodlarda o‘ynash davrida nafasni, qo‘shiq aytish vaqtidagi artikulyasiyani, tanish qo‘shiqlarni tanlashdagi eshitishni, musiqiy asboblarda ijro etish uchun sanoqlarni, ritmik va melodik xirgoyilarni improvizasiya qilish davrida nutqning prosodik tomonini normallashtirishda, umumiy dinamika, teng va o‘yinga kirishishdagi zamonaviylikka rioya qilgan holda ansamblda kuylaganda eshitishni rivojlantirishga zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |