Mundarija kirish i-bob. Ko’z optik sistemasi va uning tuzilishi



Download 1,97 Mb.
bet23/24
Sana09.07.2022
Hajmi1,97 Mb.
#760772
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
marjon kurs ishi

2.5-rasm.
Xulosa

Xulosa qilip shuni aytamanki, odam ko‘zi o‘ziga xos optik asbob bolib, u optikada alohida o‘rin tutadi. Bu, birinchidan, ko‘p optik asboblarning ko‘z sezishiga mo‘ljallangani, ikkinchidan, odamning (va hayvonning) ko‘zi evolyutsiya jarayonida taqsimlashgan biologik sistema sifatida, bionika doirasida optik sistemalarni loyihalash va yaxshilashga doir ba’zi g‘oyalarni vujudga keltirishi bilan tushuntiriladi.


Ko‘z tibbiyotchilar uchun faqat funksional buzilish va kasallanish qobiliyatiga ega bo‘lgan a’zo hisoblanmay, balki ba’zi ko‘zga taalluqli bo‘lmagan boshqa kasalliklar to‘g‘risidagi axborot manbai hamdir
Ko‘rish tizimiga tushgan yorug‘lik elektr impulsiga aylanadi va u ko‘rish nervlari orqali miyadagi markaziy nerv tizimiga beriladi. Fotoretseptorlar sezgirligi juda yuqori bo‘lib, unga tushgan kuchsiz yorug‘likni ham elektr impulsiga aylantirib beradi. Yorug‘lik ta'sirida retseptor hujayralarida ma'lum biokimyoviy reaksiyalarni hosil qildiradi va harakat potensiali yuzaga keladi.
Ko‘z nafaqat elektromagnit to‘lqinni qabul qiladi, balki ularni farqlay oladi ham. Buyum tasvirini va rangini, qanday masofada joylashganini ham aniqlaydi. Tabiat bunga uzoq evolyusiya tufayli erishdi.
Ba'zi umurtqali hayvonlar ham odam kabi ranglarni ajratadi. Masalan, otlar, qo‘ylar va cho‘chqalar faqat qizil va zangori ranglarni farqlaydi. Tunda ov qiluvchi hayvonlar, masalan, mushuklar, bo‘rilar rangni farqlamaydi. Hayvonlar ultrabinafsha va infraqizil nurlarni farqlay olmaydi. Bunga sabab quyoshdan yerga amalda 290 nmdan kichik to‘lqinlar yetib kelmaydi. Shu sababli hayvon va odamlarda bu to‘lqin uzunligini sezuvchi organlar rivojlanmagan. Lekin, bundan ancha katta to‘lqin uzunlikli ultrabinafsha nurlarni ham ko‘z sezmaydi. Bunga sabab yuqori energiyali ultrabinafsha nurlar ko‘zdagi yorug‘likka sezgir pigmentlarni buzishidadir.
Shu sababli gavhar va shishasimon suyuqlik nafaqat ultrabinafsha nurlarni, balki to‘lqin uzunligi 400 nmga yaqin ba'zi nurlarni ham kuchli yutadi. Agar bu nurlar energiyasi katta bo‘lsa to‘r pardani kuydiradi.
Infraqizil nurlarni oladigan bo‘lsak, uni hayvonlar tanasining o‘zi ham chiqaradi. 370C da maksimal nurlanish 9-10 mkm to‘lqin uzunlikka mos keladi. 1sm2 hayvon tanasi 50 mW quvvatli energiyani nurlaydi. Bu esa ko‘zga quyoshdan tushadigan energiyadan ancha kattadir.
Odam ko‘zining tuzilishi haqida qisqacha to‘xtab olamiz. Ko‘z kosasi asli ko‘zning o‘zi bo‘lib (7.13- rasm), u uncha to‘g‘ri bo‘lmagan shar shaklidadir; katta odamlarda uning old-orqa o‘lchovi o‘rtacha 24,3 mm, vertikal olchovi — 23,4 mm va gorizontal o‘lchovi — 23,6 mm. Ko‘zning devorlari konsentrik joylashgan uchta— tashqi, o‘rta va ichki qobiqlardan iborat. Tashqi oqsil qobiq — sklera 1 ko‘zning oldingi qismida shaffof qavariq muguz qobiq 2-muguz pardaga aylanadi. Muguz pardaning qalinligi o‘rtasida 0,6 mm ga yaqin, atrofida to 1 mm gacha bo‘ladi. Optik xossalari bo‘yicha muguz parda – ko‘zning eng kuchli sindiruvchi qismidir. U go‘yo ko‘zga yoruglik nurlari kiradigan derazadir. Muguz pardaning egrilik radiusi 7-8 mm, moddasinnig sindirish ko‘rsatkichi 1,38 ga teng. Muguz pardaning tashqi qoplami ko‘z qovoqlariga berkitilgan konyunktiv 3 ga o‘tadi.
Ko’z optic sistema bo’lib buyumning tasvirini ko’z soqqasining yorug’likka sezgir bo’lgan to’rsimon pardasida hosil qiladi. Ko’z tashqi tomondan uchta parda bilan o’ralgan. Tashqi parda sclera yoki oqsil parda deyiladi. Bu zich parda ko’zni tashqi tasirlardan saqlaydi. Oqsil pardaga sertomirli parda va o’lchamlari 0,001 sm dan kichik bo’lgan juda kichik yorug’lik sezgir elementlardan tuzilgan to’rsimon parda yoki to’r parda kelib tutashgan. Bu elementlar ko’zni bosh miya bilan bog’lovchi ko’rish nervi tolalarining uchlaridir.
Ko’zning oldingi qismida oqsil parda shaffof muguz (shox) pardaga, tomirli parda esa kamalak pardaga aylanadi, kamalak pardaning o’rtasida ko’z qorachig’I joylashgan. Ko’zning qorachig’I diafragma rolini o’ynaydi; uning diametric ko’zga tushayotgan yorug’lik miqdoriga qarab o’zgarib turadi. Qorachiqning ortida ikki yoqlama qavariq linza shaklidagi shaffof elastic jism xrustalcha (ko’z gavhari) joylashgan. Shox parda oralig’ida suvga o’xshash suyuqlik bo’ladi. Butun ko’z bo’shlig’I ko’z gavharidan ko’zning orqa devorigacha (ko’z tubigacha) bo’lgan qismi quyuqroq shaffof (shishasimon) jism bilan to’lgan. Ko’z suyuqligining sindirish ko’rsatkichi 1,33 ga, shox pardaniki 1,38 ga va ko’z gavhariniki o’rtacha 1,48 ga teng.
Ko’zga tushadigan nurlar shox parda sirtida eng ko’p sinadi. Gavhar ham nurni qo’shimcha ravishda ozroq sindiradi. Biz ko’z bilan ko’rayotgan buyumning tasviri to’r pardada joylashadi; u haqiqiy, kichiklashgan va teskari tasvir bo’ladi. Biz miyamizning korrektlash tasiri ostida buyumning joylashishi to’g’risida to’g’ri taassurot olamiz.
Buyumning ko’zdan uzoqligi o’zgarishiga qaramay, uning to’r pardadagi tasviri aniqligicha qolaveradi. Buning sababi shuki, ko’z gavhari o’z egriligini va shu bilan birga, o’z optic kuchini o’zgartira oladi. Ko’zimizga ancha yaqin turgan buyumga qaraganimizda ko’z muskullarini gavharning qavariqligini oshiradi va gavhar o’zidan o’tayotgan nurlarni kuchliroq sindiradi. Uzoqda turgan buyumlarga qaralganda esa gavhar yassiroq bo’lib qoladi va uning sindirish qobilyati kuchsizlanadi. Demak, ko’z gavharining focus masofasi o’zgarib turadi. Ko’z gavharining focus masofasini kuzatilayotgan buyumgacha bo’lgan masofaga moslash qobilyati akkomodatsiya deyiladi. Lekin ko’z akkomodatsiyasini malum bir chegarasi bo’ladi: biz juda yaqin turgan buyumlarni aniq ko’ra olmaymiz, chunki ko’zning to’r pardasida bu buyumlarning aniq tasviri hosil bo’lmaydi. Masalan, O nuqta ko’zning optic markazi bo’lsin. To’r pardada AB1 buyumning AB1 tasvirini yasaymiz, bunda ko’rish burchagi 1 bo’ladi. Buyum uzoqlashtirilganda ham ko’z akkomodatsiyasi tufayli uning tasviri to’r pardada qoladi, ammo bu tasvir kichraygan bo’ladi. Shuningdek ko’rish burchagi ham kichrayadi. Agar buyum ko’zdan juda uzoqlashtirilsa ko’rish burchagi ham juda kichik bo’lib qoladi. Bu vaqtda A va B nuqtalar bir-biriga shunchalik yaqinlashib ko’rinadiki, natijada biz buyumning nuqtalarini ajrata olmay qolamiz. Tajribalarning ko’rsatishicha, ikki nuqta bir-biriga qo’shilib, bir nuqtaga aylanib ketmasligi uchun

Shu nuqtalarni ko’rish burchagi bir minutdan kichik bo’lmasligi kerak.


Ko’rish burchagi qancha katta bo’lsa, buyumning tasviri ham shuncha ravshan ko’rinadi. Buyumni ko’rish uchun eng qulay masofa eng yaxshi ko’rish masofasi deb, ko’zdan shu masofada turadigan nuqta esa akkomodatsiyaning eng yaqin nuqtasi deb ataladi. Normal ko’z akkomodatsiyasining eng uzoq nuqtasi cheksiz uzoqlashgan nuqtadir. Bu nuqta ko’zning zo’riqmagan holatiga muvofiq keladi.



Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish