Mundarija kirish I bob. Koreys tilini o’qitishda zamonaviy metodlar



Download 3,36 Mb.
bet3/7
Sana26.04.2022
Hajmi3,36 Mb.
#583803
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
H.F Koreys tilini o\'qitishda zamonaviy musiqa 1 (3)

Kurs ishining maqsadi: Ishning asosiy maqsadi tili o’rganilayotgan mamlakatning tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy holati, madaniyati jumladan KPOP (koreys musiqa san’ati) ning koreys tilini o’rgatishdagi o'ziga xos jihatlarini tahlil qilishdan iboratdir.
Kurs ishining predmeti: Talabalarning til o’rganishda musiqa san’atini keng qo’llash hamda til o’rgatishdagi o’ziga xos xususiyatlarni ko’rib chiqish orqali bilimlarini yanada mustahkamlash jarayoni.
Kurs ishining obyekti: Talabalar.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati: Talabalarni Janubiy Koreya haqidagi tushunchalarini kengaytirish, til o’rganishdagi tor doirani yana ham kengaytirib, musiqa san’ati haqida tushunchalar berish. Bundan tashqari talabalarni KPOP hamda uning xalqaro o’rni, Koreya va Butun dunyo xalqiga ta’siri hamda hozirda tutgan o'rnini o'rganish.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kurs ishi 2 ta bob, 8 ta paragraf, umumiy xulosa, tavsiya va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I BOB. Yengilmas Koreya
1.1 Til o’rganishda metodika nazariyasi
Qadimiy o’tmishga ega bo’lgan xalqlar ko’p lekin ular orasida Janubiy Koreya o’z o’rniga ega desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Qadimiy 조선 davridan hozirgi Janubiy Koreya nomiga erishunga qadar boshidan qanday og’ir kunlarni o’tkazlanligini uning uzoq o’tmishidan ko’rishimiz hamda xulosa chiqarishimiz mumkin. Tarixini o’rganar ekanmiz beixtiyor xalqning madaniyati hamda tiliga bo’lgan qiziqishni yashira olmaysan kishi. Bejizga hozirgi XXI asrda eng qiziqishga boy tillardan biri bo’lmayotgani internet tarmoqlari hamda Koreyaga tashrif buyurayotgan turistlar miqdoridan ham namoyon bo’ladi. Kurs ishining maqsad va ma’nosi ham shu bilan bog’liq ya’ni Koreys tilini o’rgatishda KPOP dan keng foydalanish, uning maqsad va vazifalari, til o’rganishda tutgan o’rni haqida qisqacha to’xtalishdan iborat.3
Metodika asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san’atshunoslikning tadqiqot natijalariga asoslanadi. U musiqa o‘qitishning qonun-qoidalarini ta’riflab, kelajakda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda qo‘llanadigan zamonaviy texnologiyalar va metodlami belgilab beradi. Metodika fani, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchining o‘quvchilar bilan ishlash uslublari mazmunini anglatadi.
“Metodika” so‘zi grekcha so‘z boiib, “tadqiqot yo‘li”, “bilish usuli” degan ma’noni anglatadi. Musiqa o‘qitish metodlari deganda, maktab o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishda qo‘llagan ish uslublari tushiniladi.
- ta’lim tizimida shaxs madaniyati to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish; - ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, zamonaviy o‘qituvchiga qo;yilayotgan talablarni o‘rganish;
- metodik ishlanmalar, ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar tayyorlash, kompyuter, slayd, disklar, magnit tasmalardan foydalana bilish, - har bir sinfni yoshiga mos ravishda musiqa o‘qitish metodlari va usullarini tanlab qo'llash; - kelajak avlodning musiqiy madaniyati va ma’naviyatini musiqa vositasi orqali shakllantirish; - sinfdan va maktabdan tashqari musiqiy tarbiyani shakllantirish va uni tashkil etish uslublarini o‘rganish; - pedagogik amaliyotda tajriba sinov ishlarini o‘tkazish; - taniqli kompozitor, shoirlar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, tanlovlarda ishtirok etib, o‘quvchilami nafosat tarbiyasini shakllantirish; - xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimini o‘rganish; - o‘qituvchi va talaba o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil etish;
- talabalarni mustaqil fikrlash, izlanish, tahiil qilish, xulosa chiqarishga o‘rgatish;
Musiqa madaniy hayotimizda keng o‘rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san’at turidir. Har bir insonni ma’naviy shakllanishida oilani, maktabni, jamiyatni ahamiyati katta. Chunki insonni insoniylik xususiyatlari jamiyatda tarkib topadi. Yosh avlodni kamolot sari yetaklashda tarbiyani ko‘plab omillari qatori musiqa tarbiyasi alohida o‘rin tutadi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo‘lib, insonni atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishga va qadrlashga o‘rgatadi. Musiqa inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, uni nafosat olemiga olib kirish va axloqiy g‘oyaviy tarbiyalashni muhim vositasidir. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va unga ma’naviy ozuqa beradi. Maktabda musiqa o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirish ulami zamon talabiga javob bera oladigan barkamol inson qilib voyaga yetkazish. Maktabda musiqa darslarini o‘qitishning asosiy vazifaiari quyidagtlardan iborat: - o‘quvchilami musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishi va mehr-muhabbatini oshirish; - musiqiy faoliyatlar jarayonida o‘quvchilami musiqiy qobiliyatlari musiqiy o‘quvi, ovozi, diqqat-e’tibori va ijodkorlik his-tuyg‘ularini o‘stirish; - musiqiy asariami badiiy-g‘oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik ruhda tarbiyalash; - musiqa darslarida o‘quvchilami kasb-hunarga yo‘naltirish, mehnatga muhabbat, Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish.
Mazkur maqsad va vazifalami amalga oshirish o‘qituvchining kasbiy va pedagogik mahoratlariga bog'liq. Har qanday san’atkor ham, maktabda musiqa madaniyati darslarini olib borolmaydi. Buning uchun musiqa o‘qituvchisi pedagogika, psixologiya, boialar fiziologiyasi, musiqa o‘qitish va metodikasi hamda o‘z musiqiy kasbiy fanlarini puxta o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Musiqa o‘qituvchisi o‘z kasbiga va bolalarga mehr qo‘ygan, yuksak madaniyatli, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan shaxs bo’lishi lozim.
“Biz sog‘lom avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishimiz kerak” deb ta’kidlaydi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov4. Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘Iomlikni emas, balki sog‘lom ruhiy xislatlami, sharqona axioq odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz”
Buyuk pedagog A.Avioniy shunday degan edilar; “Tarbiya qiluvchilar tabib kabidirlar, tabib hastani badanidagi kasallikka davo qilgani kabi, o‘qituvchi ham bolani musiqa orqali, aqliy rivojiga diqqat markaziga ta’sir etib, ularda poklik, vijdon, sadoqat, mehr, kattalarga hurmat, Vatanga muhabbat kabi tuyg‘ulami tarbiyalaydi”.
“Tarbiya biz uchun yo hayot yo momot, yo najot-yo halokat. Yo saodat-yo falokat masalasidir” deb yozgan edi. Buyuk mutaffakkir shoir A.Navoiy o‘z asarlarida musiqa tarbiyasining qirralarini chuqur o'rganib, shunday dedi: “Musiqa jamiyat hayotining muhim negizidir. Faqat musiqagina odamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va o‘z-o‘zidan qanot tuyg‘usini olib kiradi va uni baxtiyor qiladi” A1 Forobiy fikricha: “Musiqa - nodir san’at, ezgulikka yetaklovchi kuchdir” , “Kimki ilm xikmat o‘rganmoqchi boTsa, avvalo o‘zi ma’naviy barkamollika erishmog‘i lozim”- deydi Abu Rayxon Beruniy. “Har kimki hikmat o‘rganman desa, yoshlikdan bolasini, ilmli va dono kishilardan saboq olsin, shundagina u komillik darajasiga yetadi”
O’qituvchilik kasbi ham har qanday yo’l bilan bo’lsin, o’quvchining bilim doirasini kengaytirish bilan bir qatorda uning ma’naviy ongini ham kengaytirishdan iboratdir. Musiqa til o’rgatishda eng foydali yo’llardan biriligini unutmasligimiz hamda undan keng foydalanishimiz lozim.

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish