Mundarija: kirish I. Bob. Jamiyatning ilmiy-texnikaviy taraqqiyotida energetikaning roli


Bug‘-gaz va gaz-turbina qurilmali issiqlik elektr stansiyalari



Download 1,53 Mb.
bet8/10
Sana17.07.2022
Hajmi1,53 Mb.
#817241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
JAMIYATNING ILMIY TEXNIKAVIY TARAQQIYOTIDA ENERGETIKANING ROLI

2.2. Bug‘-gaz va gaz-turbina qurilmali issiqlik elektr stansiyalari

Keyingi yillarda an’anaviy kondensatsion stansiyalarga nisbatan samaradorligi yuqori bo‘lgan bug‘-gaz va gaz-turbina qurilmali IESlarni qurish, rekonstruksiyalash va ulardan foydalanish ommaviylashgan. Bizning mamlakatimizda ham bir qator mavjud IESlarni shu kabi qurilmalarni o‘rnatish hisobiga kengaytirish va rekonstruksiyalash ishlari olib borilmoqda.


Bug‘-gaz qurilmasi (BGQ) tuzilishi bo‘yicha ikkita qism gaz- turbina va bug‘-turbina qismlaridan iborat bo‘ladi. Bunga mos holda ularda yoqilg‘ining yonishida paydo bo‘luvchi issiqlik energiyasi ikkita bosqichda elektr energiyasiga aylantiriladi. Ularda mavjud texnologiya bo‘yicha gaz yoki suyuq yoqilg‘idan foydalaniladi.
Bug‘-gaz qurilmali IESning ish jarayonini prinsipial sxemasi 2.8- rasmda tasvirlangan. Yonish kamerasida yonishdan hosil bo‘lgan mahsulot gaz turbina va mos holda elektr generatori rotorlarini harakatlantirib, elektr energiya ishlab chiqaradi (1- bosqich). Bunda gaz-turbinaning foydali ish koeffitsiyenti 0,3 (samaradorligi 30%) dan ortiqroq bo‘ladi. Gaz-turbinadan chiquvchi gaz hali o‘zining yuqori haroratini saqlab qolgani holda, issiqlik almashtirgich, ya’ni qozon- utilizator (bug‘ generatori)ga yuboriladi. Bu yerda bug‘ 5000C gacha qizishi natijasida uning bosimi 80 atmosfergacha yetadi. Hosil bo‘lgan bunday parametrdagi bug‘ yordamida bug‘-turbinasi va navbatdagi elektr generatorining rotorlari harakatga keltiriladi (2-bosqich). Bu yerda birlamchi energiyaning 20-30% qismi elektr energiyasiga aylantiriladi.

Bug‘-turbinasidan chiqqan suv bug‘i an’anaviy kondensatsion IESlardagi singari kondensatorda kondensatsiyalanib, qaytadan bug‘ generatoriga haydaladi.
Shunday qilib, butun BGQning foydali ish koeffitsiyenti taxminan 0,6 (samaradorligi 60%) ni tashkil etadi.
Bunday kombinatsiyalangan texnologiya elektr energiya ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i sarfini an’anaviy kondensatsion siklda ishlaydigan qurilmalardagiga nisbatan sezilarli darajada kamaytiradi. Buni ushbu qurilmalarning samaradorliklari va ularda shartli yoqilg‘ining solishtirma sarfini taqqoslash orqali aniq ko‘rish mumkin: BGQning samaradorligi 50-60% bo‘lib, ularda shartli yoqilg‘ining solishtirma sarfi 200-240 g/kVt.soat bo‘lsa, an’anaviy kondensatsion siklda ishlovchi qurimalar uchun bu ko‘rsatkichlar mos holda 32-38% va 320-360 g/kVt.soatni tashkil etadi.
BGQning ikkala qismi mustaqil, ya’ni oddiy gaz-turbina qurilmasi (GTQ) va kondensatsion IES sifatida alohida ishlatilishi mumkin. Qurilmaning bunday xususiyatidan uning qismlaridan birini ta’mirlash davrida foydalanish mumkin.

2.8- rasm. Bug‘-gaz qurilmali IES ishlash jarayonining prinsipial sxemasi.
Bug‘-gaz qurilmali elektr stansiyalari quvvatiga qarab qo‘shimcha bug‘ yoki suv isitish qozon-utilizatorlari bilan jihozlanishi ham mumkin. Bunda elektr energiya ishlab chiqarishdan tashqari, bug‘-turbinani aylantirish va o‘z texnologik ehtiyoji uchun yo bug‘ (kichik, o‘rta va katta bosimli), yoki 1400Cdan yuqori haroratli issiq suv olish imkonini beradi. Hosil qilingan energiya sovuq suv ishlab chiqarish uchun ham ishlatilishi mumkin. Bu holda issiqlik yuklamasi iste’molchisi sifatida unga absorbsion sovutish mashinasi ulanadi. Turli xildagi energiyani kompleks tarkibda ishlab chiqarish natijasida (elektr, issiqlik, sovuq havo) stansiyaning umumiy foydali ish koeffitsiyenti 90% dan oshadi. Bunday bug‘-gaz qurilmali IESning ishlash jarayoni prinsipial sxemasi 2.9- rasmda keltirilgan.
Bug‘-gaz qurilmalarining kamchiligi deyarli yo‘q, faqatgina bu yerda yoqilg‘i va uskunalarga bo‘lgan ma’lum cheklov va talablar haqida gapirish mumkin.
Gaz-turbina qurilmalari (GTQ) faqat gaz-turbinaga ega bo‘lib, har qanday iqlim sharoitlarida elektr energiyani ishlab chiqarish yoki maishiy xizmat obyektlarining tig‘iz yoki zaxiraviy elektr energiyasi manbai sifatida ishlatishga mo‘ljallangan.

2.9- rasm. Qo‘shimcha issiqlik almashtirgich bilan jihozlangan bug‘- gaz qurilmali IES ishlash jarayonining prinsipial sxemasi.
Tig‘iz manba sutkaning maksimal yuklamali vaqtidagi energiya iste’molini qoplash uchun zarur. Bunday siklda ishlovchi GTQ faqat elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
GTQli elektr stansiyalari ishlash sikliga bog‘liq holda ikki guruhga

  • ochiq va yopiq siklli GTQ elektr stansiyalariga bo‘linadi.

Sodda ochiq siklli GTQning prinsipial sxemasi 2.10-rasmda tasvirlangan bo‘lib, u asosan kompressor, yonish kamerasi va turbinadan tashkil topgan. Kompressor tashqaridan havo olib, uning bosimini oshiradi. Yonish kamerasida yoqilg‘i yuqori bosim ostida kirib kelgan havoda yoqiladi. U yerda yuqori haroratgacha qizdirilgan gazlar yuqori bosim ostida turbinaga kirib keladi va kengayish jarayonida hosil bo‘lgan kinetik energiyasi hisobiga turbinani harakatga keltiradi. Natijada gaz molekulalarining energiyasi turbina aylanishining kinetik energiyasiga o‘zgartiriladi. Turbina aylanishining kinetik energiyasini bir qismi kompressorni harakatga keltirsa, yana bir qismi generator rotorini harakatga keltirib, u yerda elektr energiyasiga o‘zgartiriladi. Turbinadan chiquvchi gazlar atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Shunday qilib, ochiq siklli GTQlarda ishchi massa – havo ish jarayonida uzluksiz yangilanib turadi.

2.11- rasm. Ochiq siklli GTQ ish jarayonining prinsipial sxemasi.


Yopiq sikli GTQlarda kompressor yordamida hosil qilingan yuqori bosim ostida yonish kamerasiga kirib keluvchi ishchi massa – gaz (havo yoki mos keluvchi boshqa gaz)ning bosimi yoqilg‘ining yonishi


natijasida belgilangan qiymatgacha yetkaziladi (2.11-rasm). Hosil qilingan yuqori harorat va mos holda yuqori bosim ostidagi gaz turbina orqali o‘tishi jarayonida uni harakatga keltiradi. Turbinaning kinetik energiyasini bir qismi kompressorni harakatga keltirishga sarflansa, qolgan qismi elektr generatorida elektr energiyasiga o‘zgartiriladi. Turbinadan chiquvchi gaz kompressorga borishidan oldin sovitkichda tashqi sovitish manbasi yordamida boshlang‘ich haroratgacha sovitiladi.
Shunday qilib, yopiq siklli GTQlarda ishchi massa – gaz almashtirilmasdan siklda uzluksiz foydalaniladi. Bunda issiqlik almashtirgichda gazga berilgan issqlikning ma’lum darajada saqlanib qolishi hisobiga qurilmaning foydali ish koeffitsiyenti ochiq siklli qurilmanikiga nisbatan kattaroq bo‘ladi.

2.11- rasm. Yopiq siklli GTQ ish jarayonining prinsipial sxemasi.


Umuman qaraganda har ikkala tipdagi qurilma o‘ziga xos avzallik va kamchiliklarga ega. Shu sababli, ulardan qanday tipdagisini qurish masalasi muayyan maqsadlardan kelib chiqilgani holda hal etiladi.


Hozirgi davrda GTQlarning taxminiy foydali ish koeffitsiyenti 30- 33% ni tashkil etadi.


    1. Download 1,53 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish