Mundarija: Kirish i-bob. Jahon transporti geografiyasi



Download 1,69 Mb.
bet3/12
Sana14.07.2022
Hajmi1,69 Mb.
#800874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Transport vositalari va ularni atrof muhitga ta\'siri

1-rasm. Jahon transporti
Jahon transport tarmoqlari va jahondagi yuk va yo`lovchi tashishning 75-80% shu mamlakatlarga to`g`ri keladi.Rivojlangan mamlakatlarning transport tarmoqlari bilan ta`minlanganlik darajasi,ularning zichligi, aholining transportdan foydalanish darajasi ham eng yuqori.Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko`pchiligida transport qishloq xo`jaligi kabi ekonomikaning qoloq tarmog`idir.
Transport sistemasining shakllanmaganligi ularning rivojlanishiga,tabiiy resurslarning o`zlashtirilishiga,xalqaro savdo va iqtisodiy rayonlarning shakllanishiga to`sqinlik qiladi.Shuningdek,mazkur mamlakatlarda 1yoki 2xil transportning ustun turishi harakterli.
Masalan: Hindiston,Pokiston,Braziliya,Argentinada temir yo`l,Yaqin va O`rta Sharqda quvur transporti,Tropik Afrikada daryo transporti.
Lekin temir yo`lda eski paravozlarni daryolarda eski kemalarni saqlanib qolganligi taraqqiyotga kuchli ta`sir qiladi.Ko`p mamlakatlarda yuk tashishda ot,tuya,eshak,fil,lama,buyvollardan foydalaniladi.Jahon transport sistemasining regional qismlari: MDH, Shimoliy Amerika,Horijiy Yevropa,Yaponiya,Lotin Amerikasi,Janubiy Osiyo.Transportning ish haqi uning yuk oborotiga qarab belgilanadi.Yuk oboroti t.-km hisobida o`lchanadi.Yuk oboroti ma`lum vaqtda ma`lum masofaga tashilgan yuk miqdoridir.
Transport jahon moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining uchinchi muhim tarmog‘idir. U sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridan farqli ravishda biron-bir xil mahsulot ishlab chiqarmasa-da, ishlab chiqarishning rivojlanishida juda katta o‘rin tutadi.
Tez rivojlanib borayotgan jahon transporti murakkab va o‘ziga xos tarmoqlar tizimini tashkil qiladi. Ular quruqlik (temiryo`l, avtomobil va quvur), suv (dengiz va daryo) hamda havo transporti tarmoqlariga bo‘linadi.
Transportning asosiy tarmoqlar guruhlari quyidagilardir:
Temiryo‘l transporti quruqlikda yuk tashish oborotiga ko‘ra eng yirik tarmoqdir. Bunda uning salmog‘i rivojlanayotgan mamlakatlar, ayniqsa, yuqoridir. Hozirgi vaqtda jahon temiryo‘llarining umumiy uzunligi 1,2 mln.km ni tashkil qiladi. Ammo temiryo‘llar jahon mamlakatlarining atigi 140 tasida bo‘lib, yo‘llar umumiy uzunligining yarmi AQSH, Kanada, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Germaniya, Argentina, Avstraliya, Fransiya, Braziliyadan iborat “birinchi o‘nlik” mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Temiryo‘llar G‘arbiy Yevropada eng zich, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa u juda siyrakdir. Bundan tashqari, temiryo‘l transportining rivojlanganlik darajasini ularning elektrlashtirilgan va yangi texnika (havo yostig‘i, magnit va elektrodinamika) vositalaridan foydalana olish imkoniyatlari ham belgilaydi. G‘arbiy Yevropa,Yaponiya, AQSh da temiryo‘llar FTI ning so‘nggi yutuqlari asosida qurilgan. Fransiya, Yaponiyada poyezdlar soatiga 230-300 km tezlikkacha harakat qilmoqda, Hindiston, ayrim Afrika mamlakatlarida esa haligacha paravozlar xizmatidan foydalanib kelinadi.
Quvur transporti jahonning neft va tabiiy gaz ko‘p miqdorda qazib chiqariladigan va ularni iste’mol qiladigan mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlangan. Jahon neft va gaz quvurlarining umumiy uzunligi 1,5 mln. km dan iborat. Bu ko‘rsatgich yildan yilga oshib bormoqda. Asosiy neft quvurlari tarmog‘i neft qazib chiqaruvchi va uni iste’mol qiluvchi yirik davlatlar (AQSH, MDH, Kanada Xitoy va boshqalar) da, neft eksport qiluvchi (Saudiya Arabistoni, Iroq, Eron, Jazoir, Liviya, Meksika, Venesuela) va iste’mol qiluvchi (Fransiya) mamlakatlarida mavjud. Asosiy gaz quvurlari tizimi esa deyarli faqat rivojlangan mamlakatlarda tashkil topgan. Ular AQSH, MDH, Germaniya, Kanada, Niderlandiya va boshqa davlatlardir.
Suv transporti dengiz va daryo transporti tarmoqlarini o‘zida birlashtiradi.
Dengiz transporti jahon transport tizimida alohida o‘rin tutadi. Bu tarmoq avvalo bir-biridan alohida va uzoqda joylashgan materik va qitalarni bog‘lab turuvchi, xalqaro mehnat taqsimotini amalgam oshiruvchi vopsita sifatida ahamiyatli. Shuningdek, asosan dengiz transporti minglab tonna yukni uzoq masofalarga tashiydigan bo‘lganligi uchun boshqa transport tarmoqlariga nisbatan xizmat narxi eng arzonga tushadi. Har yili barcha xalqaro yuklarning o‘rtacha 4/5 qismi dengiz transportida tashilmoqda.
Asosiy dengiz yo‘llari turli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va ularni iste’mol qiluvchi davlatlar o‘rtasida tashkil qilingan. Odatda, Afrika, Lotin Amerikasi, Osiyo, Avstraliyadan turli sanoat va qishloq xo‘jalik xomashyolari, asosan G‘arbiy Yevropa, Yaponiya Shimoliy Amerika mamlakatlariga, ulardan esa aholi va xalq xo‘jaligi uchun turli iste’mol mahsulotlari dunyoning barcha iste’molchi hududlariga yetkazib beriladi.
Jahon dengiz trasporti rivojlanishi va geografiyasida dengiz bo‘g‘ozlari va xalqaro kanallarning ham axamiyati katta. Aynan ular jahon dengiz yo‘llarning eng serqatnov chorrahalari hisoblanadi.
Dengiz bo‘g‘ozlari orasida eng yirigi La-Mansh bo‘g‘ozidir. U orqali bir kecha-kunduzda 500 gacha kema o‘tadi. Keyingi o‘rinlarda turuvchi bo‘g‘ozlar: Eresunn (Zond) – 175 ta, Gibraltar – 200 ta, Xormuz – 00 ta, Malakka – 80 ta, Bosfor – 40 tagacha kema o‘tkazadi.
Ichki suv (daryo va ko‘l) transport tarmoqlari bajaradigan ish hajmiga ko‘ra ancha kichik tarmoqlardandir. Daryo va ko‘l transpotri yo‘llari uzunligiga ko‘ra jahonda MDH, Xitoy, AQSH, Brazilya davlatlari oldinda turadi. Ammo mavjud imkoniyatlardan foydalanish davlatlarning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Shu sababli, hozirgi vaqtda ichki suv yo‘llari orqali yuk tashishda AQSH, Rossiya, Kanada davlatlari yetakchilak qilmoqda.
Ichki suv transportidan foydalanishda jahonning yirik daryolarinning roli kattadir. Bunday daryolar qatoriga Amazonka, Missisipi, Dunay, Volga, Yanszi, Kong ova boshqalar kiradi.

2-rasm. Dengiz transporti
Havo transporti barcha transport tarmoqlari orasida alohida xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Boshqa transport tarmoqlaridan uning ustunligi yuk va yo‘lovchilarni uzoq masofalarga juda qisqa vaqt davomida yetkazib qo‘yishdir. Shu sababli ham uning ahamiyati doimo oshib bormoqda. Jahon bo‘ yicha yo‘lovchilar tashish hajmi so‘nggi 40 yil ichida 60 baravarga yaqin o‘sdi. Havo transportida tashilayotgan yuk yo‘lovchilarning 45 foizi ichki va 55 foizi xalqaro aloqalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Xalqaro aloqalar so‘nggi davrlarda, ayniqsa, Yevropa bilan Shimoliy Amerika davlatlari o‘rtasida faol kechmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra Atlantika okeani ustida bir vaqtning o‘zida yuzdan ortiq havo laynerlari har ikki tomonga qarab harakatda bo‘ladi.
1.2. Jahon quruqlik transporti.
Jahonda temir yo`lga dastlab 1825 yili Angliyada asos solingan.Temir yo`lga Rossiyada 1837 yil,O`zbekistonda esa 1890 yil asos solingan.Temir yo`l qurish 1970 yillargacha jahonda juda tez o`sdi.Hozirda temir yo`lni yuk va yo`lovchi tashishdagi salmog`i kamaygan bo`lsa-da, u quruqlik transportining muhim tarmog`idir.Jahon temir yo`l turi XX asrning boshida asosan shakllangan bo`lib,hozirda uning umumiy uzunligi 1,3mln.km atrofida (1250ming km).
Temir yo`l transporti iqlimiy sharoitlar va yil fasllari qanday bo`lishiga qaramay hamma vaqt ishlayveradi.Uning tezligi katta,ayniqsa yuk tashish tannarxi past.Temir yo`llarning elektrlashtirilishi,poezdlarning qatnov tezligi,og`irligi,temir yo`llarning yuk o`tkazish qobiliyati,ya`ni ularning ish unumini,ekologik muammoni oshiradi.
Elektrlashtirilgan temir yo`llarning uzunligi jihatdan jahondagi yetakchi davlatlar:
1.AQSH 4. Fransiya
2.Rossiya 5. Italiya
3. Germaniya
Temir yo`llar maydoni yirik mamlakatlarda boshqa transport turlariga qaraganda katta iqtisodiy foyda keltiradi.FTI sababli poezdlarning qatnov tezligi Fransiya va Yaponiyada.Fransiyada 1955 yil soatiga (331km),1981 yil 380km.1990 yil atrofida 515km tezlikda yuradi.Parij-Bordo 350km.s.


Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish