2.4. Muqobil energiya manbalari va resurs tejamkor tehnologiyalari.
Yaqinda O'zbekiston ekologik harakati va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Ekoharakat deputatlari guruhi hamda O'zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining parlament quyi palatasidagi fraksiyasi hamkorligida «Qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanish: xalqaro tajribalar va eng yaxshi amaliyot masalalari» mavzuida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Ekoharakat faollari va ekspertlari, O'zbekiston «Adolat» SDP vakillari, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo, Sog'liqni saqlash vazirliklari, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi, «O'zbekenergo» DAK, «O'zeltexsanoat» uyushmasi, «O'zkommunxizmat« agentligi hamda atrof-muhit muhofazasi va tibbiyot sohasida faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Davra suhbatida qayd etilganidek, insoniyatning moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida energiyadan foydalanish darajasi haddan ortiq oshishi natijasida yoqilg'ining organik turlaridan foydalanuvchi elektr va issiqlik stansiyalaridan, tobora soni ortib borayotgan ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan zararli gazlar tufayli atrof-muhitga ulkan zarar yetkazilmoqda. Negaki, haroratning global isishi atmosferaga katta miqdorda organik yonilg'ida ishlaydigan issiqlik elektrostansiyalaridan hamda transport vositalaridan gaz va zararli moddalar chiqarilayotgani bilan ham bevosita bog'liqdir.
Bugungi kunda tabiiy yoqilg'i ishlatish miqdori dunyo bo'yicha yiliga 12 milliard tonna neft ekvivalentiga to'g'ri keladi. Bu esa har bir kishiga taxminan 2 tonna tabiiy yoqilg'i to'g'ri keladi, deganidir. Ma`lumotlarga qaraganda, so'nggi 40 yil davomida butun insoniyat tarixi mobaynida qazib olingan organik yoqilg'idan ham ko'p yoqilg'i iste`mol uchun o'zlashtirilgan. Bu esa ularning zaxirasini juda tez kamayib ketishiga sabab bo'lmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida neft-gaz sektori birlamchi yoqilg'i-energetika resurslarining 97 foizini yetkazib beradi, bunda ko'mirning ulushi 2,3 foiz, suv energetikasining ulushi esa 0,7 foizni tashkil etadi. Yurtimiz katta salohiyatga ega ekaniga qaramasdan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning ulushi bir foizga ham yetmaydi. Aslini olganda, O'zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining salohiyati juda katta - 51 milliard tonna neft ekvivalentiga teng. Bugungi kunda mavjud texnologiyalar bundan 179 million tonna neft ekvivalentidan foydalanish imkonini beradi. Bu esa mamlakat bo'yicha qazib olinadigan yoqilg'ilardan uch barobar ko'pdir va shuning hisobiga taxminan 447 million tonna korbonat angidrid gazining atmosferaga chiqishining oldi olinishi mumkin.
Shu bois, ishtirokchilarning fikricha, mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga alohida e`tibor qaratish, bu yo'nalish bo'yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish, zarur me`yoriy huquqiy bazani shakllantirish, mazkur sohani davlat tamonidan moliyalashtirish hamda quyosh energiyasidan foydalanish tizimlarini ishlab chiqarishda mahalliylashtirish masalalariga e`tiborni kuchaytirish muhim vazifaga aylanmog'i lozim. Keyingi yillardagi uglevodorod yoqilg'isi narxining keskin oshib ketishi ko'plab mamlakatlarni yangi muqobil energiya manbalari haqida o'ylashga majbur etdi. Buning natijasida Yevropa davlatlarida o'rnatilgan quyosh fotoelektrik stansiyalarining umumiy quvvati bir baravarga oshdi. Ayniqsa Yaqin Sharq mamlakatlarida fotoelektrik stansiyalarni barpo etish ko'rsatkichlari ikki baravarga ortdi. Bugungi kunda AQShda quyosh kollektorlarining umumiy maydoni 15, Yaponiyada esa 12 million metr kvadratga yetdi. Isroilda mamlakat umumiy issiq suv ta`minotining 75 foizini tashkil etadigan bir millionga yaqin quyosh qurilmalari ishlab turibdi. Shamol energetikasi ham tez sur`atlarda rivojlanmoqda. Birgina Yevropa davlatlarini oladigan bo'lsak, mintaqada yillik o'sish 40-45 foizni tashkil etmoqda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalanish tajribasi shuni ko'rsatadiki, dastlabki qurish chog'ida katta mablag' sarflansa-da, ular iqtisodiy jihatdan to'la o'zini oqlaydi.
Bugungi kunda jahondagi 70 ga yaqin mamlakat qayta tiklanuvchi va muqobil energetika manbalaridan foydalanish hajmini oshirish sari intilmoqda. Bir qator davlatlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish rejasi e`lon qilingan. Masalan, Germaniya 2050 yilgacha mamlakat energetika balansida qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasini 50 foizga yetkazishni mo'ljallamoqda. Mutaxassislarning fikricha, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini mamlakat energiya balansiga jalb etish energetika mustaqilligini uzoq yillargacha saqlab turishga, iqtisodiyotda, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda energiya ta`minotini yaxshilashga, zararli gazlar tashlanmalarini qisqartirishga, davlatning barqaror rivojlanishiga asos bo'ladi.
Davra suhbati ishtirokchilari mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanayotgan bir davrda bu sohada olib borilayotgan ishlarimiz yetarli emasligini, mamlakat yoqilg'i-energetika balansiga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini jalb qilish bo'yicha respublikada ushbu sohani rivojlantirishning Milliy strategiyasini, maxsus davlat dasturlarini ishlab chiqish, o'quv yurtlarida sohaga tegishli mutaxassislarni tayyorlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning me`yoriy-huquqiy bazalarini yaratish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning huquqiy asoslarini yaratish lozimligini qayd etishdi.
Tadbirda, shuningdek, «O'zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining salohiyati va istiqbollari», «Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqarishning hozirgi zamon tajribalari va undan foydalanishning ekologik afzalliklari», «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va undan foydalanishning huquqiy asoslarini yaratish: jahon tajribasi», «Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining respublika energetika balansidagi o'rni» kabi mavzularda ma`ruzalar tinglandi. Muqobil yog'ilg'i energiya manbalari va chiqindisiz texnologiyalar korxonalari assotsiatsiyasining taqdimoti bo'lib o'tdi.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida energiya resurslari hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Chunki istalgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ma'lum miqdorda energiya sarf qilinadi, ya'ni har birlik miqdordagi mahsulotning tannarxi ham bevosita energiya (issiqlik, elektr energiyasi) sarfiga bog'liq bo'ladi.
Yurtboshimizning "Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari" asarida texnologik jarayonlarda energiya iste'molini kamaytirish, tejamkor texnologiyalarni joriy etish, ayniqsa, qishloq aholi punktlarida uzluksiz energiya ta'minotini yaratish kabi muhim vazifalar belgilandi. Bunday dolzarb vazifalarni echishda, albatta olimlar va tadqiqotchilardan katta mas'uliyat talab qilinadi.
Ilmiy kuzatishlar natijalariga asoslanib, viloyatimizning iqlim sharoitidan kelib chiqib aytish mumkinki, bu hududda juda katta quvvatga ega bo'lgan quyosh energiyasi resurslaridan keng foydalanish imkoniyati bor. Masalan, Qarshi, G'uzor, Kasbi, Koson, Muborak va boshqa tumanlarda yozning iyul oyida er sirtiga tushadigan quyosh energiyasi 1 kVt/m2 gacha etadi. Iyun-iyul oylarida bir sutkada 1 m2 er sirtiga 8-10 kVt/soatgacha quyoshning issiqlik energiyasi tushadi, bu issiqlikni olish uchun 1,23-1.26 kilogrammgacha shartli yoqilg'i (toshko'mir)ni yoqishga to'g'ri keladi. Viloyatimiz tabiiy iqlim sharoitida quyoshli kunlar davomiyligi bir yilda 3000-3200 soatni tashkil etishini hisobga olsak, quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlari naqadar katta ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Bu imkoniyatdan biz elektr energiyasi ishlab chiqarish, isitish va issiq suv ta'minoti, meva-sabzavotlarni quritish va saqlash, chuchuk suv olish, markazlashgan energiya ta'minotidan uzoqda joylashgan aholi punktlarini issiqlik va elektr energiyasi bilan ta'minlashda foydalanishimiz mumkin.
O'zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalarining bir nechta turlaridan birgalikda foydalanish imkoniyatlari mavjud. Muqobil energiya manbalarining klassik turlaridan biri biomassa bo'lib, biomassa va turli organik chiqindilarni qayta ishlash orqali biogaz olish, uni qayta ishlash bilan metan gazini hosil qilish, so'ngra undan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish mumkin. Biogaz qurilmalarining amaliyotga joriy etilishi natijasida chiqindilardan atrofga behuda chiqayotgan metan gazini ishlatish, energiya ishlab chiqarish bilan bir vaqtda ekologik muammolarni hal qilish mumkin.
Xulosa
Iqlim ko‘rsatkichlarining yil sayin tobora yomonlashib borayotganini insoniyat Yerdan shafqatsizlarcha foydalanishni davom ettirayotgani bilan bog‘lash mumkin. Ko‘pchilik davlatlar tomonidan bu jarayon xavfsizlikka qarshi eng katta tahdid sifatida ko‘rilmoqda. Dunyo bo‘ylab sodir bo‘lgan ayanchli hodisalar ekologik xavfsizlikni ta'minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini ishlab chiqishga yetarli darajada kuchli turtki berishi kerak. Yo‘qsa keyinchalik juda kech bo‘lishi mumkin.
Iqlim o'zgarishi bo'yicha tadqiqotchilarning ko'pchiligining fikriga ko'ra, sayyoramizning global isishining ba'zi sabablari yaxshi bog'liq bo'lishi mumkin tabiiy sabablar yoki sun'iy sabablar insonning o'z harakati tufayli kelib chiqadi. Agarda tabiiy sabablar, minglab va ming yillar davomida sayyoramizning global isishiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Biroq, ushbu turdagi sabablar sababni keltirib chiqarish uchun etarli darajada muhim emas iqlim o'zgarishi bugun butun sayyoramiz azob chekayotgani va ular butun dunyoga jiddiy tahdid solayotgani.
Tabiiy sabablarning yana bir turi bu global isishni keltirib chiqaradi suv bug'i atmosferada vaqti-vaqti bilan o'rtacha harorat ko'tarilib, uning isishiga hissa qo'shadi. Suv bug'i issiqlikni tabiiy ravishda ushlab turishga qodir bo'lgan issiqxona gazidir. Bu tabiiy issiqxona ta'siriga hissa qo'shadi va biz hayotning shakllanishi uchun ushbu yoqimli haroratda omon qolishimiz mumkin bo'lgan suv bug'i tufayli.
Muammo shundaki, odamlar suv aylanishining ushbu qismini o'zgartirganda va ko'proq suv bug'ini hosil qiladilar. Bu bir vaqtning o'zida sun'iy va tabiiy ko'rinadigan global isishning sabablaridan biri, deb ayta olasiz. Atmosferadagi suv bug'ining miqdori qancha ko'p bo'lsa, issiqlikni ushlab turishi shunchalik katta bo'ladi.
Ilmiy kuzatishlar natijalariga asoslanib, viloyatimizning iqlim sharoitidan kelib chiqib aytish mumkinki, bu hududda juda katta quvvatga ega bo'lgan quyosh energiyasi resurslaridan keng foydalanish imkoniyati bor. Masalan, Qarshi, G'uzor, Kasbi, Koson, Muborak va boshqa tumanlarda yozning iyul oyida er sirtiga tushadigan quyosh energiyasi 1 kVt/m2 gacha etadi. Iyun-iyul oylarida bir sutkada 1 m2 er sirtiga 8-10 kVt/soatgacha quyoshning issiqlik energiyasi tushadi, bu issiqlikni olish uchun 1,23-1.26 kilogrammgacha shartli yoqilg'i (toshko'mir)ni yoqishga to'g'ri keladi. Viloyatimiz tabiiy iqlim sharoitida quyoshli kunlar davomiyligi bir yilda 3000-3200 soatni tashkil etishini hisobga olsak, quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlari naqadar katta ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Bu imkoniyatdan biz elektr energiyasi ishlab chiqarish, isitish va issiq suv ta'minoti, meva-sabzavotlarni quritish va saqlash, chuchuk suv olish, markazlashgan energiya ta'minotidan uzoqda joylashgan aholi punktlarini issiqlik va elektr energiyasi bilan ta'minlashda foydalanishimiz mumkin.
O'zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalarining bir nechta turlaridan birgalikda foydalanish imkoniyatlari mavjud. Muqobil energiya manbalarining klassik turlaridan biri biomassa bo'lib, biomassa va turli organik chiqindilarni qayta ishlash orqali biogaz olish, uni qayta ishlash bilan metan gazini hosil qilish, so'ngra undan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish mumkin. Biogaz qurilmalarining amaliyotga joriy etilishi natijasida chiqindilardan atrofga behuda chiqayotgan metan gazini ishlatish, energiya ishlab chiqarish bilan bir vaqtda ekologik muammolarni hal qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |