Mundarija kirish i-bob. Geometrik yasash elementlari va ularni bajarish qonun qoidalari


II-BOB Yog’och o’ymakorligi ishlarini bajarishda geometrik yasash elementlarining amaliy ahamyati



Download 0,94 Mb.
bet7/13
Sana06.03.2022
Hajmi0,94 Mb.
#484866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Ilmiy ish 2022

II-BOB Yog’och o’ymakorligi ishlarini bajarishda geometrik yasash elementlarining amaliy ahamyati .
2.1.Yog’och o’ymakorligida ishlatiladigan materiallar, asbob-uskunalar va uning turlari
Qadimdan har xil yog’och materiallardan turli maqsadda foydalanib kelingan. Duradgorlik, yog’ochsozlik, mebelsozlik, qurilish, kemasozlik va boshqa qator kasb- sohalarda yog’ochlardan keng-ko’lamda shu sohaga mos ishlanadigan yog’ochlar saralanib foydalanib kelingan. Yogo’ch o’ymakorligida xam o’ymakor ustalar yog’ochni o’yishdan oldin uning o’ziga xos xususiyatlarini sinchiklab o’rganib chikkanlaridan sunggina yog’ochni o’yib naksh ishlaganlar.
Yog’och o’ymakorligi mashgulotlarida o’ymakorlilda foydalaniladigan yog’och materiallari, ulraning turlari, fizikaviy va ximiyaviy xususiyatlari, zaxiralari va boshkalarni bilish studentlar uchun muxim axamiyatga ega.
Yog’och materiallari turli jinsdagi daraxtlardan olinadigan xom ashyo xisoblanadi. Chunki, binoqarlikda, qurilishda, mebelsozlikda va yog’och o’ymakorligida asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladigan yog’ochlar turli daraxtlar tanasidan olinadi. Daraxt tanasi uzak, yog’ochlik, shoxlar, tolalar va po’stloqlardan tuzilgan. Yog’och xom ashyosi quyidagi gurularga bo’linadi:
a) tabiiy xom ashyo;
b) turli buzilishlarga, chirishlarga qarshi antiseptik moddalar shimdirilgan yog’och xom ashyosi;
v) preslangan yog’och xom ashyosi;
g) yelimlangan yog’och xom ashyosi;
d) qatlam -qatlam yog’och xom ashyosi;
e) qatlamli preslangan yog’och xom ashyosi;
y) plastik yog’och xom ashyosi ( maydalangan qipik, payraxa va qirindilarni organik va meniral bog’lovchilar bilan yelimlab,qayta ishlab tayyorlanadi).
Yog’och o’ymakorligida asosan 1- guruhga kiruvchi, ya’ni, tabiiy yog’och xodalaridan, gulalapridan olinadigan taxtalar xom ashyo sifatida ishlatiladi. Yog’och materiallari tabiiy guliga, rangiga, tovlanishiga va hidiga qarab aniqlanadi.
Daraxtlar bo’yiga qarab uch guruhga bo’linadi:
1. 35 metrdan baland-chinor, terak, qora qayin, qarag’ay;
2. 25 metrdan 35 metrgacha- qayrag’och, yong’oq, oq qayin, tol, qatrangi;
3. 25 metrgacha –zarang, chetan, shumurt kabi mevali daraxtlarga hamda butalarga bo’linadi.
O’zbekiston yog’ochlarning yumshoq, qattiq va juda qattiq xodalari olinadigan nina bargli va yaproq bargli turlari bor. Nina bargli daraxtlardan olinadigan yog’ochlar qurilishda, duradgorlikda, jumladan,yog’och o’ymakorligida ham asosiy material sifatida ko’proq ishlatiladi. Chunki, nina bargli daraxtlar tarkibida smolali moddalari ko’proq bo’lganligi uchun u tez chirib ketmasligi, namga chidamliligi, bargli daraxtlarga qaraganda ko’pliligi va yengilligi, unga ishlov berish osonligi, tanasining to’g’riligi, silliqligi, ulardan olinadigan xodalarning kam butoqligi, ishlov berishning osonligi bilan o’ymakor ustalarga ko’proq qo’l keladi. Yog’och o’ymakor ustalar o’z asrlarini har tamonlama go’zal va jozibador chiqishi uchun eng yaxshi yong’oq, qayrag’och, chinor, tut, archa, terak, urin kabi amxalliy daraxtlarning eng a’lo navlarini ishlatadilar. Xozirgi kunda maxalliy daraxtlardan olingan materiallar bilan bir qatorda boshqa joylardan keltirilgan shamshod, eman, qarag’ay, arguvon, shumtol, zirk kabi boshka daraxt yog’ochlari xam ishlatilmoqda.Yog’och o’ymakor ustalari o’zlari yaratayotgan buyumlariga qarab yog’och materiallarining xususiyatlari, daraxtlarning turlari, rangi, ishlov-berishning oson- qiyinligi va ishlov berilgandan keyin buyumlarning sifatli chiqishi va saqlanishini bilishlari uchun yog’ochlar olinadigan daraxtlarni o’rganishlariga to’g’ri keladi.
ARCHA(ruscha-mojjevelnik)- Uzbekistonning togli joylarida usadigan daraxtlardan biri bo’lib, u 1000 yoshgacha yashaydi. Po’stlog’i qalin, rangi kulrang, tanasining tusi qizg’ish- pushti bo’lib tovlanadi.Serbutoq, kam smolali, puxta, namga chidamsiz igna bargli daraxt. Undan kogoz sanoatida, mebellar va boshka narsalar yasashda foydalaniladi. Yog’och o’ymakorligida kadimdan qullanib kelingan.
ARGUVON (ruscha –lipa) – yaprogli daraxt turiga kirib, u qalin po’stloqli, yengil, kam yoriluvchan, yog’ochi yumshoq, oqish tusli bo’ladi.Uning yillik xalqalarini aniklash qiyin.Arguvon kam chatnaydi, toblanmaydi, kesish oson, xidsiz bo’lganligi uchun yog’och idishlar, bochkalar, sabzi taxtalar, chizmachilik taxtalari yasaladi.Yog’och o’ymakorligida arguvonning 80-90 yilligi ishlatiladi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish