Mavzuning dolzarbligi: kichik yoshdagi o’quvchilarni geometrik tushunchalarini boyitish, geometrik terminlar bo’yicha nutqlarini o’stirish va matematika darslarida didaktik tamoyillar yordamida geometriyaga oid misol va masalalar yechish bo’yicha bilim va malakalarni oshirish.
Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to’plamlar nazariyasiga tayanadi. Chekli to’plamlar elementlari orasida o’zaro bir qiymatli moslik o’rnatish o’zaro ekvivalent to’plamlar sinflarini ajratish imkonini beradi, shu bilan birga bu sinflarning har birini xarakterlovchi umumiy narsa-natural sonlarni ajratish imkonini beradi. Geometrik material boshlang’ich sinflar uchun mustaqil bo’lim sifatida o’quv dasturiga kiritilmaydi. O’quv jarayonida geometriya elementlarini o’rganish bilan bevosita bog’lab olib boriladi.
Geometrik mazmundagi masalalarni yechish, hisob-kitobga o’rgatish davomida geometrik figuralardan, didaktik material sifatida foydalanish - bularning barchasi o’quvchilarning geometrik taasurotlarini mustahkamlashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |