I BOB. DIQQAT VA UNING XUSUSIYATLARI
1.1 Diqqat haqida tushuncha va uning mohiyati.
Shaxsning ayni chog`dagi psixik faoliyati, ya`ni ehtiyojlarining yig`indisi shu damda ustunlik qilayotgan motiv tomon qaratilgan bo`ladi. Odamga juda ko`p tashqi qo`zg`ovchilar ta`sir qilib turadi, odamda har xil turli, bir qancha ehtiyojlarga mos keladigan tashqi qo`zg`alish shaxs uchun har xil ahamiyatga ega bo`lgan mayllar bilan tashqi qo`zg`atuvchilarning o`zaro munosabati psixik faoliyatning tanlovchilik tabiatida ifodalanadi. Ma`lum ob`ektni muqarrar tanlay olish diqqatning ishtiroqi bilan amalga oshadi.
Diqqat psixik faoliyatning yo`naltirilishi va shaxs uchun ma`lum ahamiyatga ega bo`lgan ob`ekt ustida to`planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo`naltirilish deganda, psixik faoliyatning tanlovchilik tabiati, ob`ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O`quvchi maktabda o`qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o`tirganda, u mana shu eshitib o`tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo`zg`algan, shu maqsadga bo`ysundirilgan bo`ladi. O`quvchining biron boshqa narsaga chalg`imasdan o`quv materialining mazmuniga zehn qo`yib o`tirishida uning psixik faoliyatining yo`nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo`naltirilishi deganda ana shu faoliyatning tanlashgina tushunilib kelmay, balki ana shu tanlanganni saqlab va qo`llab-quvvatlash tushuniladi. O`quvchilar diqqatini jalb qilish qiyinligini har qanday pedagog biladi. Buning uchun maxsus pedagogik usullardan foydalanish zarur bo`ladi. Diqqatda psixik faoliyatning yo`naltirilishi bilan birga uning to`planishi mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo`lmagan boshqa narsalardek, hamma faoliyatdan diqqatni chalg`itish demakdir. Diqqatning bir joyga to`planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi - ko`pmi chuqur e`tibor berish tushuniladi.
Qandaydir bir suratli kitobni tez ko`rib chiqish maqsadida uni varaqlab chiqish mumkin. Bunday holda diqqatning to`planishi kuchli bo`lmaydi. Birorta qiyinroq kitobni undagi har bir bayon qilingan fikrni tushunib olishga intilib va undagi murakkab masalani boshidan oxirigacha tushunib olish har tomonlama o`zaro munosabatlarni qarab chiqish maqsadida uqish mumkin. Bu holatdagi diqqatning to`planishi juda kuchli bo`ladi. Masalan: Uyga topshiriq berilgan inshoni yozib o`tirgan o`quvchi ba`zan uyda boshqalarning gapini, radioning ovozini eshitmaydi. Unda diqqatning to`planishi kuchli bo`ladi.
Diqqat psixologik noyob hodisa bo‘lib, hozirgacha ruhshunoslar u haqda yagona fikrga ega emaslar. ba’zi bir mualliflarning fikriga ko‘ra, diqqat istalgan psixik jarayonda u yoki bu darajada ishtirok etganligi sababli, mustaqil hodisa sifatida o‘rganilishi mumkin emas. boshqalar esa diqqatning psixik jarayon sifatida mustaqilligini yoqlaydilar.
Bundan tashqari, diqqatning psixik hodisalarning qaysi sinfiga tegishliligi haqida ham turli fikrlar mavjud. ba’zilarning ta’kidlashiga ko‘ra, diqqat – bu psixik bilish jarayoni. boshqalar diqqat har bir faoliyatning zarur sharti ekanligiga, diqqatning o‘zi esa ma’lum iroda kuchlarining ifodalanishini talab etishiga asoslangan holda, diqqatni iroda va insonning faoliyati bilan bog‘laydilar.
Diqqat hodisasini tushuntirishning murakkabligi, uning «toza» ko‘rinishda uchramasligidan iborat. diqqat o‘zining bilish mazmuniga ega emas, u faqat boshqa bilish jarayonlari faoliyatiga xizmat ko‘rsatadi. shuning uchun diqqatni bilish jarayonlarining o‘sish xususiyatlarini xarakterlovchi holat, psixofiziologik jarayon sifatida o‘rganish zarur. diqqat o‘zi nima?
Diqqat – bu psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo‘nalganligi va jamlanganligi. bu hayvonlar, shuningdek, inson diqqatlarining umumiy ta’rifi. insonga nisbatan diqqatni ma’lum ob’ektlarga inson diqqatining, bir vaqtning o‘zida boshqa ob’ektlardan chalg‘igan holda, yo‘nalganligi va jamlanganligi sifatida o‘rganish mumkin. bu ta’rifdan diqqatning ahamiyatga molik belgilari uning yo‘nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib chiqadi.
Psixik faoliyatning yo‘nalganligi ostida uning tanlash xususiyati, ya’ni, sub’ekt uchun ahamiyatli bo‘lgan aniq jismlar, hodisalarni atrof-muhitdan ajratib olish yotadi. yo‘nalganlik tushunchasiga, shuningdek, ma’lum vaqt oralig‘ida psixik faoliyatni saqlab qolish ham kiritiladi.
Diqqatning boshqa xususiyati uning faoliyatga u yoki bu darajada chuqurlashganligini tushuntirib beruvchi jamlanganligidir. vazifa qanchalik murakkab bo‘lsa, diqqatning jadalligi va zo‘riqishi shunchalik kuchli bo‘lishi kerak, ya’ni, bunda faoliyatga chuqur kirib borish talab etiladi. ikkinchi tomondan, jamlanganlik boshqa yot narsalardan chalg‘ish bilan bog‘liq. aks holda, yot narsalardan chalg‘iy olmay qolsangiz, vazifani bajarishingiz qiyinlashadi.
Yo‘nalganlik va jamlanganlik bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq. diqqatingizni biror-bir narsaga yo‘naltiradigan bo‘lsangiz, bir vaqtning o‘zida diqqatingizni unda jamlagan bo‘lasiz. va aksincha, biror-bir narsada jamlansangiz, o‘z ruhiy faoliyatingizni unga yo‘naltirgan bo‘lasiz. diqqatning yo‘nalganligi bir mashg‘ulotdan ikkinchisiga o‘tish bilan, jamlash esa – mashg‘ulotda chuqurlashish bilan bog‘liq.
Diqqatning inson psixik faoliyatida tutgan o‘rnini tushunish uchun o‘zingizni biror-bir jismlar guruhiga qarayotgandek tasavvur qiling. ko‘rish maydoningizning markazida joylashgan ba’zi bir jismlar aniqroq, ko‘rish maydoningizning chetida turganlari esa aksincha idrok etiladi. shunga o‘xshash hodisani ongimizga nisbatan ham tuzish mumkin: faoliyatimiz mohiyati ongimizning markazini egallagan bo‘ladi; ahamiyatga molik bo‘lmaganlari esa ongimizdan chetga surilib qoladi. lekin boshqacha ham bo‘lishi mumkin: siz qandaydir jismga qaragan holda, umuman, boshqa narsa haqida o‘y surasiz. bunda ongingizning «markaziy maydoni» ko‘rayotganingiz bilan emas, o‘ylayotganingiz bilan band bo‘ladi.
Ongimizni grafik tarzda tasvirlaydigan bo‘lsak, biri ikkinchisiga joylashgan ikki aylana ko‘rinishida chizish zarur. katta aylana aniq bo‘lmagan ong, kichik aylana esa, – aniq ong yoki diqqat deb ataladi.[2]
Psixik bilish jarayonlarining yo‘nalganligi va tanlash xususiyati diqqat bilan bog‘liq. diqqat bilan idrokning aniqligi va izchilligi, xotiraning mustahkamligi va tanlash xususiyati, aqliy faoliyatning yo‘nalganligi va samaradorligi, qisqasi, umuman bilish faolligining sifati va natijalari aniqlanadi.
Perseptiv jarayonlar uchun diqqat tasvirlar chizgilarini farqlash imkonini beruvchi o‘ziga xos kuchaytirgich bo‘lib hisoblanadi, inson xotirasi uchun diqqat qisqa muddatli va operativ xotirada kerakli ma’lumotni saqlab turuvchi omil, yodda saqlangan ma’lumotni uzoq muddatli xotira zahirasiga o‘tkazishining zarur sharti, tafakkur uchun esa masalani tushungan holda echimini topishning shartli omili sifatida namoyon bo‘ladi.
Insonlararo munosabatlar tizimida diqqat o‘zaro hamfikrlik, odamlarning bir-birlariga moslashishi, shaxslararo nizolilarning oldini olish va o‘z vaqtida hal etishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |