MUNDARIJA:
Kirish…………………………………………………….….3
I.bob. Boshlang’ich sinf grammatika va . imlo darslari…..…….5
Boshlang’ich sinf grammatika va imloga o’rgatish usullari…………………………………………………………………………….9
II.bob. Boshlang’ich sinf grammatik mashqlar va ularning . . turlari, uyushtirilishi………………………...…………...…16
2.1. O’qituvchi va o`quvchilar o’rtasidagi faollikni oshirishda . interfaol o’yinlarning tutgan o’rni…………………..……..21
2.2. 3-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish.24
III. Xulosa…………………………………………………………35
Foydalanilgan adabiyotlar……………….……………………..36
Boshlang’ch sinf grammatika va imlo darslarida qiziqarli o’yinlardan foydalanish.
Reja:
Kirish
I.bob. Boshlang’ich sinf grammatika va . imlo darslari
Boshlang’ich sinf grammatika va imloga o’rgatish . . usullari.
II. bob. Boshlang’ich sinf grammatik mashqlar va ularning . turlari, uyushtirilishi
2.1. O’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi faollikni oshirishda . interfaol o’yinlarning tutgan o’rni
2.2. 3-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish
III. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. “Insonning tafakkuri, aqliy salohiyati ijtimoiy boylik hisoblanadi. Ular har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydi. Shunday farzandlarimiz borki, ular umumiy o`rta ta’lim jarayonida ma’lum yo`nalish bo`yicha o`zlarining iqtidorlarini, iste’dodlarini namoyon etadilar. Yurtboshimiz ta’kidlab o’tganlaridek, «Biz uchun o’z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo’qotmaydigan masala, bu - farzanlarmizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarini egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash vazifasidir1».
Til fikrni shakllantirish va insho qilish, taassurot, his, kechinmalarni ifodalashda muhim o’rin tutadi. Til jamiyat a’zolarining bir-biri bilan o’zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shunchalik aniq, ta’sirchan ifodalanadi. Maktabda ona tilini chuqur o’rganish zarurati tilning mana shu asosiy vazifalaridan kelib chiqadi.
Boshlang`ich sinflarda o`tiladigan ona tili, matematika, o`qish, odobnoma, tabiatshunoslik darslari o`z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko`ra ta’lim tizimida alohida o`rin tutadi. Negaki ularning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshlang`ich ta’lim darslariga o`quvchilar qiziqishini oshirishga alohida e’tibor berish lozim. Chunki bolalar boshlang`ich sinflardanoq « dars » degan muqaddas so`zdan bezib qolmasliklari lozim. Bugungi kunda o`quvchilarni darsga bo`lgan qiziqishlarini oshirish uchun tajribali o`qituvchilar turli didaktik o`yinlardan foydalanishmoqda. Ushbu mavzuning dolzarbligi ham shundadir.
Bоlаlаrgа tа’lim-tаrbiya bеrish bоshlаng`ich sinflаrdа yaхshi uyushtirilsаginа, yuqоri sinflаrdа ijоbiy nаtijаlаrgа erishilаdi. Shunisi o`rinliki, bоshlаng`ich sinf o`quvchilаrining ish mоbаynidа o`zigа хоs tоmоnlаri bоr. Chunki o`quvchilаrning o`qishgа munоsаbаtlаri bir-birlаridаn fаrq qilаdi. Bu esа tа’lim-tаrbiya ishlаrini uyushtirishdа bir qаtоr qiyinchiliklаrni vujudgа kеltirаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |