Mundarija: Kirish i-bob. Bioinformatika fanining rivojlanish tarixi


Fermentlar va ularning tahlilida bioinformatikaning roli



Download 0,51 Mb.
bet6/14
Sana13.06.2023
Hajmi0,51 Mb.
#950999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Bioinformatika fanining rivojlanish tarixi va istiqbollari

Fermentlar va ularning tahlilida bioinformatikaning roli. Zamonaviy biotexnologiya fanining rivojlanishida uning tarkibiy qismi hisoblangan enzimologiya ham muhim rol o’ynaydi. Chunki fermentlar tirik organizmlarning hayotida juda katta rol o’ynaydi. Fermentlar bu oqsil tabiatiga ega bo’lgan biologik katalizatorlar bo’lib, ular biologik jarayonlarning borishida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Fermentlar oqsil sifatida ularni hosil qiluvchi aminokislotalarning ketma – ketliklarini bioinformatsion dasturlar vositasida tahlil qilish yoki bu oqsillarning uchlamchi strukturasi haqidagi ma’lumotlarni olish yoki kompyuter dasturlari vositasida ularni vizualizatsiyalashtirishni amalga oshirish mumkin bo’ladi.
Fermentlar - (lotincha fermentum-bijg’imoq, achitqi), barcha tirik hujayralarda mavjud bo’lgan va biologik katalizator vazifasini bajaruvchi spetsifik oqsillardir. Ular yordamida genetik axborot aniqlanadi va tirik organizmlarda moddalar va energiya almashinuvi jarayoni amalga oshiriladi. Fermentlar sodda va murakkab ko’rinishidagi oqsillar bo’lib, ularning tarkibi oqsil komponent (apoferment) va oqsil bo’lmagan qism kofermentlardan tashkil topgan. Fermentlarning ta’sir samaradorligi oraliq ferment-substrat kompleksining hosil bo’lishi natijasidagi katalizlanish energiyasining kamayishi bilan aniqlanadi. Substratlarning bog’lanishi faqatgina ma’lum substratlar bilangina faol markazlarda sodir bo’ladi. Fermentlarning xususiyatlaridan biri yo’naltirilgan va boshqariladigan ta’sirga egaligidir. Shuning hisobiga barcha turdagi moddalar almashinuvi muvofiqligi nazorat qilinadi. Bu xususiyat fermentlar molekulasi strukturasining fazoviyligi asosida aniqlanadi. Bu frmentlar ta’sir tezligi zgarishi bilan aniqlanadi va substrat hamda kofaktorlar kontsentratsiyasi, muhit rN i, haroratga shuningdek, aktivatorlar va ingibitorlarning (masalan, adenil nukleotidlari, karbonil, sulfogidril birikmalar va b.) ishtirokiga bog’liq bo’ladi. Zamonaviy farmakodinamika usullari vositasida fermentlarning turli ko’rinishdagi dori vositalari bilan bog’lanishining molekulyar mexanizmlarini aniqlash, shuningdek aynan o’sha bog’lanish jarayonlarini modellashtirish imkoniyati mavjud. Ba’zi fermentlar faol markazlardan tashqari allosterik boshqariluvchi markazlarga ham ega bo’ladi. Fermentlar biosintezi genlar nazorati ostida bo’ladi. Hujayra tarkibida doimiy uchraydigan konstitutiv fermentlar va biosintezi muvofiq substratlar orqali aktivlanuvchi indutsirlanuvchi fermentlar ajratiladi. Bir-biri bilan o’zaro funktsional bog’langan fermentlar hujayrada strukturaviy tuzilmalar poliferment komplekslarni hosil qiladi. Ko’pchilik fermentlar yoki ferment komplekslari hujayra membranasi yoki organoidlari (mitoxondriya, lizosoma, mikrosoma va b.) bilan mustahkam bog’langan bo’ladi va moddalarning membrana orqali aktiv transportida ishtirok etadi.
20000 dan ortiq fermentlar ma’lum bo’lib, ularning ko’pchiligi tirik hujayralardan ajratib olingan. Birinchi kristall ferment (ureaza) amerikalik biokimyogar D.Samner tomonidan 1926 yilda ajratib olingan. Fermentlarning aminokislotalar ketma-ketligi o’rganilgan va uch o’lchamli fazoda polipeptid zanjirlarning joylashishi tushuntirib berilgan. Laboratoriya sharoitida ribonukleaza fermentining sun’iy kimyoviy sintezi amalga oshirilgan. Fermentlardan turli moddalarni olish va miqdorini aniqlashda, gen muhandisligi usulida nuklein kislota molekulalarini o’zgartirish uchun, turli kasalliklar diagnostikasi va ularni davolash uchun, shuningdek, bir qator yengil sanoat, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoati qo’llaniladigan texnologik jarayonlarda keng foydalaniladi. Bo’lajak oqsillar sifatida aminokislotalar ularning barcha xususiyatlariga ega bo’ladi. Shu bilan birga biokatalizatorlar ularning oqsil tabiatidan kelib chiquvchi qator spetsifik sifatlar bilan ta’riflanadi. Bu sifatlar sifatlar fermentlarni oddiy tipdagi katalizatorlardan ajratib turadi. Bunga fermentlarning termolabilligi (harorat ta’sirida o’zgarishi), ularning muhit rN i qiymatiga bog’ligi, spetsifikligi va aktivatorlar hamda ingibitorlar ta’siriga duch kelishi kiradi.
Spetsifiklik - fermentning mislsiz xususiyatlaridan biridir. Ularning bu xususiyati oldingi yuz yillikda, strukturasi bo’yicha yaqin moddalar - fazoviy izomerlar (a- va b-metilglyukozidlar) efir bog’laridan ikkita umuman turlicha fermentlarga parchalanishi kuzatilganda ochilgan edi.
Shu tufayli, fermentlar bir-biridan sezilarsiz farqlarga ega kimyoviy birikmalarni, masalan, metilglyukozid molekulalaridagi 1-uglerod atomidagi vodorod atomi va metoksil radikalining fazoviy joylashuvini ajratishi mumkin.
Biokimyoviy adabiyotlarda ko’pincha qo’llaniladigan ifoda bo’yicha, ferment substratga xuddi kalit qulfga kelgandek yaqinlashadi. Bu mashhur qoida 1894 yilda E.Fisher tomonidan ta’riflangan. Shundan kelib chiqqan holda, fermentning ta’sir spetsifikligi qat’iy ravishda substrat va aktiv markazning geometrik strukturasi mosligi asosida aniqlanadi.
O’tgan asrning 50-yillarida bu qarashlar D.Koshlandning substrat va fermentning indutsirlangan mosligi nazariyasi bilan almashtirilgan edi. Uning mohiyati shundaki, substrat va ferment aktiv markazining fazoviy mosligi ularning bir-biri bilan xuddi “qo’lqop-qo’l” formulasi asosidagi bog’lanishi orqali hosil qilinadi. Bunda substratda ba’zi valent bog’lar shaklini o’zgartiradi va keyingi katalitik o’zgarishlariga tayyorlanadi, ferment molekulasida esa konformatsion qayta tartiblanish sodir bo’ladi. Ferment aktiv markazining o’zgaruvchanligi taxminiga asoslangan Koshland farazi, fermentlarning faollanish va ingibirlanish ta’siri, hamda ular aktivligini turli faktorlar ta’sirida boshqarilishini qoniqarli darajada tushuntirib berdi. Xususan, ferment faolligi o’zgarish jarayonida undagi konformatsion qayta tartiblanishlarni Koshland o’rgimchakning o’ljasi (substrat) tushgan paytdagi tebranishi bilan taqqosladi.
Zamonaviy biotexnologiya va bioinformatika fanlarining birgalikdagi rivojlanishi natijasida individual genotiplarga mos ravishdagi dori preparatlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda. Bu jarayonda bioinformatika genotipning umumiy holatini uning nukleotidlar ketma – ketliklarini, yoki bu genotipdagi mutatsiyalar o’rnini aniqlaydigan bo’lsa, biotexnologiya ayni genotip uchun mos kelishi mumkin bo’lgan dori preparatini ishlab chiqadi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish