Berilliy va magniyning xossalari. Metallik magniy suyultirilgan va konsentrlangan kislotalar bilan qanday reaksiyalarga kirishishini bilish uchun alohida olingan probirkalarga suyultirilgan va konsentrlangan nitrat, sulfat va sirka kislotalardan olib ularning ustiga metallik magniydan oz–ozginadan soling. Kuzatilgan xodisalarni izohlang. Reaksiya tenglamasini yozing.
1 – 1,5 sm uzunlikdagi magniy lentasini chinni kosacha ustiga yoqing yoki toza temir qoshiqchaga magniy kukunini olib gaz gorelkasi alangasida yondiring. Olingan moddaga bir necha tomchi konsentrlangan xlorid kislota eritmasidan tomizing va ajralib chiqayotgan gazni aniqlang. Magniy havoning qaysi tarkibiy qismlari bilan reaksiyaga kirishadi? Kuzatilgan xodisalarni izohlang va tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
Metallik magniyning suv bilan o‘zaro ta’siri. Magniy lentasining bir bo‘lakchasini (1-2 sm) olib uning sirtidagi oksid pardasini jilvir qog‘oz bilan tozalang. Probirkaga 3 – 4 ml distillangan suv quying va unga tozalangan magniy lentasini tushiring. Uy temperaturasida reaksiya bormasligini belgilang. Probirkani past gaz alangasida qizdiring. Nima kuzatiladi? Olingan eritmaga bir tomchi fenolftalein eritmasidan quying eritma rangining o‘zgarishi eritmada qanday ionnning hosil bo‘lganligini ko‘rsatadi? Probirkaga 0,3-0,5 g NH4CI tuzi kristalidan soling. Nima kuzatiladi? Kuzatilgan natijalarni izohlang. Qizdirilganda magniyning suv bilan o‘zaro ta’sir etish reaksiyasining tenglamasini yozing. Nima uchun NH4 + ishtirokida magniy suv bilan aktivroq reaksiyaga kirishadi?
Berilliy gidroksidning olinishi va uning xossalari. Ikkita probirkaga berilliy tuzi eritmasidan 3-4 tomchi tomizing. Har bir probirkaga ishqor eritmasidan berilliy gidroksidi cho‘kmasi hosil bo‘lguncha quying. Olingan berilliy gidroksidining 2 n xlorid kislota va mo‘l ishqor eritmalariga munosabatini tekshiring. Berilliy gidroksidi xossalari to‘g‘risida xulosa chiqaring va uning dissotsiatsiya muvozanatining sxemasini tuzing. Bajarilgan reaksiyalarning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
Magniy gidroksidning olinishi va xossalari. Magniyning biror tuzi eritmasiga ishqor eritmasidan ta’sir ettirib magniy gidroksidini hosil qiling. Probirkadagi eritmani 3 ta toza probirkaga bo‘ling. Birinchi probirkaga 10% li xlorid kislota, ikkinchi probirkaga ishqor eritmasi va uchinchi probirkaga ammoniy xlorid eritmalaridan quying. Sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni kuzating. Reaksiya tenglamalarini yozing. Agar ishqor eritmasi o‘rniga ammiak eritmasi solinsa magniy gidroksidi to‘liq cho‘kmaga tushadimi? Berilliy gidroksidi va magniy gidroksidlari asoslarning qaysi tipiga kiradi? Berilliy va magniy gidroksidlarning dissotsiatsiyalanish reaksiya tenglamalarini yozing.
Berilliy va magniy karbonatlari. 3-4 ml berilliyning biror tuzi eritmasiga ammoniy karbonatni to‘yingan eritmasidan tomizing. CHo‘kma tushishini va cho‘kmani ammoniy karbonatning to‘yingan eritmasidan mo‘l olganda erib ketish 87 sabablarini tushuntiring. Hosil bo‘lgan eritmani qaynating. Eritma qaynatilganda cho‘kma tushish sababini tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
50o Sgacha qizdirilgan magniy tuzi eritmasiga to‘liq cho‘kish sodir bo‘lguncha natriy karbonat eritmasidan quying. Tushgan cho‘kmani filtrlang, suv bilan yuving va quritish shkafida 100–150o S da quriting. Filtratni qaynaguncha qizdiring. Nima kuzatiladi? Reaksiyalar tenglamalarini yozing. Magniy va berilliy tuzlariga karbonat ioni ta’sir etganda qanday ketma–ket reaksiyalar boradi? Qaysi jarayonlar natijasida berilliy va magniyning gidrokso- ionlari hosil bo‘ladi. Normal magniy karbonatni qanday olish mumkin? Berilliy atsetatning olinishi va uning sublimatsiyasi. 2-2,5 gramm avvalgi tajribalarda olingan berilliyni asosli karbonati yoki berilliy gidroksidini chinni kosachaga soling va uni suv hammomiga o‘rnating. Kosachadagi modda qizigandan keyin unga avvaldan tayyorlangan muz sirka kislotasidan karbonat angidrid gazining ajralishi to‘xtaguncha soling. Eritma quriguncha bug‘lating va yana bir marta sirka kislotasi bilan qayta ishlang. Kosachani olingan moddasi bilan muz hammomida soviting. Olingan moddani xloroformda qayta kristallang. Xloroformda erigan qoldiqni quruq filtrda filtrlang. Filtratni chinni kosachaga quying va xloroform uchib ketgandan keyin qolgan kristallar ko‘rinishlarini mikroskop ostida kuzating.
Berilliy atsetatning tarkibi va tuzilishi qanday? Reaksiyalarning tenglamalarini yozing. Olingan kristallardan olib quruq probirkaga soling va og‘zini pasaytirib kuchsiz gaz gorelkasi alangasida qizdiring. Sodir bo‘lgan jarayonni izohlang. Probirka devoriga o‘tirgan moddaning tarkibi qanday?
Mikroskop ostida hosil bo‘lgan kristallar ko‘rinishlarini kuzating. Ishqoriy - er metallarining gidroksidlarining olinishi
a) Alohida olingan probirkalardagi CaCI2, SrCI2, BaCI2 eritmalariga karbonat ionlari aralashmasi bo‘lmagan o‘yuvchi natriy eritmasidan quying. Har bir probirkada ajralgan cho‘kma miqdoriga e’tibor qiling. Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Tajribani NaOH o‘rniga karbonat ionlari aralashmalari bo‘lmagan suyultirilgan NH4OH eritmasi bilan takrorlang. Olingan natijalarni yuqoridagi tajriba bilan solishtiring. Tajriba natijalariga izoh bering. Reaksiya tenglamalarini yozing.
Ishqoriy-er metallarining karbonatlarini olish. Ishqoriy-er metallarining tegishli tuzlariga soda eritmasidan qo‘shib kalsiy, stronsiy va bariy karbonatlarni hosil qiling. Hajmli oq cho‘kma karbonatlarni hosil bo‘lishini kuzating. Probirkalarning cho‘kmalari bilan asta - sekin qizdiring. CHo‘kmalarning ko‘rinishi o‘zgarishiga e’tibor bering. Hamma probirkalarga suyultirilgan xlorid kislota eritmasidan qo‘shing. Reaksiya tenglamalarini yozing.
Ishqoriy-er metallarini sulfatlarini olish. Tegishli tuzlar eritmalariga suyultirilgan N2SO4 yoki Na2SO4 eritmalaridan quyib kalsiy sulfat, stronsiy sulfat va bariy sulfatlarni hosil qiling. Olingan cho‘kmalarning rangini belgilang. Reaksiya tenglamalarini yozing. CHo‘kmalarning har birini xlorid va nitrat kislotalarda eruvchanligini sinab ko‘ring. Tuzlarning eruvchanligini jadvaldan taqqoslang. 88 Kalsiy, stronsiy va bariy tuzlarining alangani bo‘yashi. Platina simini xlorid kislotada yuvib, gaz gorelkasi alangasida qizdirib tozalang. Tozalangan platina simini kalsiyning biror tuzi eritmasiga botiring va uning rangsiz gaz gorelkasi alangasining pastki qismiga tuting. Alanganing qizg‘ish rangga bo‘yalishini kuzating. Tajribani yuqoridagidek o‘tkazib stronsiy tuzlari alangani och qizil, bariy tuzlari esa sarg‘ish-yashil rangga bo‘yashini kuzating va tegishli xulosa chiqaring.
Berilliy – atom raqami 4 bo‘lgan, ikkinchi davrning ikkinchi guruhiga mansub element. Formulasi Be. Oddiy modda shaklidagi berilliy yorqin kulrangda bo‘lib, o‘rtacha qattiqlikdagi, kuchli toksik metall bo‘ladi.