Mundarija kirish I bob aleksandr makedonskiyning sarkardalik faoliyati


Makedonyalik Iskandarning O’rta Osiyoga yurishlari.Baqtriya,Sug’d va Ustrushona bosqini



Download 235,81 Kb.
bet10/13
Sana31.12.2021
Hajmi235,81 Kb.
#232392
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Komilov I.(tekshirish varianti)

2.5. Makedonyalik Iskandarning O’rta Osiyoga yurishlari.Baqtriya,Sug’d va Ustrushona bosqini.

Antik dunyo tarixida makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr, Makedoniya podshosi Filip II ning o'g'li) olamga dovrug'ni taratgan jahongir hukmdorlardandir. Yunoniston, Kichik Osiyo, Arabiston hududlarini qudratli harbiy kuch bilan egallab, o'sha joylarda o'z hukmronligini o'rnatgan Iskandar mil. av. 331-yil oktyabrida Gavgamela yonida (shimoli-sharqiy Mesopotomiya) bo'lgan jangda Eron qo'shinlarini engadi. Eron podshohi Doro III Iskandardan uzil-kesil engilib, mamlakat sharqiga, Baqtriyaga qochadi. U erda esa Baqtriya satrapi Bess tomonidan o'ldiriladi. Tez orada Iskandar qo'shini ortiqcha qarshiliksiz Baqtriya poytaxti - Baqtra (hozirgi Balx) shahrini hamda Aorn, Drapsak singari mustahkam qal'alarni egallaydi. Ko'p o'tmay Bess qo'lga olinib, qatl etiladi. Mil. av. 328- yilda Xorazm shohi Farasman Baqtradagi Iskandar qarorgohiga tashrif buyuradi va ittifoqchilik bitimi imzolanadi. Shu boisdan Iskandar Xorazmga yurish qilmaydi. Mil. av. 329- yilda Oks (Amu) daryosi sohiliga etib kelgan Yunon qo'shinlari bu azim daryodan o'tish uchun kema topolmadi. Ko’prik quray desa tevarak- atrofda yog’och yo’q edi. Shuning uchun askarlarga somon tiqilgan mesh tarqatishdi. Shu meshda suzib, bor Askar olti kun deganda daryodan o’tib oldilar va Navtaka (hozirgi Qashqadaryoning Kesh-Shahrisabz vohasi)ga kirib boradilar. Navtaka bosqinidan to’rt kun o’tib Yunon qo’shinlari o’z harakatning yo’nalishlarini Sug'diyona paytaxti - Marokanda (Samarqand)ga qaratishdi.

Miloddan avvalgi 329-yilda Iskandar qo`shinlari Oks — Amudaryodan o`ta boshladi. Pishqirib oqayotgan daryo ularning sollarini surib ketardi, gupsarlarni bir-biriga ulab turgan qayishlar uzilardi. Somon to`ldirilgan gupsarlar suvga botib ketardi. Hurkib ketgan otlar tizginlarini uzib, o`zlarini suvga otishar va qirg`oq tomon suzib ketishardi.

Iskandar qo`shinlarining bir qismi g`arq bo`ladi. Olti kun deganda ular kechuvdan o`tib bo`ladilar. Yana So`g`diyonaga yetguncha ancha tog`-u toshdan oshish kerak edi. Ular yo`1 yurib, Navtaka (Nautaka) viloyatiga yetadilar. U Qashqadaryo vodiysining sharqida joylashgan edi. Iskandar Navtakadagi qo`rg`onlarni egallab, Maroqandaga shoshiladi. Bu vaqtda shahar yetmish stadiy uzunlikdagi mustahkam devor bilan o’ralgan edi. Shahar arki Yana bir mustahkam devor Bilan o’ralgan edi.Shunga qaramay yunon-lar shaharni egalladilar va uni ayovsiz talon-toroj qildilar. Tevarak-atrofdagi qishloqlarni ham talab, keyin yoqib yubor-dilar.

U qo`shinlarining bir qismini qoldirib, o`zi asosiy kuchlar bilan Sirdaryo qirg`oqlari sari ketadi. Iskandar u yerdagi Kurushkat (Kiropolis) shahrini egallamoqchi edi. Rivoyatga ko`ra, bu shaharga qadimgi fors shohi Kir II asos solgan.

Rim olimi Kurtsiy Rufning ma'lumot berishicha, Iskandar armiyasi Marokandani uncha qiynalmasdan va kam talofat bilan ishg'ol etgan va «shaharda o'zlarining garnizonlarini qoldirib, yaqin atrofdagi qishloqlarni yondirib va vayron etib», so'ngra esa shimoli-sharqqa qarab harakatlanganlar.

O'shanda Iskandar Zul-qarnayn So'g'diyonada ,yana yettita shaharni bosib oldi. Shundan keyin u Tanais daryosi boylanga qarab qo shin tortdi. Tanaisni mahalliy xalq Yaksart deb atardi. Uning boshlanishi Tyanshan tog'larida bo'lib, Gurgon dengiziga kelib quyilar edi. Tanais bo'ylaridagi mahalliy xalq oziq-ovqat va yem-xashak qidirib yurgan makedoniyaliklarni tutib o'ldirdilar.

Shu yerda Iskandar Zulqarnayn huzuriga saklarning elchilari kelishdi. Iskandar ham ular bilan sulh tuzish uchun o'z elchilarini yuborgan edi. Aslida esa Iskandar Zul-qarnaynning elchilari skiflar mamlakatining umumiy ahvoli, skiflarning turmush tarzi, din-e'tiqodi, fe'l-atvori, askarlarining umumiy soni va qanday qurollanganliklarini bilib kelishi kerak edi. Iskandar Zulqarnayn o'sha Tanais bo'yida Aleksandriya Esxata (Uzoqdagi Iskandariya) degan katta bir shahar qurdirdi. Shahar hozirgi Tojikistonning Xo'jand shahri yaqinida joylashgandi. Bu shahar Iskandar uchun skiflarga qarshi urush olib borishda tayanch bo'lib xizmat qilishi kerak edi. Lekin Iskandarning skiflar ustiga qilmoqchi bo'lgan yurishi amalga oshmay qoldi. So'g'diyonada katta qo'zg'olon ko'tarilganligi va ularga ergashib baqtriyaliklar ham qo'z­g'olon ko'targanliklari haqida bir-biridan tashvishli xabarlar kela boshladi. Shu payt Iskandar Zulqarnayn endi Aleksandriya Esxataga kelib tushgandi. Shahar juda katta bo'lib, 60 stadiy uzunlikdagi devor bilan o'ralgandi. Skiflar tez-tez katta shaharning ro'parasiga kelib, uni qattiq o'qqa tutar edilar. Shu payt Baqtriya ham Iskandar Zulqarnaynning tasar-rufidan chiqib, o'z mustaqilligini qo'lga kiritib oldi. Iskandar esa ikki o't orasida: bir tomondan mustaqilligini qo'lga kiritib olgan Baqtriya bilan qo'zg'olon ko'targan So'g'di-yona, ikkinchi tarafdan yunon askarlariga tez-tez hujum qilib, ularga katta talafotlar yetkazib turgan saklar orasida qolgandi. Yarador bo'lib qolgan, sogiig'i borgan sari yomonlashib borayotgan Iskandar Zulqarnayn buning oqibatidan qo'rqardi. Ushbu bosqinchilarga qarshi iste'dodli harbiy rahbar, so'g'dlik Spitamen boshchiligida baqt-riyaliklar, sak va massagetlar qo'shilib qo'zg'olon ko'tar-dilar.


2.6. Markaziy Osiyo xalqlarining Yunon-makedonlar bosqinchilariga qarshi kurashi.

 Maroqandadan so'ng yunon-makedon qo'shinlarining yurishlari nihoyatda qiyin va murakkab kechdi. Chunki ular endilikda mahalliy xalqning qudratli qarshiligiga duch keldi. Iskandar bosqinidan, uning yurtga solayotgan qirg'ini-yu, zulm, asoratidan ko'zi g'aflat uyqusidan ochilgan, erk, ozodlik qadrini har narsadan afzal bilgan ona zamin kishilari bir yoqadan bosh chiqarib, ajnabiy istilochilarga qarshi harakatga keladi. Mil. av. 329- yil kuzida Sug'diyonada boshlanib, O'rta Osiyo mintaqasining boshqa hududlarida keng aks sado bergan xalq 11qo'zg'oloni yurtimiz ozodligi tarixida chinakam yangi sahifa yozgan.

Iskandar tajovuzi va zulmiga qarshi ko'tarilgan bu ommaviy harakatga so'g'd xalqining mard o'g'loni Spitamen boshchilik qildi. So'g'diyona va Baqtriyada mahalliy xalqlarning chuqur ishonchini qozongan, katta harbiy salohiyat sohibi Spitamen xalqdan lashkar tuzib, dastlab Iskandarning Marokandada qoldirib ketgan harbiy garnizoniga hujum qilib uni yanchib tashlaydi. Bu xabar erli aholiga katta ruhiy quvvat bag'ishlab, uning ajnabiylarga qarshi faol kurashiga turtki beradi. Iskandar o'z qo'shinining bir qismini qo'zg'olonchilarga qarshi Marokandaga yo'llaydi. Bu davrda Iskandarning o'zi Yaksart (Sirdaryo)ning chap sohilidagi shaharlar va aholi turar joylarini bo'ysundirish uchun og'ir janglar olib borayotgan edi. Ajoyib jang taktikasini qo'llagan Spitamen Iskandar lashkari Marokandaga yaqinlashib kelayotganini eshitgach, darhol shaharni tark etib, Politimet (Zarafshon) daryosining quyi oqimi tomon jang qilib chekinadi. So'ngra bu erdagi dashtli ko'chmanchilarning otliq askarlari bilan qo'shilib kutilmaganda qarshi hujumga o'tadi. Bundan sarosimaga tushgan yunon qo'shini katta talofatga uchrab, qolgan-qutgan jangchilari bilan shaharga chekinadi. Spitamen Marokandani qamal qiladi. Bundan xabar topgan Iskandar Sirdaryo bo'yidagi hujum harakatlarini vaqtincha to'xtatib, o'zi qo'shinga bosh bo'lib Spitamenga qarshi yurish boshlaydi. U Marokandaga etib kelganida Spitamen kuchlari allaqachon bu joyni tark etib, So'g'diyonaning cho'llik qismiga chekingan edi. Iskandar Spitamendan o'ch ololmagach, butun qahri-zahrini Zarafshon aholisiga qaratadi. U Spitamen kuchlarini ta'qib qilib, Marokandadan cho'lli hududlar tomon borar ekan, yo'l-yo'lakay 120 mingdan ziyod tinch aholini qirib tashlagani tarixiy manbalarda uchraydi. Biroq u bari-bir mahalliy xalqlarni o'ziga uzil-kesil bo'ysindira olmaydi.

12Iskandar Doroning yuz minglab muntazam lashkarlariga qarshi jang olib borishdan ko'ra Spitamen boshchiligidagi qo'zg'olonchilarga qarshi kurashish qiyin ekanligini tushunib etadi. Negaki, erli aholi o'zining har bir qarich tuprog'i, daryo-ko'li, qir-adiri, qoyasi uchun dushman bilan jon berib, jon olishib kurashgan. Iskandar armiyasining engilmasligi to'g'risidagi afsonalar ham bizning yurtimizda barham topdi. Oxiri shunday bo'lib chiqdiki, O'rta Osiyo erlarini kuch, qurol bilan enga olmasligiga ko'zi etgan Iskandar aqlu zakovat, hiyla yo'li bilan ish tutib, mahalliy aholining yuqori tabaqasi, zodagonlari bilan umumiy til topishga, erli xalqning milliy udumlari, urf-odatlari, marosimlarini qabul qilishga majbur bo'ladi. Shunday yo'l bilan So'g'diyona ulug'laridan Oksiart, Xorien degan mahalliy aslzodalar uning tomoniga o'tadi. Iskandarning Oksiartning go'zal qizi Raxshanak (Roksana)ga uylanishi esa qarindoshlik aloqalarining kuchayishiga xizmat qiladi. U xalq qaxramoni Spitamenni qo'lga tushirib, uni jismonan yo'q qilishda ham mahalliy zodagonlar xizmatidan foydalanadi.

Spitamenning tez orada o'ldirilib, uning boshi Yunon podshohiga tortiq qilinganligi fakti ham qo'zg'olonchi kuchlar o'rtasida birlikning bo'lmaganligi alomatidir. Shunga qaramay ajnabiy bosqinchilarga qarshi xalq g'alayonlari 327-yil boshlariga qadar davom etdi. Garchand Spitamen boshchiligidagi keng ommaviy xalq harakati oxir-oqibatda mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, u ulug' ajdodlarimizning mardlik jasoratini, elu-yurt hurligi, ozodligi yo'lidagi fidoyiligini yorqin namoyon etdi.

Shunday qilib, muttasil uch yil davom etgan shiddatli janggu jadallardan so'ng Iskandar Baqtriya, Sug'diyona va Ustrushonaning faqat bir qisminigina itoat ettirib, bu hududlarga o'z ishonchli odamlarini, o'ziga sodiq sug'dlik Oropiyni Sug'diyona hokimi etib tayinlab, o'zi mil. avv. 327-yilda Hindiston tomon qo'shin tortadi.

Yunon-Makedon qo'shinlari O'rta Osiyo erlarida shu qadar holdan toyib, o'zining jangovorlik qobiliyatini yo'qotdiki, buning oqibatida ular shimoliy Hind erlariga arang kirib bordilar. Bu holatni tan olgan Iskandar tez orada Hindistondagi urush mavsumini tugatib, ortga, ikki daryo oralig'idagi Bobil shahriga qaytib ketishga buyruq beradi. Antik dunyo olimlarining yakdil ta'kidlashicha, Yunonlar podshosining bu buyrug'i ruhan cho'kkan uning butun qo'shinida katta qoniqish bilan qarshi olingan ekan.

Shunday qilib, butun er yuzini egallab, dunyo hukmdori bo'lishga da'vo qilgan Iskandarning sharqiy yurishlari oxir - oqibatda ko'zlangan yuksak natijalarsiz tugadi. Uning o'zi mil. av. 323-yilda Bobilda hayotdan ko'z yumadi. Ayniqsa uning ko'p sonli lashkarlarining Vatanimiz sarhadlarida mislsiz xalq qarshiligiga duch kelib, son-sanoqsiz qurbonlar berishi pirovardida uning jahongirlik da'vosini puchga chiqardi.

O'zgalar yurtini zo'rlik bilan egallash evaziga qudratli saltanat qurish, boshqalarga o'z irodasini majburlash yoxud zulm-asoratni kuchaytirish pirovard natijada qanday xunuk oqibatlarga olib kelishini Iskandar Zulqarnayn timsoli yaqqol isbot etadi. Tarixning bu achchiq sabog'ini hech mahal unutmaslik kerak bo'ladi. Iskandar Zulqarnaynning so’ngi taqdiriga kelsak, u miloddan avvalgi 327- yili Hindiston ustiga qo’shin tortdi va mamlakatni shimoli-g’arbiy qismini bosib oldi. U Yangi yurishlarga tayyorgarlik ko’rish asnosida bezgak kasaliga chalinadi va miloddan avvalgi 323-yilning iyunida 33 yoshida vafot etdi.



Download 235,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish