Mundarija: kirish i-bob. Al-xorazmiy hayoti va ijodi


Al-xorazmiy hayoti va ijodi



Download 191,29 Kb.
bet3/5
Sana21.07.2022
Hajmi191,29 Kb.
#832864
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xorazmiy hayoti va ijodini o\'rganish va darsda hamda darsdan tashqari vaqtlarda foydalanish

Al-xorazmiy hayoti va ijodi:

Markaziy Osiyolik matematik olimlar orasida eng mashhurlaridan biri Abu Abdulloh Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy (783-850). Yuqorida zikr etilgan Bag’doddagi Donishmandlik uyida matematika bilan shug’ullandi. Uning matematika bo’yicha yozgan risolalari: «Kitob al-jabr val muqobala», «Hind hisobi haqida qisqacha kitob», «Astronomik jadvallar», «Kitobul-suratul-arz». «Hind hisobi haqida qisqacha kitob» asari Evropada hind pozision sistemasining tarqalishida muhim rol o’nadi. «Kitob al-jabr val- muqobala» asarida algebra mustaqil fan sifatida (matematikaning bir bo’limi) birinchi bo’lib o’rganib chiqildi. Bu risola ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismida algebraik miqdorlar ustida amallarni hisoblash bajarish qoidalari, birinchi va ikkinchi darajali tenglamalar ko’rib chiqilgan. Qoidalar va yechimlar so’z bilan bayon etilgan. Noma’lum ildiz yoki buyum deb noma’lumning kvadrati - kvadrat deb atalgan. Kvadrat tenglamalar geometrik usulda yechilgan. Ikkinchi qismda esa geometrik masalalar bayon etilgan. Unda 3 va 10 sonlarining bir-biriga yaqinligi hamda bundan tashqari, 3,1416 kabi qiymatlari keltirilgan. By asar lotin tiliga XII asrda tarjima qilingan va ko’p vaqtlar davomida Yevropa mamlakatlarida matematika bo’yicha asosiy qo’llanma bo’lib keldi. Al-Xorazmiyning nomi dastlab matematika olamiga hind hisob sistemasiga asoslangan arifmetika muallifi sifatida tanilgan bo’lsa, so’ngra qat’iy qoidalar asosida bajariladigan har qanday hisob sistemasining umumiy nomi (algoritm) sifatida mashhurdir. Al-Xorazmiyning nomi bilan Oyning ko’rinmas tomonidagi krater ataladi.
2003 yilda Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy al-Majusiy tavalludining 1220 yilligi nishonlandi.

II-BOB AL-XORAZMIY ILM FANGA QO’SHGAN HISSASI Buyuk faylasuf, qomusiy olim Abu Nasr ai-Farobiy (873-950-yillar) Sirdaryoqirg'og'idagi Farob degan joyda tug'ilib, Farob, Toshkent, Buxoro va Samar-qandda o'qidi. Keyinroq Bag'dod va Damashqda yashab o'z ma'lumotini oshirib, umrim ilmga baxshida etdi. U fanning barcha sohalarini qamragan 160 dan ortiq asarlar yozgan va ayrim ma'lumotlarga ko'ra 70 dan ortiq tilni bilgan. Al-Farobiy barcha ilmlar rivojiga katta hissa qo'sh-ganligi, xususan, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga tanishtirganligi iichun Sharq mamlakatlarida "Ikkinchi Aristotei" deb ulug'langan.O'rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy (973-1048-yillar) Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug'ildi. Uning ilmiy merosi turli fan sohalariga doir 150 dan ortiq asardan iborat bo'Hb, ulardan faqat 30 tasi bizgacha yetib keigan. Beruniy fanning turli sohalarida yangi fikrlar va kashfiyotlarni olg'a suradiki, bu kashfiyotlar o'rta asr Sharqida uzoq vaqtgacha fan taraqqiyotini belgilab berganligidan g'oyat katta ahamiyatga ega bo'ldi. Algebra' so'zini qayerdan kelib chiqqanini bilasizmi ? Bu so'z Sharqning buyuk matematigi va tabiatshunos olimi ai-Xorazmiy nomi bilan bog'liq. Allomaning 'Al-jabr' nomli kitobi Yevropada 'Algebra' deb atalgan . Algabra Muhammad ibn MUSO al -XORZMIY qadimiy va boy madaniyatga ega bo'lgan o'lkada - XORAZMda tug'ilgan. U yoshligidan bilim olishga qiziqqan. Riyozot va tabiyot ilimlarining asoslarini chuqur egallagan. Qunt bilan arab, fors, hind va yunon tillarini o'rgangan.


Xorazmiy yoshlik chog'idan o'zining o'tkir zehni bilan tanila bordi. Bu davrda BOG'DOD o'lkasi ilmiy va madaniy markaz hisoblanar edi.Uning hukmdori al-MA'MUN yosh donishmandning dovrug'ini eshitib, boshqa olimlar qatori o'z o'lkasiga taklif etadi. Xorazmiy olam sirlarini o'rgandi U farg'onalik do'sti FARG'ONIY bilan bog'dodda rasadhona qurishga boshchilik qildi. Rasadhonadagi asboblar yordamida koinot sirlarini va YER kurrasini o'rgandi. Al-Xorazmiy va Al-Farg'oniy boshchiligidagi olimlar
1000 dan ortiq yulduzlarni tekshirdilar hamda ularning joylanish haritasini tuzdilar. YER kurrasining aylana uzunligini aniqladilar .
Xorazmiy "Surat al-arz" ("Yer suvrati") nomli kitobida Afrika, Osiyo va Yevropa qit'alarini aniq tavsiflagan. Koinot sirlarini o'rganishga oid ijodlari uning "Ziji" ("Astranomiya") kitobida bayin etilgan. Muhammad al-Xorazmiy Bog'dodda vafot etdi.
Algebra fanining otasi sifatida shuhrat qozongan vatandoshimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy tarix sohasida Sharqda ilk asarlardan birini yaratgan. Uning "Kitob at-tarix" asari bizgacha turli mualliflarning asarlari tarkibida etib kelgan. Buyuk ajdodi ilmiy merosini mukammal o`rgangan Beruniy ham bu sohada "Xorazmning mashhur kishilari" yoki "Xorazm tarixi" asarini yaratib qoldirgan. Bu kitob ham to`liq holda saqlanmagan. Al-Xorazmiy Algebra fanining asoschisi. Uning “Al-kitob al muxtasar fi hisob al-jabr va al muqobala” asaridagi “al-jabr” so’zi lotincha transkripsiyada “Algebra” ni anglatib, Al-Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomidir. Olimning “Al-Xorazmiy” nomi esa, “Algoritm” shaklida fanda abadiy saqlanib qolgan. Olimning “ZIJ” asari astronimik asarlarni yozish andozasini belgilab bergan. Al-Xorazmiy fanda birinchi bo’lib geografiyani iqlimlar asosida bayon etgan. Xorazmiy nomi esa matematika fanida "algoritm" atamasi shaklida o'z ifodasini topdi. Uning "Aljabr" asari asrlar davomida avlodlar qo'lida yer o'lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o'lchov ishlarida dasturulamal bo'lib xizmat qildi. Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi «Hindiston hisobi to’g’risidagi kitob» nomli arifmetik asar, algebra bo’yicha «Aljabr va al-muqobalaning hisoblanishi to’g’risidagi qisqacha kitob» asari, astronomik jadvallar hamda geografik asar qolgan edi. Ikkala matematik asari o’rta asrlarda Yevropada lotin tiliga tarjima qilingan bo’lib, ko’p vaqt davomida matematika bo’yicha asosiy darsliklar bo’lib xizmat qilgan.


Download 191,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish