Mundarija Kirish i-bob abdulla Qodiriy publitsistikasinig o‘ziga xos xususiyatlar


I.2.A.Qodiriy publitsistikasida hayot voqeligining aks etishi



Download 192 Kb.
bet4/7
Sana26.09.2022
Hajmi192 Kb.
#850323
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdulks etishi

I.2.A.Qodiriy publitsistikasida hayot voqeligining aks etishi

Abdulla Qodiriy publitsistikasi haqida fikr bildirishdan avval Cho‘lponnning publitsistikasiga nazar tashlaylik.


Cho‘lponning matbuot yuzini ko‘rgan ilk asarlaridan biri —"Bahor avvallari" nomli etyud (badiiy-publitsistik lavha) uning ocherk janridagi ilk mashqlaridan sanalishi mumkin. O‘n yetti yoshli muallif voqelikka bir qur nazar tashlaydi-da, nigohiga ilingan narsalarni shoshib qalamga oladi: go‘yo u rassomu ijtimoiy hayotning muayyan lahzasini matoda qotirib qo‘yishga shoshilayotgandek. Muallif nigohi tabiatdan dehqonlarga, ulardan mahalliy boylarga, keyin tolibu mudarrislarga, nihoyat, "xushyoqmas xalq"qa ko‘chadi — ularning birontasida uzoqroq to‘xtalmaydi. Shu bois ham "Bahor avvallari" parchalardan tarkib topgan mozaikadek taassurot qoldiradi kishida: parchalar orasidagi choklar aniq ravshan ko‘zga tashlanadi-yu, lekin bir butunlik yuzaga kelaveradi. Butunlikni ta’minlovchi unsur esa — muallif nigohi, uning voqelikka munosabati. Darvoqe, muallif munosabati ham qo‘sh qirrali — lirik va kinoyaviy. Tabiatdagi jonlanish haqida gap ketganida liriklikka yo‘g‘rilgan ifoda jamiyat hayoti haqida so‘z yuritilganida kinoyaviylik kasb etadi:
Iching choy, o‘lturung behuda g‘iybat sotub, ey xalq,
Kelur qish bir vaqt, qolmas sizga bu davru davronlar.
Avvalo, teskari ma’nodagi chaqiriq(kinoyaning bir turi — antifrazis) nafaqat tabiat bahori, ijtimoiy hayot bahorini-da g‘aflatda o‘tkazmaslikka undayotganini qayd etish lozim Zero, davr kontekstida ayni shu ma’no muallif uchun birlamchidir. Ikkinchidan, "Bahor avvallari"ning har bir kompozitsion bo‘lagi she’riy misralar bilan yakunlanadiki, bu Cho‘lpon an’anaviy nasrimiz, xususan, didaktik asarlarga xos usuldan foydalanganini ko‘rsatadi. Aytish kerakki, an’anaviy shakldan foydalangan adib unga yangicha mazmun bag‘ishlaydi: she’riy parchalarning g‘oyaviy-badiiy funksiyasini tubdan o‘zgartiradi. Agar didaktik nasrchiligimizda she’riy parchalar aytilgan fikrlarni jamlashu lo‘nda ifodalashga xizmat qilgan bo‘lsa, Cho‘lpon ulardan o‘zi tasvirlayotgan narsaga g‘oyaviy-hissiy munosabatini ifodalash uchun foydalanadi.
"Bahor avvallari"da kuzatganimiz kinoyaviy ifoda yo‘sini o‘ziga maxsus nuqtai nazar poetikasini taqozo qiladi. YA’ni, bu holda muallifning chetdan kuzatuvchi mavqeida turishi kamlik qiladi, voqelikdan har tomonlama "yuqori" turishi taqozo qilinadi. Shunga ko‘ra, Cho‘lpon ijtimoiy hayotni "yuqori"dan kuzatadiki, shu tufayligina uning nigohi lahzalar mobaynida u ijtimoiy qatlamdan bunisiga ko‘cha oladi, shu mo‘jaz parcha orqali butunga — Turkiston ijtimoiy voqeligiga yaxlit munosabatini ifodalash imkoniga ega bo‘ladi.
Cho‘lponning yo‘l ocherklaridan biri — "Vayronalar orasidan" 17nomli safarnomasida esa o‘zgacha holga duch kelamiz: bunda muallif voqelikni "ichdan" kuzatadi. Andijondan O‘sh va Jalolobodga qilingan safar davomida muallif o‘zi guvoh bo‘lgan eng xarakterli voqealarni, ko‘zi tushgan narsalarni qayd etib boradi. Biroq safarnomani faktlarning oddiygina qaydi deya olmaymiz, zero, unda faktografik va tahliliy qatlamlar yonma-yon boradi. Asar markazida turuvchi sayyoh-muallif obrazi ikki qatlamning uyg‘un birikuvini ta’minlaydi. Cho‘lpon keltirayotgan faktlar reallikdan olingani ayon, biroq buni naturalistik qaydlar ma’nosida tushunmaslik lozim.18 Faol ijodkor shaxs sifatida Cho‘lponning o‘z qarashlari, orzu-intilishlari, bir so‘z bilan, ijtimoiy-estetik ideali mavjud edi. Demakki, tanlanayotgan faktlar ham o‘sha idealga mos, birinchi galda adibning qarashlariyu xulosalarini ifodalashga xizmat qiladilar. Shu ma’noda ularning aksariyatini publitsistik-illyustrativ obrazlar sirasiga qo‘shishimiz mumkin.
"Vayronalar orasidan"ning kompozitsion qurilishi, bir tomondan, safarnoma janri talabi bilan, ikkinchi tomondan, undagi tahliliy qatlamning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. Safarnoma janri talabidan kelib chiqqan holda makon va zamon o‘zgarishlarining qat’iy tartibi saqlangan. Biroq bu yo‘llardan ilgari ham ko‘p bor yurgan sayyoh mushohadasi hozirgi mavjud faktlar bilangina qanoatlanmaydi: u o‘zi bilgan o‘tmishga bot-bot qaytadi, chog‘ishtirishga intiladi. Yurt qayg‘usida yashayotgan adib tafakkuri vaqt chegaralarini buzib yuboradi. Adib biron faktni keltirar ekan o‘tmishni eslaydi, muqoyasa qiladi, uning o‘ylari qatida esa doimo kelajak tashvishi botin bo‘ladi. Fikrimizni asoslash uchun sayyohning birgina faktni qay tarzda mushohada etishiga e’tibor beraylik. Xo‘jaobod qishlog‘i yaqinida "Farg‘onaning mashhur qorunlaridan yahudiy simxoyevlar"ning pu-liyu hiyla-nayranglari bilan barpo etilgan bog‘ haqida quyi-dagilarni o‘qiymiz: "Ko‘p mevali daraxtdan iborat bo‘lg‘on ul keng bog‘ni juda ko‘p, hadsiz-hisobsiz kerak ko‘chatlari bor ekan, g‘alati ovrupovoriy imoratlar, gulshanlar yasalgan. Necha yuzlab qo‘y, necha o‘nlab mol-siyirlar, yaxshi ho‘kuzlar necha juft otlar turg‘onlar, dehqonchilik asboblarining ham har xili bo‘lg‘on.
Bu, albatta, ilgari vaqtda, mana bu kichik urushlar vaqtida bog‘cha tamom ishdan chiqib, bir chakalakzor bo‘lib qolg‘on. Imoratlarini istehkom yasab olib bosmachilar bilan askarlarimiz, askarlarimiz bilan bosmachilar otishqonlar. Hisobsiz miltiq teshiklari yaqin zamondagi dahshatlik damlarni esga solub, masxara qilib turadurlar...
Ilgari tubjoy xalqidan bir necha kishi bog‘ni hukumatdan ijaraga olg‘on ekanlar. Keyingi vaqtda hukumat ul ijarachilardan qaytarib olub, "qishloq soyuzi" degan tashkilotga bergan. Bu tashkilot ziroat muhandislari yuborg‘on, xo‘jaobodliklardan mardikor yollab, ishlatub turadur. Biz o‘tub ketayotqonda bir necha kishi zambar to‘kub turar edi. Yiqilg‘on, buzulg‘on uylar tuzatilmakga boshlag‘on, bog‘chaga ham chinakam bel bog‘lab ishlagan ko‘rinadilar".
Abdulla Qodiriyning ilk adabiy faoliyati 1913 yildan boshlandi, bu haqda u keyinchalik tarjimai holida shunday yozadi: “Shu miyonalarda bozor vositasi bilan tatarlarda chiqaburg‘on gazetlarni o‘qib, dunyoda gazeta degan gap borlig‘iga imon keltirdim. 1913-yilda o‘zbekcha “Sadoyi Turkiston”, “Samarqand”, “Oyna” gazetalari chiqa boshlag‘ach menda shularga gap yozib yuborish fikri uyg‘ondi”. Darhaqiqat, uning “Yangi masjid va maktab” nomli ilk maqolasi “Sadoyi Turkiston” gazetasining 1914 yil 1 aprel sonida “Abdulla Qodiriy imzosi” bilan e’lon qilindi.
Abdulla Qodiriyning tom ma’nodagi jurnalistik faoliyati 1917 yil fevral inqilobidan keyingi davrga borib taqaladi. Shu davrdan boshlab uning matbuotda maqolalari, felyetonlari, hajviyalari, ochiq xatlari chiqa boshladi: “Shodmarg (Kichik feletun)”, “Ishtirokiyun” 1917 yil, 21 mart, “Saylovmi, Bosqunlikmi kaykan”, “Ulug‘ Turkiston” 1917 yil avgust.
Uning shahar dumasiga qayta saylov munosabati bilan yozilgan “Saylovmi, bosqunlikmi?” maqolasida o‘sha davrdagi saylov jarayoni “SHo‘roi islomiya” o‘tkazayotgan saylov siyosati aks etgan. Yozuvchi bir saylovchi sifatida ovoz berish huquqining oyoq osti qilinayotganligini, saylanayotgan nomzodga ovoz berish zo‘rlik bilan, tahdid bilan amalga oshirilayotganligini, bu holga militsiya va uchastka raisi jim qarab turganligini tasvirlaydi.
“Qimmatchilik hasrati” maqolasida esa ijodkor shunchaki qimmatchilikdan nolimaydi, balki, o‘zi olayotgan maoshning qiymatini ko‘rsatadi. Xalqning bir vakili, minglab oila boshilardan biri sifatida oilasining iqtisodiy aqvolini tahlil qiladi. Ba’zi o‘rinlarda achchiq hikoyalar berib o‘tadi: “Bulardan boshqa tag‘in bir yashar o‘g‘lum bo‘lsa ham, Xudoga shukr, hali tishi chiqg‘ancha yo‘q”. “O‘rni yo‘q chiqimlar: tushlik choyga uch dona non – puli o‘n besh so‘m. O‘zim xizmat vaqtida arzon baho oshxonasidan bir kosa osh yeyman- puli olti so‘m. Jami yigirma bir so‘m”.19
Bu hikoyalardan tishi yo‘q o‘g‘liga shukr qilsa, tushlikni o‘rinsiz xarj hisoblaydi. Shu bilan birga yana bir o‘rinda quyidagilarni yozib o‘tadi: “Bunga kim aybli? Molni qimmatlantiruvchi ispikulayantmi? Yoki vazifani oz beruvchi hukumatmi?”, “Bobolarimizdan qarzing mingga yetsa, murg‘i mursamman yegin” degan bir maqoli bor. Lekin hozirda musammandan darak yo‘q
Abdulla Qodiriy ijodida felyetonlar alohida ahamiyatga ega. Chunonchi, uning felyetonlari o‘sha davr matbuotida ham o‘z o‘rniga ega.
“Dumbasi tushib qolgan emish”. Kichkina feletun. “Eski shahar oziq sho‘basiga bag‘ishlayman”, “Ishtirokiyun” 1919 yil, avgust. Ushbu feleyeton orqali o‘sha davr Oziq qo‘mitasining faoliyatini hajv orqali yoritadi. Go‘sht mahsulotiga bo‘lgan talabni, narxi va fuqoroning ahvolini anchadan beri go‘sht yemay yurgan, “go‘shtsirab ketgan” obraz yordamida, achchiq kinoyalar bilan ifodalaydi. “Komitet qo‘yining dumbasi tushib qolgan” deb xalqqa tarqatilayotgan go‘shtning ahvolini tasvirlaydi.
“Bozor surishtirmaydir (kichik feleto‘n) ”. “Ishtirokiyun” 1920 yil 16 aprel20. Bu felyeton orqali jurnalist xalq ahvoli xaqida ayniqsa, o‘sha davr madaniy hayotining muhim jihati bo‘lgan teatr san’ati, teatr tanqidchiligini yoritishga harakat qiladi. Shu bilan birga kosib tilidan yaroqsiz o‘z mol-mahsulotiga nisbatan: “Xayf bo‘lmasin, bozor surishtirmaydir” jumlasining berilishi o‘sha vaqtda hech kim o‘z ishi bilan shug‘ullanmaytgani, natijada ishlar “o‘lda-jo‘lda”, mahsulot sifatsiz ekanligi tasvirlanadi.
Abdulla Qodiriy publitsistikasida har bir ijtimoiy muammolar, yutuq va kamchiliklar, ijtimoiy masalalarga katta e’tibor qaratilgan. “Ma’orif shurosi diqqatig‘a” maqolasida ta’lim tizimidagi muammolar yoritiladi. “Ma’orif sho‘rosi va hukumatning ta’lim tizimiga jiddiyroq e’tibor qaratishi”, “millat gullari- bolalarimiz”21 kelajak ekanligi tasvirlanadi. Bundan tashqari xalqning o‘z dardiga, qobig‘iga o‘ralib qolganligi aks ettiriladi.
“Nega kim” (Kichkina feleto‘n). Elbekga bag‘ishlab. “Ishtirokiyun” 1920 yil 8 may22.

  • Bu chiqishi orqali Abdulla Qodiriy Elbek, Hamza, N. To‘raqulovlar bilan bog‘liq ba’zi ma’lumotlarni berib o‘tadi. Ayniqsa, To‘raqulovning matbuotdagi chiqishlarini keskin tanqid qiladi. Bundan tashqari gazeta faoliyati va zamon nozikligini quyidagicha tasvirlaydi.

  • “Ishtirokiyun” gazetasi necha bir kun chiqib, bir kun oqsay boshladi?

  • -Negakim, xarf teruvchi xizmatlarini hukumat ortiqcha to‘ydirib, qorin soldirg‘ani uchun”

  • “Nega so‘zini shu yerda to‘xtatmoqchi bo‘lasan?”

  • -“Negakim bundan ortiqni zamon ko‘tarmagani uchun!”

  • Bundan tashqari “Kula-kula o‘lasan”, “Ijmoli sayosiy”, “Azob bog‘chasida – yig‘i-sig‘i kechasi”, “Qazoyi osmonitlar”, “Qurbonlik o‘g‘rilari”, “Mochalov”, “Layli va Majnun”, “Past-u baland dunyoda”, “Huquq”. kabi felyetonlarida jamiyatdagi muammolar, insonlarning huquqsizligi jamiyat peshvolarining faoliyati, ijtimoiy-madaniy hayotdagi o‘zgarish va keskinliklarini tasvirlaydi.

  • Bundan tashqari ijodkorning jamiyatdagi madaniy o‘zgarishlar, madaniy hayot diqqat markazida turgan. “Eski shahar teatru havaskorlariga”, “bizda teatru ishining borishi” kabi maqolalarida o‘lkadagi teatr san’ati, faoliyati, ba’zi muammolari yoritiladi. Masalan, “Azob bog‘chasida-yig‘i kechasi” maqolasida “Rohat bog‘chasi”da bo‘ladigan teatr kechasi, unda o‘ynalgan sahna asari tasvirlanadi. Maqolada ishtirokchi va aktyorlarning o‘zini tutishi, tomoshabinlar tashrifi, umuman teatr faoliyati tahlil qilinadi. kamchiliklar kulgu hajv orqali tasvirlanadi:

  • Xi, xi, xi... qurbaqalar ham mahluqmi?

Maxluq, maxluq! Bular madaniy maxluqlar. Bog‘cha idorasi kishi yo‘qlikdan biletlarni qurbaqalarg‘a sotmay kimga sotsin”.
“Milliy ashulachiligimiz” Qori Muhiddin italiyadan o‘qib qaytdimi”23 maqolasida xalqdan pul yig‘ib, chet elda o‘qib o‘zini ashulachi deb hisoblagan qori Muhiddin haqida to‘xtalib o‘tadi, uning xalq pulini havoga sovurayotganligini tasvirlaydi.
“Qiroatxonalarimiz” maqolasida esa kutubxona masalasi ko‘tariladi. “Turkistonning markazi bo‘lg‘an Toshkentda musulmon qiroatxonalari yo‘q” -deb tub xalq mentaliteti, e’tiqodi inobatga olib kutubxona ochilmaganligini kuyunchaklik bilan aks ettiradi. “Bildirishlar” hangomasida shaharda “Kommunissiy” magazini ochilganligi, lekin buning oddiy xalqqa foydasizligini tasvirlanadi. “Tilxat” hangomasida esa tilxat beruvchining chalasavodligi, dumbultabatligi berayotgan tilxati orqali tasvirlanadi: “Navoiyning tatarmi va yo o‘zbekligi masalasi alohida bir o‘lturushda hal qilinur”.
Abdulla Qodiriyning o‘tkir nigohi jamiyatdagi juda ko‘p kamchiliklarni ko‘ra oldi va uning iqtidori bu muammolarni o‘ziga xos tarzda mutbuotda aks ettirdi. Masalan “Tilanchilik yoxud yengil kasb” maqolasida tirikchilikning manbosini tilanchilikka qurib olgan, sog‘ salomat, “ishbilarmon”lar qalamga olinadi. shubilan birga maqolada yosh bolalarning jalb qilinishini qoralaydi. “Kula kula o‘lasan” felyetoni orqali o‘lkadagi noshirlik faoliyatining bir qismi (G‘ozi Yunus faoliyati) tasvirlanadi. Bu faoliyatdagi kamchiliklar tanqid qilib o‘tiladi.
“Otam va bolshevik” nomli mashhur hangomasida esa bir necha siyosiy boshqaruvni ko‘rgan, hozirgi kunda mehnatkashlar jamiyati davrida yashayotgan qariya otaxonning zamon haqidagi, siyosiy o‘yinlar to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarini, niyatlari tasvirlangan.
“Nafsi shayton” hangomasi orqali esa o‘sha davrdagi er yigitlarning o‘zini tutishlari, ro‘za oyidagi xalq hayoti, bozordagi muammolar she’rlar orqali aks ettirilgan.
Abdulla Qodiriy ijodida matbuotning, matbuotdagi chiqishlarning o‘rni beqiyos ekanligini yuqorida ham aytib o‘tdik. Bu haqda Habibulla Qodiriy shunday yozadi: “Biz adabiyotda ikkita Abdulla Qodiriy-Julqunboyni bilamiz: Biri – mashhur romanchi Abdulla Qodiriy. Ikkinchisi – o‘z zamonasining kundalik vaoqeasini, siyosatini keng ommaga tarqatishda, tashviqot qilishda faol qatnashgan, “Julqunboy” laqabi bilan tanilgan jurnalchi, hajvchi, felyetonchi Abdulla Qodiriy.” O‘z davrida xalq avvalo Abdulla Qodiriyni satirik til bilan yo‘g‘rilgan publitsistikasi va hajviyalari orqali bilar edi. Chunki u xalq dardini, turmushdagi kamchilik va nuqsonlarni kulgu bilan yoki kalvak, Toshpo‘lad, Shirvon xola obrazi orqali aks ettirilgan, ularning dardu alamini o‘zining dardu alamiday kuyunchaklik bilan tasvirlagan. Bu hol uning “Qurbonlik o‘g‘rilari”, “Machalov”, “Layli va Majnun”, “Pastu baland dunyo” kabi felyetonlarida, “Davosiz dardlar”, “Og‘zinga qarab gapir”, “Tilak”, “Chuvi chiqdi”, “Xususiy maktublar”, “Ko‘mak” uyushmasiga maqolalar, “SHo‘x baytal” kabi hangomalarida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Abdulla Qodiriyning jurnalistik faoliyati haqida Abdulla Sa’diyning “Turkiston“ gazetasining 1924 yil avgust sonida bosilgan “Olti yil ichida” degan maqolasida 1917-1923 yillar o‘zbek matbuoti to‘g‘risida shunday yozadi: “Bu davr ichida uch qalam o‘zini ochiq tanita oldi: Julqunboy, Ishchi, Shaloq Maxzum. Bular “Ishtirokiyun” gazetasidan boshlab ishlab keladilar”. Maqolada Abdulla Qodiriyning xalq sevib o‘qishiga asosiy sabablar qisqacha keltirib o‘tiladi, bular kulgu va muammoning yoritilishi ekanligi asoslanadi. Bunga yorqin misol tariqasida “Yig‘indi gaplar”, “G‘idi-bidi gaplar”, “Kalvak Maxzum xotira daftaridan”, “Toshpo‘lad tajang nima deydi”, “Shirvon xola nima deydi”, “O‘zi xon –ko‘lankasi maydon”, “Po‘skallasi”, “Naxs bosgan ekan”, “Tilak”, “Davosiz dardlar” kabi hajviya, hangoma va maqolalarida keltirish mumkin.
Birgina “Tilak”24 hangomasini tahlil qilib ko‘raylik. Maqola “Lo‘li elakli bo‘ldi, eshagi tilakli bo‘ldi”-deb boshlanadi. Va yangi yil kirib kelayotganligi sababli 10 ta muhim tilaklar bayon qilinadi. Birinchi tilak – ta’lim tizimiga qaratiladi va uning muammolari ko‘tariladi: “...maktab remo‘nti haqda o‘qish boshlanaturg‘on kunda eska tushsa, bolalar sovuqda dildirashib, bit qoqishsalar, har bir tutanturuqsiz muallim va murabbiy qilib belgulansalar, bolalar bilan qo‘chqor urushtirib xalq o‘rtasida yangi maktablarga yangi “obro‘” orttirib bersalar...”. “... Shahar maktablarining xoli shu bo‘lsa, Xudo rizosi uchun qishloqda maktab ochish tilga olmasun. Chunki “Yopiqlik qozon yopiqlik”da...”.
Ikkinchi tilak matbuot va noshirlik ishlari yuzasidan aytiladi. “Ibtidoiy maktab bitirmagan talantlik muharrir va adiblar, savodi chiqmag‘an shoir matbuotdagi faoliyatiga bir-bir nazar tashlanadi”.
Uchinchi tilakda esa “Turkiston” gazetasining faoliyati tahlil qilinadi. Kamchiliklari hajv orqali tasvirlanadi va shu bilan birga gazetaning ommalashishi uchun ba’zi bir hajviy maslahatlar beriladi: “Turkiston”da shu kungacha bo‘lub kelgan bo‘lumlar shu usul bilan o‘zgartirulsin:
Siyosat o‘rniga “Hangomai hazrat Ali”dan to‘rt og‘iz;
Iqtisod o‘rniga “Hangomai Jamshid”dan bir fasl;
Feleto‘n o‘rniga “Notpinkartun” va “SHerlo‘k Xo‘lms” ajinalaridan bir parcha (negakim, bizning ziyolilarimiz uchun huddi po‘latga suv bergandek bo‘ladir);
O‘lka va Toshkand xabarlari o‘rniga “Aldarko‘sa” hikoyalaridan, “Aliflaylo” (Ming bir kecha hikoyalaridan, hikoyalarning arabcha nomi-tad) voqealaridan shirin-shirin rivoyat (e’lonlarga tegila ko‘rilmasun, chunki e’lon uchun “Turkiston”ni olg‘uchi savdogarlarimiz ko‘p ko‘rinadur)”.
To‘rtinchi tilak esa “Inqilob” jurnaliga bag‘ishlanadi va uning faoliyatiga talab nuqtai nazaridan baho beriladi: “...yilda uch marotaba chiqsun: “Yangi yil”ga bag‘ishlab bir no‘mir, may bayramisig‘a bir no‘mir, o‘ktabr o‘zg‘arishig‘a bag‘ishlanub yana bir no‘mir, ja’mi uch no‘mir”.
Beshinchi tilakni esa hech bir tahlil va izohsiz keltirib o‘tmoqchiman. “Bilim o‘chog‘i” o‘likmi, tirikmi, buni Usmonjon maxsus jurnal chiqarub e’lon qilsun!” .
Oltinchi tilak esa teatr ishlariga bag‘ishlanadi. Qurilayotgan teatr binosining qurilishi cho‘zilishi, aktyorlarning har yerda yurganligi kulgu orqali tasvirlanadi: “Buyuk teatru binosi o‘n yerga ko‘chirulib solinsun. Shu bino bitkuncha ham hech kim pyesa yozmasun. Shungacha artistlarimiz unda –munda dam “Halima”ni, goh “Abomuslim”ni qo‘ya-qo‘ya, qarub-chirub dorilfanodan chipakka chiqib ketsunlar”.
Yettinchi tilak esa pochta-telegraf xizmati borasida bo‘lib, u yerdagi munosabat, hayda-haydalar qalamga olinadi.
Sakkizinchi tilak esa temir yo‘ldagi “turtish-surtish”lar tasvirlanadi va u yangi yilda ham davom etishi tilak etiladi.
To‘qqinzinchi tilak Shariyat mahkamasi faoliyati bilan bog‘langan. Bu niyati mdrasalardagi o‘qitish uslubini yangilash bo‘yicha har-har zamonda bir-ikki rivoyat axtarib o‘tirish tavsiya etiladi.
O‘ninchi tilakda esa Qozonda nashr etiladigan “Bizning bayroq” gazetasidagi Sharif boychura yozgan bir maqolaga kesatiq munosabatlar aks ettiriladi: “Bundagi “Vaqt tabiatli” o‘zbeklar (sartlar) orasinda yurib tirnoq ostidan kir izlamasun”.
Birgina “Tilak” hangomasida shuncha muammolarni hajv, yumor orqali ko‘tarib chiqyapti. Bu fikrimizni “Kichkina bildirish” maqolasida ham davom ettirishimiz mumkin. Bu maqolada ham Abdulla Qodiriy jamiyatdagi kamchiliklarni hazil tariqasida quyidagicha yoritadi:
“Xila tuzalib qoldi.
“Mahalla kommissiyalarini qaytadan saylash xabari chiqg‘andan keyin kommiyalari xila tuzalib qoldilar
Duo qiling, bular yana o‘rinlarida qolsunlar”.
“Sovuq urdi.
So‘ng‘i bemahal tushkan sovuq buning ko‘kcha dahasidagi bazmchi kungi yigitlarni urib ketdi. Bo‘lmasa yozi bilan payshanba kechasi nog‘ora bazmidan mijja qoqa olmas edik.
Xudog‘a shukr, sovuq urgandan beri suv quyg‘andek jim-jit”25.
“Xay, yer yutkur (Xotun-qizlarning baynalminal kuniga bag‘ishlab)”26 maqolasida esa yana bir ijtimoiy muammo ayollarga munosabat tasvirlanadi. Ijodkor “chala dumbul tabiatli”, omi va savodsiz obrazi orqali xotinlarga qanday munosabatda bo‘lish kerakligini, er-xotin munosabatini, o‘sha davrdagi ayollarning haq-huquqi muammosini ishonarli tasvirlab beradi.
Keltirib o‘tilgan bu maqola, felyeton va hajviyalardan ko‘rinadiki, Abdulla Qodiriy o‘z ijodida ijtimoiy muammolarni, turmushdagi kamchilik va nuqsonlarni, madaniy hayotni, siyosiy voqealarni hajv va yumor orqali yoritadi. Uning e’tiboridan hech bir muammo chetda qolmaydi. Eng asosiysi u har bir ijtimoiy muammoni hajv orqali ko‘tarar ekan, aksariyat hollarda uning yechimiga ham aynan hajv va yumor bilan ishora qilib o‘tadi. Bu hol Abdulla Qodiriy publitsistikasining ajralib turadigan o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.

Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish