Mundarija: Kirish I. Adabiyotlar tahlili



Download 31,56 Kb.
bet1/6
Sana18.02.2022
Hajmi31,56 Kb.
#450079
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ANVAR


Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………….
I.Adabiyotlar tahlili…………………………………………….……………
1.2.Etilbenzol va uning xossalari……………………………………………..
1.1.Stirolning ishlatilish sohalari………………………………………………
1.3.Degidrogenlanish jarayoni tavsifi………………………………………….
II.Texnologik qism…………………………………………………………….
Stirol ishlab chiqarish texnologik sxemasi…………………………………….
III.Atrof –muhit muhofazasi …………………………………………………
IV. Xulosa………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………..

KIRISH.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimizda neft va gaz hamda kimyo sanoatini rivojlantirish to`g`risida qator qaror va farmonlar chiqarmoqdalar Respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslariga boʼlgan talabini toʼliq qanoatlantirish, neft -gaz korxonalarini moliyaviy sogʼlomlashtirishni taʼminlash, shuningdek, umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar va eng yaxshi xorijiy tajriba asosida tarmoqda sogʼlom raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Gaz-transport tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish dasturining bosh rejasi;
Аgentlik Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 iyulga qadar tegishli idoralar bilan birgalikda Neft -gaz tarmogʼi korxonalarining operatsion samaradorligini yaxshilash boʼyicha “Yoʼl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin
“Oʼzbekneftgaz” АJga ilovaga muvofiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun avval ajratilgan Oʼzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasining (keyingi oʼrinlarda – Jamgʼarma) kreditlari boʼyicha 2020 yil 1 aprel holatiga “Oʼzbekneftgaz” АJning asosiy qarzi va hisoblangan foizlarni;
kapitalizatsiyalangan mablagʼlarni keyinchalik “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ ustav jamgʼarmasini oshirishga yoʼnaltirgan holda, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJga “Аngren” EIZ hududida konveyer lentalari, qishloq xoʼjaligi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini amalga oshirish uchun avval ajratilgan Jamgʼarma kreditlari boʼyicha 2020 yil 1 aprel holatiga “Oʼzkimyosanoat” АJning asosiy qarzi va hisoblangan foizlarni;
2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosi qazib chiqarishni koʼpaytirish dasturini moliyalashtirishni davom ettirish maqsadida Ipak yoʼli jamgʼarmasi (XXR) va xorijiy tijorat banklarining 250 million АQSh dollari miqdoridagi, shuningdek, eksport-kredit agentliklari hisobidan 400 million АQSh dollari miqdoridagi kredit mablagʼlarini jalb qilish.
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi mazkur qarorda nazarda tutilgan qoʼshimcha aktsiyalarni chiqarishning davlat roʼyxatidan oʼtkazilishini taʼminlasin.
Oʼzbekiston Respublikasi moliya vaziriga 2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosi qazib chiqarishni koʼpaytirish dasturini moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan 250 million АQSh dollari ekvivalentidagi kreditlar boʼyicha “Oʼzbekneftgaz” АJning Ipak yoʼli jamgʼarmasi (XXR) va xorijiy tijorat banklari oldidagi majburiyatlari yuzasidan davlat kafolatlarini belgilangan tartibda berish vakolati taqdim etilsin.
Аi-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilgʼisi (shu jumladan, EKO markali dizel yoqilgʼisi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi;
neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan Аi-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilgʼisini (shu jumladan, EKO markali dizel yoqilgʼisini) sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi
byudjet tashkilotlari, paxta xomashyosi va gʼalla ishlab chiqaruvchi fermer xoʼjaliklari va paxta-toʼqimachilik klasterlari, “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ, “Toshshahartransxizmat” АJ, maishiy chiqindilarni toʼplash va olib chiqish boʼyicha davlat korxonalariga dizel yoqilgʼisi (shu jumladan, EKO markali dizel yoqilgʼisi) oʼtgan chorakdagi birja savdolari natijalariga koʼra shakllangan oʼrtacha birja narxlari boʼyicha toʼgʼridan-toʼgʼri shartnomalar asosida, shuningdek, ularga neftni qayta ishlash zavodlaridan neft mahsulotlarini birja savdolari orqali xarid qilish huquqini taqdim etgan holda sotiladi;
neftni qayta ishlash zavodlari “Oʼzbekneftgaz” АJ neft bazalarining buyurtmanomalariga koʼra mazkur bandning toʼrtinchi xatboshisida koʼrsatib oʼtilgan isteʼmolchilarga sotilgan dizel yoqilgʼisi (shu jumladan, EKO markali dizel yoqilgʼisi) hajmi uchun “Oʼzbekneftgaz” АJ tomonidan belgilanadigan chegirmani taqdim etadi.

neft mahsulotlari va uglevodorodlarni import qilish bilan shugʼullanuvchi tadbirkorlik subʼektlariga neft mahsulotlari va uglevodorodlarni neft bazalarining boʼsh sigʼimlarida saqlash boʼyicha xizmatlar koʼrsatish uchun tariflar belgilanishini taʼminlasin.


Organik moddalar ishlab chiqarish qadim zamondan ma’lum bo`lib, xomashyo sifatida o‘simlik va hayvonotdan foydalanilgan. Masalan, shakar, yog‘, sovun, spirt va h.k. ishlab chiqarish. Oddiy moddalar asosida murakkab organik moddalar sintez qilish XIX asr o‘rtalarida paydo bo‘ldi. Toshko‘mir smolasidan aromatik uglevodorodlar sintez qilina boshladi. Keyinchalik XX asrga kelib, organik birikmalar olishda, xomashyo manbai sifatida, neft va tabiiy gaz muhim o‘rinni egalladi.
Shunday qilib, yuqoridagi uchta xomashyo: toshko'mir neft, gaz asosida organik sintez sanoati rivojlanmoqda va takomillashmoqda. Shu uchta xomashyoning fizik bo‘linishi, kokslanishi asosida bir necha minglab boshqa kimyoviy birikmalar sintez qilishda qo`llaniladigan quyidagi beshta asosiy xomashyo moddalari olinadi:
1) parafinlar (metan CH4dan boshlab CHi5-CH4o-gacha);
2) olefinlar (C2H4, C3He, C4Hg С5Ню va h.k.);
3) aromatik uglevodorodlar (benzol; toluol; ksilol, naftalin va h.k.);
4) atsetilen (CH=CH);
5) uglerod oksid va sintez gaz (CO va H2 aralashmasi).
Rivojlanish natijasida organik sintez bir nechta tarmoqlarga
Bo`linadi (bo‘yoqlar texnologiyasi, dori moddalari, plastmassalar, kimyoviy tolalar texnologiyasi va h.k). Bu tarmoqlar orasida asosiy organik va neft kimyosi sintezi sanoati muhim o‘rinni egallaydi. Asosiy yoki og‘ir organik sintez degan iborani ma’nosi - bu ko‘p tonnali mahsulot ishlab chiqarish bo‘lib, ular boshqa organik mahsulotlar olish texnologiyalari uchun asos hisoblanadi.
Asosiy organik sintez sanoati mahsulotlarining turli xil tuzilishga, xossalarga egaligi va ko‘p sohalarda qo`llanilishi bilan boshqa sanoat mahsulotlaridan farq qiladi. Asosiy organik sintez sanoati mahsulotlari - bu turli xil uglevodorodlar, xlor va ftorli birikmalar, spirtlar va fenollar, oddiy efirlar, aldegidlar va ketonlar, karbon kislotalar va ulaming hosilalari, aminlar va nitrobirikmalar, oltingugurt, ftorli va h.k. moddalardir. Qo`llanilishi bo‘yicha yuqoridagi birikmalar ikki guruhga bo`linadi: oraliq mahsulotlar (boshqa moddalar sintezi uchun qo‘llaniladi) va turli tarmoqlarda qo`llaniladigan maqsadli mahsulotlar.
Oraliq mahsulotlar. Ular xalq xo‘jaligida biror maqsadlar uchun qo`llanilmaydi, lekin ular asosida boshqa kerakli birikmalar sintez qilinadi. Bunday mahsulotlami - organik sintez oraliq mahsulotlari deyiladi
Oraliq mahsulotlar assortimenti juda keng, chunki oddiy va murakkab organik birikmalar sintezida oraliq mahsulotlar hosil bo‘ladi.
Monomer va polimer materiallari uchun xomashyolar. Organik sintez va neft kimyosi sintezida bu birikmalar eng muhim o'rinni egal¬laydi. Ular plastmassalar, sintetik kauchuk, sintetik laklar, kleylar, plyon- ka materiallari, sintetik tolalar olishda xomashyo sifatida qo‘llanilishi

Download 31,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish