Kirish…………………………………………………………...2 I- BOB…………………………………………………….........4 1.1.Bir hujayrali parazitlarning o’rganilish tarixi……………....4
1.2.Sarkomastigoforalar,ya’ni soxtaoyoq xivchinlilar (Sarcomastigophora) tipiga kiruvchi bir hujayrali parazitlar…...7
1.3.Sporalilar (Sporozoa) tipi umumiy tavsifi va tasnifi. Gregarinalar(Gregarinina),Koksidiyasimonlar(Coccidiomorpha) sinflariga kiruvchi parazid organizmlar…………………............13
2.3.Miksosporidiyalar(Myxosporidia) va Mikrosporidiyalar (Microsporidia) tiplari vakillari………………………………...24
Xulosa………………………………………………….............28 Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar to`plami……..........30
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Bir hujayrali hayvonlar kichik olami o`z navbatida 5 tipga bo`linadi:
1.Sarkomastigoforalar(Sarcomastigophora)
2. Apikomplekslar (Apicomplexa)
3. Miksosporidiyalar(Myxosporidia)
4. Mikrosporidiyalar (Microsporidia)
5. Infuzoriyalar (Infuzoria)
Bulardan Apikomplekslar, Miksosporidiyalar va Mikrosporidiyalar tiplariga kiruvchi barcha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi. Sarkomastigoforalar va Infuzoriyalar tiplariga kiruvchi bir hujayrali hayvonlar, asosan, erkin holda hayot kechiradi. Lekin ularning orasida ham mahsuldor hayvonlar va odamlarda parazitlik qilib , og`ir kasalliklar , hatto, o`limga olib keladiga turlari bor.
Sarkomastigoforalar(Sarcomastigophora) tipiga mansub hayvonlar soxta oyoqlari yoki xivchinlar yordamida harakatlanaid. Ular dengiz , chuchuk suv havzalari va nam tuproqlarda hayot kechiradi. Shuningdek , ular orasida ham hayvonlar va odam organizmida odamlarda parazitlik qilib , og`ir kasalliklar keltirib chiqaradigan turlari bor. Bu tipga 18000 ga yaqin tur kiradi. Sarkomastigoforalar sarkodalilar va xivchinlilar kenja tiplariga bo`linadi. Sarkodalilar, ya’ni soxtaoyoqlilar (sarcodina) sinfi.Sarkodalilaming qattiq po'sti bo'lmaydi; hujayra sitoplazmasi faqat sitoplazma membranasi bilan tashqi muhitdan ajralib turadi. Qattiq po'st rivojlanmaganligi uchun sarkodalilar tanasining shakli doimiy emas. Parazit amyobalar. Odam va turli hayvonlaming ichagida parazit amyobalarning bir necha turi topilgan. Ular orasida ichburug' amyobasi Entamoeba histolytica odamlaming amyobiaz, ya’ni qonli ichburug' bilan og'rishiga sabab bo'ladi. Ichburug' amyobasining kat- taligi 20-30 mkm bo'lib, yo'g'on ichakda yashaydi vaichak epiteliysini jarohatlaydi. Ichburug' amyobasining ektoplazmasi ancha qalin bo'lib, endoplazmadan aniq ajralib turadi. Parazit ko'p sonli kalta va yo'g'on psevdopodiylari yordamida juda faol harakat qiladi.
Uyqu kasali tripanozomasi (Trypanosoma rhodesiense) Afrikaning tropik qismida yashovchi xalqlarda og'ir uyqu kasalini keltirib chiqaradi. Tripanozoma qon plaz- masida va limfa suyuqligida yashaydi. Keyinchalik orqa miya suyuqligiga o'tib oladi. Kasallanish alomatlari isitmalashdan boshlanadi va sekin-asta organizm og'ir xastalikka chalinadi. Kasai kishi ko'p uxlaydi va juda ozib ketadi; davolash choralari ko'rilmaganda halok bo'ladi.
Leyshmaniyalar (Leishmania) ham tripanozomalarga birmuncha o'xshash tuzilgan lekin odam terisida va ichki organlarida parazitlik qiladi. Ular hujayra ichida parazitlik qilganidan xivchin hosil qil- maydi, harakatsiz bo'ladi. Uzunligi 4-7 mkm bo'lgan bu parazitlaming ovalsimon hujayrasida bitta yadrosi vakinetoplasti bor. Leyshmaniyalaming ikki turi odamda parazitlik qilishi ma’lum.Tropik leyshmaniya (Ltropica) yuz, qo‘l va oyoqlar terisida parazitlik qilib, sumnkali pendinka yarasini paydo qiladi.
Opalinalar (Opalina) turkumiga yirik ko‘p yadroli ko‘p xivchinli parazit hayvonlar kiradi. Ular suvda hamda quruqlikda yashovchilar ichagining keyingi qismida yashaydi. Opalinalaming og'izchasi bo‘lmaydi shuning uchun oziqni tana yuzasi orqali shimib, saprofit oziqlanadi. Opali- nalar tanasi infuzoriyalaming kipriklariga o'xshab bir tekis joylashgan juda ko'p xivchinlar bilan qoplangan. Shu sababli ular uzoq vaqt mobaynida infuzoriyalar tarkibida o'rganib kelingan.
Gregarinalar 500-1000 tumi o'z ichiga oladi. Hamma gregarinalar umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qiladi. Asosiy ko'pchilik turlari bo'g'imoyoqlilar, asosan hasharotlaming ichagida yashaydi. Ayrim vakillari halqali chuvalchanglar, ignaterililar va qobiqlilarda ham uchraydi.
Koksidiyalar (Coccidiida) turkumi.Koksidiyalar hayvonlaming ichagi, jigari, bo ‘yragi va boshqa organlari epiteliy hujayralari ichida parazitlik qiladi. Tanasi yumaloq yoki oval shaklida. Jinssiz va jinsiy ko‘payishi doimo to‘g‘ri gallanib turadi. Jinssiz ko'payishi ko‘p marta bo‘linish (shizogoniya) yoki endodiogeniya deb ataladigan ikkigabo‘linish orqali sodir bo'ladi.