Mundarija Kirish I – bob. Amir Temurning hokimyat tepasiga kelishi



Download 321,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana02.06.2023
Hajmi321,33 Kb.
#947927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Amir Temur harbiy (1)

 
ham mavjud bo‘lib, u ham Oq O‘rda
 
singari Jo‘chi ulusining bir q smi edi. O‘sha paytda Amir Temur davlati bilan Oltin 
O‘rda o‘rtasida Xorazm joylashgan bo‘lib, u qadimdan Movarounnahr bilan 
umumiy iqtisodiy, siyosiy va madaniy manfaatlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Mo‘g‘ullar 
davrida Xorazm ikki bo‘lakka bo‘lingan edi: markazi Urganch bo‘lgan SHimoliy 
Xorazm – Oltin O‘rda safiga kirgan, poytaxti Kat hisoblangan Janubiy Xorazm – 
CHig‘atoyning ulusiga tegishli bo‘lgan
1
. XIV asr 60 yillarining boshlarida 
Xorazmning ikkala qismi ham So‘filar sulolasidan etishib chiqqan mahalliy 
hukmdor Husayn tomonidan birlashtirildi (1361–1372).
Amir Temur davlatining asosini Movarounnahr tashkil etgan bo‘lsa ham, 
ayrim amirlar uning hukmdorligini qonuniy deb tan olmadilar, chunki ular 
chingiziylarga qarashli edilar. Davlatning shimoliy va sharqiy chegaralariga doimo 
mo‘g‘ullar va Oq O‘rda hujum qilib turdi. Ayniqsa bundan SHarqiy Farg‘ona va 
O‘tror, Yassi (Turkiston) Sayramning cho‘lli chegara hududlari katta azob-uqubatlar 
chekdi. 1370–77 yillarda Mo‘g‘uliston hukmdori amir Qamariddin (Ilyos Xo‘janing 
o‘g‘li) bir necha marta Toshkent va Andijonga hujum qildi. 1376 yilda esa u 
Farg‘ona vodiysining katta qismini bosib olishga muvaffaq bo‘ldi va shahar-
qishloqlarni vayronaga aylantirdi. Bu hol Amir Temurni Mo‘g‘ulistonga qarshi 
ketmaket bir nechta harbiy yurishlarni amalga oshirishga majbur etdi. Bu yurishlar 
natijasida davlatning sharqiy chegaralari xavfsizligi ta’minlandi va uning hududlari 
Guljgacha kengaydi. 20 yil ichida (1370–1390) Amir Temur hammasi bo‘lib 
Mo‘g‘ulistonga etti marta harbiy yurish uyushtirdi.
Xorazmni o‘z davlatining ajralmas qismi deb hisoblagan Amir Temur, 
Xorazmga beshta yurishni amalga oshirdi. Birinchi yurish 1371 yilda Kat shahrini 
egallanishi bilan tugadi
2
. 1373–1375 yillarda uyushtirilgan ikkinchi va uchinchi 
yurishlar muvaffaqiyatsiz tugadi. Xorazm hukmdori YUsuf So‘fi 1376 yilda o‘z 
qo‘shini bilan bostirib kirib Buxoro va uning atroflaridagi shaharlarni taladi. 
Xorazmga navbatdagi yurish 1379 yilda amalga oshirildi. Jang paytida evropalik 
1
Мўминов. И – Амир Темурнинг Ўрта осиё тарихида тутган ўрни ва рўли. Тошкент., 1968., 58-b 
2
Бобоэв Ҳалимбой. Амир Темур ва темурийлар салтанати. Тошкент, “Камалак” 1996., 91-b 


ritsarlar musobaqalariga o‘xshash manzara bo‘lib o‘tdi. Yusuf So‘fi Amir Temurni 
yakkamayakka kurashga chaqirdi, Amir Temur bu taklifni qabul qildi va qal’aning 
yaqiniga kelib raqibini chaqirdi, lekin u so‘zida turmay kurashga chiqmadi. 
SHundan so‘ng Amir Temurning jangchilari jangni boshladilar va shaharni 
egalladilar.
Xorazm hukmdori mag‘lubiyatini tan oldi va Amir Temur bilan sulh tuzdi. 
1388 yilda Oltin O‘rda xoni To‘xtamish qo‘shinining bir qismini Xorazmga qoldirdi. 
Bu hol Amir Temurni navbatdagi–beshinchi yurishni uyushtirishga majbur etdi. 
Ushbu harbiy yurishdan keyin Xorazmning butligi tiklandi va u Amir Temur 
mulkiga kiritildi. O‘z davlatini mustahkamlab, Amir Temur qal’alarni 
mustahkamlashga kata e’tibor berdi. 1380 yilning bahorida Amir Temur SHahrisabz 
atrofida qal’a devorlarini qurdirdi Movarounnahrning mustaqilligiga ikkita mo‘g‘ul 
davlatlari Oq O‘rda va Oltin O‘rda katta xavf solib turardi, ayniqsa ularning yagona 
bir davlatga birlashishi ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. SHuning 
uchun Amir Temur Jo‘chi ulusida bo‘layotgan hodisalarni diqqat bilan kuzatib turdi 
va ularning birlashishlariga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildi va har qanday qulay 
vaziyatdan o‘z manfaati uchun foydalandi. Oq O‘rda taxtiga o‘z odamini qo‘yishi 
kerak edi.
1376 yilda Amir Temur Oq O‘rda va Oltin O‘rdani birlashtirishga harakat 
qilganligi uchun, Oq O‘rda xoni O‘risxon tomonidan qatl etilgan Tuy hoji 
O‘g‘lonning o‘g‘li To‘xtamish o‘g‘lonni qo‘llabquvvatlay boshladi. Amir Temur 
To‘xtamishga katta sovg‘asalomlar in’om etdi va Sabran viloyati va Signak shahrini 
unga berdi. 1377yilda Dashti Qipchoqqa uyushtirilgan yurishidan keyin va O‘risxon 
olamdan o‘tganidan keyin Sohibqiron Oq O‘rda taxtiga To‘xtamishxonni o‘tqazdi. 
Lekin keyinchalik To‘xtamish Amir Temurga xoinlik qildi, u O‘risxonning izidan 
bordi. 1380 yilda To‘xtamish, rus qo‘shinlaridan chekkan mag‘lubiyatidan 
kuchsizlanib qolgan (Kulikovo jangi) Mamayxonni tor-mor etdi va Oltin O‘rda 
taxtini egaladi. SHunday qilib, u Oq O‘rda va Oltin O‘rdani birlashtirdi. Keyingi 
voqealar shuni ko‘rsatdiki, To‘xtamish Amir Temurning ashaddiy dushmaniga 
aylanib qoldi. Amir Temur davlatining yaratilishi.


Movarounnahr va Xorazm erlarini birlashtirishni oxiriga etkazgach, Amir 
Temurning keyingi bosh vazifasi, avval uchta g‘arbiy mo‘g‘ul uluslariga qarashli 
bo‘lgan hududlarda yagona davlatni barpo etishdan iborat bo‘ldi. 1380 yilga kelib 
unga tobe bo‘lmagan ulus, Eronni o‘z safiga olgan Xulagid ulusi edi xolos. Janubiy 
viloyatlarni zabt etish Xurosonga yurish bilan boshlandi. Xurosonning poytaxti hirot 
muhim harbiystrategik ahamiyatga ega edi. 1381 yilda Amir Temurning qo‘shini 
hirot, Tus, Kelat va Sabzavor shaharlarini egalladi. 1382 yildan 1385 yilgacha Amir 
Temur Xurosonga, Mazandaronga, SHimoliy Eronga (Sultoniya shahrigacha) va 
Ozarbayjonga bir–nechta yangi harbiy yurishlarni amalga oshirdi. Bu yurishlar 
natijasida Amir Temur davlati tarkibiga Xuroson, Afg‘oniston, Seiston, 
Mozandaronning bir qismi, Eronning shimolidan Sultoniyagacha bo‘lgan hududi 
kiritildi. Erondagi Xulagid ulusining qolganqutganlarini tugatish maqsadida Amir 
Temur 1386 yilda o‘zining uchta katta, uzoq muddatli yurishlaridan birinchisi 
hisoblangan uch yillik harbiy yurishini boshladi.
O‘z harakatlari bilan Amir Temur Eronni mo‘g‘ullar tomonidan yangitdan 
bosib olinishini oldini oldi, chunki 1386 yilning boshida To‘xtamish 90 minglik 
qo‘shini bilan Darband orqali Tabrizga keldi va Ozarbayjon shaharlarini vayronaga 
aylantirdi va Eronga xavf soldi. Uch yillik harbiy yurishlar davomida (1386–1388 
y.) Ozarbayjon va Fors (Erondagi viloyat) ishg‘ol etildi. Amir Temurning qo‘shini 
Eronning shimoliy erlarini, Armanistonni, Van ko‘ligacha bo‘lgan erlarni bosib oldi. 
SHeroz (Fors viloyatining poytaxti) shahrida turgan Amir Temur, To‘xtamishning 
Movarounnahr hududlariga bostirib kirgani, hamda Sayram va Toshkent 
shaharlarini Mo‘g‘uliston qo‘shini tomonidan talanganligi to‘g‘risida xabar oladi. 
1388 yilning boshida Amir Temur shoshilinch ravishda Movarounnahrga qaytdi. 
SHu yili To‘xtamishning qo‘shini Xorazmda tormor etildi, Xorazm butunlay Amir 
Temur davlati tarkibiga kiritildi. 1389 yilning yozida Sohibqiron Mo‘g‘ulistonga 
yurish uyushtirdi. Bu yurishdan Amir Temur 1390 yilning boshida qaytdi, 
Mo‘g‘ulistonning qudratiga ancha putur etkazildi.
1389 va 1391 yillarda Amir Temur ikki marta Oltin O‘rdaning xoni– 
To‘xtamishga qarshi yurishni amalga oshirdi. 1391 yilda Volgabo‘yi cho‘llarida, 


hozirgi Samara bilan CHistopolning o‘rtasida joylashgan Qunduzcha degan joyda u 
To‘xtamishga qaqshatqich zarba berdi. 1392–1396 yillardagi besh yillik urush 
paytida Eronga va Iroqning Fors qismiga harbiy yurish amalga oshirildi. Amir 
Temurning qo‘shini 1392 yilning iyunida Samarqanddan chiqib ketdi. Fors, Iroq va 
Gruziya orqali o‘tib u qo‘zg‘olonchi shohlarni tartibga soldi. Uni davlatining g‘arbiy 
chegaralari Suriyaga va Kichik Osiyoga etdi. Endi Amir Temur davlatining poytaxti 
bilan yangi g‘arbiy chegaralar oralig‘igacha bo‘lgan masofa 5 ming kilometrni 
tashkil etdi. Ushbu harbiy yurish paytida u yana bir bor o‘zining ashaddiy dushmani 
To‘xtamish bilan to‘qnashdi. Uning harakatini to‘xtatib qolish maqsadida Amir 
Temur qo‘shini SHimoliy Kavkaz hududiga etib keldi. Ikkala armiya 1395 yilning 
aprelida Terek daryosi bo‘yida to‘qnashdilar
1
. SHu erda bo‘lib o‘tgan jangda Oltin 
O‘rda armiyasi tormor etildi. To‘xtamish qochishga va yashirinishga ulgurdi. Amir 
Temurga Volgabo‘yiga, Oltin O‘rdaning poytaxti Saroy Berkaga yo‘l ochildi. 
Volganing qirg‘og‘i bo‘ylaridagi, SHimoliy Kavkazdagi, Qrimdagi, hamda dengiz 
bo‘yidagi shaharlar bosib olindi. 
Oltin O‘rdaga qarshi olib borilgan kurash shu tariqa tugadi. Amir Temur 
tomonidan Oltin O‘rda xoni To‘xtamishning tormor etilishi rus knyazlarining 
taqdiriga, ularning mo‘g‘ullar qulligidan butkul qutulishlarida kata ahamiyatga ega 
bo‘ldi. Sohibqironning Forsga, Iroqqa va qipchoq cho‘llariga besh yillik urushi 
davlatning hayotiy manfaatlarini va savdo yo‘llarining xavfsizligini ta’minladi, 
Kavkazdan Fors ko‘rfazigacha bo‘lgan hududlarni zabt etilishiga olib keldi. Besh 
yillik yurishdan Amir Temur 1396 yilning avgustida qaytib keldi. Besh yillik yurish 
davomida erishgan ajoyib g‘alabalardan keyin 1398 yilning martida Amir Temur 90 
mingdan ortiq qo‘shin bilan Hindistonga harakatlandi. Hindiston yurishi 1398 
yilning dekabrida Dehli sultoni Mahmud qo‘shinining tormor etilishi bilan tugadi. 
1399 yildan Amir Temur katta urushga tayyorgarlik ko‘ra boshladi va uni G‘arbda 
olib borishni rejalashtirdi. Avvalom bor, u Kichik Osiyoda usmoniylarning 
mulklarini bosib olishni va Suriyada Misr mamluklarini tobe qilishni ko‘zda tutdi. 
1
Sh.Karimov. R.Shamsutdinov. Vatan tarixi (birinchi kitob)., Тошкент.,”Sharq”., 2010., 140-b 



Download 321,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish